Reja: Rangli metallar ishlab chiqarish
Gidrometallurgik jarayonlarning turlari
Download 430.61 Kb. Pdf ko'rish
|
5 maruza. Sanoatda rangli metallar ishlab chiqarish
Gidrometallurgik jarayonlarning turlari
Gidrometallurgiya (gidro... va metallurgiya) — kimyoviy elementlarning suvdagi eritmasi yordamida xom ashyo (ruda va baʼzi sanoat chiqindilari)dan rangli metallarni ajratib olish. G. birin-ketin bajariladigan quyidagi texnologik yumushlarni uz ichiga oladi: rudaga mexanik ishlov berish, kimyoviy ishlov berish, choʻktirish (tindirish), metallni ajratib olish. Rangli metallarni ajratib olish uchun xom ashyo maydalanadi, maydalangan xom ashyo xlorlovchi, oksidlovchi va qaytaruvchi muhitlarda kuydiriladi, qovushtiriladi, soʻngra erituvchi birikma bilan ishlanadi. Natijada pulpa (maydalangan rudaning erituvchi bilan aralashmasi) hosil boʻladi. Erituvchi birikma sifatida sulfat kislota, soda, oʻyuvchi natriy, ammiak, sianid va xloridlar, natriy sulfid va b. nin g suvdagi eritmasi ishlatiladi. Er ituvchi birikmadagi metall eritmalari shlam (tarkibida metall boʻlmagan mayda qoʻshimchalar) dan ajratiladi. Buning uchun pulpa quritiladi, soʻngra tindirish qurilmalari va filtrlarda yuviladi. Erituvchi birikmadagi metall eritmalari chanlarda (krestovina va kurakchalar oʻrnatilgan val 8 yordamida) va kimyoviy usul bilan (rux, alyuminiy kukunlari taʼsir ettirib) choʻkmagan zarralar va zararli qoʻshimchalardan tozalanadi. Metall va uning birikmalari eritmadan choʻktirib olinadi. Bu jarayonda elektroliz, sementitlash, sorbsiya (ion almashuvchi qatronlar yoki kumir yordamida), suyuq ekstraksiya (organik erituvchilar yordamida) usullari tatbiq etiladi. Choʻkindi metall va uning kimyoviy birikmalari qayta ishlanib, toza metall (mis, rux, kumush, oltin va b.) yoki shunga yaqin mahsulot olinadi. Buning uchun choʻkindi qayta kristallanadi, bugʻga aylangunga qadar qizdiriladi, qayta eritiladi va elektrolizlanadi. G. usulida oltin, mis, qoʻrgʻoshin, rux, volfram va b. rangli metallar olinadi (qarang Asl metallar . Gidroliz, Elektroliz). Gidrometallurgik jarayonlar sanoatda ko’pgina rangli metallar ishlab chiqarishda keng qo’llanilmoqda. Ular nisbatan past (300S dan yuqori bo’lmagan) haroratda suyuq, ko’p hollarda suvli muhitda o’tkaziladi. Gidrometallurgik jarayonlarni bugungi kunda keng ishlatilayotganiga quyidagi yutuqlarini sabab qilib ko’rsatish mumkin: - minimal issiqlik va energetik harajatlar bilan nisbatan yuqori bo’lmagan haroratlarda (300C haroratgacha) kambag’al va boyitish qiyin bo’lgan rudalardan metallarni (ayrim hollarda ruda qatlamini o’zidan – mis, uranni yer ostida tanlab eritish) tanlab ajratib olish imkoniyati; - atmosferani zaharli gazlar bilan zararlanishni yo’qligi; - xizmat ko’rsatuvchi personallar uchun nisbatan yaxshi sanitar-gigienik sharoitlarni mavjudligi. Gidrometallurgik jarayonlar texnologiyasining asosiy bosqichlari quyidagilar: 1) ruda mahsulotini qayta ishlashga tayyorlash; 2) ajratib olinishi kerak bo’lgan metalni eritmaga o’tkazish – tanlab eritish; 3) eritmani va qattiq cho’kmani bir-biridan ajratish; 4) eritmani zararli qo’shimchalardan kimyoviy usulda tozalash; 5) eritmadan metalni ajratib olish. Gidrometallurgik jarayonlarning asosiy ko’rinishlari tanlab eritish jarayoni, eritmalarni keraksiz qo’shimchalardan tozalash va eritmalardan metallarni cho’ktirish hisoblanadi.Tanlab eritish – qayta ishlanayotgan materialga ko’p hollarda gazsimon reagent – kislorod, vodorod va boshqalar ishtirokida erituvchi ta’sir ettirib, ajratib olinayotgan komponentni eritmaga o’tkazish (eritish) jarayonidir. Tanlab eritish natijasida keraksiz qo’shimchalar bilan ifloslangan ajratib olinayotgan metall eritmasi va asosan keraksiz jins komponentlari hamda qiyin qaytariladigan birikmalardan iborat erimagan qoldiq (kek) olinadi.Erituvchi sifatida suv, kislota, ishqor yoki tuz eritmalari ishlatiladi. Erituvchi arzon, qayta ishlanayotgan materialga nisbatan yaxshi ta’sir kiladigan,texnologik jarayon borayotganda qayta tiklanish imkoniga ega bo’lishi kerak. Eritmalarni keraksiz qo’shimchalardan tozalashdan maqsad eritmalardan 9 cho’ktirish vaqtida ajratib olinayotgan metallga qo’shimchalarni tushmasligi yoki cho’ktirish jarayoniga salbiy ta’sirni oldini olish hisoblanadi. Tanlab eritish eritmalarini keraksiz qo’shimchalardan tozalash uchun kimyoviy birikmalar ko’rinishida noorganik va organik reagentlar yordamida cho’ktirish, gidroliz, durlash yoki sementasiya usullari ishlatiladi. Durlash vaqtida eritmani to’yinishi, masalan, undan suv bug’latib chiqarilishi natijasida keraksiz qo’shimcha cho’kma ko’rinishida cho’kadi. Sementasiya usulida cho’ktirish eritmadan bir metallni unga nisbatan faol bo’lgan metall bilan siqib chiqarishga asoslangan. Sementasiya usulida tozalashga sulfatli eritma tarkibidan misni rux yoki nikel bilan siqib chiqarish usuli misol bo’la oladi: CuSO4 + Me→ Cu + MeSO4 Eritmalardan metallarni erkin holda cho’ktirish suvli eritmalarni elektroliz, cho’ktirish yoki bosim ostida, hamda kimyoviy birikmalar ko’rinishida gazsimon qaytaruvchilar yordamida amalga oshirish mumkin. Rangli metallar gidrometallurgiyasida (ayniqsa noyob va nodir metallar metallurgiyasida) sorbsiya va ekstraksiya jarayonlari keng tarqalmoqda. Bu jarayonlarni qo’llashdan maqsad qo’yidagi masalalarni yechish hisoblanadi: - tanlab eritishda olingan eritmadan qimmatli metallni tarkibi bo’yichakeyingi qayta ishlash jarayonlariga qulay bo’lgan boshqa eritmaga o’tkazish; - suyultirilgan eritma va bo’tanadan metallni jamlab olish; - eritmalardan metallni samarali ajratib olish va uni keraksizqo’shimchalardan tozalash; - sorbsiya bilan birlashtirilgan tanlab eritish. Ion almashinuv jarayonlari ayrim qattiq birikmalarni (ionitlar) eritmalar bilan ta’sirlashuvi natijasida eritmadan ion yutib olish va ionit tarkibidan o’shanday zaryadli va o’shancha miqdordagi ionlarni almashishga asoslangan. Ionit sifatida ko’pincha yuqori sig’imli, kimyoviy barqaror, mexanik mustahkamlikka ega, yuqori molekulyarli sintetik birikmalar (smolalar) ishlatiladi. Ekstraksiya deb erigan metall kimyoviy birikmalarini suvli fazadan, suv bilan aralashmaydigan boshqa suyuq organik fazaga o’tkazish jarayoniga aytiladi. Ekstragent sifatida organik kislota va ularning tuzlari, amin va aminli ishqorlarni tuzlari, spirtlar, efirlar ishlatiladi. Download 430.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling