Rеjа: Quyosh bаtаrеyalаrining kоnstrutsiyalаri vа ishlаshi


Download 9.87 Kb.
Sana22.10.2023
Hajmi9.87 Kb.
#1715539
Bog'liq
8-amaliy


8-amaliy mashg’ulot. Quyosh bаtаrеyalаri, ulаrning kоnstruksiyalаri vа ishlаshi.
Rеjа:

  1. Quyosh bаtаrеyalаrining kоnstrutsiyalаri vа ishlаshi.

  2. Quyosh bаtаrеyalаrining ishlаshi.

Quyosh bаtаrеyasi — bu quyosh enеrgiyasi qаbul qiluvchi vа o’zgаrtiruvchi mоdullаr yig’indisi.


Ya’ni, «quyosh bаtаrеyasi» dеgаndа quyosh enеrgiyasini elеktr enеrgiyasigа аylаntiruvchi fоtоelеktr qurilmаlаrini nаzаrdа tutаmiz.

8.1-rasm.Quyosh batareyasining konstruktsiyasi

Ma’lumki quyosh nurini eletromagnit to‘lqinlari deb qarash mumkin. Kvant nazariyasiga asosan, elektromagnit to‘lqinlariga nol massali elementar zarrachalar - fotonlar deb qaraladi. Quyosh energiyasini fotoelektrik energiyaga kayta aylantirish asosida 1887 yilda Gers tomonidan yaratilgan, yoruglik fotonlaring ba’zibir metallarning elektronlari bilan kirishuvi natijasida elektronlar ma’lum mikdordagi energiyaga ega buladilar. Mana shu energiyadan foydalangan holda quyosh energiyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektroenergiya olish mumkin. Bu jarayonga fotoeffekt xodisasi deyiladi.


Shunday qilib, fotoelektor yacheykalarida yoruglik nurlanish energiyasi elektr energiyasiga aylantiriladi. Fotoelektr yacheykalarini tayyorlashda birinchi bulib mono yoki polikristall kremniydan foydalanilgan (8.1-rasm). Hozirgi kunda bu elementdan tayyorlanadigan yacheykalar, butun dunyoda urnatilgan tizimlarning 80 foizini tashkil etadi. Ularning foydali ish koeffitsenti 11÷16 foizni tashkil etadi.
Keyingi vaktlarda fotoelektor yacheykalaramorf kremniy, kadmiy – tellurid yoki mis – indiy-selindan yupka plyonkalar shaklida tayyorlana boshladi.
Ularning foydali ish koeffitsenti qariyb 8 foizni tashkil etadi, birok mono yoki polikristall kremniydan tayyorlanadigan fotoelektr yacheykalarga qaraganda tayyorlanishi arzonrokdir.

8.2-rasm. Fotoelektr yacheyka

Hozirgi vaqtda fotoelektr yacheykalarining foydali ish koeffitsenti- ni 30÷60 foizga oshirish ustida ilmiy-tadkikot ishlari olib borilmokda. Buning uchun plyonkalarni 4÷8 marta ustma- ust o‘rnatish zarur buladi. Ushbu tadkikotlar natijasida qurilma quvvati oshiriladi hamda ishlab chikarish narxi keskin pasayadi.


Fotoelektr tizimi doimiy elektr tokini ishlab chiqaradi va invertor yordamida doimiy elektr toki, o‘zgaruvchan tokka aylantiriladi (8.3.-rasm).



8.3-rasm. Quyosh batareyasidan elektroenergiya olish sxemasi

Bir necha quyosh qurilma(batareya)larini bir-biriga ulab quyosh elektrostansiyalarini tashkil qilish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda juda ko‘plab quyosh elektrostansiyalari qurilib ishga tushirilgan. 2.5-paragrafda dunyodagi eng katta quyosh elektrostansiyasi haqida ma’lumot keltirilgan.


Mamlakatimizning Samarqand viloyatida, Osiyo taraqqiyot bankining yordamida, dunyoda eng yirik quyosh fotoelektrik stansiyasi qurilishi rejalashtirildi. Quyosh elektrostansiyasi 400 ga maydonga joylashib, uning quvvati 100 MVt ni, yillik elektroenergiya ishlab chiqarish esa, 200 mln. kVt/soatni tashkil qiladi.
Download 9.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling