Reja: Rangli metallar ishlab chiqarish
Download 430.61 Kb. Pdf ko'rish
|
5 maruza. Sanoatda rangli metallar ishlab chiqarish
Mis sanoati.Mis xalq xo`jaligida sof metall va turli xil qotishmalar
ko`rinishida ishlatiladi va ishlatish hajmi bo`yicha qora va rangli metallar qatorida 3-o`rinni (temir va alyuminiydan keyin) egallaydi. 12 1951 yili huqumat tomonidan Olmaliq viloyatida mis-molibden kombinati qurish to`g`risida qaror qabo`l qilindi. 1954 yildan boshlab ma`danni ochiq usul bilan olish Qalmoqir konida boshlandi, 1957 yilda esa mis boyitish fabrikasi qurildi. So`ngra mis zavodi qurilib, 1963 yilda birinchi bor o`zbek qoralama misi olindi. 1970 yilda misdan prokat olina boshlandi. 1968 yilda mis zavodi qoshida oltingugurt oksidini tutgan chiqindi gazlar asosida sulfat kislota sexi ishga tushdi. SHunday qilib, mis va qo`rg`oshin-rux ishlab chiqarishlar zaminida Olmaliq tog`- metallurgiya kombinati yaratildi. Uning asosiy mahsuloti - mis metalli va ulardan ishlangan buyumlar, rux metalli, sulfat kislota va qo`rg`oshin konsentratlari bo`ldi. Bundan tashqari kombinat tomonidan kadmiy, molibden, qimmatbaho metallar, ba`zi noyob va tarqoq elementlar ishlab chiqarila boshlandi. Quyida biz O`zbekiston xom-ashyosida uchraydigan va ishlab chiqaradigan ba`zi metallarni xossalarini va ishlatish sohalarini qiziquvchan talabalar uchun keltiramiz: Qalay - asosan boshqa metallar bilan birgalikda turli xil qotishmalar tayyorlash uchun ishlatiladi va metallar yuzasida qoplama parda hosil qilish uchun qo`llaniladi. Vismut - kimyo, radiotexnika, metallurgiya, farmasevtika va sanoatning boshqa tarmoqlari, Masalan,atom texnikasi, hatto kosmetikada ham qo`llaniladi. Nikelg` va kobalg`t - havoda oksidlanmaydi, yuqori qattiklikka ega, cho`ziluvchan, suyuqlanishi qiyin, ferromagnit xossasiga ega. Sof holda hamda temir, mis, xrom, rux va alyuminiy bilan qotishmalar sifatida keng qo`llaniladi. Magnit bo`lmagan (nikelni miqdori 10-25%) qotishmalari elektrotexnikada, yuqori magnit singdiruvchanlikka egadir(45-80%). U radiotexnikada va suv osti kabellarini qoplash uchun ishlatiladi. Kengayish koeffisienti kichik bo`lgan qotishmalardan o`zunlik etalonlari, aniq asboblar, soat detallari yasaladi. Simob - issiqlik energetikasi, elektrotexnika, haroratni o`lchash asboblari ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida, tibbiyotda keng qo`llaniladi. Hozircha O`zbekistonda simob ishlab chiqarilmasa ham, uning ishlab chiqarishga yaroqli manbalari mavjud. Odatda simob bilan surg`ma birgalikda uchraydi, lekin O`zbekiston hududidagi simob konlarida surg`ma uchramaydi. U alohida antimoniy minerali sifatida yoki oltin+qumush+surg`ma kompleksi sifatida uchraydi. Surma metalli podshipnik tayyorlash uchun qotishmalar (babbitlar), akqumulyatorlar, oson o`t oluvchi aralashmalar, kauchuklarni vulkanlash, lak- buyoq, idish-tovoq, yonmaydian gazmollar tayyorlashda ishlatiladi. Stronsiy - hozirgi vaqtda sanoatning stronsiyga ehtiyoji juda katta. U rangli televizorlarning naylarini tayyorlashda, lazerlar, fotoelementlar yaratishda, mahsus 13 qotishmalar olishda va boshqa ko`pgina sohalarda ishlatiladi. Stronsiy tutgan asosiy mineral - selestin. O`zbekistonning uch regionida: janubda (Surxandaryo), g`arbda va Farg`ona vodiysida uchraydi. Mis och pushti rangli metall. Uning suyuqlanish harorati 1083 0 S, qaynash harorati esa 2300 0 S, zichligi 8,93 g/sm 3 .Mis ishlab chiqarish uchun mis ma`danlaridan foydalaniladi. Tabiatda asosan sulfidli, oksidlangan aralash va yombi ma`danlar uchraydi. Ularda misni miqdori 1 ÷ 5% gacha o`zgarib turadi. Mis ma`danlarida ko`pgina misdan tashqari boshqa metallar ham mavjud: rux, qo`rg`oshin, nikel, molibden, selen, mishyak, tellur, talliy, oltin va qumush. Kambag`al misning sulfidli ma`danlari odatda flotasiya usuli bilan boyitilib, tarkibida 10-30% mis tutgan konsentratlar, undan tashqari qo`rg`oshin, rux, nikel va boshqa konsentratlar olinadi va tegishli metallarni olishga jo`natiladi. Misni ma`dan va konsentratlardan chiqarib olish uchun ikki asosiy usul: piro- va gidrometallurgiya usullari tadbiq qilinadi. Pirometallurgiya usuli yordamida sulfidli, oksidli va aralash ma`danlarni qayta ishlash mumkin. Bu usulda mis bilan bir qatorda qimmatbaho metallar ham ajralib chiqadi. Gidrometallurgiya usuli asosan kambag`al oksidli rudalarni qayta ishlashga yordam beradi, lekin bu usulda qimmatbaho metallar chiqindi tarkiblarda qolib ketadi. Qoralama mis tarkibida qo`shimcha va erigan gazlari bo`lishi mumkin. Texnikada qo`llaniladigan misning tozalik darajasi 99% dan kam bo`lmasligi kerak. SHuning uchun qoralama misni tozalash kerak. Buning uchun ikki usul mavjud: alangali (nurni qaytaruvchi pechlarda) va elektrolitik usullar. Alangali tozalash usulida misni pechlarda suyuqlantirib (harorat 13000S), kislorod yordamida qisman oksidlanadi. Hosil bo`lgan oksidlar metall aralashmalar bilan ta`sirlashib, ularni oksidlaydi. Hosil bo`lgan oksidlar misning ustiga so`zib chiqadi va shlak sifatida olib tashlanadi. Bu usulda tozalangan misning miqdori umumiy massani 99,6-99,7% ni tashkil qiladi. Download 430.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling