Reja: Qonning fizik tarkibi
Download 53.54 Kb.
|
1-20
11- Mavzu:Trombositlar -qon plastinkalari.
Reja: 1.Trombositlar -qon plastinkalari. 2.Qonning ivish xossasi. Trombotsitlar - qon plastinkachalari Qonning bu shaklli hujayralariga xos belgilami birinchi marta 1882 yilda italiyalik olim Bikosera yozib qoldirgan. Trombotsitlar yoki taloq hujayralari - mega kariotsitlarining sitoplazmatik parchalaridir. Tuban darajada turadigan umurtqali hayvonlaming trombotsitlari yadrolidir. Laboratoriya sharoitida trombotsitlaming qondagi miqdori Forno usuli yordamida aniqlanadi. Buning uchun qon tarkibidagi trombotsitlar agglyutinatsiyaga uchramasligi (yopishib qolmasligi) uchun 14% li magniy sulfat eritmasi bilan aralashtiriladi. So'ngra shunday qondan buyum shishasi ustiga yupqa qilib surkalib, surtma tayorlanadi va bo'yaladi. So'ngra har 1000 eritrotsitga nechta trombotsit to'gi'i kelishi aniqlanadi. Tekshirilayotgan 1mm3 qondagi eritrotsitlarning miqdorini 61 bilgan holda trombotsitlarning miqdori hisoblanadi. Trombotsitlaming kattaligi 2-4mk. keladigan, oval, uroqsimon shakldagi hujayralar boiib, o'rtacha 5-8 sutka davomida yashaydi. Yuqori taraqqiy etgan hayvonlarda yadrosiz donachalardir. Turli hayvonlarning 1mm3 qonida 100000-600000 donagacha boiadi. Yosh hayvonlarning qonida trombotsitlaming miqdori katta hayvonlamikiga nisbatan kamroqdir (9-jadval). Trombotsitlaming miqdori turli kasalliklarda (jumladan, anofilaktik shokda), hamda organizm dorivor moddalar va radiatsiya ta’sirida zaharlanganda kamayadi. Aksincha simpatik nerv tizimi qo'zg'alganda, organizmga adrenalin gormoni yuborilganda, turli jarohatlar paytida trombotsitlaming soni ko'payadi. Ularning soni sutka davomida ham o'zgarib turadi. Jumladan, kunduzi kechagidagiga qaraganda ko'proq bo'ladi. Jismoniy ish bajarilayotganda ham bu hujayralar soni ko'payadi, Trombotsitlar taloq va retikula - endofelial sistema hujayralarida parchalanadi. Trombotsitlar organizmda qonning ivish jarayonida katta ahamiyatga ega. Tomirlar shikastlanib, trombotsitlari parchalanganda, ulardan qon ivishida muhim rol uynaydigan bir qator moddalar bilan birgalikda serotonin degan modda ham ajralib chiqadiki, bu modda tomir devorini toraytirib qon ivishiga sharoit yaratilishida ishtirok etadi. 10-Jadval. Turli organizmlarda trombotsitlar miqdori : t/r O'rtacha, ming Trombotsitlar miqdori (1mm3 qonda minglar hisobida). Qon ivish xususiyatiga ega. Bu uning benihoya muhim xususiyatlari sirasiga kiradi. Agarda qon ivish xususiyatiga ega boimaganda edi, kichkina jarohatdan ham organizm ko'p qon yo'qotib halok boiar edi. Organizmda sogiom shikastlanmagan tomirlarda oqib turgan qon odatda ivimaydi. Buning boisi shundaki, qon ivishini ro'yobga chiqaradigan zanjirli fermentativ reaksiya faqat tomirlar, ularning atrofidagi to'qimalar va trombotsitlar shikastlangandagina boshlanib, qon ivishiga sabab boiadi. Qon ivishini boshlab beradigan plazmadagi bir qator moddalar shikastlangan yuza bilan to'qnashgandan keyingina faollashadi. Bundan tashqari, shu jarayonda ishtirok etadigan bir qator moddalar, trombotsitlar va boshqa hujayralarda boiadi va ular shikastlangandan so'nggina ajralib chiqadi. Qon ivishini tushuntiradigan nazariya, dastavval, 1872 yilda Aleksandr Shmidt tomonidan asoslab berilgan. Uning nazariyasiga ko'ra qon ivishi murakkab fermentativ jarayon boiib, ikki bosqichda kechadi va quyidagicha sodir boiadi: Birinchi bosqich - trombotsilaming shikastlanishi, parchalanishi oqibatida ulardan trombokinaza fermentining ajralib chiqishi va bu fermentning Ca+ ionlari ishtirokida, jigarda hosil boiib qonga chiqadigan 64 oqsil modda-infaol ferment, ya’ni protrombinga ta’sir etib, uni faol holatga — trombinga aylantirishi. Ikkinchi bosqich - trombinning plazma oqsili-fibrinogenga ta’sir etib, uni fibringa aylantirishi. Fibrin ipchalari holida hosil boigan fibrin jarohatlangan joyda chigallashib, torga o'xshagan bir narsa hosil qiladi. Qonning shaklli hujayralari shu torda ushlanib qoladi. Oqibatda qon laxtasi hosil boiadi. Qon laxtasi siqilib, zichlashadi va ichidan zardobni siqib chiqarib, mustahkamlanadi va jarohatlangan joyni qattiq po4stdek mahkam bekitadi. Qon ivishi to4g4risidagi Shmidtning bu nazariyasi mohiyat e’tibori bilan ham tan olinadi. Ammo fanda keyingi vaqtda qoiga kiritilgan maiumotlar tufayli qon ivishida boshqa ko‘pgina moddalar ham ishtirok etishi aniqlandi. Qon ivishi birinchi bosqichsining juda murakkabligi m aium boiib qoldi. Qon ivishida ishtirok etadigan trombotsitlardagi moddalami trombotsit omillari deb atab, arab raqamlari bilan belgilash, qon ivishida ishtirok etadigan plazmadagi moddalami esa rim raqamlari bilan belgilab, plazma omillari deb atash rasm boidi. Biroq, biz qon ivishida ishtirok etadigan barcha moddalarga to'xtalish imkoniga ega boimaganimiz uchun qon ivishini bir muncha oddiyroq, soddalashtirilgan holda qarab chiqamiz. Buning uchun qon ivishini uch bosqichda kechadi deb olamiz. Qon ivishining asosida erigan holdagi fibrinogenni erimaydigan fibringa aylanishi yotadi. Tomirdan yangi olingan qon aralashtirilsa fibrinning ip tolalari yuzaga chiqadi. Fibrin ipchalari ajratilgan qon, defibrinlangan qon deb ataladi. Probirka tikka qilib quyilganida qon tanachalari sekin-asta cho4kmaga cho4kadi va uning ustki qismida zardob qatlami qoladi, qaysiki qon laxtasi bujmayib undan chiqqan sargich suyuqlikdir. U ivish xususiyatiga ega emas, chunki uning tarkibi fibringa aylangan va ajratilgan fibrinogenni yo4qligi bilan plazma tarkibidan farq qiladi. Fibrinogenning molekulyar ogirligi 400000-500000 deb taxmin qilinadi, ya’ni qonning boshqa oqsillaridan bir necha bor katta. Fibrinogen molekulalari ignali shaklga ega boiib, ularning uzunligi 100 gacha, yo4g4onligi esa bor yo4g4i 3-5 nm ga teng. Elektron mikroskop yordamida uning fibringa aylanishi jarayonini kuzatish imkoniga ega boiindi. Fibrinogenni alohida molekulalari o4zlarining uchlari bilan bir-biri bilan bog4lanib oxirida bogiarga yigiluvchi uzun fibrillar hosil qiladi, va nihoyat skelet muskullariga o'xshash to4g4ri-ko4ndalang ko4rinishiga ega boiadi. 65 Fibrill bogiar bir-biriga o'ralib qalin tur hosil qiladi va unda qon tanachalari ushlab qolinadi. Sekin-asta tugun yopishib jipslashadi, ancha yo‘g‘on va kaltalashib qoladi, ya’ni qon laxtasi bujmayib-tirishib tarkibidagi zardobni siqib chiqaradi. Download 53.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling