Reja: Qanday harakatni o‘tkazishiga ko‘ra, tayanchlarturiga ko‘ra, oraliq qurilmalarni qurishda ishlatiladigan materiallar turlariga ko‘ra tasnifi


Download 355.7 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi355.7 Kb.
#1184734
Bog'liq
suniy inwoat


Mavzu: Avtomobil va shahar yo‘llaridagi ko‘prik inshootlari va quvurlarning tasniflanishi, qo‘yiladigan talablar.
Reja:
1. Qanday harakatni o‘tkazishiga ko‘ra, tayanchlarturiga ko‘ra, oraliq qurilmalarni qurishda ishlatiladigan materiallar turlariga ko‘ra tasnifi.
2. O'tish qismining butun oraliq qurilmaga nisbatan qaysi sathda joylanishiga ko‘ra, bosh bo‘lagining statik sxemasiga ko‘ra tasniflanishi.
3. Suv toshqinlari va muz oqimlarini bemalol o‘tishiga ko‘ra, o‘tish qismining kengligi va ko‘prikning uzunligiga ko‘ra.
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
Qanday harakat o'tkazishiga ko'ra.
avtomobil yo‘li ko‘priklari - ular avtomobil yo‘lida harakatlanuvchi barcha turdagi transport vositalari hamda piyodalarni o‘tkazadi. temir yo‘l ko‘priklari - temir yo‘l transportini o‘tkazadi.shahar ko‘priklari - shaharda barcha harakat turlarini o‘tkazadi. piyodalar ko‘priklari - faqat piyodalar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. birlashgan ko‘priklar - avtomobil va temir yo‘l transportlarini o‘tkazadigan inshootdir.maxsus ko‘priklar - daryo ustidan maxsus quvurlarni elektr yoki aloqa simlar arkonlarini va hokazo shularga o‘xshagan narsalarni bir qirg‘oqdan ikkinchi qirg‘oqqa o‘tkazish xizmatini bajaradi.
Tayanchlar turiga ko‘ra:
tayanchlar bevosita yerga tiralib turadigan (1.9.a,б.rasm); bunda tayanchlar oraliq qurilmadan tushadigan yuklarni bevosita zaminga uzatadi va sezilarli miqdorda cho‘kmaydi tayanchlari suvda qalqib turadigan (1.9,в.rasm) oraliq qurilmadagi yuklarni qabul qilib ularni suvga (ichi bo‘sh yashikka, yassi yuk kemasiga o‘rnatilgan suzuvchi ko‘prik) uzatadi va sezilarli miqdorda cho‘kadi
Oraliq qurilmalar holatiga ko‘ra:
oraliq qurilmalar tayanchlar ustida holatini o‘zgartirmasdan turadigan ko‘priklar(1.9,a.rasm);
1.9.rasm. Tayanch va oraliq qurilmaning turiga ko‘ra ko‘prik ko‘rinishlari

1-ko‘prikka bardosh yo‘li; 2-ko‘tarma konusi; 3-qirg‘oq tayanchi; 4-harakat oraliq qurilmaning yuqori qismida; 5-oraliq tayanch; 6 poydevorlar; 7-harakat oraliq qurilmaning o‘rtasida; 8-ko‘tariladigan oraliq qurilma; 9-suvda qaqib turadigan tayanch.


ko‘tarma ko‘priklar oraliq qurilmalaridan birontasi kemalar o‘tayotgan vaqtda tayanchga nisbatan tik ko‘tariladi (1.9,б.rasm) yoki oraliq qurilmani belgilangan balandlikka ko‘tariladi. Ko‘tarma ko‘priklar yurish sathi ko‘tarish imkoni bo‘lmaganda va yurish sathi kema o‘tish balandligiga ko‘tarish foyda keltirmaydigan hollarda qo‘llanilmaydi. Kema qatnovi vaqtida avtomobil harakatining uzilishi, avtomobil harakati vaqtida kema qatnovining uzilishi ko‘tarma ko‘priklarning kamchiligi hisoblanadi.
Oraliq qurilmalarini qurishda ishlatiladigan materiallar turlariga ko‘ra:
yog‘och, tosh, metall, beton va temirbeton ko‘priklarga bo‘linadi. Bu ko‘priklarning tayanchlari boshqa xildagi materiallardan qurilishi mumkin. Misol uchun metall ko‘prik deganda metall oraliq qurilmali qo‘priklar tushuniladi, lekin ularning tayanchlari boshqa turdagi materiallardan qurilgan bo‘lishi mumkin.
O‘tish qismining butun oraliq qurilmaga nisbatan qaysi sathda joylashganiga ko‘ra:
 harakat yuqori qismda tashkil qilingan (1.10,a.ras );
 harakat pastki qismda tashkil qilingan(1.10,б.rasm).
 harakat o‘rta qismda tashkil qilingan(1.10,г.rasm);
O‘tish qismining butun oraliq qurilmaga nisbatan qaysi sathda joylashgani

loyiha yechimiga va ko‘prikni joy bilan uyg‘unlashishiga ta’sir ko‘rsatadi. Harakat oraliq qurilmaning pastki qismda tashkil qilingandi ko‘ndalang kesimida faqat ikkita asosiy to‘sin yoki ferma qo‘llaniladi, ular keng joylashtirilganda, bu qatnov qismini murakkablashtiradi. Fermaning yuqori qismidagi belbog‘ining mustahkamligini ta’minlashda bog‘lanish tizimini murakkablashtiradi. Harakat oraliq qurilmaning ustki qismda joylashtirilgan ko‘prik joy bilan uyg‘unlashadi. Harakat oraliq qurilmaning pastki qismda tashkil qilinganda ko‘prikka nisbatan oraliq qurilmaning qurilish balandligi ancha past bo‘ladi.


Bosh bo‘lagining statik sxemasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
to‘sin turkumidagi (1.11,a.rasm). Bu xil turdagi ko‘priklarda tushadigan
og‘irliklardan tayanchlarda tik yo‘nalishdagi aks ta’sirlar hosil bo‘ladi;
hovonli tizimlar (ravoqsimon - 1.11,б.rasm, romli - 1.11,в.rasm va osma -1.11.г.rasm). oraliq qurilmaga tushadigan vertikal yuklardan qiya tayanch reaksiyalari hosil bo‘ladi, uning gorizontal tashkil etuvchisi –hovon deb ataladi.
yig‘indi turkumidagi ko‘priklar - bular yuqorida qayd etilgan ikki guruhturkumlarini birlashtirish oqibatida hosil qilinadigan ko‘priklar
Suv toshqinlarini, muz oqimlarini bemalol o‘tkazish imkoniyatiga ko‘ra

ko‘priklarni ikki guruhga ajratadi. Ular: suvdan ancha baland quriladigan yoki suv toshqinlari bo‘lganida, katta muzlar oqqanda oraliq qurilmaga tegmasdan, tagidan bemalol o‘tib ketadigan ko‘priklar;


past ko‘priklar - bular esa cheklangan yoki kam muddatga xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, balandligi past va uzunligi ancha kam qilib quriladi. Ko‘p suv oqadigan paytlari va bahordagi toshqinlar bilan muzlar qo‘shilib oqsa, ularni cho‘ktiradi;
Suv osti ko‘priklari, oraliq qurilmalari suv tagida joylashgan bo‘lib,avtomobillar harakatlanganda suvni kechib o‘tadi. Suv osti ko‘priklari tinchlik vaqtida berkitish va harbiy holatda yashovchanligini oshirish uchun quriladi.Kesishadigan joyda joylashish holatiga ko‘ra uch xil ko‘rinishdagi ko‘priklar bo‘ladi. Ular to‘g‘ri yoki tik kesishadigan, qiya yoki egri o‘qli ko‘priklar yoki ko‘priksimon inshootlardir.Ko‘priklarda o‘tish qismining kengligi ikkala yo’nalishda ham farq qilishi mumkin. Harakat tasmalari soni ikkitadan sakkiztagacha bo‘lib avtomogistral yoki yo‘l toifasiga qarab belgilanadi.
Ko‘priklarning uzunliklariga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratilgan:
kichkina ko‘priklar, umumiy uzunligi 25 m gacha , bo‘lganda;
o‘rtacha ko‘priklar, 25 m dan100 m gacha bo‘lganda;
 katta ko‘priklar, 100m dan ortiq yoki 100m gacha bitta oraliq qurilma uzunligi 60m.dan katta bo‘lgan ko‘priklar bo‘lib, uchta guruhni tashkil qiladi.Suv o‘tkazuvchi quvurlarning tasniflanishi. Quriladigan joy sharoitiga qarab quvurlar 2 turga bo‘linadi: tekis yo‘llarga quriladigan va qiyaliklarga quriladigan quvurlar. Quvurlarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan hom ashyo turi bo‘yicha: tosh, beton, temir beton, metall, yog‘och va polimer quvurlarlarga bo’linadi. Avtomobil yo‘llarida ko‘proq temir-beton quvurlar qo‘llaniladi, ular umumiy ulushning 90%ini tashkil etadi. Toifasi past yo‘llarda beton quvurlar ishlatilishi mumkin. Tosh quvurlar tog‘li hududlarda qo‘llanilishi mumkin. Keyingi yillarda yo‘l qurilishida qovurg‘ali metall quvurlar va har xil polimer ashyolardan tayyorlangan (shisha tolasi, yelim yog‘ochli) quvurlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda.Yog‘och quvurlar vaqtinchalik inshoot sifatida o‘rmonlar qo‘llaniladi. Quvurlar ko‘ndalang kesimining shakliga ko‘ra, aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak, oval shaklidagi yig‘ma quvurlar bo’ladi (1.12 rasm). Ko‘proq tarqalgan turi aylana va uchburchak shaklidagi quvurlar. Kengroq hajmdagi suvlarni o’tkazish uchun aylana va to’rtburchak shaklida quvurlarni 2, 3 va 4 ko‘zli qilib quriladi.Quvur orqali oqib o‘tayotgan suvning miqdoriga va quvurning ko‘zda tutilgan gidravlik ish tartibiga bog‘liq holda suv o‘tkazuvchi quvurlar bosimsiz, yarim bosimli va bosimli bo‘lishi mumkin. Ko‘p tarqalgani bosimsiz, yarim bosimda ishlaydigan quvurlar.
O‘zini o‘rab turgan tuproq bilan statik ish tasnifi bo‘yicha bikir, qattiq va egiluvchan quvurlarga bo‘linadi. Qattiq quvurlarga solingan tuproq ularga harakatlanuvchi yuk sifatida ta’sir etadi. Egiluvchan va yumhoq quvurlarga tuproq quvur bilan birgalikdagi yuklarning ta’sirini qabul qiladi. Quvur tuynugining diametriga qarab kichkina (0.5 – 1.5m), o‘rtacha (2 -3m) va katta (4.5m) juda katta (6m) quvurlarga bo‘linadi.

Foydalanilgan adabiyotlar



1. САЛАМАХИН П.А. Инженерные сооружения в транспортном строительстве Книга 1 Москва 2007 “Академия”
2. САЛАМАХИН П.А. Инженерные сооружения в транспортном
строительстве Книга 2 Москва 2007 “Академия”
3. SHNQ 2.05.03-12 «Ko’priklar va quvurlar»
4. 4.“O’zavtoyo’l” Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi «Avtomobil yo’li atamalarining izohli lug’ati» rasmiy nashr Toshkent – 2007
5. Ruscha-o’zbekcha lug’at. O’zbek Sovet entsiklopediyasi Bosh redaksiyasi. Toshkent-1984 I tom
6. Ruscha-o’zbekcha lug’at. O’zbek Sovet entsiklopediyasi Bosh redaksiyasi. Toshkent-1984 II tom
Download 355.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling