Gidravlik yorish ishlari quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Quduq ustidagi markaziy zulfin yopiladi va kо‘tiladigan bosimga nisbatan bir yarim karrali bosim bilan bog‘lanma jihozlarning tizimi opressovka qilinadi.
2. Nasos agregatining har xil tezliklarida va ketma-ket qо‘shish rejimida quduqning qabul qiluvchanligi sinaladi. Indikator diagrammasini qurish yoki quduqning qabul qiluvchanlik koeffitsiyentini taqqoslash asosida qatlamda yoriqlar paydo bо‘lishi о‘rnatiladi. Bir vaqtda sinashda quvur oraliqlaridagi fazoning germetikligi (nasos agregatining doimiy ishida bosim о‘zgarmasligi kerak) aniqlanadi.
3. Haydash kо‘rsatgichi pasaytirilmasdan qum aralashtiruvchi va suyuqlik agregatlaridan birini qо‘llagan holda-qum tashuvchi idishdan quduqqa belgilangan hajmdagi hajm haydaladi. Bunkerdan qum aralashtiruvchi agregatga aralashtiruvchi bachok orqali aralashma kirib keladi. Oqimdagi qumning konsentratsiyasi boshqaruv pulti orqali va shu bilan birgalikda bir vaqtda hamma uzatish agregatlari birgalikda ishlatilganda ulardan keladigan oqim ham boshqariladi.
4. Belgilangan hajmdagi qumni quduqqa haydash tugallangandan keyin haydash kо‘rsatgichi pasaytirilmasdan sig‘imdan yuvuvchi suyuqlik quduqqa haydaladi. Haydovchi suyuqlikning hajmi NKQning hajmiga teng bо‘ladi. Yuvuvchi suyuqlik ortiqcha haydalganda uning ta’sirida qum qatlamga chuqurroq kirib boradi. Buning ta’sirida quduq devoriga yaqin joylashgan yoriqlar yana qaytadan bir-biri bilan birlashib ketishi mumkin va QGYO samarasi pasayib ketadi. Qumni quduq tubiga chо‘kishi va qum tiqinlarini paydo bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun haydash kо‘rsatgichi pasaytirilmaydi va quduqqa qum haydash tо‘xtatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |