Reja: Qavs; Qavs va uning ishlatilishi


Download 15.91 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.91 Kb.
#1560752
Bog'liq
Mustafoyeva


Mavzu: Qavsning ishlatilishi.
Reja:
1. Qavs;
2. Qavs va uning ishlatilishi.
Qavsning o‘zbek yozuvida tinish belgisi sifatida qo‘llanishi XIX
asrning 70-yillaridan boshlangan. Qavs struktura jihatdan ikki
elementli tinish belgisi sanaladi. Uning 1-elementi ochiluvchi qavs,
2- elementi yopiluvchi qavs deb yuritiladi. Yopiluvchi qavs raqam
yoki harf bilan belgilashda ishlatiladi.
Qavs (arab. — yoy, egilgan narsa) — oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, ikki elementli (qoʻshaloq), asosan, gap oʻrtasida va oxirida ishlatiladigan chegaralovchi tinish belgisi. Ochiluvchi va yopiluvchi qismlardan iborat. Dastlab u "Turkiston viloyatining gazetasi"da 1873-yildan qoʻllangan, keyinchalik boshqa gaz., jur. va kitoblarda ham ishlatila boshlagan. Hozirgi yozuvda asosan 2 xil shaklda ishlatiladi: a) odatdagi Qavs () asosiy meʼyor hisoblanib, barcha yozuv shakllarida uchraydi; b) oʻrta Qavs yoki katta Qavs — [] va {} matematika, geometriya, kimyo va boshqalar fanlarda, shuningdek, Qavs ichida Qavs keladigan holatda uchraydi. Xususan, mat.da bu belgi amallarning bajarilishi tartibini belgilash uchun ishlatiladi. Mas, (5,2+4,8):0,5 (oldin qavs ichidagi amal bajariladi). Qavsning yopiluvchi (ikkinchi) qismi baʼzan yozma nutqda ketmaket keluvchi, sanaluvchi fikrlar, taʼriflarni raqamlashda (raqam yoki harf bilan) yakka, mustaqil holda ham qoʻllanishi mumkin.
Qavs ham ikki elementdan iborat bolib, uning birinchisi «ochiluvchi qavs», ikkinchisi «yopiluvchi qavs» Deb yuritiladi. «YOpiluvchi qavs» bazan «yarim qavs» Ham deyiladi va nomerativlarni bildiruvchi raqam hamda Harflardan song qollanadi.
Hozirgi oʻzbek tilida quyidagilar Qavsga olinadi: a) kiritma konstruksiyalar (kiritma soʻz, kiritma birikma, kiritma gaplar); b) remarkalar; v) sitata yoki misollarning manbalari; g) tushuntirish, izoh, uqtirish maʼnosidagi soʻz, birikma va gaplar, shuningdek, gazeta va jurnallardagi "davomi bor", "boshi 3betda" kabilar ham Qavsga olinadi; d) sitatadagi biror soʻz yoki jumlaga muallifning turli munosabatini bildiruvchi soʻroq, undov belgilari, shuningdek, muallif tomonidan sitataga kiritilgan gaplar. Qavsga olingan qism asosiy gap (matn) bilan bevosita yoki bilvosita aloqador boʻladi.
Qavs:
1. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror qismiga
qo‘shimcha izoh beruvchi so‘z yoki iboralar qavsga olinadi: Salomat
opa (adabiyot muallimasi) ertaga shoir bilan uchrashuvga
kelishimizni tayinladilar.
Qavsdan oldingi tinish belgilari (vergul, nuqtali vergul, ikki
nuqta, tire) qavsdan so‘ngga ko‘chiriladi.
2. Kirish gaplar, remarkalar qavs bilan beriladi: Qirg‘iz O‘roz belbog‘iga mahkam chandib tugilgan bittagina so‘lkavoyni
(kim biladi, buni qachonlardan beri saqlab keladi) chiqarib
sekingina tashladi. (O.); Maryamxonim (yig‘lab); Majburiyat keltirdi
mani? (H.H)
3. Misol yoki ko‘chirmalar manbai qavs ichida beriladi: “Turk
nazmida men chu tortib alam...” (Navoiy)
Qavs quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. Kirish gaplarda:
O‘zbekiston paxta ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanib (Xitoy, AQSh, Hindiston va Pokistondan keyin beshinchi o‘rinda turadi), eksport bo‘yicha AQShdan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi.

2. Remarkalarda:


Xon (yolg‘iz). Shu tiriklikdan-da bezdirdilar meni (Turib yuradur). Bir dushmanimning qoni qurimayin yana bittasi chiqib qoladur.

3. Olingan misollar yoki gaplar manbaida:


Ilm insonlarning hayoti, madori, rahbari, najotidur. (Abdulla Avloniy) Jannat onalar oyog‘i ostidadur. (Hadisdan) «Qasosli dunyo». («Avlodlar dovoni» romanidan)
4. Izoh ma’nosidagi so‘z yoki so‘z birikmalarida:
Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayitining (Iyd al-Adha) birinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi hududida dam olish kuni deb belgilangan. Demokratiya yunoncha so‘z bo‘lib, tarjimada xalq hokimiyati (demos – xalq, kratos – hokimiyat) ma’nosini bildiradi.

5. Shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa, ulardan biri qavsga olinadi:


«Qutadg‘u bilig» (Baxt keltiruvchi bilim). Shuhrat (G‘ulom Alimov Aminovich) atoqli o‘zbek yozuvchilaridan biridir.
Izoh: Qavsdan matematika fanida ham keng foydalaniladi: (57 + 38) – 17 = ?
Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Sariq devni minib" romanidan misollar
1. Buvijonimdan o‘rgatayotgan narsasi kimning sheʼri ekanligini surishtirishimning ham bir sababi bor-da. Bir marta mana shunaqangi sheʼrni deb (o‘shaniyam buvijonim o‘rgatgan edi) maktabda rosa kulgi bo‘lganman.
2. Motorli velosiped minib muyulishdan chiqib kelgan Odiljon aka bexosdan menga urilib, munqib ketibdi-da, borib miyasi bilan to‘ppa-to‘g‘ri (mo‘ljalni to‘g‘ri olganini qarangki) tutga urilibdi.
3. Shuni ham aytib qo‘yayki, gazetalarda she'r uchun katta pul to‘lashar ekan. Pulim ham ancha ko‘payib (restoranlarda yashirinchasiga ovqat yeyish jonimga tegib yurgan edi) ochiqchasiga, odamlardek pul to‘lab kerilib o‘tirib ovqatlanadigan bo‘ldim.
Test:
1. Qavs qachon, qayerda qo‘llanila boshlandi?
A) 1973 yil B)XIX asrning 70-yillari
C)XXI asrning 70 yillari D)XX asrning 50 yillari
2. Remarkalar qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
A) Qavs B) Ikki nuqta C) tire D) qo‘shtirnoq
3. -Hafizaxon, tog‘angizga Mavlon akaga havasim keladi.
Ushbu gapda Mavlon akaga bo‘lagi ikki tomondan qanday tinish belgilari bilan ajratiladi?
A) qavs va qavs B) tire va tire
C) vergul va vergul D) tire va vergul
4. 1873-yilda birinchi marta "Turkiston viloyatining gazetasi" da ishlatilgan tinish belgisi qaysi javobda berilgan?
A) tire B) qavs C) qo‘shtirnoq D) nuqtali vergul
5. Jumlada kirish gaplar qavs bilan berilganda, qavsdan oldingi tinish belgilari (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire) qay tarzda beriladi?
A) kirish gaplar qavsda berilgach, undan oldin tinish belgilari ishlatilmaydi
B) barcha tinish belgilari qavsdan so‘ngga ko‘chiriladi
C) faqat tire qavsdan so‘ngga ko‘chiriladi, qolgan tinish belgilar qavsdan oldin qo‘yiladi.
D) barcha tinish belgilari qavsdan oldin beriladi
6. Qavsning qo‘llanishi haqida quyida bildirilgan hukmlardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A) Izoh ma‘nosidagi so‘z yoki iboraga oid tinish belgilar qavs ichiga olinadi
B) Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda muallif gapi qavs bilan beriladi
C) Ifodalanayotgan fikrga qo‘shimcha izoh beruvchi so‘z va iboralar qavsga olinadi
D) Kirish gaplar yoki remarkalar qavs bilan beriladi
7. Tuprog‘i zar ma‘danim manim, O‘zbekiston Vatanim manim (A.Oripov) Gap oxirida tinish belgilari qay tarzda ishlatiladi?
A) qavsga olingan manbadan oldin vergul qo‘yiladi
B) qavsga olingan manbadan oldin vergul qo‘yilib, qavsdan so‘ng nuqta qo'yiladi
C) qavsga olingan manbadan oldin nuqta qo‘yilib, qavsdan so‘ng tinish belgisi qo‘yilmaydi.
D) qavsga olingan manbadan oldin tinish belgisi qo‘yilmay, qavsdan so‘ng nuqta qo‘yiladi
8. Quyidagi hukmlarning qaysi biri to‘g‘ri?
A) Insho uchun yozilgan epigraf matnidan so‘ng (so‘roq yoki undov gap bo‘lmasa) nuqta qo‘yiladi, muallifi qavs ichida yoziladi
B) Insho uchun yozilgan epigraf matnidan soʻng hech qanday tinish belgisi qo'yilmaydi, muallifi qavs ichida yoziladi
C) Insho uchun yozilgan epigraf matnidan so‘ng (so‘roq yoki undov gap bo‘lmasa) nuqta qo‘yiladi, muallifi qavs ichida yozilmaydi
9. Ajratilgan bo‘laklar gap o‘rtasida kelsa, ularning ikki tomoniga nima qo‘yiladi?
A) tire va tire B) qavs va qavs
C) tire va vergul D) vergul va vergul
10. Hozirgi adabiy tilda nechta tinish belgilari qo‘llanadi?
A) 9 ta B) 10 ta C) 11 ta D) 12 ta
11. "Qutadg‘u bilig» //Baxt keltiruvchi bilim//.
// o‘rnida qaysi tinish belgisi qo‘yiladi?
A) qavs B) vergul C) ikki nuqta D) qo‘shtirnoq
12. Remarkalar qanday tinish belgilari bilan ajratiladi?
A) tire B) ikki nuqta C) qo‘shtirnoq D) qavs
13. Suhbatdoshlarning gapi javobsiz qoldirilganda yozuvda qanday tinish belgisi qo'yiladi?
A) qavs ichida undov belgisi B) so‘roq va ko‘p nuqta
C) so‘roq va undov belgisi D) ko‘p nuqta
14. Arab raqamlaridan yoki arab harflaridan keyin yarim qavs belgisi qo‘yilganda, undan keyin kelgan gapning birinchi so‘zi qay tarzda yoziladi?
A) arab raqamlari yarim qavs bilan ishlatilganda, undan keyin kichik harf, alifbo harflaridan keyin yarim qavs belgisi qo‘yilganda bosh harf bilan yoziladi
B) arab raqamlaridan so‘ng yarim qavs belgisi qo‘yilganda, undan keyin bosh harf, alifbo harflaridan keyin yarim qavs belgisi qo‘yilganda kichik harf bilan yoziladi
C) arab raqamlari yoki alifbo harflari yarim qavs belgisi ishlatilganda undan keyin bosh harf bilan yoziladi
D) arab raqamlari yoki alifbo harflari yarim qavs bilan ishlatilganda undan keyin kichik harf bilan yoziladi
15. Qavs so‘zining ma’nosi nima?
A) yoy, egilgan narsa B) qiya chiziq
C) qarsak D) xabar
Download 15.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling