Reja: Permanganatometriya metodi
Download 271.66 Kb.
|
Shoxsanam Analitika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga doir Keys Mavzu: Titrlash metodining usullari
Savollar
1. Permanganatometriya tushunchasiga izoh bering. 2. Permanganatometriya usuli mohiyati haqida gapiring 3. Usul qanday muhitlarda olib boriladi? 4. Permanganatometriyaning qoʻllanilishi. 5. Permanganatometriya asosan qanday muhitlarda olib boriladi Xulosa Permanganatometriya ko’pincha temir (II), kalsiy (oksalat holida) tuzlarini, shavel kislotasini, mis (I) ni vodorod peroksidni analiz qilishda ishlatiladi. Permanganatometriya metodi oksidlovchilarni aniqlashda ham qo’llanilishi mumkin. Bu holda aniqlanayotgan moddaga ma’lum miqdorda ortiqcha, aniq o’lchab olingan qaytaruvchi eritmasini qo’shib teskari titrlash qo’llaniladi. Keyin ortiqcha qaytaruvchi kaliy permanganat eritmasi bilan titrlanadi. Mavzuga doir Keys Mavzu: Titrlash metodining usullari Reja: 1.Titrlash metodi haqida umumiy ma'lumot 2.Titrlash metodining usullariga doir o'quvchilar bilan savol javob 3.Tirtlash metodi usullarining mohiyati haqida xulosa Titrimetrik analizning barcha aniqlash usullarida titrlash ekvivalentlik nuqtasigacha, yaʼni standart titrlangan eritmaning miqdori reaksiya tenglamasiga muvofiq, modda miqdoriga qatʼiy ekvivalent boʻlgan paytgachaoʻtkaziladi. Shu sababli titrlash tugaganligini bildiruvchi indikatorlarning Titrimetrik analiz da ahamiyati katta.Aniqlash usuliga koʻra, toʻgʻri (bevosita), qoldiqli, bilvosita va differensial titrimetrik analiz farqlanadi. Koldiqdi usul aniqlanadigan modda standart, titrlangan eritma bilan reaksiyaga kirishmaganda yoki reaksiyaga juda sust kirishganda qoʻllanadi. Bilvosita usulda modda standart titrlangan eritma bilanbevosita reaksiyaga kirishmaganda amalga oshiriladi. Differensial usul bir vaqtda 2 moddani aniqlashda qoʻllanadi.Kimyoviy reaksiyalar jarayoniga qarab. Titrimetrik analiz:kislota-asos, oksidlanish-qaytarilish, kompleksometriya, cho'kmaga tushirish usullariga; titrlashning oxirgi nuqtasini indikatsiyalash usuliga koʻra, rangli indikator, potensiometrik, ampermetrik, konduktometrik titrlashga boʻlinadi.Titrimetrik analiz metodlari miqdoriy analizning asosiy qismini tashkil etadi. Lekin bu metodlarda hamma reaksiyalardan foydalanib bo‘lmaydi, qo‘llaniladigan reaksiyalar ma’lum talablarga javob berishi kerak:1) reaksiya katta tezlik bilan stexiometrik ravishda borishi;2)ishlatilayotgan reaktiv faqatgina aniqlanayotgan modda uchun sarf bo‘lishi, ya’ni reaksiya bitta tenglama bilan borishi;3) reaksiya oxirigacha borishi, ya’ni deyarli qaytmas bo‘lishi;4)reaksiya oxirini-ekvivalent nuqtani aniqlash uchun indicator tanlangan bo‘lishi kerak; 5)Bu talablarga javob bermaydigan reaksiyalarni titrimetrik analizda qo‘llab bo‘lmaydi. Titrimetrik analizda qo‘llanilayotgan reaksiyaning turiga qarab:1) kislota – asosli titrlash metodi;,2) oksidlanish – qaytarilish metodi; 3) kompleks hosil qilish metodi;4) titrlab cho‘ktirish metodlariga ajratish mumkin.Analiz qilinayotgan modda tarkibidagi noma’lum ionning, molekulaning miqdorini toppish uchun u bilan stexiometrik ravishda reaksiyaga kiradigan ikkinchi reaktivning konsentratsiyasi aniq ma’lum bo‘lishi kerak. Mavzuga doir savollar: 1.Titrlash metodining usullarining mohiyati haqida gapirib bering 2.Bevosita va bilvosita titrlash metodi haqida tushuncha bering 3.kislota-asosli titrlash metodi haqida maʼlumot bering bu 4.oksidlanish qaytarilish metodi haqida kengroq malumot bering Download 271.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling