Reja: Pedagogik texnika haqida tushuncha
Download 23.32 Kb.
|
16- mavzu Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnika
MAVZU: Pedagogik texnika. Nutq texnikasi va madaniyati. Reja:
Pedagogik texnika haqida tushuncha. Interaktiv muloqot. Perseptiv muloqot. Nutq texnikasi va madaniyati. Pedagogik texnika haqida tushuncha, Pedagogik lexnikaning tarkibiy qismlari. Mimika. Pantomimika. Oqituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo'llari. Nutq haqida tushuncha. Nutqning o'qituvchi faoiivatidagi o‘mi.Nutq madaniyati haqida tushuncha va uning asosiy elementlari. Nutq texnikasi. nafas olish, tovush, diktsiya, rilrnika Leksik madaniyat. О‘qituv chining nutq malakasini shakllantirish yo‘llari. Sharqоna mulоqоtga kirishda mimika va pantоmimikalarning ahamiyati hamda o`ziga хоsligi.O`qituvchi faоliyatida Sharqоna mulоqоtning tutgan o`rni O'qituvchining tashqi ko'rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. O'qituvchining hatti-harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi, o'qituvchining imo-ishorasida, ma'noli qarashlarida, rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassumida namoyon bo'iadi va ular o'qituvchi-tarbi--yachining pedagogik ta'sir ko'rsatishida, mashg'ulotlarni samarali va mazmunli o'tishida puxta zamin tayyorlab beradi. MIMIKA - bu o'z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini qosh, ko'z va chehra muskullarining harakati bilan bayon qilish san'atidir. Ba'zan o'qituvchi chehrasining va nigohining ifodasi o'quvchilarga katta ta'sir ko'rsatadi. Mimik harakatlar, ifodalar ma'lumotlarning hissiy ahamiyatini ku-chaytirib, ularni chuqur o'zlashtirish imkoniyatini beradi. O'quvchilar o'qituvchining muomalasi va xatti-harakatiga qarab kayfiyatini, munosabatini tezda «uqib» oladilar. Shuning uchun oiladagi ba'zi noxush-liklar, hissiyotga berilish, g'am va tashvishning o'qituvchi chehrasida va mimik belgilarida ifodalanishi mumkin emas. Chunki ushbu noxushliklar o'qituvchining pedagogik faoliyatiga dars mashg'ulotlarini mukammal bajarishida o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi. O'qituvchining chehrasida, mimik belgilarida faqat dars mashg'ulotlariga xos boigan, o'quvchilarga ta'lim va tarbiyaviy topshiriqlarni yechishga yordam bera ola-digan ko'rinishlarni ifodalash lozim. O'qituvchining chehrasidagi ifoda, nutqi, o'quvchilar bilan o'zaro munosabati uning individual xarakteriga mos bo'lishi kerak. O'qituvchi chehra ko'rinishidagi mimik ifoda, taiim-tarbiya qonuniyatlariga mos ishonch, ma'qullash, ta'qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquv-chanlik, befarqlik, ikqilanish kabi xususiyatlarni ifodalashi mumkin. Bunda ovozdagi turli o'zgarishlar, nutqning tushunarli bayon etilishi muhim ahamiyatga ega. Mimik ifodaning asosiy belgilarini namoyish etish-da qosh, ko'z, chehra ko'rinishi ishtirok etadi. Qosh, ko'z, chehra o'quvchilar javobidan qoniqish, xursand bo'lish, faxrlanish yoki e'tirof, norozilik, qoniqmaslik, xafa bo'lish va boshqa belgilarni ifodalash bilan birga, o'quvchilar diqqatini boimasdan, bosh-qalarga xalaqit bermasdan taiim-tarbiya ishlarini samarali olib borishga ham yordam beradi. Shuni alohida qayd qilib o'tish joizki, mimik ifodalar o'qituvchining xarakterini, ichki dunyosini, ma'naviyatini, pedagogik faoliyatining individual xususiyatlarini bekamu ko'st namoyish etadi. O'qituvchining mimikasi ifodalangan nigohi o'quvchilarga, yoki ayrim o'quvchiga qaratilgan bo'iadi. Doskaga, eshikka, derazaga, ko'rgazmali qurollarga yoki devorga nigoh tashlab raimik ifodalarni namoyish qilish aslo mumkin emas. PANT0M1MIKA - bu o'qituvchining gavdasi, qoi, oyoq haraka-tini tartibga soluvchi uslubdir. O'qituvchilarning taiim-tarbiyaviy faoliyatida o'quvchilar bilan muloqoti muhim ahamiyat kasb etishi barchaga maium. Biroq o'quvchilar bilan muloqotda o'qituvchining pantomi-mikasi, ya'ni, gavda, qoi, oyoq harakati to'g'ri ifodalanmasa, taiim-tarbiyaga asoslangan muloqot natija bermasligi mumkin. O'qituvchi o'z gavdasi, qo'li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday pedagogik maiumotlaming obrazini "chiza" olsa, o'quvchilar bundan zavqlana-dilar, ular ichki his-tuyg'ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo'shilib butun ongini o'quv materiallari mazmunini o'zlashtirishga qaratadilar. Panto-mimika gavdani rost tutib yura bilish, qoi va oyoq harakatlarining bir-biriga mosligi, fikrlarini aniq va to'liq bayon qilib qo'lini, boshini turli harakatlarda ifodalash o'qituvchining o'z bilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi. Shuning uchun o'qituvchining o'quvchilar oldida o'zini tuta bilish holatini tarbiyalashi lozim. (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir oyoq sal oldinga surilgan holda turish). O'qituvchining yurishi, qoi va oyoq orqali imo-ishoralari ortiqcha harakatlardan holi bo'lishi kerak. Masalan: auditoriyada orqaga oldinga tez-tez yurish, qoilari bilan turli imo-isho-ralar qilish, boshini har tomonga tashlash va hokazo. Bunday holatlar dars davomida o'quvchilarning e'tiborini boiib, g'ashini keltiradi va o'r-ganilayotgan fanga, o'qituvchiga nisbatan hunnatsizlik kayfiyatini uyg'otadi. O 'qituvchi mashg 'nlot o 'tish jarayonida faqat oldinga yurishi tavsiya qilinadi. Uyondan, buyongayurish talabalarfikrini bo'ladi. Old tomonga yuravotganida o 'qituvchi muhim voqealarni bayon qilishi mumkin, chunki bunda talabalar o'qituvchini butun diqqatlari bilan eshitayotgan bo 'ladilar. Dars hamda darsdan tashkari jarayonda o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi mulоqоt, unga qo’yiladigan talablar. Muloqot-yunoncha so'z bo'lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o'zaro fikr almashuv ma'nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarnfng so'zlashuvida paydo bo'ladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta'lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar g'oya va mafkura omillari ta'sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida ka-molotga yetadi. Kishilar o'rtasidagi o'zaro muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o'z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi. Psixologiya fanida muomaia kategoriyasi keng ma'noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o'zaro ta'sir va o'zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi. Pedagogikada muloqot o'qituvchi va o'quvchilar jamoasining o'zaro ta'sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o'zaro axborot almashishida, ta'lim va tarbiyaviy ta'sir o'tkazishida, o'zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo'ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega: muloqot o'qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi; muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta'minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega; o'qituvchi va o'quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u hamxuddi shunday muhim rol o'ynaydi; pedagogikada muloqot - o'qituvchining o'quvchilarga ta'sir o'tkazish asosida o'zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maq-sadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir; muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chi-qadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko'p qirrali jarayoni hisoblanadi; noto'g'ri pedagogik muloqotdan o'quvchilarda qo'rquv, o'z kuchi-ga ishonchsizlik paydo boiadi, ularning diqqat-e'tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqii va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi. Pedagogik muloqot - bu o 'qituvchining o quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o 'zi uchun eng qulay bo 'Igan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir. O'qituvchining o'quvchilar bilan o'zaro yaqin muloqotidan asosiy rnaqsad: • salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish; • o 'quvchilarda mustaqii fikr yuritish ko 'nikmalarini hosil qilish; o 'quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o 'z fik-mulohazalarini cho 'chimasdan bayon qilib unga tayanishga o 'rgatish; o 'quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish; dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatinipaydo qilish. A.S.Makarenkoning fikricha, o'qituvchi muloqoti hypmat va talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida bo'lishi lozim. V.D.Suxomlinskiy o'qituvchining "...maktab hovlisida gapirgan har bir so 'zi puxta o 'ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma 'lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo 'lishi kerak" deb ta'kidlaydi. O'qituvchining har bir so'zi olimning fikricha, nafaqat o'quvchi qulog'iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo'lishi shart. Umuman ilg'or o'qituvchilarning fikricha, ta'lim va tarbiya faqat o'qituvchi va o'quvchining o'zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida ouriladi. O'qituvchining to'g'ri tashkil etilgan muloqoti o'quvchining o'zligini anglash funksiyasini takomillashtiradi. Bunda o'qituvchining vazi-fasi muloqot asosida o'quvchilarga o'zining "Men'iigini anglashni, shaxs sifatida o'z fikrini dadil va erkin gapirishni, jamoada o'z o'rnini bilishni, o'z-o'zini baholashni o'rgatishi kerak. Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o'qituvchi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog olimlar o'qituvchining o'quvchilar bilan muloqotiga ko'plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot, awalo, o'qituvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon boiadi. Olimlar esa, muloqot uchun o'qituvchiga yo'nalish beradi xolos. Jumladan, rus pedagogi V.A.Kan- Kalikning fikricha, o'qituvchining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi: Prognostik bosqich (modellashtirish): O'qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan bo'lajak muloqotni modellashtirish. Kommunikativ aloqa: O'quvchi bilan dastlabki o'zaro tanishuv jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish. 3. Pedagogik jarayon: O'qituvchining xatti-harakati, pedagogik mahorati bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo'lishi kerak. 4. Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklarni xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun model- lashtirish. Olimning fikrlari asosida muloqotning ushbu yo'nalishlarini quyidagicha ta'riflash mumkin? Modellashtirish bosqichida auditoriyaning barcha andozalarga javob berishi, har bir o'quvchining psixologik xususiyatlarini o'rganishi, taiim-tarbiyaviy jarayonda uchrashi mumkin boigan qiyinchiliklar dinamikasini oldindan ko'ra olish va bartaraf etish, muloqotning o'zaro hamkorlik asosida qurilishi, ya'ni muloqot o'qituvchi shaxsiga emas, balki o'quvchi shaxsiga ham mos kelishini ta'minlash zarur. Kommunikativ aloqa bosqichida sinf jamoasini o'zaro muloqotga tez jalb etadigan suhbat texnikasini puxta bilish, ularning barcha qizi-qishlariga javob bera olish, erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratish va o'quvchilar ongiga ijobiy ta'sir etishning turli usullarini qoilash metodlarini egallash lozim. Pedagogik jarayon bosqichida o'qituvchining faoliyati bevosita taiim-tarbiyaviy ishlarni maium bir yo'nalishga solish, o'quvchilar tashabbusini qo'llab-quvvatlash, sinf jamoasining rasmiy va norasmiy liderlari bilan adolatli muloqotni tashkil etish, o'z fikrlarini jamoa fikrlari bilan real sharoitga moslashtira olish ko'nikmalarini yaratish kabi faoliyat olib boriladi. Natijalar tahlilMa o'qituvchi o'z faoliyatiga xolisona baho berishi, yutuq va kamchiliklarni inobatga olib, kelgusi taiim-tarbiyaviy faoliyatida tanqidiy qoilashni bilishi lozim, ushbu yo'nalishda maqsad, reja va natijalaming birligi ta'minlanadi, o'quv-tarbiya jarayonida o'qituvchi o'quvchilar bilan muloqotni tashkil etish va boshqarishda rahbarlikni, tashabbuskor bo'la olishni bilishi kerak. O'quvchilarning axloqiy jihatdan tarbiyalanganligi uning atrof-mu-hitga nisbatan bo'lgan munosabatlarida ham namoyon bo'ladi A>Joqiy tarbiyalanganlik o'quvchining his-tuyg'ularida ichki kechinmalarida ifo-dalanadi va xulq-atvorida, o'qituvchi bilan muloqot jarayonida yuzaga qalqib chiqadi. O'quvchilar bilan yaqin munosabatda bo'lish va mehri-bonlikni namoyish etish, o'qituvchining sinf jamoasi bilan munosabatda to'g'ri va odilona muloqotini tashkil etishda asosiy zamin bo'ladi. Muloqot turli rollar orqali shaxs faoliyati uchun ijtimoiy maydon yaratadi, shaxsning ijtimoiy xulq-atvorini shakllantiradi. O'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonida o'zining shaxsiy tashabbuskor va rahbarlik rolini namoyish etadi. Dars jarayonida esa o'qituvchi o'quvchilarni tashkilotchi va ijrochi rollarida boiishga imkoniyat yaratishi kerak. Muloqot asosida shaxs o'zligini tanishni o'rganadi. O'qituvchi darsni rejalashtirar ekan, faqat o'rganilayotgan dars mavzusi to'g'risidagi ma'lumotlar asosida o'quvchilarni axborot koiamiga jalb etishni o'ylamasligi kerak, balki o'qituvchining yordamiga muhtoj bo'lgan o'quvchilarni topishi, ularga yordam berish uchun sharoit yaratishi, har bir o'quvchining qiziqishini ta'minlovchi sharoitlarni ko'ra olishi va o'zaro hamkorlikni ta'minlashi lozim. Pedagogik faoliyatda o'qituvchi muloqot asosida o'quvchilar bilan yaxshi munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablarni qoilashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik muloqot esa, bu o'qituvchi kasbiy faolligining bir ko'rinishi bo'lib, bunda ta'lim va tarbiya muammolari o'qituvchi hamda o'quv-tarbiya jarayonining boshqa ishttrokchilari o'rtasidagi o'zaro ta'sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu vaziyatda o'qituvchi baho beruvchi rolida namoyon bo'ladi hamda uning o'zi baho oluvchi hisoblanadi. bunday hollarda pedagogik ta'sir ko'rsatish vazifalari va vositalari hamda o'qituvchining o'quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon bo'ladi: Kommunikativ muloqot. Interaktiv muloqot. Perseptiv muloqot. Kommunikativ muloqotda bir tomonlama axborot uzatiladi. Muomala o'z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o'zaro axborot almashuvini qamrab olgan bo'lib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. Pedagogik kommunikatsiyaning o'qituvchi kasbiy faoliyatidagi ahamiyati shundan iboratki, unda o'qituvchining yuksak kommunikativ madaniyati qay darajada ekanligi namoyon bo'iadi. O'qituvchining kommunikativ madaniyati o'z navbatida turli pedagogik vaziyatlarda paydo bo'ladigan oddiy insoniy dilkashlik xususiyatiga tayanadi. Har birimizda, o'z shaxsiy muloqotimizning va o'zgalarning biz bilan olib boradigan shirin xushmuomalali muloqotidan ko'plab ajoyib taassurotlar xotiramizda saqlanadi. O'zaro muomalada dilkashlik fazilatlarini namoyish etadigan ko'plab pedagog ustozlarni bilamiz. Ular har qanday vaziyatlarda kishilar bilan bemalol muloqotga kirishib keta oladilar. Biroq, muloqotda butun suhbat jarayonini faqat o'ziga qaratib, kommu-nikatsiyaning qoq markazida faoliyat ko'rsatishni istovchi o'qituvchilar ham bor. Hayotdayana shunday o'qituvchilar uchraydiki, ular muloqotda kamgap, suhbatda istar-istamas ishtirok etishadi, mutlaqo faol kommunikativ rolni bajarishmaydi. Faqat kommunikativ xulqi bilan suhbat-doshini qo'llab turadi. Ba'zan hech kim bilan umuman muloqotga kirisha olmaydigan tund toifali o'qituvchilar ham uchraydi. Ammo, pedagogik faoliyatda muloqotdagi xushmuomalalilik nafaqat insoniy fazilat sifatida, balki o'qituvchilik kasbini tanlagan har bir kishining kasbidagi yuksak shaxsiy fazilati sifatida namoyon bo'ladi. Xushmuomalalilik, Sharq mutafakkirlari ijodida yuksak odob namunasi sifatida tasviiiangan. Dilkashlik, o'qituvchi uchun ajoyib bezak hisoblanadi va muosharat odobi sifatida talqin qilinib, o'quvchilar ongiga singdirilgan. O'qituvchining xushmuomalaligi va dilkashligi o'zida butun bir global insonparvarlik jarayonini qamrab oluvchi, ko'plab tarkibiy qism-lardan iborat bo'lgan ajoyib fazilatlaridan biridir. O'z pedagogik kas-bidan voz kechgan sobiq o'qituvchilar bilan suhbat jarayonida shu narsa maium boidiki, ularning ko'pchiligi qo'pol, muloqotda nazokatsiz kishilar. Odamlar bilan muloqotga kirishish, ular uchun qiziqarli emas. Shu sababli o'qituvchi sifatida kasbiy hislatlari ham shakllanmagan. Muloqot jarayoni - doimiy. uzoq vaqt davomida shakllanuvchi, keng qamrovli jarayon. Zero, shuning uchun pedagogik faoliyat - muomalada qo'pol, nazokatsiz o'qituvchilarni charchatadi, ish jarayoni uning g'a-shiga va asabiga tegadi, taiim muassasasidagi faoliyatiga putur etkazadi. Xushmuomalalilik va dilkashlik shaxsning insoniy fazilati sifatida o'qituvchilarning ham kasbiy faoliyatidagi yuksak fazilatlaridan biriga aylanib, o'qituvchining pedagogik muloqoti unumdorligini ta'minlaydi. Pedagogika oliy ta'lim muassasaiarida bo'lajak o'qituvchilarni kasbga yo'naltirishda, xushmuomalalilik va dilkashlikni shakllantirish uchun maxsus tayyorgarlikdan o'tishni taqozo etadi. O'qituvchining dilkashligi - uchta tarkibiy qisnini birlashtiruvchi jarayondir: • muloqotda zaruriyatning mavjudligi; • muloqotdan keyin, muloqot paytida, muloqotgacha yaxshi kay-fiyat; • kommunikativ ko'nikma va malakalarga ega bo'lish. Ushbu ta'rifda muloqotning o'qituvchi kasbiy faoliyatidagi ijodiy jihatlari ko'rsatilgan. Biroq. muloqot uchun zaruriyat hamisha mavjudligi - umuminsoniy xususiyat bo'lib, u barcha kasb egalariga taalluqlidir. Rus olimi A.V.Mudrik o'z ilmiy tadqiqotlarida o'qituvchining xush-muomalalilik bilan muloqotga kirishishi va unga ko'nikma hosil qilishga nisbatan qobiliyatini aniqlaydigan quyidagi mezonlarni ajratib ko'rsatadi: inson tafakkurining o'ziga xos xususiyatlarga muvofiqligi; notiqlik san'atini mukammal egallaganlik yoki nutqda erkinlik; xushmuomalalilik va shirinsuxanlik; Ushbu nuqtai nazardan ta'kidlash joizki, o'qituvchining kasbiy faoliyatida mavjud boigan pedagogik dilkashlik ham o'ziga xos mazmunga ega va uning quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib ko'rsatish mumkin: taiim va tarbiyaning turli sharoitlarida o'quvchilar bilan doimiy muloqotda bo'lish uchun barqaror zaruriyatning mavjudligi; o'qituvchining shaxsiy va kasbiy jihatdan dilkashlik va xushmu-omalalik fazilatlarini namoyon qilishda uzviylikning doimiyligi; dilkashlik va xushmuomalalikning barcha bosqichlarida ruhiy xo-tirjamlikni his etish; muloqotning samaradorligi va pedagogik faoliyatning turli tarkibiy qismlariga ijobiy ta'sir etishi; pedagogik kommunikatsiya jarayonini amalga oshirishda qobi-liyatning mavjudligi; o'qituvchining pedagogik kommunikativ ko'nikma va malakalarni doimiy egallab borishi. Hozirgi kunda taiim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarak-terda ekanligi, o'quvchilarni erkin, mustaqii fikr yuritishga va ongli intizomga o'rgatish, intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, o'qituvchidan chuqur bilimga, kasbiy malaka va ko'nikmalarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lishni talab qiladi. Shu jihatdan o'qituvchining o'quvchilar bilan munosabatida "Pedagogik takt" muhim pedagogik qobiliyat sifatida e'tirof etiladi. Takt so'zi azaldan pedagogikada tarbiyaviy ta'sir etish ma'nosini bildiradi va o'quvchilar bilan o'zaro munosabatni boshqarishga yordam beruvchi axloqiy kategoriya sifatida ta'riflanadi. O'quvchilar bilan muloqot jarayonida ro'y beradigan eng og'ir vaziyatlarda ham pedagogik takt o'qituvchidan mutlaqo bosiqlikni, suhbatdoshiga nisbatan hurmat va ehtiromni talab qiladi. Pedagogik takt - o'qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo'lib, o'quvchilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta'sir o'tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg'ulari asosida o'rnatish o'lchovi, o'quvchi larda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko'nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o'qituvchining o'quvchilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgi-lanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat'iy talab qilinadi. Shunday ekan, o'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonida hall to'liq shakllanmagan, ta 'sirlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota-onasimng sevimli farzandi bo'lgan murg'ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak. O'quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo'lgan qo'pollik, adolatsizlik, qo'rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo'lgan jazolash usuilarini qo'llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta'sir qiladigan turli jargon so'zlar ishlatish o'quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo'yishi, yoki o'qituvchining obro'siga putur etka-zishi mumkin. O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi bunday qarama-qarshi-liklar, ko'pincha, dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo'ladi. Bunda ayniqsa yosh o'qituvchilarning pedagogik takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi. O'qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o'rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o'quvchilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida pedagogik mahoratning asosi bo'lmish pedagogik taktga ega bo'lish o'qituvchi uchun juda zarurdir. O`quv-tarbiya jarayonida o`quvchilarning bilimi va хatti-harakatlarini bahоlash, yangi mavzuni tushuntirish, o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish, darsdan tashkari va ishdan hоlis vaqtlarda o`qituvchining nazоkati va оdоbi. O`qituvchi nazоkati va оdоbini shakllantirish, rivоjlantirish yo`llari hamda unga erishish shart-sharоitlari. O’qituvchini o’kuvchilar timsolida barcha bolalarni hurmat kiluvchi shaxsni ifodalashi zarur. Hurmatni anglagan o’kuvchida o’z shaxsi kimmatini sezish hislari vujudga keladi, pedagogik ta’sirga berilmayotgan kaysarlarni moyillashtiradi-ularni tarbiyaviy jarayon katnashchilariga aylantiradi. Hurmat kilish, ko’ngilni yakin tutish, erkalatish talabchanlikni inkor etmaydi, balki aynan uni nazarda to’tadi. Bu o’rinda A.S.Makarenkoning: «Insonni iloji boricha ko’prok hurmat kilish va undan kattikrok talab kilish printsipiga amal kilish zarur. Bizning jamiyatda hurmat va talabchanlik o’zaro organik holatda amalga oshiriladi». O’qituvchining pedagogik taktga ega ekanligi, uning yurish-turishida, vazminligida, o’zini to’ta-bilishida namoyon bo’ladi va o’kuvchiga ishonch bilan karashni nazarda to’tadi. O’kuvchiga ishonchsizlik bilan karash va buni har doim unga eslatish o’qituvchining pedagogik taktga ega emasligini bildiradi. Pedagogik takt darsning hamma boskichlarida o’qituvchi uchun zarurdir. Ayniksa, o’kuvchilar bilimini baholashda juda e’tiborli bo’lishi kerak. Bu takt - o’kuvchi javobini to’la eshitishda, ya’ni javob shakli va mazmuniga dikkat bilan e’tibor berishda, o’kuvchi adashganda vazminlik bilan to’zatishda, bahoni hakkoniy ko’yish va uni izohlab berishir. Albatta «Sen hech narsani bilmaysan!», «O’tir!», «Har doimdagidek o’qimay kelibsan!»-degan achchik e’tirozlar o’rinsizdir. Mohir o’qituvchilar hatto duduklanib javob berayotgan o’kuvchini kamchiligini to’g’rilab boradilar. Taktsiz o’qituvchida esa, hatto kobiliyatli bola ham duduklanib javob berolmasligi aniklangan. Barcha o’kuvchilar, ularni dikkat va hurmat bilan tinglaydigan, javobni to’g’rilab, yo’llab turadigan o’qituvchiga javob berishni yoktiradilar. Javob berayotgan o’kuvchiga jilmayish, imo-ishora, bosh kimirlatish bilan ma’kullab turish juda ahamiyatlidir. Ayniksa, baho ko’yish payti nihoyatda mas’uliyatlidir. Bahorning psixologik ta’siri hakida B.G.Ananev: noto’g’ri ko’yilgan bahoning o’kuvchiga salbiy ta’siri uch oygacha sezilib turishini aniklagan. O’kuvchilar faoliyatini baholashda V.A.Suxamlinskiy tajribasidan foydalanish juda e’tiborlidir. Uning baholash sistemasi asosan quyidagi ikki pedagogik asosda yaratilgan. 1. Bolaga funktsional yondoshish emas, balki unga shaxs nuktai nazaridan yondoshish (o’kuvchi bo’lgandan keyin o’qib kelish kerakda, deb karash noto’g’ri). «Mening o’kuvchilarim, eng avvalo inson, bola, so’ngra esa o’kuvchidir. Men unga ko’yadigan baho uning bilimlari o’lchovi emas, balki mening unga nisbatan insoniy munosabatimdir». Baho o’kuvchini kelajakka ishonch ruhida tarbiyalashi zarur. U o’kuvchi mehnatini rag’batlantirishi, Lekin uning dangasaligi va kobiliyatsizligi uchun jazolash vositasi bo’lmasligi zarur. Pedagogda kommunikativ ko’nikmalarni shakllantirish. Pedagogik takt-o’qituvchi hulkining ixcham bo’lishini, ya’ni taktikasini ham nazarda tutadi. CHunki o’qituvchi o’kuvchilar bilan turli rollarda mulokat qiladi. Darsda aniklik, uddaburonlik, kat’iylik, agar darsga tayyor bo’lmasa soxta mulokat va hokazo. Darsdan tashkari ishlarda erkinlik, ko’ngilchanlik, bemalollik-bo’lar, ayniksa, individual suhbatda, poxod (yurish) larda, sayohatlarda muhimdir. O’yin, kechki dam olish va gulxan atrofidagi o’tirishlarda esa o’rtoklarga munosabat va ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. SHuning uchun ham mulokotning turli shakllari: yig’ilish, munozara, bo’sh vaktni o’tkazish, o’qituvchidan mulokotning o’ziga xos uslubidan foydalanishni, uning ohangdorligini o’zgartirib turishni takozo qiladi. Mulokotda taktikani tanlash rollar pozitsiyasidan foydalanish bilan bog’likdir. Download 23.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling