Reja: Qalqonsimon va qalqonsimon oldi bez gormonlari


Download 2.17 Mb.
Sana27.12.2019
Hajmi2.17 Mb.

Reja:

  • 1. Qalqonsimon va qalqonsimon oldi bez gormonlari.
  • 2. Oshqozon osti bezi. Insulinning ta’sir mexanizmi.
  • 3. Buyrak usti bezi gormonlari va biologik funksiyalari.

Qalqonsimon bez moddalar almashinuviga turlicha ta’sir etadigan ikki guruh gormonlarni sekretsiya qiladi:

  • 1) Yodtironinlar – tiroksin va triyodtironin energiya almashinuvini boshqaradi va hujayraning bo’linishi hamda differensiyalanishiga ta’sir etib, organizmning rivojlanishini belgilaydi.
  • 2) Kaltsiotonin fosfor-kaltsiy almashinuvini boshqaradi ( u qalqonsimon oldi bez gormonlari bilan birga ko’rib chiqiladi.)

QALQONSIMON BEZ GORMONLARI

  • OH
  • Tironin
  • O
  • CH2
  • CH COOH
  • NH2
  • OH
  • O
  • CH2
  • CH COOH
  • NH2
  • J
  • J
  • J
  • J
  • OH
  • O
  • CH2
  • CH COOH
  • NH2
  • J
  • J
  • Triyodtironin (Т3)
  • 5
  • 3
  • 5’
  • 3’
  • 3’
  • 3
  • 5
  • J
  • Tiroksin
  • (tetrayodtironin – Т4)

Sintez jarayoni besh bosqichda boradi:

  • Yodiddan yodidperoksidaza ishtirokida “faol” yodning hosil bo’lishi:
  • I- - e- (2e-) → I0 (I+)
  • H2O2 elektronlar manbai bo`lib hisoblanadi. Faol yod tirozinni yodlash xususiyatiga ega.
  • Tireoglobulin tarkibida tirozinni tirozinyodinaza ishtirokida yodlanishi. Bunda monoyodtirozin yoki diyodtirozin hosil bo’ladi.
  • Tireoglobulin molekulasida mono- va diyodtirozinlarning oksidlanishli kondensatsiyalanishidan triyodtironin va tiroksinning hosil bo’lishi. Jarayon tirozin-yodinazaning yuza qismida boradi.
  • Tireoglobulinning kolloiddan epiteliy hujayralari orqali o’tishi va uning hujayra tashqi suyuqligi yuvib o’tadigan membrananing yuza qismida joylashishi. Bu jarayon endositozni eslatadi.
  • Yodtironinlarning sekretsiyasi – tireoglobulin proteazalari gidrolizi hisobiga borib, ulardan qonga tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) ajralib chiqadi.

Yodtironinlar ta’sir mexanizmi

  • sitoplazma
  • yadro
  • yodtironin
  • SR
  • SR
  • SR
  • SR
  • SR
  • mRNK
  • oqsil
  • Hujayra
  • retseptorlari
  • SR

Yodtironinlar ta’sir mexanizmi

  • sitoplazma
  • yodtironin
  • R
  • mRNK
  • Hujayra
  • retseptorlari
  • ATF sAMF
  • N
  • C
  • yadro
  • oqsil
  • Lipoliz (yog` to`qimalarida)
  • Glikogenoliz
  • (jigar va mushak)
  • Kislorod ko`p talab etiladi

Qalqonsimon bez funktsiyasining buzilishi.

  • Qalqonsimon bez funktsiyasining buzilishi organizmda yodtironinlar miqdorining oshishi yoki kamayishi bilan birga kuzatiladi.

Qalqonsimon bezning giperfunktsiyasi yoki gipertireozda juda ko’p miqdorda yodtironin hosil bo’ladi, bunday holatlar tireotoksikoz yoki Bazedov kasalligi nomini olgan.

  • Qalqonsimon bezning giperfunktsiyasi yoki gipertireozda juda ko’p miqdorda yodtironin hosil bo’ladi, bunday holatlar tireotoksikoz yoki Bazedov kasalligi nomini olgan.
  • Qalqonsimon bezning gipofunktsiyasi yoki gipotireozda organizmda yodtironinlar yetishmaydi
  • Qaqonsimon bez jarohatlanishi bilan bog’liq yana bir kasallik – endemik bo’qoq. Odatda bu kasallik suv va o’simliklarda yod yetishmaydigan tog’li joylarda yashovchi aholi o’rtasida ko’proq uchraydi

Oshqozon osti bezi gormonlari

  • Oshqozon osti bezida Langergans orolchalari va atsinoz to’qima farqlanib, ularda gormonlarni sintezlaydigan va ajratadigan hujayralar joylashgan.
  • A (α-hujayralar)da- glyukagon
  • B (β-hujayralar)da - insulin
  • D-hujayralarda - somatostatin ajraladi.

Somatostatin

  • Somatostatin gipofizdan somatotropin ajralishini susaytiradi, shuningdek glyukagon va gastrin ajralishini to’xtatadi, balki insulinga ham shunday ta’sir ko’rsatishi mumkin. Somatostatin glyukagon va somatotropin ajralishini susaytirib, qandli diabetda ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Glyukagon

  • Glyukagon nishon to’qimalarining membrana retseptorlari bilan bog’lanadi. Ular uchun jigar, yog’ to’qimasi va kam miqdorda muskullar nishon bo’ladi.
  • Adenilatsiklazani faollash va sAMF ning miqdorini oshirib, jigardagi va qisman muskullardagi glikogenning hamda yog’ to’qimalaridagi triatsilglitserinlarning safarbar etilishiga olib keladi. Buning natijasida qonda glyukoza, yog’ kislotalari va glitserinning miqdori oshadi. Jigarda yog’ kislotalarining yonishi ko’p miqdorda atsetil – KoA, ulardan esa keton tanachalarining ko’p miqdorda hosil bo’lishiga olib keladi.

Insulinning ta’sir mexanizmi.

  • Insulinning eng muhim xossalaridan biri gormonga sezgir hujayralarda glyukozaning faol tashilishini oshirish xossasidir. Bunda insulin membranada glyukozali kanallarni shakllantiradigan oqsillar yoki siklik nukleotidlar orqali membrananing glyukozaga o’tkazuvchanligini oshiradi.
  • Na+, K+ – nasoslarining faollashuvi Na+/K+ ning membranadagi gradiyenti va uning giperpolyarizatsiyasini oshiradi. Na+/K+ gradiyent hujayraga aminokislotalarning ikkilamchi faol tashilishini, yog’ to’qimalarida esa, balki glyukoza tashilishini yengillashtiradi.
  • Insulinning hujayra ichki metabolizmiga ta’sir etishi hujayra ichki vositachilari orqali amalga oshadi. Insulin Ca2+ ionlarining hujayra ichiga kirishini yengillashtiradi va buning hisobiga guanilatsiklaza faolligi va sGMF sintezi oshadi. Aksincha, Ca2+ ionlari fosfodiesterazani faollab, sAMFni parchalashi hisobiga sAMFning miqdorini kamaytiradi.

sAMFning past kontsentratsiyasi glikogenoliz, glyukoneogenez (aminokislotalardan foydalanish hisobiga), lipolizni tormozlaydi va keton tanachalar hosil bolishini susaytiradi. Shu bilan bir vaqtda insulin ta’sirida sAMF/ sGMF nisbatining past bo’lishi glikogen sintezi, triatsilglitserinlar (lipogenoz) va oqsil biosintezini yengillashtiradi. Bundan tashqari, insulin sAMF va Ca2+ ionlari orqali DNK (replikatsiya) va RNK ( transkriptsiya) sintezlarini tezlashtirib buning hisobiga hujayralarning proliferatsiyasi, o’sishi va differentsiyalashuvini tezlashtiradi. Insulinning nishon to’qimalarga ta’siri natijasida uglevodlar, lipidlar, oqsillar va mineral moddalarning qondagi almashinuvida o’zgarishlar kuzatiladi. Insulin qon tarkibida glyukoza, aminokislotalar, yog’ kislotalari, glitserin va K+ ionlarining hamda siydik bilan aminokislotalar va K+ ionlari ajralishini kamaytiradi. Umuman, insulin moddalar almashinuviga anabolik ta’sir ko’rsatib, musbat azot balansi bilan birgalikda kuzatiladi.

  • sAMFning past kontsentratsiyasi glikogenoliz, glyukoneogenez (aminokislotalardan foydalanish hisobiga), lipolizni tormozlaydi va keton tanachalar hosil bolishini susaytiradi. Shu bilan bir vaqtda insulin ta’sirida sAMF/ sGMF nisbatining past bo’lishi glikogen sintezi, triatsilglitserinlar (lipogenoz) va oqsil biosintezini yengillashtiradi. Bundan tashqari, insulin sAMF va Ca2+ ionlari orqali DNK (replikatsiya) va RNK ( transkriptsiya) sintezlarini tezlashtirib buning hisobiga hujayralarning proliferatsiyasi, o’sishi va differentsiyalashuvini tezlashtiradi. Insulinning nishon to’qimalarga ta’siri natijasida uglevodlar, lipidlar, oqsillar va mineral moddalarning qondagi almashinuvida o’zgarishlar kuzatiladi. Insulin qon tarkibida glyukoza, aminokislotalar, yog’ kislotalari, glitserin va K+ ionlarining hamda siydik bilan aminokislotalar va K+ ionlari ajralishini kamaytiradi. Umuman, insulin moddalar almashinuviga anabolik ta’sir ko’rsatib, musbat azot balansi bilan birgalikda kuzatiladi.

BUYRAK USTI BEZI GORMONLARI Steroid gormonlar skeleti

  • 1,2-Siklopentanper-
  • gidrofenanatren

Metabolik kelib chiqishi

  • Hamma steroid gormonlar lipofil past molekulali moddalar bo`lib, ularning umumiy o`tmishdoshi xolesterin hisoblanadi.
  • Odam organizmidagi xolesterin manbai ovqat tarkibidagi xolesterin va gepatotsitlardagi biosintez.

Xolesterin almashinuvida steroid gormonlarning ahamiyati

  • XOLESTERIN
  • Estrogenlar
  • O`t kislotalari
  • progesteron
  • Glyukokortikoidlar
  • Mineralokortikoidlar
  • Androgenlar

Almashinuvning asosiy bosqichlari

  • Xolesterin yoki oraliq mahsulotlardan steroid gormonlarning sintezi
  • Steroid gormonlarning qonga ajralishi/nishon to`qimaga tashilishi
  • Periferik almashinuv (birlamchi steroid gormonlarning boshqa biologik faollikka ega metabolitlarga aylanishi jigar va nishon-hujayralarda amalga oshadi)
  • Nishon-hujayra orqali yutilishi
  • Steroid gormonlarning faolsizlanishi va katabolizmi /parchalanish mahsulotining chiqarilishi

Hosil bo`lish joylari:

  • BUYRAK USTI BEZLARI (kortikosteroidlar –glyukokortikoidlar va mineralokortikoidlar)
  • URUG`DONLAR (erkakalar jinsiy gormonlari-androgenlar)
  • TUXUMDONLAR (ayollar jinsiy gormonlari-progestinlar va estrogenlar)

Steroid gormonlar sinflari:

  • GLYUKOKORTIKOIDLAR (asosiy vakili – kortizol)
  • MINERALOKORTIKOIDLAR (aldosteron)
  • ANDROGENLAR (masalan, testosteron)
  • PROGESTINLAR yoki PROGESTOGENLAR (progesteron)
  • ESTROGENLAR (estradiol va estron)

Biosintezning umumiy sxemasi:

Androgen steroidlar

  • Testosteron
  • Androstendion
  • 5α-digidrotestosteron

ANDROGEN STEROIDLAR

  • Sintez joyi
  • Urug`donlar
  • Buyrak usti bezi po`stloq qismi
  • Androgen faolligi
  • Erkaklar jinsiy organlarining o`sishi va rivojlanishi
  • Ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo`lishida ishtirok etadi
  • Spermatogenezning stimulyator va regulyatorlari
  • Anabolik ta’siri
  • Mushak massasining rivojlanishi
  • Skelet va biriktiruvchi to`qimaning rivojlanishi
  • Jun qoplamining rivojlanishi
  • Oqsil sintezining stimulyatsiyasi

Anabolik steroidlar

Estrogenli steroidlar

  • Estradiol
  • Estron
  • Estriol

Estrogen steroidlar

  • Sintez joyi
  • Tuxumdonlar
  • Platsenta
  • Kam miqdorda buyrak usti bezlari, gipotalamus, adenogipofiz, urug`donlar
  • Tabiiy estrogenlrning fiziologik faolligi
  • Reproduktsiyani boshqarish
  • Ayollar jinsiy organlarining rivojlanishi
  • Ovulyatsiyani boshqarilishi
  • Ayollar organizmini homiladorlikka tayyorlash va homiladorlik muddatlarini boshqarilishi
  • Suyak to`qimasining boshqarilishi, o`sishi
  • Yog` to`planishiga xoslik

Sintetik estrogenlar

  • Tabiiy estrogenlarga nisbatan kuchli ta’sir etadi, uvulyatsiyani oshiradi
  • Oral kontratseptivlar tarkibiga kiradi

Progestinlar

  • Sintez joyi
  • Tuxumdonlarning sariq tanachalari
  • platsenta
  • Urug`donlar
  • Buyrak usti bezining po`stloq qismi
  • Tabiiy estrogenlarning fiziologik faolligi
  • Homilaning saqlanishi va ushlab turilishi
  • Follikula va ovulyatsiyaning yetilishini oshirish
  • Bachadon devorining tabiiy (spontan) qisqarishlarini oldini olish.
  • Sut bezlarining rivojlanishi
  • progesteron

Mineralokortikoidlar

  • Sintez joyi
  • Buyrak usti bezlarining po`stloq qismi
  • Fiziologik faolligi
  • Elektrolitlar muvozanatini boshqarish (natriyning reabsorbtsiyasi va kaliyning ekskretsiyasi)
  • Suv almashinuvining boshqarilishi
  • Arterial bosimning oshishi
  • Aldosteron
  • Aldegid shakli

Glyukokortikoidlar

  • Sintez joyi
  • Buyrak usti bezining po`stloq qismi
  • Fiziologik faolligi
  • Uglevodlar (glyukoneogenez ), oqsillar (proteoliz ), yog`lar (lipoliz ), kaltsiy almashinuvining boshqarilishi
  • Immun sistema faolligi, shamollash va allergik reaktsiyalarga ta’siri
  • Stress gormonlaridan biri
  • Xotiraning shakllanishi, o`qib o`rganish, kayfiyat, sutkalik ritmlarga ta’sir etadi.

Steroid gormonlar sintezining boshqaruvchilari

  • Lyuteinlovchi gormon (LG)
  • Progesteron va testosteron
  • Adrenokortikotrop gormon (AKTG)
  • kortizol
  • Follikula stimullovchi gormon (FSG)
  • estrogenlar
  • Angiotenzinlar
  • aldosteron
  • © 2007, В.Г.Зайцев

Buyrak usti bezlarida steroidlar sintezi

  • * DHEA-S – дегидроэпиандростерона сульфат

Jinsiy gormonlar sintezi

Androgenlar sintezining boshqarilishi

  • * StAR – Steroidogenic Acute Regulatory Protein

Ta’sir etishning asosiy mexanizmlari

Steroid gormonlarning retseptorlari

Steroid gormonlarning retseptorlari

  • (intracellular)
  • (intranuclear)
  • proteins
  • Intracellular effects
  • extracellular effects
  • transcription
  • translation
  • dimerization
  • DNA

Аdrеnаlinning tеmir xlоridi bilаn reaktsiyasi

  • OH
  • OH
  • CH CH2
  • OH NH CH3
  • 2
  • + FeCl
  • O
  • O
  • Fe
  • O
  • O
  • CH CH2
  • OH NH
  • CH3
  • CH2 HC
  • NH OH
  • CH3
  • Adrenalin

Каталог: Sayt -> Кафедралар%20маърузалари%20Фарм.%20фак -> Токсикологик,%20органик%20ва%20биологик%20кимё -> Биологик%20кимё%203%20курс%20фармация -> Презентациялар%20ўзб
Презентациялар%20ўзб -> Mavzu: Lipidlarni hazm bo`lish mexanizmi. To`qima lipolizi Reja
Кафедралар%20маърузалари%20Фарм.%20фак -> Ma’ruza 11. Suyuq dori shakllarini ishlab chiqarish validatsiyasi
Кафедралар%20маърузалари%20Фарм.%20фак -> O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Noorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi
Кафедралар%20маърузалари%20Фарм.%20фак -> Shikastlanishlar. Yumshoq to‘qima shikastlanishi va btyo bosh miya Shikastlanishi va unda btyo
Токсикологик,%20органик%20ва%20биологик%20кимё -> Reja Gormonlar haqida tushuncha
Токсикологик,%20органик%20ва%20биологик%20кимё -> Reja: Fermentlar тўғрисида умумий тушунча
Токсикологик,%20органик%20ва%20биологик%20кимё -> O’zbekiston respublikasi ssv toshkent farmasevtika instituti toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi biokimyo


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling