Reja Qurilish konstruksiyalari
Download 353.86 Kb.
|
Ma\'ruza 1,2
Ma’ruza 1 AVTO`MO`BIL YO'L TRANSPORTINING KARKASLI BINO VA ISHOOTLARIDA QO'LLANILADIGAN QURILISH KONSTRUKSIYALARI. QURILISH KONSTRUKSIYALARIGA QO’YILUVCHI TALABLAR Reja 1. Qurilish konstruksiyalari. 2. Bino va inshootlar. 3. Qurilish konstruksiyalariga qo'yiladigan talablar. 4. Yuklar va ta'sirlar. Qurilish konstruksiyalari deb o'lchamlari mustahkamlikka, ustivorlikka, chidamlilikga, yoriqbardoshlikka va deformatsiyaga hisoblash yo'li bilan topiladigan, hamda har xil yuk va ta'sirlarni qabul qilishga mo'ljallangan bino va inshootlar va ularning qismlariga (qo'zg’aladigan va qo'zg’almaydigan) aytiladi. Qurilish konstruksiyalari po'lat, alyuminiy, beton, temirbeton, tosh, plastmassa gazmol va boshqalarlardan tayyorlanadi. Transport qurilishida betonli, temirbetonli va metall konstruksiyalar qo'llaniladi. Metall konstruksiyalardan har xil vazifani bajaruvchi katta oraliqli binolarning sinchi va tomlarida foydaniladi. Beton va temirbeton konstruksiyalar kam tanqisligi, yuqori mustahkamli, uzoqqa chidamliligi, olovbardoshligi, suv o'tkazmasligi va har xil shakldagi elementlarni tayyorlash mumkinligi, hamda foydalanish chiqimlarning kam talab qilganligi uchun qurilishda yetakchi o'rinni egallaydi. Materiallarni to'g’ri tanlash va ularni qo'shishga konstruksiyalarning texnik - iqtisodiy ko'rsatkichlari, ularning ishonchliligi, uzoqqa chidamliligi va boshqalarga bog’liq bo'ladi. Loyihachi materiallar bahosini, ularni ishlash va tashishni, materiallarning ijobiy va salbiy xossalarini, hamda «Asosiy qurilish materiallardan tejamli foydalanishning texnik qoidalari» ga amal qilishni hisobga olishi lozim. Bino va inshootlar. har xil ishlab-chiqarish jarayonlarini bajarish uchun va odamlarni ishlashi va yashashi uchun mo'ljallangan yer usti qurilmasiga bino deyiladi. Binolar funksional vazifalariga qarab fuqaro, shu jumladan, yashash uy-joy, jamoa va ishlab-chiqarish binolariga bo'linadi. Inshoot - bu material va bashqalarni saqlash, ishlab-chiqarish jarayonlarini bajarish uchun mo’ljallangan maxsus vazifadagi qurilmadir. Download 353.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling