Reja: Qadimgi va O‘rta asrlar ijtimoiy fikrlar taraqqiyotida fuqarolik jamiyatiga doir g‘oyalar
Rasm 2.1. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarining asosiy yond
Download 179.62 Kb.
|
2 мавзу
Rasm 2.1. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarining asosiy yondashuvlari:
XX asr boshlaridan fuqarolik jamiyati sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar “fuqarolik jamiyati” kategoriyasini funksional tavsiflarini tushunish murakkablashdi. Buning sababi fuqarolik jamiyati tushunchasini tadqiq etishda fuqarolarning ijtimoiy hayotida dolzarb talablarini aks ettiruvchi yangi mezonlarning kiritilganligida bo‘ldi. Shu tariqa, fuqarolik jamiyati haqidagi tasavvurlar rivojini tizimlashtirish quyidagi shakllarda yuz berdi: birinchidan, ularning ijtimoiy-falsafiy asoslari tasniflari bilan, ikkinchidan, mafkuraviy asoslarning xususiyatlariga ko‘ra, uchinchidan, fuqarolik jamiyatining sof ilmiy konsepsiyalarini aniqlash bilan belgilandi. Biroq, fuqarolik jamiyati modeli dastlabki tayanch ijtimoiy-falsafiy nazariyalar va konsepsiyalarini ikki guruhga bo‘lish rusumga kirdi: - formatsion va sivilizatsion yondashuvlar; - modernizatsiya va postmodernizm konsepsiyasi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda fuqarolik jamiyatining quyidagi g‘oyaviy-falsafiy doktrinalari ishlab chiqildi: - “byurokratik davlat sotsializmi doktrinasi”; - “avtoritar davlat kapitalizmi doktrinasi”; - “demokratik sotsializm doktrinasi”; - liberal-demokratik (“bozor demokratiyasi”). Byurokratik davlat sotsializmi uchun fuqarolik jamiyati – bu burjua, kapitalistik jamiyat, u xususiy mulkka va yollanma mehnatga asoslanadi. Byurokratik-davlat sotsializmi tarafdorlari fuqarolik jamiyatini ijtimoiy notenglik va jamiyatda kuchayib borayotgan keskinlik sababi, deb biladi. Avtoritar-davlat kapitalizmi fuqarolik jamiyatini xususiy biznes, oilaviy-qarindoshlik va boshqa nodavlat munosabatlar sohasi bo‘lib, u o‘zida kapitalistik davlatning ijtimoiy-iqtisodiy bazasini mujassam qiladi, deb hisoblaydi. Demokratik sotsializm konsepsiyasi tarafdorlariga ko‘ra fuqarolik jamiyati – bu ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va institutlar majmui, u demokratik davlat bilan birga ijtimoiy (iqtisodiy, siyosiy va hokazo) demokratiya asosini tashkil qiladi. “Bozor demokratiyasi” nazariyotchilari fuqarolik jamiyatini bozor demokratiyasi jamiyatiga o‘xshash insoniy birlik deb biladi. Ular fikricha, fuqarolik jamiyati iqtisodiy jamiyat bo‘lib, iqtisodiy hayotni boshqarish imkoniyatlarida cheklangan va ular ijtimoiy birlashmalar va harakatlar tomonidan nazorat qilinadi. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati g‘oyasining qayta jonlanishida jamiyatni davlatlashtirishga, jamiyat hayotida davlat roli va ta’sirining favqulodda o‘sishiga qarshi qarashlar ham shakllandi. Ch.Teylor, E.Arato, R.Dvorkin va boshqa tadqiqotchilardan iborat bo‘lgan o‘ziga xos normativ diskurs ham shakllandi20. Shuningdek, jamiyatning nodavlat sohasining ijtimoiy-siyosiy faolligi va o‘z-o‘zini tashkillashtirishning ahamiyati bog‘liq bo‘lgan muhim quyidagi konsepsiyalar ham shakllandi: - liberal an’ana konsepsiyasi; - amerikancha kommunitarizm konsepsiyasi; - yevropacha neokonservatizm konsepsiyasi; - post-markscha konsepsiya. Fuqarolik jamiyatining liberal an’ana g‘oyasi umuman olganda yangilik emas. Fuqarolik jamiyati haqidagi dastlabki tasavvurlar mumtoz ingliz liberalizmi davridayoq ishlab chiqilgan edi. Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining amerikacha madaniy va tarixiy o‘zgaida “respublikachilik” g‘oyasi yotadi. U XX asrdagi o‘zini o‘zi boshqarish va o‘zini o‘zi ijtimoiy uyushtirishga asoslangan teng huquqli fuqarolar tomonidan tashkil etilgan amerika kommunalari, ya’ni lokal birlashmalarining uyg‘un va faollikdagi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqidagi tasavvurlarga asoslandi. Авторитар-буржуа доктринаси (“давлат капитализми” доктринаси) Либерал-демократик доктрина (“бозор демократияси” доктринаси) Download 179.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling