Reja: Qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklariga qarshi kurash usullari
Download 212.46 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqni dezinfeksiyalash.
- Fumigatsiya.
- Xemoterapiya.
Urug‘larni dorilash. O‘simlik urug‘lari yuzasidagi kasallik qo‘zg‘atuvchi organizmlar sporalarini o‘ldirish uchun qo‘llaniladi. Fungitsidlarning konsentratsiyasi va patogenlarning biologik xususiyatlariga qarab, dorilash nam, yarim quruq va quruq bo‘lishi mumkin. Nam dorilash uchun urug‘lar fungitsid eritmasiga botiriladi. Buning uchun ko‘proq formalinning 0,15% li (40% li formalinning bir qismi 300 qism suvda eritiladi) eritmasiga 1-2 soat botirib qo‘yiladi, so‘ngra soya joyda quritiladi. Kaliy permanganatning 2% li eritmasida urug‘ni 30 daqiqadan 2 soatgacha ushlab turish ham keng qo‘llaniladi.
Urug‘larni trixotetsinning 1 va 10% li, fitobakteriomitsinning 5% li eritmasida 3-4 soat ivitish ham yaxshi natija beradi. Buning uchun po‘kak zamburug‘larning meva tanasi bilan kasallangan tog‘ terak daraxtining suvli ekstraktidan foydalaniladi. Yarim quruq usul bilan dorilash uchun urug‘lar 0,5% li formalin bilan namlanadi va brezent, polietilen plyonka yoki qoplar bilan berkitilib, 4 soat davomida dimlab qo‘yiladi. So‘ngra urug‘lar shamollatilib, soya joyda quritiladi. Dorilangan urug‘larni ekishgacha 5 kun davomida saqlash mumkin. Quruq dorilashda o‘simliklarning urug‘lari yupqa qatlam fungitsid bilan qoplanadi. Buning uchun fundazol, topsin-M, benomil yoki vitavaks bilan 5-10 g/kg urug‘ hisobidan ishlov beriladi. Dorilash vaqtida urug‘larni preparat bilan yaxshilab aralashtirish kerak. Quruq dorilash usulini ekishdan 4-5 oy oldin o‘tkazish ham mumkin. Preparatning yopishqoqligini oshirish uchun urug‘lar suv bilan yengil namlab olinadi. Tuproqni dezinfeksiyalash. Bevosita o‘simlik urug‘larini ekishdan oldin o‘tkaziladi. Buning uchun 1 m2 yerga formalin eritmasini kuzda 100-150 sm3 va bahorda 50-60 sm3 miqdorda qo‘llash yaxshi natija beradi. Kaliy parmanganat esa 30-40 g/m2 miqdorida ishlatilishi tavsiya etiladi. Mazkur fungitsidlar 6-12 l suvda eritiladi, tuproq quruq bo‘lgan hollarda suv ko‘proq qo‘shiladi. Formalin bilan dezinfeksiya qilinganda tuproq mulchalanadi, 7-10 kundan so‘ng mulcha olib tashlanib, 2-3 kun shamollatiladi. Erta bahorgi dezinfeksiya boshqa fasllardagiga nisbatan yaxshiroq natija beradi. Maxsus joylarni dezinfeksiya qilish uchun IR-12 qo‘l injektoridan foydalaniladi. Fumigatsiya. Fumigatsiya fungitsidlarni kuydirish natijasida hosil bo‘lgan gaz shaklidagi holatidan foydalanishdir. Buning uchun ko‘proq oltingugurt ishlatiladi. Fumigatsiya qilishdan oldin xonalarni yaxshilab berkitish, urug‘larni plenka bilan yopish yoki yaxshi berkitiladigan yashiklarga joylashtirish kerak. Xemoterapiya. Sistemali fungitsidlarga mansub preparatlarni o‘simlikka kiritish yo‘li bilan ularni davolash xemoterapiya deb ataladi. Ular o‘simlik to‘qimasiga kirib patogen organizmlarni o‘ldiradi, ammo o‘simlik-xo‘jayinga zarar yetkazmaydi. Sistemali fungitsidlar urug‘lar va qalamchalarni fungitsid eritmasi bilan namlash, barglarga purkash (barg orqali inyeksiyalash), daraxt tanachalarini inyeksiyalash va tuproqlarni sug‘orish yo‘llari bilan kiritiladi. Barg orqali inyeksiyalash ular ichida eng samarali usul hisoblanadi. Bu usulni birinchi marta I.Y.SHevirev va S.A.Mokrjetskiylar taklif qilgan. Download 212.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling