Reja: Patologik ( kasallik) holati haqida tushuncha
Funksiyalarning tiklanish hususiyatlari
Download 35.55 Kb.
|
9-mavzu USP
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Funksiyalarning tiklanish hususiyatlari
Organzmning ichki muhitini normal holatda (gomeostazni) ushlab turilishini ta’minlaydigan fiziologik jarayonlar majmuasi tiklanish deb yuritiladi. Charchash yuzaga kelgandan keyin organizmning dam olish vaqtida tiklanish jarayonlari o‘tadi, ya’ni muskul ish ta’sirida fiziologik funksiyalar (tomir urishi soni, qon bosimi, o‘pka ventilizasiyasi, kislorod o‘zlashtirishi, tana harorati organizmdagi turli sistemalarning qo‘zg‘aluvchanligi va boshqalar) ma’lum vaqt o‘tgandan keyin ishdan oldingi holatga qaytadi. Bu holat tiklanish deb yuritiladi. Tiklanish uchun ketgan vaqt tiklanish davri deb ataladi. Tiklanish jarayonlarining borishi bir tekis emas, balki to‘lqinsimon bo‘ladi, ya’ni dam sekinlashadi, dam tezlashadi va yana sekinlashadi, yana ko‘tarilib, nihoyat ishdan oldingi holatga qaytadi. Turg‘un holat-fiziologik ko‘rsatkichlarning o‘zgarmas darajasi bilan ifodalanadigan va jismoniy ish tezligini organizmning funksional imqoniyatiga to‘liq mos bo‘lishida ish bajaruvchi organizmda yuzaga keladigan holatdir. Turg‘un holatga o‘tish vaqt birligida sarflanadigan kislorod miqdorining kamayishi, kislorodga talabni pasayishi bilan kuzatiladi. Natijada, ayni ishni bajarishdagi muskul kuchlanishi pasayadi. 3-4 daqiqadan ortiq vaqt davomida bajariladigan muskul ishlarida turg‘un holat yuzaga keladi, ya’ni organizmdagi organ sistemalarining ishi, fiziologik jarayonlar ma’lum darajada rivojlangandan keyin, yurakning qisqarish soni qonning sistolik hajmi, bir daqiqalik hajmi, nafas- tezligi chuqurligi va shunga o‘xshashlar sezilarli darajada o‘zgarmasdan turg‘un holatda saqlanadi, bunday holat turg‘un holat deb yuritiladi. Turg‘un holat ikkiga ajratiladi: haqiqiy turg‘un holat va yolg‘on turg‘un holat: Haqiqiy turg‘un holat o‘rtacha tezligidagi siklik dinamik ishlarni bajarishda kuzatiladi. Bunday ishlarda organizmning bir daqiqadagi kislorodga bo‘lgan talabi 2-3l. atrofida bo‘lib, organizm ish davomida talab etilayotgan kislorod miqdoriga teng miqdorda kislorod o‘zlashtiradi, ya’ni kislorod qarzi yuzaga kelmaydi. Bunday holat haqiqiy turg‘un holat deb yuritiladi. O‘rtacha tezligidagi siklik dinamik ish aerob sharoitda bajariladi. Yolg‘on turg‘un holat katta tezligidagi siklik dinamik ishlarni bajarishda yuzaga keladi. Bunday ishlarni bajarishda bir daqiqa uchun talab etiladigan kislorod miqdori 6.5.3 l. atrofida bo‘ladi. AdabiyotlarАхмедов.Б.А “Жисмоний машқлар биомеханика” (Кундузги ва сиртқи бўлимда ўқийдиган талабалар лекциядан методик қўлланма) Тошкент, 1990 й. Ахмедов. Б.А “Велотренажерда ишлаш” Тошкент., 1990 й. Алимбоев Р. “Жисмоний машқлар биомеханикаси” Тошкент, 2008 й. Қурбонов Ш., Қурбонова Ш. Спорт физиологияси. Қарши “Насаф” 2001 Қурбонов Ш., Қурбонов А. Жисмоний машқларнинг физиологик асослари. Тошкент, 2003. Содиқов Қ. Ўқувчилар физиологияси ва гигиенаси Т., “Ўқитувчи”, 1992. Содиқов Қ. Оилавий ҳаёт-гигиена ва жинсий тарбия “Ўқитувчи”, 1997. Алматов К.Т. Улғайиш физиологияси. М.Улуғбек номидаги УзМУ босмахонаси. Т.2004. Содиқов Б.А., Қучқарова Л.С., Қурбанов Ч.Қ. “Болалар ва ўсмирлар физиологияси ва гигиенаси”. Олий ўқув юртлари учун дарслик сифатида тавсия этилган. “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” давлат илмий нашриёти. Т.: 2005 й. Содиқов Қ. Болалар анатомияси ва физиологияси Т. Низомий номидаги ТДПУ нашриёти. 2001 й. Download 35.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling