Dasturiy ta’minotning mosligi va mobilligi. Dasturiy moslik qoidasi birinchi marta IBM/360 tizimini ishlab chiqaruvchilar tomonidan keng miqyosda qo’llanilgan. Ushbu tizimning bir qancha modellarida loyihalashning asosiy vazifasi - narxi va unumdorligidan qat’iy nazar tizimning barcha modeli uchun foydalanuvchilar nuqtai nazarida bir xil bo’lgan arxitekturani yaratishdan iborat bo’lgan. Bunday yondashuvning katta afzalligi shundaki, mavjud dasturiy ta’minotda bajarilayotgan ishlar yangi (qoida bo’yicha bir muncha yuqori unumdorli) modelga o’tganda mavjud ish holatini saqlash imkonini beradi. Fllin Klassifikasiyasi Hisoblash tizimlari arxitekturasini klassifikasiyalashning ko’pgina usullari mavjud bo’lib, ulardan taniqli va keng tarqalganlaridan birini ko’rib chiqamiz. 1966 yilda M. Flinn tomonidan asosida prosessorda ishlov beriluvchi oqim yoki elementlar ketma-ketligi (buyruqlar va ma’lumotlar) tushunchasi bo’lgan EHM va hisoblash tizimlari arxitekturalarining klassifikasiyalari taklif qilingan. Ma’lumotlar va buyruqlar oqimi soniga asoslangan ushbu klassifikasiyalar tizimi to’rtta asosiy turga ajratiladi Har bir turdagi arxitekturaning xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz. Har bir turdagi arxitekturaning xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz. SISD (Single Instruction stream/ Single Data stream) arxitekturasi tizimlarining barchasi bir prosessorli va bir mashinali variantlarni qamrab oladi. Barcha klassik strukturadagi EHM ushbu turga tegishli bo’ladi. Bu turda hisoblashni parallellashtirish ijrochi qurilmalar o’rtasida mikrobuyruqlar oqimini konveyerlashtirish va parallellashtirish yo’li bilan ta’minlanadi SISD (Single Instruction stream/ Single Data stream) arxitekturasi SIMD (Single Instruction stream/Multiple Data stream) arxitekturasi vektorli va matrisali ishlov berish strukturalarini yaratish uchun mo’ljallangan. Ushbu arxitekturadagi mashinalar vektor elementlari orqali bitta amalni bir vaqtning o’zida bir nechta ma’lumotlar ustida bajaradi. Bunday turdagi tizimlar odatda bir xil elementlar asosida quriladi, ya’ni tizimga kiruvchi prosessor elementlari bir xil bo’ladi va ularning barchasi bir xil ketma-ketlikdagi buyruqlar bilan boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |