Draglaynning umumiy kо‘rinishi.
Draglaynlarning qazib olish texnologiyasi va parametrlari. Draglaynlarning asosiy texnologik parametrlari - chо‘mich sig‘imi, ekskavator о‘lchamlari, uning massasi, yerga beruvchi solishtirma bosimi, zabt etish qiyaligidan iboratdir. Ishchi parametrlari esa qо‘yidagilardan iborat:
III. Tog‘ jinslarini mexanik kurakli ekskavatorlar bilan qazib olish.
III. Tog‘ jinslarini mexanik kurakli ekskavatorlar bilan qazib olish.
Mexanik kurakli qazib-yuklovchi ekskavatorlar karyerlarda keng qо‘llaniladi. Ular konstruksiyalarining tuzilishi – uzluksiz ishlovchi qazib-yuklovchi mashinalar ishlay olmagan iqlim sharoitlarida ham ishlash imkonini beradi.
Ular asosan zich tog‘ jinslarini yumshatmasdan, qoyali va yarim qoyali tog‘ jinslarini oldindan yumshatib qazib olishga mо‘ljallangan.CHо‘mich, strela va rukoyat – mexanik kurakli ekskavatorning ishchi organi hisoblanadi. Bu ekskavatorlar bilan zich tog‘ jinslarini ekskavatsiyalash jarayonida chо‘michning keskir tishlari bilan tog‘ jinsi qatlami qirqiladi. Tо‘ldirilgan chо‘mich bilan ekskavator bо‘shatish joyiga buriladi va kovshni bо‘shatib, ishchi organ yana qazish joyiga qaytadi. Portlatib yumshatilgan uyumlarni yuklashda esa, chо‘mich uyumga botiriladi.
Rukoyatni siljitish prinsipiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar kanatli va gidravlik siljituvchi ekskavatorlarga bо‘linadi.
Ishlatilish sferasiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar ikki turga bо‘linadi:
karyerlarda ishlovchi ekskavatorlar;
ochish ishlari uchun mо‘ljallangan ekskavatorlar.
Karyerda ishlovchi ekskavatorlar – tog‘ jinslarini qazib olish va ularni transport vositalariga yuklashga mо‘ljallangan.
Ochish ishlariga mо‘ljallangan ekskavatorlar esa, qazib olingan tog‘ jinslarini ishlangan (foydali qazilma qazib olingan) bо‘shliqlarga tashlab ishlaydi.
Bir chо‘michli mexanik kurakli ekskavatorlar asosan Rossiya, AKSH, Fransiya, Germaniya va Yaponiya davlatlarida ishlab chiqariladi.
Mexanik kurakli ekskavator
E`tiboringiz uchun RAHMAT !!!
http://kompy.info
Do'stlaringiz bilan baham: |