Reja: Potеnsiоmеtrik datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar


Download 0.52 Mb.
bet1/7
Sana14.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1268525
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Reja Potеnsiоmеtrik datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar


8-Mavzu: Elektrokontaktli datchiklar. Potеnsiоmеtrik dаtchiklаr
Reja:
1.Potеnsiоmеtrik datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar
2.Potensiometrik datchiklarning ulanish sxemasi va ularga qo’yiladigan talablar

1.Potеnsiоmеtrik datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar

Pаtеnsiоmеtrik dаtchiklаr mеxаnikаviy siljishlаrni elеktr kаttаliklаrigа аylаntirib bеrishi uchun xizmаt qilаdi. Dаtchikning аsоsiy qismi rеоstаt bo’lib, uning qаrshiligi surgich siljishidа o’zgаrаdi. Bunday turdagi datchiklarning ish prinsipi nazorat qilinayotgan kattalikning ta’sirida uning aktiv qarshiligi o’zgarilishiga asoslangan bo’ladi. Potensiometrik datchiklarda nazorat qilinayotgan harakat sezgir elementga uzatilib uning qarshiligi hisobiga o’zgaruvchan yoki o’zgarmas kuchlanishga aylantiriladi.


Potensiometrning harakatlanuvchi kontakti nazorat qilinayotgan harakatga bog’langan bo’lib, obyektning holati o’zgarilganda uning qarshiligi va ikkilamchi asbobdagi ko’rsatgich o’zgaradi. Ikkilamchi asbob esa nazorat qilinayotgan parametrlar birligida darajalangan. Kuchlanishning tebranishlarini ta’sirini yo’qotish maqsadida stabillashgan manbalardan foydalanish tavsiflanadi.
Potentsiometrik datchiklar chiziqli va burchakli siljishlarni elektr signalga o`zgartirish uchun, hamda avtomatik qurilmalarda oddiy funktsional bog’liqlarni aks ettirish uchun mo`ljallangan.
U kuchlanish manbasi bo`lgan o`zgaruvchan rezistor shaklida ishlangan bo`lib, uning kirish kattaligi bo`lib tokli kontaktning chiziqli yoki burchak siljishi xizmat qiladi, chiqish kattaligi bo`lib kontaktning holati o`zgarishi miqdori bo`yicha o`zgaradigan shu kontakt kuchlanishi xizmat qiladi.
Manba kuchlanishi reostatning barcha cho`lg’amiga ushbu cho`lg’amning qo`zg’almas chiqish kontaklari orqali beriladi. Uning ichida bitta qo`zg’aluvchan kontakt bor. Chiqish kuchlanishi ushbu qo`zg’aluvchan va reostatning bitta qo`zg’almas kontaklari orasidan olinadi. Bu kuchlanish qo`zg’aluvchan kontakning harakatiga proportsional bo`ladi. Elektrtexnikada bunday ulanish potentsiometrik sxema deyiladi. Potentsiometrik datchikning ulanish sxemasi 3.1–rasmda ko’rsatilgan.




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling