Reja: Psixologiya fanining sohalari
Download 38.43 Kb.
|
2-Mavzu seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba (eksperiment)
- So’rash va suhbat metodi.
Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emosional hamda irodaviy va akdiy zo’riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. Asboblarning ko’rsatilishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emosional-irodaviy, asabiy zo’riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo’layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi.
Tajriba (eksperiment) aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalov-chi) va tekshirish (nazorat) qismlariga bo’linadi. Eksperimentning anikdovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat, o’yin, meh-nat, o’qish kabi faoliyatlar tadqiq qilinadi. Tadqiqot obyektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvg chi sinaluvchiga subyektiv ta’sir o’tkazmaydi. Shu pallada sinaluvchiga, hatto yo’llovchi savollar ham bermaslik eksperimentning priisipi hisoblanadi. So’rash va suhbat metodi. So’rash va suhbat metodi psixik hodisalarning asosan ichki, subyektiv tomonini tekshirish uchun qo’llaniladi. Bu metodda tadqiqotlar taxminan quyidagicha o’tkaziladi. Tadqiqotchi psixik hayot hodisalarining birontasini, masalan, odamda shodlik hissi subyektiv ravishda qanday kechishini, poetik ijodiyot jarayoni qanday borishini, irodaga bog’liq harakatlarda qaror qabul qilish jarayoni qanday ro’y berishini, biron masalani yechganda tafakkur jarayoni qanday borishini va shunga o’xshash hodisalarni tekshirishni oldindan vazifa qilib qo’yadi, tadqiqotchi suhbat vaqtida tekshiriluvchi kishiga beradigan savollarni oldindan belgilab oladi. Savollar shunday tartib bilan tanlab olinadiki, tekshiriluvchi kishida qaysi kechinmalar va ong jarayonlarini o’rganish kerak bo’lsa, u o’z javoblarida xuddi o’sha kechinmalarni va o’sha ong jarayonlarini oydinlashtirib beradi. Tekshirishning qanday borishiga va tekshiriluvchi kishining individual hususiyatlariga qarab, suhbat vaqtida savollarni o’zgartirish, to’ldirish, boshqacha qilib berish mumkin. Bu vaqtda tadqiqotchi tekshiriluvchi kishini kuzatib, masalan, nutqining hususiyatlarini, mimikasini va shunga o’xshash xislatlarini qayd qilib turadi. Suhbatni o’ziga xos tergovga aylantirib yubormaslik kerak. Suhbat samimiy, bemalol bo’lishi, tekshiriluvchi kishilarning psixik holatiga zo’r kelmasligi kerak. Suhbat odam psixik hayotining bevosita kuzatish va eksperimentda aniqlab bo’lmaydigan prosess va hollari haqida ma’lumot olishga yordam beradigan birdan-bir metoddir, deyish mumkin. Masalan, kosmosga parvoz qilish vaqtida odamning psixik faoliyat hususiyatlari haqida bilim olmoq uchun tadqiqotchi kosmonavtlarning o’zi bilan suhbat qilishi kerak. Suhbat metodi shaxsning individual hususiyatlarini (e’tiqodlari, havaslari, jamoaga munosabati, o’z vazifalarini tushunish) tekshirishda, shaxsning hayoti va faoliyatidagi mahsus voqyealar, qahramonlik, ijodiy maqom va shunga o’xshashlarni tekshirishda qo’llaniladi. Hozir suhbat metodi psixologiyada juda keng qo’llaniladi, jumladan pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi, ijodiyot psixologiyasi, kosmik psixologiyada suhbat metodidan foydalaniladi. Download 38.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling