Reja: Reja: Fon Neyman arxitekturasi Mikroprotsessor arxitekturasi haqida tushuncha Fon Neyman klassifikatsiyasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Tayanch so’zlar: mikroprotsessor,
Download 108.24 Kb.
|
kte 2m 19
Mikroprotsessor arxitekturasi – foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraladigan mantiqiy tuzilish bo’lib, MP tizimini tuzish uchun zarur bo’ladigan funktsiyalarning apparatlar va dasturlar vosita amalga oshirilishiga ko’ra mikroprotsessorda joriy etiladigan imkoniyatlarni belgilab beradi. Mikroprotsessor arxitekturasi tushunchasi quyidagilarni aks ettiradi: mikroprotsessor tuzilishini, ya’ni mikroprotsessorni tashkil etadigan tarkibiy qismlar komponentlarining majmui va ular orasidagi aloqalarni (foydalanuvchi uchun mikroprotsessorning registrli modeli bilan cheklanish kifoyadir); ma’lumotlarning taqdim etilish usullari va ularning formatlarini; tuzilishning dasturiy jihatdan foydalanuvchi uchun tushunarli bo’lgan barcha elementlariga murojaat qilish usullarini (registrlarga, doimiy va tezkor xotiralar uyalariga, tashqi qurilmalarga ma’lum manzil bo’yicha murojaat qilish); mikroprotsessor tomonidan bajariladigan operatsiyalar to’plamini; mikroprotsessor tomonidan shakllantiriladigan va uning ichiga tashqaridan kirib keladigan boshqaruvchi so’zlar va signallar tavsifini; tashqi signallarga bildiriladigan munosabatlarni (uzilishlarga ishlov berish tizimi va shu kabilar).MPP-tizmlar bilan ishlaganda ma’lumotlarni(xabarlarni) uzatishga asoslangan dasturlash paradigmasidan (Massive Passing Programming Paradigm – MPI, PVM, BSPlib) foydalaniladi. Bu arxitekturaning moxiyati shuki xotira fizik jixatdan tizim qismlari o‘rtisida taqsimlangan bo‘lib mantiqiy jixatdan umumiy hisoblanadi. SHuning uchun foydalanuvchi yagona adreslar fazosiga ega bo‘ladi. Tizim bir jinsli bazaviy modullar (platalar) asosida qurilgan. Har bir modul bir nechta protsessor va xotira blokidan tashqil topgan. Modullar yuqori tezlikka ega bo‘lgan kommutator orqali bog’‘langan. Boshqa modullarning xotirasiga murojaat qurilmaviy jixatdan tashqil qilingan. Bu holda lokal xotiraga murojaat uzoqdagi xotiraga nisbatan bir necha barobat tez amalga oshiriladi. Moxiyatiga ko‘ra NUMA arxitekturasi MPP arxitekturasi hisoblanib alohida hisoblash elementlari sifatida SMP tugunlardan foydalaniladi. Bitta SMP tugun ichida ma’lumotlar almashish va xotiraga murojaat tugunning lokal xotirasi orqali juda tez amalga oshiriladi. Boshqa SMP tugun protsessoriga murojaat nisbatan sekin amalga oshiriladi. Birinchi marta SMP arxitektura g‘oyasini Stiv Vollox taklif etgan. HP firmasi bu g‘oyani sotib olgan va o‘zining SPP seriyali superkompyuterlarida qo‘llagan.Download 108.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling