Reja: Pul massasi
Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari
Download 49.42 Kb.
|
Pul massasi va uning mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasida inflyatsion jarayonlarning o‘ziga xosligi
Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari
Reja: Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish. Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari. O‘zbekiston Respublikasida inflyatsion jarayonlarning o‘ziga xosligi Inflyatsiya lotincha «inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib «ish», «bo‘rtish», «ko‘pchish» degan ma‘noni anglatadi. Bu so‘z XIX asrning o‘rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda xavfli o‘sma kasalini ifodalashda qo‘llanilgan. Tarix haqiqatda ham bu so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini ko‘rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o‘sishidangina iborat bo‘lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy tarjimasi – muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko‘p pul chiqarish degan ma‘noni anglatadi. Iqtisodda inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining o‘sishiga, qoniqtirilmagan, lekin qisman to‘lanishi mumkin bo‘lgan talablarning vujudga kelishga olib keladi. Odatda inflyatsiyaning bu turi - klassik inflyatsiya deb yuritiladi. Inflyatsiya so‘zi pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari o‘rtasida fuqarolar urushi bo‘lganda muomalaga juda ko‘p miqdorda (450mln. grin bek) qoG’oz dollar chiqarilgan boshlab qo‘llanila boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan . Agar tarixga e‘tibor beradigan bo‘lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy boG’liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada - Fransuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o‘rtalarida namoyon bo‘lgan. XULOSA Xulosa qilib shuni aytish keraki ba‘zi bir iqtisodchilarimizning fikricha inflyatsiya - bu barcha tovarlar baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o‘sgan taqdirda ham ayrim tovarlar bahosi barqaror bo‘lib qolishi, boshqalarniki tushishi ham mumkin ekan. Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70-80 yillarning inflyatsiyasiga mos kelishi mumkin. Albatta, inflyatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil sur‘atlarda bo‘lmasdan, sakrab turadigan bo‘lishi mumkin. Barqaror bo‘lib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun mos deb to‘liq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba‘zida davlat aralashuvi bilan aholi iste‘moli uchun zarur bo‘lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma‘lum davrda barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir oqibatda oshishiga olib boradi. Download 49.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling