Reja: Raqamli texnologiyalar va ularning rivojlanish tendensiyalari. Raqamli texnologiyalarning qoʼllanish sohalari


Download 284.79 Kb.
bet1/3
Sana05.11.2023
Hajmi284.79 Kb.
#1749288
  1   2   3
Bog'liq
5-mavzu. Raqamli txnologiayla

reja:

1. Raqamli texnologiyalar va ularning rivojlanish tendensiyalari.

2. Raqamli texnologiyalarning qoʼllanish sohalari.

3. Zamonaviy raqamli texnologiyalar: smart texnologiyalar


Mavzu: Raqamli texnologiyalar
Kompyuter imkoniyatlarining juda tez rivojlanishi barcha sohalarda AKTdan keng foydalanilishiga olib kelmoqda. Jumladan, taʼlim tizimini takomillashtirish va inson kapitalini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston respublikasi Prezidentining “2019-2021 yillarda O‘zbekiston respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544 sonli Farmonida “O‘quv-tarbiya jarayoniga yangi taʼlim dasturlarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va SMART-TEXNOLOGIYALARNI joriy etish orqali taʼlim muassasalarida o‘qitish sifatini yanada yaxshilash (elektron modullar tashkil etish va masofaviy o‘qitishni joriy etish)” vazifalari belgilab berilgan. Smart-jamiyat – jamiyatning yangi sifati bo‘lib, unda insonlar tomonidan tayyorlangan texnik vositalar, xizmatlar va Internetdan foydalanish jamiyati subʼektlarning o‘zaro munosabatlarida sifatli o‘zgarishlarga olib keladi, bu esa yangi effektlarni – yaxshi hayot uchun ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa afzalliklarni olish imkonini beradi.
Smart-shaharbugungi kunda tirbandlik, navbatlar, shahar tuzilmalarining beqarorligi va nazoratsizligi kabi aholini ijtimoiy-kommunal muammolardan butunlay ozod qiladigan aqlli shahar hisoblanadiSmart texnologiyalari va vositalari.
Smartfon – (Inglizcha “smartphone” – “aqlli telefon”) uyali telefon hamda qo‘l kompyuteri vazifasini bajaruvchi moslama.
Smart Board interaktiv doska– (interfaol taxta — Smart Boards, interaktiv displey — Sympodium) uyali telefon hamda qo‘l kompyuteri vazifasini bajaruvchi moslama.
Smart taʼlim – umumiy standartlar, kelishuvlar va texnologiyalar asosida Internet tarmog‘ida birgalikdagi taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun taʼlim muassasalari va professor-o‘qituvchilarning birlashmasi.
Zamonaviy bulutli texnologiyalar nafaqat tayyor tarmoq va server qurilmalari, balki, asta-sekin ichki tizimlar (embedded cloud) bozoriga ham jadal kirib bormoqda. Turli xildagi qurilmalarni global tarmoqqa ulash va boshqarish g‘oyasi “buyumlar interneti” (Internet of Things – IoT) deb yuritiladi. Microsoft Windows embedded kompaniyasi bosh menenjeri Kevin Dallas fikriga ko‘ra, buyumlar interneti g‘oyasi ko‘p yillardan buyon mavjud bo‘lgan, ammo bunday tarmoqni amalga oshirilmaganligiga sabab - birgina bo‘g‘inning, ya’ni, bulutli texnologiyaning yaratilmaganligi edi.
Simli aloqada axborot uzatish masofasi kabellar о‘tkazilishi bo‘yicha belgilansa, simsiz aloqada axborot uzatish texnologiyalari turiga ko‘ra, radiuslarda belgilanadi. Barcha simsiz aloqa kanallarining afzalligi abonentlar uchun simli aloqa kanallarini о‘tkazish qiyin bо‘lgan joylarda ham aloqa о‘rnatishdan iborat. Quyidagilar simsiz aloqa kanallarining asosiy aloqa tizimlari hisoblanadi: infraqizil va mikrotо‘lqinli aloqa kanallari (IrDA), radiotо‘lqinli aloqa kanallari (Bluetooth, UWB, WiFi, WiMAX), mobil aloqa, sputnik aloqa tizimlari va h. k. Barcha radiotо‘lqinli aloqa texnologiyalari IEEE (ERMI – elektrotexnika va radioelektronika muhandislari instituti) standartiga asoslangan. Quyida mavjud texnologiyalar farqlarini kо‘rib chiqamiz:

Download 284.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling