Reja: Pul muomilasi va uning amal qilish qonuniyati Kreditning mohiyati,manbalari va vazifalari. Bank tizimi. Markaziy bank va tijorat banklari hamda ularning vazifalari. Pulning o’z vazifalarini bajarish jarayonidagi bu to’xtovsiz harakati pul
Download 21.21 Kb.
|
Iqtisodiyot(mustaqil ish II semestr)
Reja: 1.Pul muomilasi va uning amal qilish qonuniyati 2.Kreditning mohiyati,manbalari va vazifalari. 3.Bank tizimi. Markaziy bank va tijorat banklari hamda ularning vazifalari. Pulning o’z vazifalarini bajarish jarayonidagi bu to’xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo’yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 1) milliy pul birligi (so’m, dollar, iyena, funt sterling, marka va h.k.); 2) naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi; 3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; 4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari. Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo’lgan pul massasi ularni (naqd va kredit pullarni) qo’shish yo’li bilan aniqlanadi. Pul muomalasi o’ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog’liq: 1. Muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo’lgan tovarlar summasiga. 2. Pul birligining aylanish tezligiga. 3. Kreditning rivojlanishiga, puldan to’lov vositasi vazifasidan foydalanishga ham bog’liq. Ko’pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to’lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo’ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to’lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko’paytiradi. Undan tashqari hozirgi vaqtda ko’pgina oldi-sotdi jarayonlari naqd pulsiz, bir-biriga bank orqali pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Biz ularni o’zaro hisob-kitoblar deb ataymiz. Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: Pm=(Tb-Xk+Xt-O`x-k)/At
Download 21.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling