Reja: reja: Odam genetikasining mazmuni, muom-molari va vazifalari. Odam genetik ob’ekt sifatida


Odam genetikasi fanining rivojlanish tarixi


Download 0.7 Mb.
bet4/10
Sana15.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1482176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ODAM GENETIKASI KIRISH.

3. Odam genetikasi fanining rivojlanish tarixi.

  • 3. Odam genetikasi fanining rivojlanish tarixi.
  • Ota-ona belgi- xossalarining kelgusi avlodga berilish muammosi bilan odamlar milloddan oldingi davrlarda ham qiziqqanlar. Bu sohada olimlar o‘z fikrlarini bayon etganlar.
  • Xususan, qadimgi yunon olimlaridan Gippokrat odam urug‘ining hosil bo’lishida tananing barcha a’zolari qatnashadi, urug‘dan o ‘z navbatida odam tanasi rivojlanadi, sog‘ odamdan sog‘ farzand tug‘iladi, deb ta’kidlab o‘tgan.
  • Aristotelning qayd qilishicha, kelgusi avlod uchun ona organizmi asosiy material beradi. Ota urug’i esa uni harakatga keltiradi xolos. Agar ota baquvvat bo‘lsa o‘g‘il, ona kuchli bo‘lsa qiz farzand tugiladi. Shu sababli o‘g‘il - otaga, qiz - onaga o‘xshash degan tasavvurni ilgari surgan.
  • XVII asrda birinchi marotaba hujayrani mikroskop orqali ko‘rgan A.Levenguk urug‘da shakllangan odam organizmi bor, ona esa uni dunyoga keltiradi, deb uqtirgan.

Platon o‘zining “Siyosat” degan asarida jismoniy va ma’naviy sog‘lom bolalar tug‘ilishi uchun er-xotinlarni qanday tanlashni, bolalarni qanday tarbiyalashni tushuntiradi.

  • Platon o‘zining “Siyosat” degan asarida jismoniy va ma’naviy sog‘lom bolalar tug‘ilishi uchun er-xotinlarni qanday tanlashni, bolalarni qanday tarbiyalashni tushuntiradi.
  • Abu Ali ibn Sino o‘zining irsiyat sohasidagi ilmiy kuzatishlari asosida, agar odam baquvvat va sog‘lom bo‘lsa, uning avlodi ham shunday baquvvat va sog‘lom bo‘ladi, deb hulosa chiqargan.
  • 1752 Mopertyu odamlarning to‘rt avlodida polidaktiliya (barmoqlar sonini beshtadan ortiq bo‘lishi)ni kuzatib, bu belgining naslga berilishi ham ota, ham onaga bog‘liq ekanligini e’tirof etgan.
  • 1820-yili nemis olimi Nasse qon ivimaslik - gemofiliya kasalligi erkaklar orqali kelgusi avlodlarga berilishini ma’lum qilgan.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling