Reja: Qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklariga qarshi kurash usullari
Download 212.46 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ditiokorbamin kislota hosil qiluvchi preparatlar
- Nitrofenollar
Oltingugurt preparatlari
Mazkur guruh preparatlari ichida maydalangan oltingugurt, kolloid oltingugurt va ohak-oltingugurt qaynatmasi (ISO) eng ko‘p tarqalgan. Ular inson va issiqqonli hayvonlar uchun kam zaharli. Maydalangan oltingugurt – sariq rangli kukun, uning 95-98% ini elementar oltingugurt tashkil qiladi. Un-shudring kasalliklariga qarshi 25-30 kg/ga miqdorda keng qo‘llaniladi. Changlatish bir tekis chiqishi uchun uni kul, talk va yo‘l changi bilan aralashtirish mumkin. (1:1, 2:1 nisbatda). Oltingugurt kolloidi – sariq-kulrang namlanuvchi kukun, uning 90-95% ni oltingugurt elementi tashkil qiladi. Qo‘llash meyori 8-25 kg/ga. Saqlash vaqtida yopishib qotib qoladi, shuning uchun uni qo‘llashdan oldin yaxshilab maydalash kerak. Purkash uchun konsentratsiyasi 0,25-2% bo‘lgan suspenziya tayyorlanadi. Ohak-oltingugurt qaynatmasi (ISO) – och qizil suyuqlik, u 2 qism oltingugurt, 1 qism ohak va 17 qism suvdan tashkil topadi. Dastlab ohak oz-oz miqdordagi suv bilan so‘ndiriladi, qiziganidan so‘ng oltingugurt qo‘shib aralashtiriladi va 50-70 daqiqa davomida qaynatiladi. Qaynash vaqtida bug‘lanishni hisobga olgan holda suv qo‘shib turiladi. Olingan boshlang‘ich qaynatma sovitiladi va shisha idishlarga joylanadi. Idish og‘zi qattiq berkitiladi, sovuq va qorong‘i joyda 1 yilgacha saqlanishi mumkin. ISO un-shudring, antraknoz va boshqa kasalliklarga qarshi qo‘llaniladi. U zararkunanda va kanalarni ham o‘ldiradi. Vegetatsiya davrida purkash uchun Bome bo‘yicha 0,5-1,00, daraxtlarning barglari to‘kilgandan so‘ng kech kuzda yoki erta bahorda esa 2-50 konsentratsili preparat qo‘llaniladi. Boshlang‘ich qaynatmaning quvvati areometr yordamida aniqlanadi. Tayyorlangan suyuqlikning ishlatilish muddati 1-2 kundan oshmasligi kerak (1-jadval). 1-jadval
Ditiokorbamin kislota hosil qiluvchi preparatlar Bu guruhga kiruvchi preparatlar himoya qilish xususiyatiga ega bo‘lib, o‘simliklarni o‘sish va rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. TMTD – tetrametiltiurandisulfit. Sarg‘ish-kulrang, qo‘lansa hidli kukunsimon modda. Organik eritmalarda eriydi, suvda esa erimaydi. 50-80% namlanuvchi kukun yoki dust shaklida chiqariladi. Urug‘larni dorilash uchun qo‘llaniladi. 1 kg urug‘ni dorilash uchun 5 g, tuproqqa esa 1 m2 ga 50-80 g preparat ishlatiladi. Sineb. Ta’sir qiluvchi moddasi – etilenbisditiokarbamin kislotasining ruxli tuzi. 80% namlanuvchi kulrang-sariq kukun. 1 gektarga 2-8 kg ishlatiladi. Suv bilan mustaqil suspenziya hosil qiladi. 0,5-1% konsentratsiyada qo‘llaniladi. Vegetatsiya davrida ko‘chatlarga va yosh daraxtlarga 1-5 marta purkash kerak. Ishlov berilgandan 20 kun o‘tguncha o‘tlarni o‘rish, meva va uzumlarni terib iste’mol qilish mumkin emas. Tok qalamchalariga ekishdan oldin sitosporozga qarshi ishlov berish uchun 100 l suvga 0,5 kg preparat solingan eritma qo‘llaniladi. Karbation (vapam). Kompleks ta’sir etuvchi preparat – fungitsid, insektitsid, nematotsid va gerbitsid, sariq yoki yashil-sariq rangli, 40% konsentrlangan eritma, keskin oltingugurt-vodorod hidli. O‘simliklarning yotib qolish kasalligining qo‘zg‘atuvchilariga (kuchli infeksion fonda) va tuproq zararkunandalari va nematodalarga qarshi qo‘llaniladi. Karbation o‘simliklar uchun zaharli, shuning uchun tuproqqa qo‘llanilgandan so‘ng urug‘larni ekishgacha 3-4 hafta vaqt o‘tishi kerak. Polikarbatsin. Namlanuvchi och sariq rangli kukun. 80% gacha ta’sir qiluvchi moddadan (sineb va rux polietilentiuramid sulfidi) iborat. Qo‘llanilgandan so‘ng 3 kungacha meva va dorivor o‘simliklarni yig‘ish va iste’mol qilish mumkin emas. Nitrofenollar DNOK. Suvda yaxshi eriydi, tarkibida 40% dinitroortokreozolin mavjud, sariq rangli kukun. Parsha kasalligiga qarshi qo‘llaniladi, Havo harorati 200S bo‘lganda 1,5-2% konsentratsiya ga ega bo‘lgan preparat (8-20 kg/ga) bilan jarohatlangan joylar malhamlanadi, 1% li eritmasi esa tomirli mikozga (100% suvga 10 kg) qarshi qo‘llaniladi. Inson va hayvonlar uchun kuchli zaharli. Nitrofen. To‘q-qo‘ng‘ir rangli 60% li pasta, keskin karbol kislota hidli. Sarflash meyori 30-45 kg/ga. Suvda yaxshi eriydi, insektitsid, akaritsid va fungitsid xususiyatlariga ega, 2-3 % li eritmasi ko‘chatzorlarda va yosh daraxtzorlarda kurtaklari yozilgungacha zamburug‘larning qishlovchi sporalarini yo‘qotish uchun qo‘llaniladi. Download 212.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling