Reja: pisa dasturi va vazifalari
PISA dasturining rivojlanish bosqichlari
Download 36.01 Kb.
|
Reja pisa dasturi va vazifalari-fayllar.org
PISA dasturining rivojlanish bosqichlari
1-rasm. PISA dasturiga ishtirok etayotgan davlarlar va ularning soni. 2021 yilda O‘zbekiston ilk marta Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (OECD) PISA – o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dasturida ishtirok etadi. Keyingi yilgi sinovlarda O‘zbekistondan taxminan 300ga yaqin maktab va taxminan 12 mingdan ortiq o‘quvchi qatnashishi kutilyapti. Mazkur dastur 2000 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan bo‘lib, har 3 yilda 15 yoshli bolalarning o‘qish savodxonligi, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimini tekshiradi. Bunda bolalarning olgan bilimlarini hayotda – real vaziyatda qay darajada qo‘llay olishlari muhim sanaladi. O‘tgan 20 yilda PISA turli davlatlarda ta'lim samaradorligini, sifatini o‘lchay oladigan asosiy mezon va ta'lim islohotlariga sababchi bo‘lgan dasturga aylanib ulgurgan. PISA oxirgi marta 2018 yilda o‘tkazilgan sinovida dunyoning rivojlangan va o‘rta daromadli 79 davlatidan jami 10 milliondan ko‘proq bola qatnashdi. O‘zbekiston ham 2021 yilda ilk bor PISA'da qatnashib, o‘quvchilar bilimini xalqaro miqyosda sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta'lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi ham tashkil etilgan bo‘lib, markaz jarayonlarga tayyorgarlik ishlarini olib borish uchun mas'ul hisoblanadi. 2-rasm. 2015-yil o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari (o’qish savodxonligi) 3-rasm. Matematik savodxonlik yo’nalishi.
Bugungi kunda PISA dasturi ishtirokchi davlatlari 88tadan oshgan. Dasturning aynan 15 yoshli bolalar bilimini baholashining boisi – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a'zo davlatlarda bu yoshda bolalar umumta'lim maktabini tugatib, keyingi bosqichga qadam qo‘yishga tayyor bo‘lishadi. PISA bir xil standart va talab bilan butun dunyodagi o‘quvchilar bilimini baholaydi. Uning baholash talablarini hech bir davlat milliy standartiga yoki o‘quv dasturiga solishtirib bo‘lmaydi. Bunda o‘quvchilar bilimi o‘qish, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar savodxonligi yo‘nalishlarida o‘zlashtirgan bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qay darajada ishlata olishi tekshiriladi. Bundan tashqari, 2021 yilgi dasturda kreativ fikrlash ko‘nikmasi ham alohida yo‘nalish sifatida baholanadi. Download 36.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling