Reja: Pul muomilasi va uning amal qilish qonuniyati Kreditning mohiyati,manbalari va vazifalari. Bank tizimi. Markaziy bank va tijorat banklari hamda ularning vazifalari. Pulning o’z vazifalarini bajarish jarayonidagi bu to’xtovsiz harakati pul


Download 21.21 Kb.
bet2/4
Sana08.04.2023
Hajmi21.21 Kb.
#1342809
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiyot(mustaqil ish II semestr)

Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori;
Tb - sotilishi lozim bo’lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori x narxi);
Xk - kreditga sotilgan tovarlar summasi;
Xt - to’lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to’lovlar summasi;
O’x-k - naqd pulsiz o’zaro hisob-kitoblar;
At - pulning aylanish tezligi.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori pul muomalasi qonunini miqdoran ifodalaydi. CHunki muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga nisbatan muomalaga kam pul chiqarilsa, ko’pgina xo’jaliklarda pul yetishmasligi, normal holatda xo’jalik yuritib bo’lmay qolish holati yuz beradi. Yoki, aksincha, muomalada bo’lgan pul miqdori sotilayotgan tovarlar va xizmatlar summasiga nisbatan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo’lishi pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiyani bildiradi.


Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari

Kredit bo’sh turgan pul mablag’larini ssuda fondi shaklida to’plash va ularni pulga muhtoj bo’lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to’lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.

Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi.

Kredit munosabatlari ikki sub’ekt o’rtasida, ya’ni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi o’rtasida yuzaga keladi.

Turli xil korxonalar (firmalar), tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining sub’ektlari hisoblanadi. Sanab o’tilgan sub’ektlarning aynan har biri bir vaqtning o’zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o’rnida chiqishi mumkin.


Kredit munosabatlarining ob’ekti Jamiyatda vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’laridir.

Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablag’larinish doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud bo’lishini xakozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar suratda vaqtincha bo’sh turadigan pul mablag’lari va boshqa pul resurslari kredit mablag’larining manbaini tashkil qiladi.

Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:


  1. korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;
    2) mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
    3) korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag’batlantirish fondlari;
    4) korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari Uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;
    5) bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari;



Download 21.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling