Reja: Rangli metallar ishlab chiqarish


Download 430.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana26.01.2023
Hajmi430.61 Kb.
#1126854
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 maruza. Sanoatda rangli metallar ishlab chiqarish

Elektrometallurgiya 
— metallar va qotishmalarni elektr toki yordamida olishning sanoat usullarini 
yaratish va ulardan amalda foydalanish bilan shugʻullanadigan metallurgiya sohasi. Unda 
elektrotermik va elektrokimyoviy jarayonlar qoʻllaniladi. Elektrotermik jarayonlar 
rudalarvakonsentratlardan metallarni ajratib olish, qora va rangli metallarni, ularning asosidagi 
qotishmalarni olish va rafinatsiyalashda ishlatiladi. Bu jarayonlarda elektr energiyasi texnologik 


10 
issikdik manbai hisoblanadi. Elektrokimyoviy jarayonlar asosan qora va rangli metallar ishlab 
chiqarishda qoʻllanadi. 
Elektrotermik jarayonlar poʻlatni yoyli va induksion pechlarda eritishni, maxsus E.ni, rudani tiklash 
usullarini, shaxta elektr pechlarda choʻyan olishni, nikel, qoʻrgʻoshin va boshqalar metallar olish 
u
sullarini oʻz ichiga oladi. Bu jarayonlar galvanotexnika, elektroliz usullariga asoslanadi. 
Rux, marganets, nikel, temir va boshqalar metallar sanoat miqyosida rafinatsiyalab olinadi. 
Alyuminiy, magnit, kaliy va boshqalar suyultirilgan tuzlarni 700
— 1000 trada elektrolizlab olinadi. 
Oʻzbekistonda Bekobod shahridagi Oʻzbekiston metallurgiya zavodida metallar asosan elektr 
pechlarda olinadi (qarang 
Metallurgiya

Rangli metallurgiya

Qora metallurgiya
). 
Elektrometallurgik jarayonlarning turlari - Elektroliz – bu oksidlovchi 
qaytariluvchi jarayon bo’lib, tashqi manbadan olinadigan doimiy elektr
toki ta’sirida elektrolitlarni suvli eritmalarida yoki ionli eritmalarida (rasplav)
yuz beradi. Metallurgiyada elektroliz quyidagi hollarda qo’llanadi: 
- mis, rux, oltin metallurgiyasida, ishqorlarni, kislotalarni, tuzlarni suvli 
eritmalaridan (rudalarni tanlab eritish natijasida hosil bo’ladigan) ionlarni tiklash 
(qaytarish) yo’li bilan metallarni ajratib olishda; 
- pirometallurgik usulda olingan xomaki metallarni (mis, nikel, titan) 
aralashmalardan tozalashda; 
- erigan ftorid yoki xlorid oksidlaridan kimyoviy mustaxkam metall 
oksidlarini (alyuminiy, magniy, berilliy, titan va boshqalar) tiklashda; 
- metall buyumlarni yuzasida mustaxkam, korroziyaga bardoshliligi 
yuqori,manzarali (dekorativ) qatlam (xromlash, nikellash, oltin bilan 
qoplash va boshqalar) hosil qilishda. 
Elektroliz jarayonida ionlar elektr toki ta’sirida ma’lum yo’nalishda harakat 
qiladi: musbat zaryadlanganlar katodga, manfiy zaryadlanganlar
anodgayo’naladi. Yuqorida keltirilgan jarayonlardan tashqari, metallurgik 
zavodlarda yana bir qancha jarayonlar mavjud. Bu jarayonlarda kimyoviy
reaksiyalar yuz bermaydi, lekin metallurgik ishlab chiqarishda ahamiyati
beqiyosdir. Bunday jarayonlarga quyidagilar kiradi: 
1) suyuq, qattiq, gazsimon mahsulotlarni tashish; 
2) qattiq mahsulotlarni suyuq yoki ikki qattiq mahsulotni aralashtirish; 
3) materiallarni quritish; 
4) briketlash; 
5) eritmalarni bug’latish; 
6) changlarni ushlash; 
7) zaharli va kerakli gazlarni ushlash va boshqalar. 

Download 430.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling