Reja: Quyi so`rovlar bo`yicha tushunchalar
Download 14.14 Kb.
|
Hujjat (2)
5-BOB. MURAKKAB SQL SO`ROVLAR VA TASAVVURLAR Mavzu:15. SQL da murakkab va ichki so`rovlar Reja: 1. Quyi so`rovlar bo`yicha tushunchalar 2. Quyi so`rovlarga talablar va turlari 3. Bir qatorli quyi so`rovlar 4. Ko`p qatorli quyi so`rovlar 5. Korrelyatsion (mutanosib) quyi so`rovlar 1. Quyi so`rovlar bo`yicha tushunchalar Amaliyotda oddiy SQL so`rovlari orqali MB ma`lumotlarini qayta ishlab, yetarli darajadagi hisobotlarni chiqarish imkoniyati kam. MBda bir nechta jadvallarni birgalikda qayta ishlash, guruhli amallarni bajarish, to`plamlar ustida natijalar olish SQL da murakkab so`rovlar hisoblanadi. Murakkab so`rovlar qatoriga asosan so`rov ichida so`rovlar yoki so`rov osti so`rovlar, quyi yoki qism so`rovlar ham ishlatiladi.. Quyi so`rovlar (podzapros, subquery) asosan SELECT konstruktsiyasining SELECT, FROM, WHERE va HAVING bo`limlarda ishlatilib, ORDER BY va GROUP BY bo`limlarida qo`llanish mumkin emas. Shuningdek, quyi so`rovlar SELECT, INSERT, UPDATE, DELETE operatorlari ichida yoki boshqa so`rov ichida joylashishi mumkin. Ko`pchilik hollarda quyi so`rovlar SELECT operatorini WHERE bo`limida ishlatiladi. Quyi so`rovlar bilan solishtirish amallari ( = | <> | < | <= | > | >= ) qo`llanish mumkin bo`lib, u albatta taqqoslash amalining o`ng tomonida joylashadi. Taqqoslash operatorlari o`z o`rnida IN, ANY, ALL yoki EXISTS kabi ko`p qatorli operatorlar bo`lishi ham mumkin. Qism so`rovlar aytilishi jihatdan ikki qismdan iborat: ichki (inner query) va tashqi so`rov (outer query). Ichki so`rovlar asosiy SQL so`rovi tarkibida qavs ichiga yozilgan boshqa SQL so`rovdir. Ichki so`rov o`z navbatida tartib bo`yicha yana ichki so`rovlardan iborat bo`lishi mumkin. Tashqi so`rov bir yoki bir nechta ichki so`rovlarni qamrab oladi. Ichki so`rov tashqi so`rovdan oldin bajarilib, uning natijasi tashqi so`rovga uzatiladi. 2. Quyi so`rovlarga talablar va turlari Qism so`rovlar tuzishda quyidagi ko`rsatmalarga amal qilish lozim: Qism so`rovlar qavs ichida berilishi shart; Qism so`rov taqqoslash operatoring o`ng tomonida joylashadi; Qism so`rov ichida natijalarni manipulyatsiya (o`zgartirib) bo`lmaydi. Shuning uchun quyi so`rov tarkibida ORDER BY ishlatilmaydi; Asosiy (tashqi) so`rovda ORDER BY ishlatish mumkin; Bir qatorli qism so`rovlarda bittalik opertorlar ishlatiladi. Ya`ni, bitta qiymat qaytaruvchi qism so`rov oldiga bittalik taqqoslash operatorlari qo`llaniladi; Agar ichki so`rov tashqi so`rovga null qiymatini qaytarsa, tashqi so`rovdagi WHERE kalit so`zida taqqoslash operatori ishlatilganda birorta qator qaytarmaydi. Quyi so`rovlarning bir nechta turlari mavjud: - Bir qatorli quyi so`rovlar: 0 yoki 1 qator qiymati qaytariladi. - Ko`p qatorli quyi so`rovlar: 1 yoki undan ko`p qator qiymatini qaytaradi. - Korrelyatsion qism so`rovlar: tashqi so`rovning bir yoki bir nechta ustunlariga murojatlar amalga oshiriladi. - Ichki quyi so`rovlar: quyi so`rovlar boshqa bir quyi so`rov ichida qo`llaniladi. Odatda INSERT operatori konstruktsiyasida ma`lumot kiritiluvchi jadvalga (ustunlari ko`rsatilgan bo`lishi mumkin) VALUES kalit so`zidan keyin mos qiymatlar to`plami kiritiladi. Qism so`rovlar bilan jadvalga ma`lumot kiritishda VALUES kalit so`zi ishlatilmaydi. UPDATE operatorida bir qatorli qism so`rovlardan qaytarilgan natijani ma`lum shartlar yangilanuvchi ustunga berish mumkin. Download 14.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling