Reja: Parazitizmni turli XIL ko’rinishlari. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanish shakllari. Parazitizmni kelib chiqishi


Parazitlarni xo'jayin tanasiga kirish yo'llari


Download 27.17 Kb.
bet5/5
Sana01.04.2023
Hajmi27.17 Kb.
#1315532
1   2   3   4   5
Bog'liq
PARAZIT BUG

Parazitlarni xo'jayin tanasiga kirish yo'llari. Parzitizmni kelib chiqishi bilan parazitlarni xo'jayinlariga kirish yo'llari bir-biri bilan bog’liq bo'lgan muhim muammolardan hisoblanadi.
Parazitlar xo'jayinlari organizmiga asosan og'iz bo'shlig'i va teri qoplami orqali o'tadi.
Parazitologiyada parazitlarning teri orqali o'tishi ekzogenli yo'l, og'iz orqali o'tishi esa endogenli yo'l deb ataladi. Tabiatda parazitlarning endogenli yo'l bilan o'tishi keng tarqalgan.
Ekzogenli yo'l bilan yuquvchi parazitlarga oid nematodalardan - Ancylostoma lichinkalari tuproqdan odam terisi orqali qon aylanish tizimiga, undan nafas olish organlari va keyinchalik doimiy yashash joyi - ingichka ichakka o'tadi. Tremato-dalardan shistosomalarning lichinkalari ham teri orqali yuqadi. Bir hujayrali hay-vonlardan qon sporalilar, leyshmaniyalar, tripanasomalar; hasharotlardan so'nalar ekzogen yo'l bilan yuquvchi parazitlar guruhini tashkil etadi.
Endogenli yo'l bilan ovqat hazm qilish va nafas olish organlarida, shuningdek, jigar, miya va muskullar ichida yashovchi parazitlarga - askaridalar, tasmasimon chuvalchanglar, trematodalar va akantosefallar kiradi. Ko'pchilik parazitlar xo'jayinlariga asosan peroral yo'l bilan o'tadi (masalan, turli o'txo'r hayvonlar oziqalari orqali parazitlarni tuxum va lichinkalarini yutadi).
Shuningdek, parazitlar xo'jayini organizmiga jinsiy teshiklar, burun bo'shlig'i, ko'z va quloq orqali ham o'tishi mumkin. Ba'zi parazitlar esa bachadon devori orqali rivojlanayotgan embrionga o'tadi (exinokokk, ankilostoma, protostrongilid va boshqalar).
Resperator yo'l bilan - nafas olish a'zolari orqali: Trematodalarning-serkariylari.
Anal teshigi, kloaka orqali kirish: Monogeniyalardan - Polistoma integerrum.
Kon'yuktival zararlanish: yirik shoxli qoramollarni telyaziyalar bilan zararlanishi: Thelaziidae.
Ona suti bilan zararlanish: dengiz cho'chqalarini eksperimental yo'l orqali askaridalar bilan zararlantirilgan, ularning sut bezlaridan askarida lichinkalari topilgan.
Prenatal zararlanish: turli parazitlar bilan ona qornidagi embrionni zararlanishi: 1676 yilda Forman yangi tug’ilgan qo'zichoqlarning jigar o't yo'llaridan jigar qurtini topgan. Ona organizmidagi embrionni jigar qurti lichnkalari bilan zararlanganligi ham kuzatilgan.
Voyaga yetgan gelmintlar bilan bevosita zararlanish: ko'pchilik hayvonlarda ayniqsa qushlarda o'z bolalarini oshqozonidagi yoki jig’ildonidagi ovqatni qaytarib chiqarib berish xususiyati bor. Shu vaqtda ovqat bilan birga voyaga etgan gelmintlar ham o'tib qolishi mumkin. Bu zararlanishni biosstiklik parazitizm, paststiklik xo'jayin deyiladi.
Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling