Reja: Qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklariga qarshi kurash usullari
Download 212.46 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omuxtalashtirilgan preparatlar
- Yig‘indi preparatlar
Simob preparatlari
O‘simlik kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi patogenlarga qarshi simob guruhiga mansub preparatlardan ko‘proq granozan ishlatilar edi, ammo hozir bu preparatlar Respublikamizda qo‘llanilmaydi. Granozan. Kulrang yoki sariq rangli, keskin maxsus hidli kukun. Uning tarkibida 1,8-2,3% etilmerkurxlorid va talk bor. Har xil daraxt turlari urug‘larini quruq dorilash (1 kg uruqqa 0,5-2 g) va eman daraxtining yong‘og‘ini qishki saqlashda (1 t ga 0,5 kg) ishlatiladi. Bundan tashqari, uni antroknozga qarshi ham qo‘llash mumkin, 0,2% suspenziyasi esa kasallangan ko‘chatlarni sug‘orishda ishlatiladi. Barcha simob preparatlari inson va issiqqonli hayvonlar uchun xavfli, bu preparatlar bilan ishlash davrida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish shart. Omuxtalashtirilgan preparatlar Geksatiuram. 50% TMTD va 30% geksaxlorbenzoldan tashkil topgan 80% namlanuvchi kukun, kumulyativ xususiyatga ega. Urug‘larni mashina bilan dorilashda qo‘llaniladi. Tigam. 50% TMTD va 20% GXSG ning gamma-izomeridan tashkil topgan 70% namlanuvchi och rangli kukun. Urug‘larni quruq dorilash uchun ishlatiladi. O‘simliklarning yotib qolish kasalligi, urug‘larning mog‘orlashiga qarshi va qalamchalarni ekishdan oldin dorilashda (5 kg/ga) qo‘llaniladi. Fentiuram. 40% TMTD, 10% mis trixlorfenolyat va 15% GXSG ning gamma-izomeridan tashkil topgan 65% li namlanuvchi to‘q qo‘ng‘ir rangli, keskin hidli kukun. Barcha omuxtalashtirilgan preparatlar inson va issiqqonli hayvonlar uchun o‘rtacha yoki kuchli zaharlidir. Yig‘indi preparatlar Mazkur guruh preparatlariga formalin, kaliy permanganat va temir kuporosi kiradi. Formalin. Tiniq, rangsiz, o‘tkir hidli preparat, shilliq qobiqlarga kuchli ta’sir qiladi. Kimyoviy tarkibi – chumoli aldegidining (СН2О) suvdagi eritmasi. Savdo shaxobchalarida asosan formalinning 40% li eritmasi uchraydi. Urug‘larni dorilashda 0,15%, tuproqlarni dorilashda esa 0,1-0,2-1% konsentratsiyada keng qo‘llaniladi. Idishlar, yog‘och buyumlar va qator oralarini mulchalashga mo‘ljallangan materiallarni dezinfeksiya qilish uchun esa 0,4-1% konsentratsiyada qo‘llaniladi. Oq cho‘kindi hosil bo‘lsa, formalin solingan idishni issiq suv bilan isitish kerak. Preparat inson va issiqqonli hayvonlar uchun kuchli zaharli. Kaliy permanganat (КМпО4). To‘q binafsha yoki deyarli qora rangli kristall, 200S haroratda suvda eriydi. Suvli eritmasi konsentratsiyasiga qarab har xil jadallikdagi binafsha rangda bo‘ladi. Inson va issiqqonli hayvonlar uchun zaharli emas. Temir kuporosi (FeSO4·7H2O). Yashil rangli kristall modda. Suvda yaxshi eriydi. Kuchsiz fungitsidlik xususiyatiga ega. 5% konsentratsiyadagi eritmasi zamburug‘larning qishlash davriga qarshi qo‘llaniladi. Preparatni daraxtlarga bargi to‘kilganda kuzda yoki erta bahorda kurtaklar yozilmasdan oldin purkash lozim. Insonlar va issiqqonli hayvonlar uchun kam zaharli. Download 212.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling