Reja: Qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklariga qarshi kurash usullari
Sistemali ta’sir qiluvchi fungitsidlar
Download 212.46 Kb.
|
Sistemali ta’sir qiluvchi fungitsidlar
Mazkur guruhga kiruvchi fungitsidlar o‘simlikning ichki qismiga kirib, mitseliylarning o‘sishini pasaytiradi va kasallik hosil bo‘lishining oldini oladi. Sistemali fungitsidlar inson va issiqqonli hayvonlar uchun kam zaharli. Benomil (benleyt, benlat). Oqish-sariq rangli namlanuvchi kukun, kuchsiz hidli, 50% ta’sir qiluvchi moddaga (metil-1-butilkarbamoil-2-benzimidozolkarbonat) ega. Amerika Qo‘shma Shtatlarining «Dyu-PONT» firmasida ishlab chiqariladi. Benomil keng spektrli ta’sirga ega, yaxshi profilaktik, qiruvchi va sistemali samaradorlik xususiyatlari uyg‘unligiga ega. Purkash ko‘chatzor vegetatsiya davrida 1-3 marta o‘tkaziladi. Mog‘or zamburug‘lariga va yuqumli yotib qolish kasalligiga qarshi urug‘larni dorilash uchun 6 g/kg miqdorda ishlatiladi. Fundozol. Benomil analogi, 50% namlanuvchi sarg‘ish-oq rangli kukun, kuchsiz hidli. Urug‘larni dorilashda qo‘llaniladi. Topsin-M. Namlanuvchi oqish-kulrang kukun, 70% ta’sir qiluvchi modaga (1,2-bis 3-metoksikorbonil-2-tiomochevina-benzol) ega. Topsin-M inson va hayvonlar uchun kam zaharli, kumulyativ xususiyati kam ifodalangan. Fungitsidlardan tashqari, kasalliklar bilan kurashish uchun boshqa kimyoviy preparatlar ham qo‘llaniladi. Masalan, kasallik qo‘zg‘atuvchi patogenlarni tashuvchi hasharotlarni (lubxo‘r, po‘stloqxo‘r, shira, kana, chirildoq va b.) yo‘qotish uchun insektitsidlar qo‘llaniladi. Omela va zarpechak kabi parazitlarga qarshi gerbitsid va arboritsidlar ishlatiladi. Bayleton. 25% n.kuk. (namlanuvchi kukun) holida chiqariladi. Ta’sir qiluvchi moddasi 3,3-dimetil-1 (1N-1,2,4-triazolil-1)-1-(4-xlorfenoksi) butanon-2. 82,30S haroratda eruvchi rangsiz kristall modda. Suvda eruvchanligi 0,026 g, 200 S haroratda esa 100 g. Ko‘pgina organik va kislotali muhitlarga chidamli. Bayleton profilaktik va davolovchi xususiyatga ega bo‘lgan sistemali ta’sir qiluvchi fungitsid. Ekinlarni o‘sish davrida kasalliklarga qarshi ishlatiladi. Ekin turiga qarab preparatning sarflanish miqdori 0,06-4 kg/ga ga teng. Fungitsid bilan ishlov berishni ekin turiga qarab hosil yig‘ishtirib olishdan 5-30 kun oldin to‘xtatish kerak. Bayleton asalarilar uchun zaharsiz. Issiqqonli hayvonlar uchun esa o‘rtacha zaharli fungitsiddir. Tilt. 25% k.e. (konsentrat emulsiya) holida chiqariladi. Ta’sir qiluvchi moddasi propikonazol (С15Н17С12302) 1 l preparatda 250 g ni tashkil qiladi. Suvda eruvchanligi 110 mg/l. organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Tilt sistemali ta’sir qiladi, himoya qilish va davolash xususiyatiga ega bo‘lgan fungitsiddir. Bir kecha kunduz davomida u o‘simlikka bargi va poyasi orqali singib yuqoriga ko‘tariladi. Zamburug‘lar sporasi, vegetativ tanasi – mitseliysiga ta’sir qiladi, shuningdek spora hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Tilt sut emizuvchi va issiq qonli hayvonlarga kam zaharlidir. Download 212.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling