Reja: Psixologiya fanining sohalari
Download 38.43 Kb.
|
2-Mavzu seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sport psixologiyasi
- Savdo psixologiyasi
Harbiy psixologiya-harbiy faoliyatining inson psixikasiga ta'siri, harbiy faoliyatning xususiyatlarini psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi, tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Jangchi shaxsining psixologik faktorlarini tekshirish - harbiy psixologiyasining asosiy muammolaridan biridir. Harbiy jamoalarda shaxslararo munosabatlar, komandirlar bilan jangchilar muloqotining psixologik xususiyatlari, favquloddagi holatlarda harbiy xizmatdagi kishilar psixikasining o’zgarish, bo’linmalarda psixologik muhit masalasi, harbiy-vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirsh birlamchi muammo ekanligi va hokazo. Harbiy psixologiya negizida sotsial psixologiya, mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, pedagogik psixologiya sohalarining nazariy-amaliy materiallari, umumbahariy qonuniyatlar yotadi.
Sport psixologiyasi - sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida inson psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha XX asrning 60-70 yillarida jadal su'atlar bilan rivojlana boshladi va uning ilk tadqiqotlari sportchilarning individual psixologik farqlarini o’rganishga qaratilgan edi. Hozirgi davrga kelib esa sport psixologiyasi o’rganayotgan muammolar ko’lami kengaydi, shu boisdan uning asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotga ta'sir o’tkazuvchi muhim hart-haroitlarni yaratib berishdir. Bundan tashqari, sport psixolgiyasi sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, erishgan yutuqlariga psixologik yordam ko’rsatish jabhalari bilan ham shug’ullanadi. Savdo psixologiyasi - jahon mamlakatlarida keng rivojlangan bo’lib, tijorat ta'sirining psixologik negizlari, ob'ektiv va sub'ektiv hart-haroitlarini, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydigan soha. Savdo psixologiyasi savdo-tijorat reklamalari, modalar psixologiyasi va shu kabi masalalarni tadqiq qiladi. Ayniqsa, sotuvchi-xaridor munosabati, kishilarga ta'sir o’tkazish, ularda iliq his-tuyg’u, ishonch uyg’onish mexanizmlari, mantiqan ularni muomala jarayonida ishontirish, qiziqtirish, ijtimoiy ahamiyatini tushuntira bilish, nizomli holatlarning oldini olish, xizmatda muloqot madaniyati va uning treninglaridan unumli foydalanish, xaridorlarning psixologik xususiyatlarini anglagan holda munosabatda bo’lish qonuniyatlarini tadqiq etish ham mazkur sohasining tekshiruv predmetiga kiradi. Download 38.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling