Reja: Reja: aqsh tashqi siyosati tarixi
Download 1.1 Mb.
|
amerika tashqi siyosati
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jahon siyosati 2-kurs fors-ingliz guruhi talabasi To’xtashev Ozodbekning Amerika Qo’shma Shtatlari mavzusida tayyorlagan taqdimotiReja:Reja:
AQSh tashqi siyosati tarixan, bir tomondan, tor izolyatsionizm, ikkinchi tomondan esa deyarli qutqaruvchilik intervensionizmiday bir-biridan yiroq nuqtalar o‘rtasida tebranib keldi. Ayni shu narsa bundan ikki yuz yildan oshiq vaqt mobaynida AQShning paydo bo‘lishiga turtki bergan asoslarni o‘zida aks ettiradi.AQSh tashqi siyosati tarixan, bir tomondan, tor izolyatsionizm, ikkinchi tomondan esa deyarli qutqaruvchilik intervensionizmiday bir-biridan yiroq nuqtalar o‘rtasida tebranib keldi. Ayni shu narsa bundan ikki yuz yildan oshiq vaqt mobaynida AQShning paydo bo‘lishiga turtki bergan asoslarni o‘zida aks ettiradi.Ma’lumki, Amerikada asosan boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan immigrantlarning avlodlari istiqomat qiladi. Ular “Ko‘hna dunyo”dagi diniy ta’qiblar, qashshoqlik yoki urushdan qochib borib qolgan. Shu bois ular taraqqiyot va xavfsizlikka erishishning eng yaxshi yo‘li “Ko‘hna dunyo”ni tark etish, xavotirlarni imkon qadar uzoqroqda qoldirib ketish ekaniga ishondilar. Bu tashqi siyosatda izolyatsionistik yondashuvga olib keldi. AQSh hududini birlashtirish yoki savdo-sotiqni kengaytirish bo‘yicha zarur bo‘lgan shartnomalar tuzishni hisobga olmaganda, Amerika Yevropaning mustamlakachi davlatlari yoki Uzoq Sharq mamlakatlari bilan iloji boricha kamroq aloqa o‘rnatishga harakat qildi.Amerika Qo‘shma Shtatlari Birinchi va Ikkinchi jahon urushiga kirishga shoshilmadi. Chunki “Ko‘hna dunyo”ning ishlariga o‘ralashib qolmaslik istagi ustuvor edi. Shunday qilib, izolyatsionizm AQSh tashqi siyosatining asosiy tamoyillaridan biriga aylandi. Ammo unga qarshi o‘laroq boshqa bir tamoyil — intervensionizm ham shakllandi. Unda aksariyat amerikaliklarning dunyoqarashini aks ettiruvchi, millatni shakllantirgan, AQShning “Mustaqillik deklaratsiyasi”da belgilab qo‘yilgan va universal deb hisoblanuvchi: “hayot, erkinlik va baxtga intilish” g‘oyalari tajassum topgan.
Shu bilan birga, “tiyib turish” siyosatiga amal qilar ekan, AQSh G‘arb hayoti haqidagi oshkoralik va ochiq muloqot pirovardida uni boshqalardan ajratib turgan to‘siqlarga barham berishiga umid qilgan. Berlin devori qulaganda aynan shunday bo‘ldi ham. Ko‘plab amerikaliklar, sovuq urushdan so‘ng biz izolyatsionizmga qaytamiz, mamlakatimizdagi maktablar, infratuzilma va shu kabi ijtimoiy muammolarga e’tibor qaratamiz, deb o‘ylagan edi. Ammo Bolqon yarimoroli, Sharqiy Timor, Ruanda, Somali va boshqa joylardagi mojarolar avj olib ketgach, dunyo davlatlari va AQSh ushbu muammolarga befarq qarab tura olmasligini angladi. Tinchlik o‘rnatish operatsiyalariga, odatda, BMTning mandati bilan vakolat berilar, AQSh esa ushbu mojarolarni hal etishga urinardi. BMTning ushbu vaziyatlarni izga soluvchi muassasalarni barpo etish borasidagi sa’y-harakatlar avj oldi, lekin ular hech qachon muammoni hal etadigan darajada tezkor va kuchli emas edi. 2001 yilning 11 sentabrida ro‘y bergan voqealar ushbu munozaraga ta’bir joiz bo‘lsa, dahshatli xotima yasadi.Shu bilan birga, “tiyib turish” siyosatiga amal qilar ekan, AQSh G‘arb hayoti haqidagi oshkoralik va ochiq muloqot pirovardida uni boshqalardan ajratib turgan to‘siqlarga barham berishiga umid qilgan. Berlin devori qulaganda aynan shunday bo‘ldi ham. Ko‘plab amerikaliklar, sovuq urushdan so‘ng biz izolyatsionizmga qaytamiz, mamlakatimizdagi maktablar, infratuzilma va shu kabi ijtimoiy muammolarga e’tibor qaratamiz, deb o‘ylagan edi. Ammo Bolqon yarimoroli, Sharqiy Timor, Ruanda, Somali va boshqa joylardagi mojarolar avj olib ketgach, dunyo davlatlari va AQSh ushbu muammolarga befarq qarab tura olmasligini angladi. Tinchlik o‘rnatish operatsiyalariga, odatda, BMTning mandati bilan vakolat berilar, AQSh esa ushbu mojarolarni hal etishga urinardi. BMTning ushbu vaziyatlarni izga soluvchi muassasalarni barpo etish borasidagi sa’y-harakatlar avj oldi, lekin ular hech qachon muammoni hal etadigan darajada tezkor va kuchli emas edi. 2001 yilning 11 sentabrida ro‘y bergan voqealar ushbu munozaraga ta’bir joiz bo‘lsa, dahshatli xotima yasadi.Izolyatsionizm hissi vaqtincha bo‘lsa ham barham topdi. Amerikaliklar “Al-Qoida”ni qo‘llab turgan “Tolibon” harakati rejimini yo‘qotish uchun Afg‘onistonga harbiy kuch joylashtirish kerakligi xususida yakdillik ko‘rsatdi. Ayni munosabat Iroqqa ham ko‘chdi. Lekin oradan to‘qqiz yil o‘tib, faqat harbiy kuch bilan mintaqada terrorizmga barham berib bo‘lmasligi yoki barqarorlik olib kelish mumkin emasligi oydinlasha boshladi.
Donald Tramp davrida xorijdagi AQSh qo‘shinlarini uyga qaytarish va sog‘liqni saqlash, infratuzilmalarni qaytadan qurish singari ichki muammolarni hal etishga e’tibor qaratish haqidagi da’vatlar yanada kuchli yangramoqda. Amerika intervensionizmi yuqori nuqtasiga yetdi. Biroq ochig‘ini aytganda, AQSh ayni chog‘da qo‘shinlarini yaqin orada Afg‘onistondan olib chiqib ketish niyatida ham emas, ammo ularning soni qisqartirilishi tarafdori. Suriyadan esa to‘rt oy davomida qo‘shinlarni butkul olib chiqish qarori qabul qilindi.
Prezident Tramp amerikalik¬larning uzoq muddatli urushlardan bezib ketganiga ishora qilmoqda va shu nuqtai-nazardan qaraganda, uning gapida jon bor. Amerikaliklar hafsalasini pir qilmaslik uchun Vashington Afg‘oniston yoki Yaqin Sharq mintaqasida qanday siyosat yuritishi lozimligi esa boshqa masala. Amerikaning aksar aholisi xorijdagi harbiy amaliyotlarni qisqartirish rejasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababdan ham AQShning amaldagi Prezidenti o‘tmishdoshlaridan farqli ravishda, hech qanday buyuk strategiyaga ehtiyoj sezmaydi
Donald Tramp xalqaro munosabatlarni ko‘proq biznes ko‘zi bilan ko‘radi. Ehtimol, uning G‘arbdagi ittifoqdoshlardan ko‘ra ko‘proq avtoritar liderlar bilan muloqot qilishni afzal bilishining boisi ham aslida shu bo‘lsa, ajab emas.
Aytish mumkinki, jadal rivojlanish yo‘liga kirib, dunyo hamjamiyatida kundan-kun obro‘si mustahkamlanib borayotgan O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida barcha mamlakat, avvalo, qo‘shni davlatlar bilan ochiqlik siyosatini olib borishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Ayniqsa, keyingi ikki yil ichida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi sheriklik aloqalari faollashayotgani buning yorqin dalilidir. O‘zbekiston an’anaviy yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asos¬langan munosabatlarni izchil kengaytirish va amaliy mazmun bilan boyitishga intilmoqda, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini topmoqda, o‘zaro hamjihatlik mus¬tahkamlanmoqda. Tomonlarning hamkorlik ko‘lami muntazam kengayib, sifati ortmoqda.Aytish mumkinki, jadal rivojlanish yo‘liga kirib, dunyo hamjamiyatida kundan-kun obro‘si mustahkamlanib borayotgan O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida barcha mamlakat, avvalo, qo‘shni davlatlar bilan ochiqlik siyosatini olib borishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Ayniqsa, keyingi ikki yil ichida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi sheriklik aloqalari faollashayotgani buning yorqin dalilidir. O‘zbekiston an’anaviy yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asos¬langan munosabatlarni izchil kengaytirish va amaliy mazmun bilan boyitishga intilmoqda, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini topmoqda, o‘zaro hamjihatlik mus¬tahkamlanmoqda. Tomonlarning hamkorlik ko‘lami muntazam kengayib, sifati ortmoqda.Xulosa o‘rnida aytganda, bugun tashqi siyosat yangi bosqichga ko‘tarildi, maqsad-vazifalar o‘zgardi, yangi marralar belgilandi. Mazkur jarayonda esa diplomatiya yanada nozik masalaga aylanadi. Qadimgi xitoy mutaffakiri Konfutsiy ayt¬ganidek: “Do‘stlar bilan muloqot qilishda o‘z so‘zida turmoq kerak”. Demak, siyosiy o‘zaro ishonch — bu davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni samarali rivojlantirishning kafolatidir.
Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling