Reja: Qonun chiqaruvchi hokimiyat


Download 100 Kb.
Sana20.01.2020
Hajmi100 Kb.


Davlat hokimiyatining tuzilishi.
Reja:
1.Qonun chiqaruvchi hokimiyat

2. Ijro etuvchi hokimiyat

3.Sud hokimiyati

4. Oliy Majlis faoliyati

Kirish

Davlat apparati bir-biri bilan o’zaro boqliq bo’lgan muayyan tuzilmaga birlashgan davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining yiqindisidir.



Davlat apparati quyidagi belgilari bilan boshqa tashkilotlardan ajralib turadi:

  • Davlat apparati boshqarish bilan shuqullanuvchi alohida fuqarolar guruhidir;

  • Davlat apparati davlat funkciyalarini bajarishga vakolatli bo’lgan va o’zaro bo’ysunish yoki kelishib olishi asosida boqlangan davlat organlari va muassasalari tizimidir;

  • Davlat apparati xalq irodasini amalga oshirish, o’z vazifasini bajarishi uchun zarur vositalar va qurollarga ega bo’lgan organlardir.

O’zbekiston davlat apparati respublika iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotini boshqaruvchi turli davlat organlaridan iborat bo’lib, ularning o’ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar:

  • birinchidan, davlat apparati organlari xalq manfaati uchun xizmat qiladi, uning irodasini ifoda etadi;

  • ikkinchidan, davlat hokimiyatning barcha organlari davlat nomidan harakat qilib, xalqning davlat hokimiyatini amalga oshiradi;

  • uchinchidan, davlat hokimiyati organlari o’z vazifasini amalga oshirish uchun davlat tomonidan berilgan tegishli vakolatga, huquq va burchlarga ega;

  • to’rtinchidan, davlat organlari qabul qilgan huquqiy aktlar barcha O’zbekiston fuqarolari uchun majburiydir;

  • beshinchidan, davlat organlari ma`lum davlat tomonidan o’rnatilgan tartibda tuziladilar;

  • oltinchidan, davlat organlari ma`lum bir miqdorda o’z ixtiyoridagi moddiy resurslar va har xil muassasalar, tashkilotlar orqali o’z oldida turgan vazifalarini amalga oshiradilar.

O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linadi. Hokimiyatning uchala tarmoqi, faqat ular va albatta ularning uchalasi birgalikda yagona davlat hokimiyatini tashkil etadilar. Boshqa bironta organ hokimiyatga da`vogarlik qilolmaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o’zgartirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to’xtatib qo’yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish konstitusiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo’ladi» deb ko’rsatilgan (7-modda).
Qonun chiqaruvchi hokimiyat
Qonun chiqaruvchi hokimiyatni - Oliy Majlis amalga oshiradi.

Ijro etuvchi hokimiyatni - Vazirlar Maxkamasi, vazirliklar, davlat qo’mitalari, mahalliy hokimiyat organlari amalga oshiradi.

Sud hokimiyatni - barcha sud organlari amalga oshiradi.

Hozirgi zamon parlamentlari o’zlarining tuzilishlari, vakolatlarining hajmi, ijtimoiy tarkibi, mamlakatlar siyosiy tizimida tutgan o’rni, mavqei bilan bir-birlaridan ajralib turadilar. Ular hatto nomlanishi, deputatlarning soni bilan ham farq qiladilar, Masalan: AQh 535 deputatdan iborat Kongress, Turkiya 550 nafar deputatdan iborat Buyuk Millat Majlisi, hveciyada 349 deputatdan iborat Riksdag, Misrda 454 deputatli Xalq Majlisini misol qilib ko’rsatish mumkin. Ko’rinib turibdi-ki, dunyodagi parlamentlar rang-barang, ammo ular o’z mamlakatlarida muhim ijtimoiy vazifa - qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradilar.

O’zbekiston Respublikasi siyosiy-huquqiy amaliyotida ilk bor parlament instituti taraqqiy etgan mamlakatlarning boy tajribasidan unumli foydalanib, respublika konstitusiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bo’linish principlariga asoslangan davlat organlarining tizimi shakllantirilmoqda.

«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’qrisida»gi 1994 yil 22 sentyabrdagi Konstitutsiyaviy qonun Oliy Majlis faoliyati mazmunini yanada rivojlantirib, Oliy Majlis o’z vakolatiga berilgan har qanday masalani o’z muhokamasiga qabul qilish huquqiga ega ekanligini qayd etdi. Oliy Majlis o’z faoliyatida hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish principiga asoslanib, u davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik qilish bilan birga qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

Oliy Majlisga saylanish huquqiga saylov kunigacha 25 yoshga to’lgan fuqarolar ega bo’lishi mumkin degan qoida belgilab qo’yilgan. AQh Konstitutsiyasida 25 yoshga to’lmagan shaxs Kongressning vakillari palatasi a`zo bo’lishi mumkin emas, deb ta`kidlanadi. Yaponiya parlamentining vakillari palatasiga 25 yoshga to’lgan, maslahatchilar palatasiga esa 30 yoshga to’lgan fuqarolar passiv saylov huquqidan foydalana olishlari mumkin.

Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarga qo’yiladigan talablar tushunchasiga «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’qrisida» gi qonunda aniqlik kiritilgan.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning organlari yiqilishida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti, Bosh Vazir va Vazirlar Mahkamasining a`zolari, Respublika Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy Xujalik sudining raislari, Bosh prokuror, Markaziy banki boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasining Prezidenti, shuningdek o’z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpoqiston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari, Respublika Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy sudi, Oliy Xo’jalik sudi, Bosh prokuror egadirlar.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi «Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas'uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5644-son Farmonining ijrosini ta'minlash maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ular rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlarga erishish samaradorligiga asoslangan baholashning asosiy mezonlari (keyingi o‘rinlarda - baholash mezonlari deb ataladi), xususan:

vazirliklar va  davlat qo‘mitalari bo‘yicha №№ 1-1.21 va 2-2.10 ilovalarga;

davlat inspeksiyalari va agentliklar bo‘yicha №№ 3-3.10 va 4-4.8 ilovalarga;

qo‘mitalar, markazlar va markaziy muassasalar bo‘yicha №№ 5-5.3, 6-6.4 va 7-7.4 ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

2. Baholash mezonlari ijro etuvchi hokimiyat organlari oldiga qo‘yilgan, eng avvalo:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 28-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga murojaatnomasidan;

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlardan;

qabul qilingan me'yoriy-huquqiy xujjatlardan kelib chiqadigan muhim va ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilganligi belgilansin.

3. Quyidagi tartib belgilansin:

ijro etuvchi hokimiyat organlari har yil yanvar oyining 10-sanasigacha mazkur qarorning 2-bandi talablaridan kelib chiqqan holda, o‘z faoliyatining baholash mezonlari bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi organlari tomonidan taqdim etilgan baholash mezonlarini iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va boshqa sohalarni strategik rivojlantirishning yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini amalga oshirilishi natijadorligi jihatidan tanqidiy ko‘rib chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ijro etuvchi hokimiyat organlarining baholash mezonini tasdiqlash vakolati beriladi va tegishli me'yoriy xujjat bilan har yilning 20-fevraligacha tasdiqlanadi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi organlarning baholash mezoni yuzasidan tizimli monitoring va nazorat,  jumladan Parlament nazorati o‘rnatish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi:

vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan choraklik Vazirlar Mahkamasi Rayosatida ko‘rib chiqish;

Oliy Majlis palatalarida ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining va ular tomonidan maqsadli vazifalarga erishishda amalga oshirilgan choralar bo‘yicha doimiy hisobotlarni eshitish amaliyotini joriy etish  yuzasidan takliflariga rozilik berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonuniga va boshqa me'yoriy xuquqiy xujjatlarga muvofiq mazkur band ijrosini ta'minlash choralarini ko‘rish tavsiya etilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

ijro etuvchi organlarning baholash mezoni yuzasidan monitoring natijalarini chuqur tahlili asosidagi choraklik ma'lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasiga kiritib borishni;

ijro etuvchi organlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish grafigini bir haftalik muddatda tasdiqlashni ta'minlasin.

6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyatimizning rivoji hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati beqiyosdir. Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda, jamiyatda qonuniylik va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashda alohida o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasida sudyalar mustaqil ekanligi, faqat qonunga bo‘ysunishlari, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi kabi muhim normalar mustahkamlab qo‘yilgan.

Ta’kidlash joizki, sudyalarning mustaqil va faqat qonunga bo‘ysungan holda ish yuritishlarining konstitutsiya darajasida kafolatlanishini asosiy sabablaridan biri - sud hokimiyatiga boshqa hech qaysi organ vakolatiga taalluqli bo‘lmagan huquq - odil sudlovni amalga oshirish huquqi berilganligi bilan izohlanadi. Zero, mamlakatimiz hayotida, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini to‘liq ta’minlanishiga erishishda odil sudlovning ahamiyati beqiyosdir. Odil sudlov jamiyat hayotida, jamiyat a’zolarini huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirishda, insonlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda odil sudlov har qaysi davrlarda ham ulug‘langanligini, qadrlanganligini hamda insonlar unga intilib yashaganliklarini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. Xususan, rim faylasuflari “Pereat mundus et fiat justicia”, ya’ni “mayli dunyo barbod bo‘lsin, lekin odil sudlov qaror topsin” deb ta’kidlaganliklari bejiz emas (1). Rim faylasuf-larining mazkur mumtoz shiorlari bir qarashda mubolag‘adan iborat bo‘lsa-da, lekin ular odil sudlovga shu qadar yuqori baho beradilar.

Istiqlolning dastlabki yillarida Konstitutsiyada nazarda tutilgan sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi tamoyilini amalga oshirishga qaratilgan qator qonunlarimiz qabul qilindi. 1994 yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksi, Ma’muriy javob-garlik to‘g‘risidagi kodeks hamda 1997 yilda qabul qilingan Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslarini, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlari va Hukumat qarorlarini keltirish mumkin.

Biroq mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda edi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichni boshlanishini hayotiy zaruratga aylantirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016 yilning 21 oktyabrida e’lon qilingan PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishiga doir konstitutsiyaviy normani amalda to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishiga zamin yaratdi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmon hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishga oid qator chora-tadbirlar nazarda tutildi. Xususan, sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddatini va shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, shu jumladan, uning asoslarini aniqlashtirish orqali takomillashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini o‘tkazish kabilar nazarda tutildi (2).

Sudlar mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishini ta’minlashda Harakatlar strategiyasida belgilanganidek, sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddatini va so‘ng muddatsiz davrining belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki sudya lavozimida bo‘lishning ushbu tartibi sudyadan zimmasiga yuklatilgan vazifani namu-nali va vijdonan bajarishni talab etishi bilan bir qatorda lavozimiga keyingi muddatga qayta saylanishi yoki tayinlanishi, o‘z vazifalarini namunali ado etgach, keyinchalik o‘n yilga va hatto muddatsiz davrga saylanishi yoki tayinlanishi uchun rag‘batlantiruvchi qoida ham hisoblanadi.

Sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini, ya’ni tuman va viloyat sudlari sudya lavozimlarini 65 yoshgacha, Konstitutsiyaviy va Oliy sud sudyalari lavozimlarini – 70 yoshgacha belgilash sudyalarning mustaqil-ligini kafolatlash bilan bir qatorda mamlakatimizda professional sudyalar korpusini shakllantirishga, sud tizimini yetuk, yuqori malakali, odil sudlov sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, halol va benuqson obro‘-e’tiborli sudyalar bilan to‘ldirishga, ularning boy tajribalaridan keng foydalanishga hamda barqaror sudyalar maktabining yaratilishiga zamin yaratadi. Qolaversa, sud hokimiyatining boshqa hokimiyat organlari ta’siridan holi bo‘lishiga xizmat qiladi.

“Harakatlar strategiyasi”dagi sud hokimiyatining chinakam mustaqil-ligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi muhim tadbirlardan biri – sudyalar hamjamiyatining organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, kengash tarkibining kamida yarmini sudyalar hisobidan shakllantirish va unga sud hokimiyatinng mustaqilligini ta’minlashga doir bir qator vakolatlar berilishi nazarda tutilganidir. Joriy yilning 6 aprelida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunda ushbu tuzilmaning faoliyatiga oid masalalar to‘liq o‘z ifodasini topdi. Mazkur Kengash konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi. Konstitutsiyaning 111-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respub-likasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashishi o‘z ifodasini topdi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, jamiyatda sud organlarining nufuzini oshirish, sudyalarning chinakam mustaqilligini va faqat qonunlarga asoslanib ish yuritishini ta’minlash mamlakatimiz Konstitu-tsyaisi va shu asosda qabul qilinayotgan qonunlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi muhim shartlardan biridir.



Ikki palatalik parlament
Parlament so’zi - ang. parliament, franc. parlement , parle - gapirish degan ma`nosini bildiradi.

Tarixda birinchi parlamentlar 12-13 asrlarda vujudga kelib, 16-18 asrlarda keng rivojlana boshladi. Ba`zi olimlarimizning fikricha birinchi parlament Buyuk Britaniyaga xos bo’lib, u 1265 yillarda tashkil topgan. Parlament organi hisoblangan Senat qadimgi Rim imperiyasida faoliyat yuritgan. Uzoq vaqt davomida ikki palatali parlament shakli (bikameralizm) mavjud bulib, bir palatali parlament shakli deyarli bo’lmagan. Jahon kolonial tizimi maqlubiyatga uchrashi va yangi davlatlar vujudga kelishi sababli ko’p mamlakatlarda bir palatali parlament shakli rivojlana boshladi. Lekin ba`zida uch palatali JARda, Yugoslaviyada etti palata strukturasiga ega parlament ham bo’lgan. Parlament u yoki bu davlatda har-xil shaklda tashkil topishi mumkin.

Masalan, (Franciya, Gollandiyada) quyi palata halq tomonidan bevosita saylov orqali,yuqori palata esa mintaqa organlarining vakili sifatida bilvosita tayinlanish yo’li orqali vujudga kelishi mumkin.

Norvegiya Islandiyada quyi palata xalq tomonidan saylanadi, yuqori palata saylanganlarning ichidan tanlov asosida shakllanadi.

Italiyada 5 senator umrbod Prezident tomonidan tayinlanadi, demak ayrim davlatlarda yuqori palataning qandaydir qismi umrbod tayinlanishi mumkin.

Xitoyda esa parlamentning barcha a`zolari ko’pbosqichli bilvosita saylov orqali, umumxitoy halq yiqini vakillari tomonidan saylanadi.

Yuqori va quyi palatalar miqdor tarkibi, tuzilish bir-biridan farq qiladi.

O’zbekiston Respublikasining bo’lajak ikki palatali parlament tartibi, vakolatlari, maqomlari va boshqa jihatlariga ko’ra quyi palata faqat doimiy asosda ishlovchi deputatlardan tarkib topadi, dedilar parlament to’qrisidagi bildirgan fikrlarida Prezidentimiz

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq 10 sessiyasida Oliy Majlisning Senati to’qrisida va Qonunchilik palatasi to’qrisidagi Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi.

Senta to’qrisidagi qonun 32 moddadan, Qonunchilik palatasi to’qrisidagi qonun 38 ta moddadan iborat.

Yuqori palata Senat deb nomlanib, bevosita saylovchilarning manfaatlarini emas, eng avvalo, hududlarning manfaatlarini ifoda etadi. Senat Qoraqalpoqiston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahridan teng miqdorda – olti kishidan iborat saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpoqiston Respublikasi Jo’qorqi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo’shma majlislarida mazkur deputatlar saylangandan so’ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi.

Senatning o’n olti nafar a`zosi fan, san`at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan va alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolar orasidan Respublikamiz Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Cenat ish faoliyati asosan sessiyalarda amalga oshiriladi, quyi palata tomonidan tayyorlangan qonunni muhokama qiladi va o’z qarorini chiqaradi.

Senat a`zosi bo’lish uchun nomzod 25 yoshida va kamida Respublikamiz hududida besh yil muqim yashagan bo’lishi lozim. Senat hududiy vakillik palatasi bo’lib, Senat a`zolaridan – senatorlardan tashkil topadi. Ayni bir shaxs bir paytning o’zida Qonunchilik palatasining deputati va Senat a`zosi bo’lishi mumkin emas.

Senatning vakolat muddati – besh yil.

Senat a`zolari Senatda doimiy asosda ishlashlari mumkin. Senatda doimiy asosoda ishlovchi senatorlarning soni senatorlar umumiy sonining to’rdan birgacha bo’lgan miqdorda belgilanadi.

Mazkur vakillar orasida viloyat Kegashlari deputatlari bilan bir qatorda tuman va shahar Kengashlarining deputatlari ham bulishi nazarda tutiladi. Bu vakillar mahalliy Kengash deputatligicha qolaverib, faoliyati a`zolarining doimiy asosida ishlashga boqliq bo’lmagan yuqori palataning yalpi majlislariga muntazam ravishda to’planib turadilar. hu tarzda yuqori palata a`zolari mamlakat parlamentida umumdavlat ahamiyatiga molik muhim masalalarni hal qilish bilan birga, amalga oshirilgan ishlar to’qrisida joylarda hisobot berib turadilar va shu orqali qonun chiqaruvchi organning saylovchilar bilan aloqasini ta`minlab turadilar. eng asosiysi, qabul qilinayotgan qonunlar hayot talablariga, ijtimoiy amaliyotga mos bo’lishiga erishiladi.

Senatning asosiy vazifasi quyi palata qabul qilgan qonunlarni tasdiqlashdan iborat bo’ladi.

Senat faoliyatining tashkiliy shakli uning majlisidir. Senat majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta o’tkaziladi. Senatning birinchi majlisi Senat tarkib topgandan keyin bir oydan kechiktirilmay O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.

Qonunga binoan quyi palataning nomi qonunchilik deb ataladi va 120 deputatdan iborat bo’ladi. Bu palata saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyalik asosida saylanadi. Deputatlar saylovi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan qonunga muvofiq umumiy, teng va to’qridan-to’qri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi. Har bir deputat teng miqdordagi saylovchilarning vakili sifatida ish ko’radi. Mazkur palataning asosiy vazifasi qonunlarni tayyorlash va qabul qilishdan iborat bo’ladi.

Qonunchilik palatasiga saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan shaxs saylanadi. Bu palataning vakillik muddati besh yilga o’rnatiladi.

Qonunchilik palata doimiy ishlaydi va o’z vakolatlari davrida ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa turdagi haq to’lanadigan faoliyat bilan shuqullanishlari mumkin emas.

Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli uning Qonunchilik palatasi sessiyalari davrida o’tkaziladigan majlislaridir. Sesisyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlanib kelgusi yilning iyun` oyi oxirgi ish kuniga qadar o’tkaziladi.

Saylovdan keyingi birinchi majlisda Qonunchilik palatasining deputatlari orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolat muddatiga Qonunchilik palatasi Spikeri saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerligiga nomzod ko’rsatish va saylash tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi. Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil qilish uchun, palata ko’mitalari ishini muvofiqlashtirib borish qonun loyihalarini tayyoolash ishini rejalashtirish masalasini tashkil qilish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma`qullangach, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e`lon qilingan taqdirda yuridik kuchga ega bo’ladi.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan bir necha o’qishda ko’rib chiqiladi. hu palata tomonidan qabul qilinadi va Senatga yuboriladi. Senat qonunni ko’rib chiqadi hamda uni maqullash yoki rad etish to’qrisida qaror qabul qiladi.

Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan qonunni yana ma`qullasa, qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.

Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasini tuzishlari mumkin. Komissiya kelishuvga erishilsa, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko’rib chiqilishi kerak. Bu holda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi va ma`qullash uchun Senatga yuboriladi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonun o’n kun ichida O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash uchun yuboriladi. Prezident o’ttiz kun ichida qonunni imzolaydi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaytadan muhokama qilish va ovoz berishni o’tkazish uchun qonunni o’z e`tirozlari bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a`zolari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan ma`qullansa, qonun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o’n to’rt kun ichida imzolanishi kerak.

Imzolangan qonun qonunda belgilangan tartibda chop etilishi (e`lon qilinishi) kerak.

Ma`lumki yangi parlament tuzilishi natijasida hozirgi parlamentning huquqiy bazasida jiddiy o’zgarishlar ro’y beradi, qator qonun hujjatlar qayta qurib chiqiladi. Ikki palatali parlamentni tuzishining yangi tartibini yaratish, huquqiy maqomini, uning vakolatlarini aniqlash, har ikki palataning vakolatlarini qonuniy tarzda taqsimlab qo’yish, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solish va boshqa bir qancha ishlarni amalga oshirish lozim.

Qonun chiqaruvchi hokimiyatning huquqiy maqomi o’zgartirilishi natijasida, hokimiyat barcha tizimlari o’zaro barqaror, uyqun, samarali hamkorlik qilishlarini ta`minlash zarurligi vujudga keladi. Ya`ni, ijro etuvchi hokimiyatning va ijroya hokimiyatini, butun davlat hokimiyatini boshqaruvchi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy maqomi ham shunga yarasha o’zgartirilishi talab qilinadi. hu sababli hokimiyat tizimlarining muvozanatini saqlab qolish hamda ular ishini samarali tarzda muvofiqlashtirib borish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini 5 yildan 7 yillik qilib o’zgartirish to’qrisidagi taklif xalqning ovozi bilan tasdiqlandi. Bu esa parlamentning mazkur islohoti o’tkazilgandan so’ng Prezidentga hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlari o’zaro hamkorligini, bu tarmoqlarning birgalikdagi faoliyatini yanada samaraliroq ta`minlash imkoniyatini beradi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002 yil 5 apreldagi “ Davlat hokimiyati vakillik organlarining hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi muddatlari to’qrisida”gi Qaroriga binoan davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov 2004 yil dekabr` oyi uchinchi o’n kunlikning birinchi yakshanbasida, Respublika Prezidentining saylovi esa 2007 yil dekabr` oyi uchinchi o’n kunligining birinchi yakshanbasida o’tkaziladi.

Bu ulkan ishlarni amalga oshirish, Vatanimiz ko’zlagan marralarga erishish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va pirovardiga etkazish borasida yangi qonunlar qabul qilinishi, amaldagi qonunlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish lozim.

Respublikamiz Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasidagi “Yangilanish va o’zgartirishlar jarayoni ortga qaytmaydi” nutqlarida quyidagi principlarni ko’rsatib o’tdilar.

Birinchidan – davlat boshqaruvi va jamiyat qurilishida demokratik andozalar va tamoyillarni yanada chuqurroq tadbiq etish, hokimiyat – ya`ni, qonunchilik, ijro va sud tarmoqlarining o’zaro muvozanati va mutanosibligini, shu bilan birga, ularning mustaqilligini ta`minlash, har qaysi tarmoq o’z vazifa va burchini bajarishi uchun amaliy mexanizmlarini hayotda tashkil qilib berish.

Ikkinchidan – inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash, ularning kafolatlarini so’zda emas, real hayotda ta`minlash.

Uchinchidan – iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda qat`iy choralar

To’rtinchidan – “Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o’tish” degan shiorni amalda ruyobga chiqarish.

Bu principlarni amalga oshirish uchun, birinchidan, davlatning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vakolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimga, shu jumladan o’zini o’zi boshqarish tuzilmalariga o’tkazish lozim.

Ikkinchidan – nodavlat, jamoat tashkilotlarining, avvalo fuqarolik institutlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berish va ularning faolligini oshirishga ko’mak va yordam ko’rsatish darkor. Bu maqsadlarni real amalga oshirish uchun Prezidentimiz yangi «Nodavlat, jamoat tuzilmalari va uyushmalarini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyat ko’rsatish kafolatlari va shartlari to’qrisida» qonun ishlab chiqish payti keldi, dedilar.



Oliy Majlis faoliyati
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi endilikda ikki palatalik organ tariqasida faoliyat ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutciyasida o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’qrisidagi qonuniga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutciyasini qabul qilish unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;

  2. O’zbekiston Respublikasining konstitutciyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;

  1. O’zbekiston Respublikasining referendumini o’tkazish to’qrisida va uni o’tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;

  2. O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;

  3. O’zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;

  4. O’zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O’zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqarish haqidagi qarorlarni tasdiqlash;

  5. Boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo’li bilan tartibga solish;

  6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish;

  7. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni joriy qilish;

  8. O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo’li bilan tartibga solish, chegaralarini o’zgartirish;

  9. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o’zgartirish;

  10. Davlat mukofotlari va unvonlarini ta`sis etish;

  11. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo’mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to’qrisidagi farmonlarini tasdiqlash;

  12. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;

  13. O’zbekiston Respublikasi Prizidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko’rib chiqish va tasdiqlash;

  14. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili va uning o’rinbosarini saylash;

  15. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko’rib chiqish;

  16. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tuqilganda urush holati e`lon qilish to’qrisidagi farmonini tasdiqlash;

  17. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e`lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to’qrisidagi farmonlarini tasdiqlash;

  18. Xalqaro shartnomalarni ratifikaciya va denonsaciya qilish;

  19. Ushbu Konstitutciyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, so’ngra Senatida ko’rib chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:

  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarning raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash;

  2. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’qrisidagi masalalarni hal etish;

  3. O’zbekiston faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan boqliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

  4. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati mutlaq vakolatlariga:



  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati Raisini va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarning raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash;

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Konstitutciyaviy sudini saylash;

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudini saylash;

  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisini tayinlash hamda uni lavozimdan ozod qilish;

  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimdan ozod etish to’qrisidagi farmonlarini tasdiqlash;

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimdan ozod etish to’qrisidagi farmonlarini tasdiqlash;

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;

  9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;

  10. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to’qrisidagi hujjatlarni qabul qilish;

  11. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati a`zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’qrisidagi masalalarni hal etish;

  12. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisining, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;

  13. O’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan boqliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

  14. Siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. T.: O’zbekiston, 1996.

2.Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-j. T.: O’zbekiston, 1996.

3.Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997.

4.Karimov I.A. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: O’zbekiston, 1997.

5.Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq millatni-millat qilishga xizmat etsin. T.: O’zbekiston, 1998.

6.Karimov I.A. Kuchli davlatlatdan kuchli jamiyat sari. T.: Sharq, 1998.

7.Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon turmush – pirovard maqsadimiz. T.: O’zbekiston, 2000.

8.Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.: O’zbekiston, 2000.

9.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.

10.Karimov I.A. O’zbekiston demakratik taraqqiyotning yangi bosqichida. – T.: “O’zbekiston”, 2005.

11.Karimov I.A. O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. – T.: “O’zbekiston”, 2007.

12.Azizxo’jayev A. Davlatchilik va madaniyat. «Sharq», 1997.

13.Leonid Levitin, Donald S.Karlayl. Islom Karimov – Yangi O’zbekiston Prezidenti. T.: O’zbekiston, 1996.

14.Murtazayeva R.H. va b. O’zbekiston tarixi (Ma’ruzalar matni). T., 2000.

15.Usmonov Q., Sharopov Sh va b. O’zbekiston – siyosiy va huquqiy islohotlar sari. T.: Universitet, 1996.

15.Usmonov K., Abdug’aniyev A va b. O’zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida. T., «O’qituvchi», 1996.

16.O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T.: O’zbekiston, 1992.

17.O’zbekiston tarixi. 1-qism. A.Sagdullayev, B.Eshov tahriri ostida. T.: Universitet, 1999. II nashri.

18.O’zbekiston yangi tarixi. 3-kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. T.: Sharq, 2000.



19. Usmonov Q., Sodiqov T. O’zbekiston tarixi (1917-1991 yil-lar) .T:Sharq, 2003.

20. O’zbekiston tarixi 10-sinf uchun darslik “Sharq” 2000 yil.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling