Reja; Reja; Modda tuzilishi fanining maqsadi


Download 392.49 Kb.
bet1/4
Sana06.02.2023
Hajmi392.49 Kb.
#1170526
  1   2   3   4
Bog'liq
Mirahmedov D

Reja;

Reja;

  • Modda tuzilishi fanining maqsadi.
  • Modda tuzilishi fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
  • Modda tuzilishi fanining vazifalari va ahamiyati.

Modda tuzilishi kursi talabalar anorganik kimyo, analitik kimyo, fizik kimyo, organik kimyo, kvant mexanikasi va kvant kimyosi kabi kimyo tizimidagi fanlarni o’zlashtirib bo’lgandan so’ng barcha olingan bilim va ko’nikmalarni moddalarning tuzilishi hamda hossalari nuqtai-nazaridan shakllanishida, malakalarning chuqurlashishida yakunlovchi tayanch predmetlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Unda atom va molekulalarning tuzilishi, tadqiq etish usullari haqida ma’lumot beriladi. Bunday ma’lumotlar pirovard natijada moddalarning reaksion qobiliyatlarini tavsiflab beradi va u yoki bu reaksiyaning moddalar ishtirokida borishi, bunda qanday mexanizm amal qilishi mumkinligi to’g’risida yo’l-yo’riq ko’rsatadi. Тayyorlanadigan mutaxassislar shu ko’p qirrali kimyo fanlari sirlarini to’la o’zlashtirgan holdagina to’la qonli mutaxassis sifatida shakllanadilar. Shu tufayli umumkasb predmetlari o’qitilishi shu yo’nalishda o’z kasbini chuqur o’zlashtirgan mutaxassis kadrlar yetishtirishga imkon yaratadi. So’nggi yillarda oliy ta’lim soxasiga doir mamlakatimiz prezidenti va xukumatining bir qator farmoyish hamda qarorlari, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” bu soxadagi olg’a siljishga katta turtki berdi. Dunyo standartlari asosida mutaxassislar tayyorlash tizimiga o’tilib, bakalavr va magistratura bosqichlari kiritildi. Bu bosqichlar uchun tegishli o’quv rejalari yaratildi va shu bilan birga bir qator yangi talqindagi fanlarni o’qitish yo’lga qo’yildi. Universitet bakalavr rejasidagi “Modda tuzilishi” kursi ham shunday mutaxassislik fanlaridan hisoblanadi. Bu kursda asosan, molekulalarning hosil bo’lish shartlari, barqarorligi, turli xil (elektr, magnit, spektral, energetik va b.q.) xossalari va fazoviy tuzilishlari to’g’risida baxs yuritiladi. Qisqa shaklda bayon etilishiga qaramasdan nafaqat ilmiy ma’lumotlarni o’zlashtirish, ilmiy tadqiqotlarda foydalanish yo’nalishidagina emas, balki pedagogik faoliyatda ham qiziquvchilarga yetarli darajada yo’llanma bera oladi deb o’ylaymiz.

  • Modda tuzilishi kursi talabalar anorganik kimyo, analitik kimyo, fizik kimyo, organik kimyo, kvant mexanikasi va kvant kimyosi kabi kimyo tizimidagi fanlarni o’zlashtirib bo’lgandan so’ng barcha olingan bilim va ko’nikmalarni moddalarning tuzilishi hamda hossalari nuqtai-nazaridan shakllanishida, malakalarning chuqurlashishida yakunlovchi tayanch predmetlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Unda atom va molekulalarning tuzilishi, tadqiq etish usullari haqida ma’lumot beriladi. Bunday ma’lumotlar pirovard natijada moddalarning reaksion qobiliyatlarini tavsiflab beradi va u yoki bu reaksiyaning moddalar ishtirokida borishi, bunda qanday mexanizm amal qilishi mumkinligi to’g’risida yo’l-yo’riq ko’rsatadi. Тayyorlanadigan mutaxassislar shu ko’p qirrali kimyo fanlari sirlarini to’la o’zlashtirgan holdagina to’la qonli mutaxassis sifatida shakllanadilar. Shu tufayli umumkasb predmetlari o’qitilishi shu yo’nalishda o’z kasbini chuqur o’zlashtirgan mutaxassis kadrlar yetishtirishga imkon yaratadi. So’nggi yillarda oliy ta’lim soxasiga doir mamlakatimiz prezidenti va xukumatining bir qator farmoyish hamda qarorlari, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” bu soxadagi olg’a siljishga katta turtki berdi. Dunyo standartlari asosida mutaxassislar tayyorlash tizimiga o’tilib, bakalavr va magistratura bosqichlari kiritildi. Bu bosqichlar uchun tegishli o’quv rejalari yaratildi va shu bilan birga bir qator yangi talqindagi fanlarni o’qitish yo’lga qo’yildi. Universitet bakalavr rejasidagi “Modda tuzilishi” kursi ham shunday mutaxassislik fanlaridan hisoblanadi. Bu kursda asosan, molekulalarning hosil bo’lish shartlari, barqarorligi, turli xil (elektr, magnit, spektral, energetik va b.q.) xossalari va fazoviy tuzilishlari to’g’risida baxs yuritiladi. Qisqa shaklda bayon etilishiga qaramasdan nafaqat ilmiy ma’lumotlarni o’zlashtirish, ilmiy tadqiqotlarda foydalanish yo’nalishidagina emas, balki pedagogik faoliyatda ham qiziquvchilarga yetarli darajada yo’llanma bera oladi deb o’ylaymiz.

Download 392.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling