Reja: Pedagogik qobiliyatning umumiy tavsifi


O'qituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funksiyalam


Download 82.5 Kb.
bet2/3
Sana27.10.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1728006
1   2   3
Bog'liq
Pedagogik qobiliyat pedagogik mahoratning asosi sifatida

O'qituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funksiyalam.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash hamda komil inson g'oyasi - milliy va umumbashariy mohiyatga ega bo'lgan, odamzodga xos eng yuksak ma'naviy ezgulikka undaydigan olijanob g'oya sifatida ulug'langan. Mazkur g'oyani yosh avlod ongiga singdirishda o'qituvchi kadrlarning roli beqiyos. Bu esa ulardan avvalo mukammal kasb qobiliyatiga ega bo'lishni, bilimi, mahorati, ilmiy nazariy va amaliy salohiyatidan oqilona foydalanishni taqozo etadi.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Biz iqtisodiy o'nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni ma'naviy o'nglash, ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg'un bo'lishni» -istayotgan bir davrda yashayapmiz. Bu istak esa yoshlar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanayotgan kasb egalarini yuksak kasbiy tayyorgarlikka, g'oyaviy-siyosi e'tiqodga, tashkilotchilik va boshqaruvchilik malakalariga ega bo'lish lozimltgini taqozo qilmoqda.
Chunonchi, bu hoi ta'lim tizimi va kasb-hunar ta'limi muassasalari yangilanayotgan, ta'lim-tarbiyaning mazmuni, shakli, usullari, vositalari majmuiga, o'quv-tarbiya jaryoniga o'zbekona urf-odatlar faol kirib borayotgan bir sharoitda yuz bermoqda. Bu o'zgarishlar har bir o'qituvchini yangicha fikrlashga, sharqona ish yuritishga, tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka, ma'naviy-ma'rifiy ishlaming faol ishtirokchisi bo'lishga undaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda o'tgan davrdagidan ko'proq pedagogika fani oldida yangicha fikr yuritadigan o'qituvchi-tarbiyachini tayyorlash, uning kasbiy mahorati va malakasini takomillashtirish uchun o'qitish va tarbiyalashning zamonaviy shakl, usul, vositalarini ishlab chiqish jud amuhimidir. Biz yuqorida ta'kidlaganimizdek, o'qituvchilik kasbini taniagan har bir yigit va qiz o'ziga shu kasbni sevishi yoki sevmasligi to'g'risida savol beradi. Zero masalaning yana bir muhim tomoni borki, bu bo'lajak o'qituvchi pedagogik qobiliyatga egami yoki yo'qmi degan muammo paydo bo'ladi. Vaholanki har bir kasb, qobiliyat orqali egallanadi va mukammal o'rganiladi.
Pedagogik qobiliyatlar o'z funksiyasiga ko'ra umumiy va maxsus turlarga bo'linadi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo'lganda o'qituvchi o'z pedagogik kasbiy faoliyatini mukammal egallab, mohirona olib borish bilan birga, boshqa turli xil faoliyatlar bilan ham muvaffaqiyatli shug'ullanadi. Umumiy qobiliyatga ega bo'lgan o'qituvchilar ta'lim-tarbiya jarayonida har qanday qiyinchilik va ziddiyatlarni qiynalmasdan bartaraf etadilar.
O'qituvchining pedagogik qobiliyatini tahlil qilgan N.V.Kuzmina shunday yozadi: "Ta'lim-tarbiyada ro'y beradigan ko'pgina kamchiliklar o'qituvchi o'z pedagogik qobiliyatining amaliy yo'nalishlarini yaxshi bilmasligi, iste'dodning o'qituvchida yo'qligi natijasida ro'y beradi". Maxsus qobiliyatga ega bo'lgan o'qituvchilar faqat o'zlari egallagan kasbiy yo'nalishlari bo'yicha muayyan faoliyat bila muvaffaqiyatli shug'ulianadilar. Biror faoliyatning muvaffaqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini ta'minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi Barcha mutaxassisliklarda bo'lgani kabi o'qituvchilik kasbida ham pedagogik qobiliyatning shaxsiy iste'dod xususiyatlarini belgilab, kasbiy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirishda subyektiv shart-sharoitlar yaratadi. Har qanday qobiliyat shaxsga tegishli bo'lgan murakkab tushunchadir, u faoliyatning talablariga mos xususiyatlar tizimini o'z ichiga qamrab oladi. Har qanday faoliyat ham murakkab bo'lib, u ishga turli-ruman talablar qo'yadi.
Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talablarga javob bera olsa, kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda o'z qobiliyatini ko'rsata oladi, agar xususiyatlaridan qaysi biri rivojlanmagan bo'lsa, shaxs mehnatining muayyan turiga nisbatan kam qobiliyat, deb xarakterlanadi. Mana shuning uchun ham qobiliyat deganda birorta xususiyatning o'zini emas, balki inson shaxsining faoliyat talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko'rsatkichlarga erishishni ta'minlay oladigan xususiyatlar ansambli yoki sintezni tushunish lozim.
O'qituvchi qobiliyatini o'rganishda xususiyatlar «ansambli» iborasini biz shuning uchun ham ishlatamizki, bunda xususiyatlarning oddiygina birgalikda mavjud bo'lishini emas, balki ularning uzviy bog'langan bo'lishini, muayyan tizimda o'zaro ta'sir qilishini ko'zda tutayapmiz. Bu tizimda xususiyatlardan biri oldingi o'ringa chiqib, yetakchi xususiyatga ega bo'lsa, ayni vaqtda boshqalar uchun yordamchi xususiyatlar rolini o'ynaydi. Kishining qobiliyati juda katta ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega.
Qobiliyat yuqori mehnat unumdortiginita'minlashga, binobarin, ijtimoy boylikning son va sifat jihatidan tez o'sishiga, jamiyat taraqqiyotiga yordam beradi. Shuning uchun ham bo'lajak o'qituvchilarning zakovati, qobiliyatini ochish hamda ulardan o'z o'rnida foydalanishni o'rganib olishi zarur yekanligi haqidagi masala qat'iy talab qilinadi. O'qituvchining pedagogik mahoratni takomillashtirishida qobiliyat bilim olish va malaka hosil qilishni ta'minlaydi.Qobiliyat kishining yuqori unumli mehnati uni moddiy hayot darajasi bilan ta'minlaydi.
Ta'kidlash joizki, qobiliyatli o'qituvchiga pedagogik faoliyat va mehnat yengilroq bo'ladi va u kamroq charchaydi, chunki sevimli mehnati unga huzur-halovat bag'ishlaydi. Qobiliyat bilim, ko'nikma va malakalar mahsuli, shu bilan birga, faoliyat usullarini egallash tezligi, teranligi va mustahkamligida namoyon bo'ladi. O'qituvchining o'quvchilar bilan muloqoti yuksak darajada muvaffaqiyatli bo'lishi uning pedagogik qobiliyatga qanchalik ega ekanligiga bog'liq.O'qituvchilaming faoliyati yosh avlodni ma'naviy barkamol shaxs darajasida tarbiyalashda va kasbiy bilimlarni chuqur egallagan kadrlarni tayyorlashda namoyon bo'ladi.Buning muvaffaqiyati o'qituvchilarning pedagogik qobiliyatiga bog'liq. Qobiliyat kasbiy faoliiyat jarayonida sayqallanib boradi. Buning uchun o'qituvchida layoqat, zehn va qiziqish bo'lishi kerak.
O'qituvchining kommunikativ vazifalami bajarishi
Har xil pedagogik stajga ega bo'lgan o'qituvchilar bilan o'tkazilgan so'rovnomalar natijasida quyidagilar aniqlandi: ularning ko'pchiligi, garchi pedagogik ta'sir vositalarird doimiy qo'llasalar ham, kommunikativ vazifalami pedagogik jarayonning muhim zarur element! sifatida anglab yetmaydilar. Bunda deyarli barcha o'qituvchilar o'z pedagogik vazifalarini doimiy ravishda amalga oshirish uchun ta'minlangan ta'lim va tarbiya metodlari tizimini hamda pedagogik ta'sir ko'rsatish kabi komponentlarni yaxshi anglab yetadilar.
O'zining pedagogik amaliyotini doimiy ravishda tahlil qiladigan o'qituvchi uchun kommunikativ vazifalami o'z faoliyatining asosiy instrumental komponenti sifatida anglashi qanchalik muhim ekanligini, bunda amalga oshirilishi lozim bo'lgan tarbiyaviy ta'sir modeli qanchalik oydinlashishini, ta'sirning o'zi yanada jozibali , aniq, yorqin bo'lishiga ishonch hosil qiladi.
O'qituvchi «Favqulotda vaziyatlarda nima qilish kerak?» degan savolga yetarlicha muvaffaqiyatli javob bera olsa ham, «Qanday qilib amalga oshirish kerak?» degan muammoning javobida ikkilanib, o'ylanib qoladi. Bu savolga javob berish uchun o'quvchilar bilan muloqot tizimini, mantiq va usullarini aniq belgilab olishi kerak.
A.S.Makarenko o' zfaolyatida qo'llagan pedagogik ta'sir ko'rsatish metodikasida foydalanilgan metodlar, aksariyat hollarda ta'lim-tarbiyada mo'ljalni aniq olib, o'quvchilar bilan muloqotda vaziyatni to'g'ri tashkil qilish bilan belgilanishini ko'rish mumkin. Ayrim holatlarda o'ziga xos «yuzma-yuz hujum», ba'zan tarbiyalanuvchming o'qituvchi bilan bevosita muloqotisiz ham gapnimada ekanligini tushunish imkoniyatini beradigan muloqot, yig'ilishlarda rasmiy suhbat tizimi yoki sinf jamoasi bilan turli tadbirlarni birgalikda o'tkazish, har bir o'quvchining nimalarga qodir ekanligini anglab yetish imkoniyatini namoyon etadi.
O'qituvchi ta'tim-tarbiya jarayonida foydalanadigan pedagogik ta'sir ko'rsatish metodlari orasida aynan - jamoaviy va yakka tartibdagi suhbat metodlari muhim ahamiyatga ega. Biroq bu metodlardan foydalanish samaradorligi va muloqot jarayonida paydo bo'ladigan vaziyatlar turlicha bo'lishi mumkin. Aynan ushbu metodlar ta'lim-tarbiya jarayonida ta'sir o'tkazish metodlarining samaradorligini ta'minlaydi.
Kishilarning kundalik hayot tarzidagi muloqotiga e'tibor beramiz. Tasavvur qiling, notanish kishidan bixor narsani so'rashingiz kerak. Tabiiyki, asosiy metod-iltimos qilish. Biroq, bevosita so'raladigan narsa haqida gapirishdan oldin, sizga muvaffaqiyatni ta'minlaydigan dastlabki vaziyatni tashkil qilishga intilishingiz kerak. Bu holda siz ma'lum kommunikativ metodlardan foydalanib xushmuomalalik bilan psixologik muhitni tashkil qilasiz, muloqotingizdagi obyektni psixologik jihatdan zabt etishni amalga oshirasiz, keyin esa bevosita ta'sirni amalga oshirasiz. Sinfda, o'quvchilar jamoasi bilan muloqot jarayonida foydalaniladigan har bir ta'sir usuli xuddi shu kabi kommunikativ ta'limotga egabo'lishi kerak.
Pedagogik vazifalami bajarishda foydalaniladigan kommunikativ
Metodlarni belgilash doimo murakkab rauammo sanalgan. Ayniqsa, yosh o'qituvchilar pedagogik faoliyatlarining dastlabki yillarida bu qiyinchiliklarni keskin his qilishadi. O'qituvchining kommunikativ vazifalami bajarishi-pedagogik faoliyatning turli shakllaridan, sinf jamoasining shakllanib ulgurgan darajasidan, muloqotni boshqansh tamoyillaridan, vaziyat qatnashchilari bshlgan o'quvchilaming individual yosh xususiyatlaridan, ta'sirning rejalashtirilayotgan metodlaridan kelib chiqadi. Pedagogik vazifaning kommunikativ vazifaga mutanosibligi, kommunikativ vazifani tanlangan ta'lim-tarbiyaviy ta'sir metodikasi bilan nisbatlash va ularning birligini tashkil etish muloqot jarayoni va umuman pedagogik o'zaro hamkorlikning samaradorligini ta'minlaydi.
Bu o'rinda quyidagi bog'liqlik ko'zga tashlanadi : birinchidan, sinf jamoasi bilan ishiash metodikasi muloqot tizimi bilan vositalanadi, ikkinchidan esa, muloqot va joriy kommunikativ vazifalami hal qilish yo'llari tanlangan pedagogik ta'sir metodikasi strategiyasi bilan belgilanadi.
Kasbiy-pedagogik muloqot asoslarini bo'lajak o'qituvchi oliy pedagogik ta'lim muassasalarida, qizg'in pedagogik faoliyati davomida hamda o'z-o'zini tarbiyalash jarayonida egallashi mumkin. Bunda o'qituvchi quyidagi muhim kommunikativ vazifalami mukammal bilib bajarishi lozim Ushbu yo'nalishlar o'qituvchining kasbiy muloqot ko'nikmalarim" egallash jarayonini to'la ta'minlay oladi deb o'ylash xato bo'ladi. Umumiy ijodiy pozitsiyalami o'zining kasbiy-pedagogik, muloqot faoliyati tajribasi bilan doimiy ravishda o'zaro nisbatlash, o'zi uchun uning tizimi, mantiqi, optimal individual shakllarini aniqlash pedagogik muloqotni egallash bo'yicha olib boriladigan faoliyatning muqarrar sha'ni sanaladi.
Shuningdek, pedagogik kommunikatsiyaning nazariy qoidalarini o'qituvchi o'z tajribalarida aprobatsiyalashi (sinovdan o'tkazish) zarur.
Ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi kommunikativ vazifalami qanday amalga oshiradi va u qanday funksiyalarni bajaradi? Pedagogik faoliyatda kommunikativ vazifalaming ahamiyati ko'p qirrali ekanligini o'qituvchi yaxshi his qiladi. Ta'lim-tarbiya davomida o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlik, o'quvchilami qandaydir jamoaviy ishlami bajarishga uyushtirish, jamoa a'zolarining o'zaro munosabatlarini shakllantirish, maqbul emotsional mikroiqlimni ta'minlash kabi kommunikativ vazifalaming pedagogik muammolarni hal qilishda yordam beradigan masalalari ro'yxatini hali uzoq davom yettirishi mumkin. O'qituvchining kommunikativ muloqoti ko'plab funksiyalarga ega bo'lgan tizimdir:

  • axborot-kommunikativ;

  • reguiyatsion-kommunikativ;

  • affektiv-kommunikativ.

Kommunikativ vazifalami bajarish jarayonida bu funksiyalar yaxlit, kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak, aks holda, o'qituvchining o'quvchilar bilan muloqot olib borish samaradorligi past bo'ladi vabelgilangan natijalami bermaydi.
Kasbiy faoliyatini endigina boshlayotgan yosh o'qituvchilar o'z-o'zini muntazam tahlil qilib borishi, dars jarayoniga pedagogik jihatdan samarali tayyorgarlik ko'rishi uchun har tomonlama chuqur bilimga ega bo'lishi talab qilinadi. Jumladan:
• o'z o'quv predmeti yuzasidan chuqur bilimga ega bo'lishi va o'rganilayotgan materialni puxta va mukammal bilishi;

  • pedagogik-psixologik va metodik jihatdan o'quvchilar bilan muloqotga jiddiy tayyorgarlik ko'rishi;

  • har bir o'quvchini va sinf jamoasining ichki psixologik xususiyatlarini o'rgangan bo'lishi;

  • muloqotda o'zini erkin tutishi va ruhiy psixologik bis-tuyg'ularini jilovlay olishi;

  • sinf jamoasi bilan muloqot qilishning kasbiy ko'nikma va malakalarini egallashi:

  • pedagogik madaniyat va pedagogik taktning yuksak namunalarini namoyish yeta olishi, pedagogik tafakkur va dunyoqarashning rivojlanganligi;

  • fanlarni o'qitish maqsadi, vazifasi va mazmuniga mos vosita va metodlarni tanlash mezonlari asosida mashg'ulotning texnologik xaritasini tuza olishi;

  • sodir bo'lishi mumkin bo'lgan tasodifiy pedagogik vaziyatlarni oldindan bilishi va unga nisbatan keskin choralar ko'rishi.

O'quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan o'qituvchining kommunikativ ko'nikma va malakalami egallashiga va uniqo'llay olish layoqatiga bog'liq.
Kasbiy pedagogik kommunikativ muloqotning muhim komponenti, o'qituvchining oz fikr va mulohazalarmi, emotsional his-tuyg'ularini aniq ifoda eta olish mahoratidir. Turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda o'qituvchi g'azablanganda, quvonganda, xafa bo'lganida, tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg'ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan rol o'ynab vaziyatdan chiqishni ham bilishi lozim.
Shu ma'noda taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o'zasarlarida o'qituvchining kasbiy fazilati to'g'risida fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: "Pedagog darsda ma'lum bir o'ziga xos rolni o'ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o'ynashni bilmaydigan o'qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma'lum ma'noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe'limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo'lishi ham aslo mumkin emas. Bolalami qalb va ko'ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg'ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo'l qo'yib boimaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko'ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin bo'lsa, pedagog ham ko'ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo'ladi. O'quvchiga ba'zan muloqotda ko'ngil azobini namoyish etishga to'g'ri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o'ynashni ham bilishi kerak.
Biroq shunchaki tashqi, sahnaviy rol o'ynash yaramaydi. Bu o'yinda pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog'laydigan qandaydir kamar bor, bu sizning go'zal xulqingizni namoyish yetib beruvchi rolingiz.
Bu sahnadagi o'yin o'lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi yashirin his-tuyg'ularingizni, mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy jarayondir".
Ma'lum ma'noda o'qituvchi pedagogik faoliyatida uning rahiy ta'sirlanishi, qayg'urishi, boshqa kasb egalarining tabiiy his-tuyg'ularidan farq qiluvchi o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Ta'kidlash joizki, o'qituvchi o'zining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida boshqa kasb egalari kabi tashqi muhitning turli ta'siri ostida va insoniy his-tuyg'ular girdobida yashaydi, kasbiy faoliyatining o'ziga xosligi ham ana shunda namoyon bo'ladi va o'qituvchining ta'sirlanishi, his-tuyg'ulari, hayajonli pedagogik maqsadga muvofiq bo'lishi lozim.
O'qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida pedagogik ta'sir ko'rsatish, pedagogik faoliyat tufayli sodir bo'ladigan qayg'urish, his-hayajon, murakkab hayotiy va pedagogik maqsadga qaratilgan o'qituvchi tashvishlarimng yig'indisidir, aynan shu jarayonda o'qituvchining kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lgan hayotiy, g'ayri-ixtiyoriy tashvishlar yig'indisi saqlanadi. Natijada, pedagogik vaziyatlarda o'qituvchining qayg'urishi pedagogik ixtiyoriylik yuzasidan o'z faoliyati oldida javobgarlik hissini ham paydo qiladi.



Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling