Reja: Qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklariga qarshi kurash usullari
Download 212.46 Kb.
|
Changlatish. Bunda kukun shaklidagi zaharli moddalar ishlatiladi, ularga ko‘pincha neytral moddalar aralashtiriladi (qo‘shimchalar).
Changlatish ham purkash kabi o‘simlik yuzasini fungitsid bilan yupqa parda shaklida berkitib kasallik qo‘zg‘atuvchilarni o‘ldirish uchun qo‘llaniladi. Bu tadbir ham profilaktik ahamiyatga ega. Mayda kukun shamolda uchib ketmasligi uchun changlatishni shamolsiz havoda (shamolning tezligi 2 m/s dan ko‘p emas) ertalab yoki kechqurun o‘tkazish kerak. Shudring tushganda changlatish yaxshi natija beradi, bunda kukun shudringga yopishib qoladi. Yomg‘ir yog‘ayotganda yoki yomg‘irdan oldin changlatish maqsadga muvofiq emas. Bunda o‘simliklarning barglari kuyib qolishi yoki fungitsidlar yuvilib ketishi mumkin. Changlatish uchun kukun oldindan tayyorlab qo‘yiladi, unga suv qo‘shilmaydi. Changlatishda ko‘p odam kuchi sarflanadi, ammo u purkashga nisbatan unumliroqdir. Bu tadbirning kamchiligi shundan iboratki, purkashga nisbatan fungitsidning zaharli ta’siri kamroq bo‘ladi, uning yopishqoqligi ham past. O‘simliklarda un-shudring kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larga qarshi asosan oltingugurt (1 ga 15-30 kg) kukuni ishlatiladi. Changlatish maxsus apparatlarda o‘tkaziladi. Ular qo‘l, ot kuchi, traktor va samolyotlar orqali changlatiladi. Odatda, asosan ranetsli (ORV-1) yoki traktorli (OSHU-50 «Meteor» va OPS-30B) changlatish apparati ishlatiladi. ONK-B kombinirlangan purkash va changlatish apparati ham yaxshi natija beradi. Aerozol. Bu moysimon fungitsidlarni havoda tuman yoki qattiq zarrachalardan tashkil topgan tutun shaklida muallaq ushlashdir. Bunda zarrachalarning kattaligi 1-50 mkm bo‘lishi kerak. Ular maxsus aerozol generatorlari vositasida vujudga keltiriladi. Aerozol holidagi fungitsidlar tirik o‘simlikdagi kasallik qo‘zg‘atuvchilarga qarshi yoki idish va imoratlarni dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladi. Ular o‘simlik yuzasiga tushgan vaqtda bir xil qalinlikdagi yupqa parda hosil qiladi. O‘simliklarga aerozol bilan ishlov berish yuqori sifatli va tejamkor tadbirlardan biri hisoblanadi, chunki bunda preparat kam ishlatiladi. Usulning asosiy kamchiliklari – ekinzorlarga ishlov berishning asosan shamol tezligiga bog‘liqligi va zaharli modda ta’sirining tezda pasayib ketishidir. Bunda shamol tezligi 0,5-2 m/s dan oshmasligi kerak. Aerzol bilan ishlov berish kechqurun va ertalab o‘tkaziladi. Binolarni dezinfeksiya qilishni har qanday vaqtda o‘tkazish mumkin. Download 212.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling