Reja: Rentgen nurlarining kashf etilishi Rentgen nurlari va uning difraksiyasi
rasm. Rentgen trubkasining chizmasi. A-anod (suv bilan sovitiladi); K-katod
Download 137.5 Kb.
|
Rentgen nurlari va ularning difraksiyasi
rasm. Rentgen trubkasining chizmasi. A-anod (suv bilan sovitiladi); K-katod.X-nurlar yo‘liga tadqiqotchi o‘z qo‘lini qo‘ydi va ekranda qo‘l skeletning soya tasviri paydo bo‘ldi. Yumshoq to‘qimalar nurlanish uchun shaffof, suyaklar esa uni deyarli o‘tkazmas edi.Olimning «Nurlarning yangi turi haqida» sarlavhali birinchi maqolasida Rentgen o‘zi kashf qilgan nurlar xossalarini tavsifladi, bu maqola butun dunyoni aylanib chiqdi va keyin barcha Yevropa tillarida alohida kitobcha shaklida bosildi.Ammo, Rentgen sirli nurlar tabiatini tushuntirib bera olmadi. U elektronlarning mavjudligini bilmas edi, ana shu elektronlarning trubka shishasida tormozlanishi rentgen nurlar va ko‘rinadigan yashil yorug‘lik paydo bo‘lishining sababi edi. Zaryadli zarra modda ichiga uchib kirganda tormozlanadi va, o‘z tezligini yo‘qotadi va elektromagnit to‘lqinlarini nurlantiradi. Rentgen nurlar to‘lqin uzunligi diapazoni dan gacha oraliqda yotadi. Elektromagnit to‘lqinlar shkalasida ular ul’trabinafsha nurlanish va gamma-nurlanish orasidagi joyni egallaydi. Tormozlovchi elektronlar dastasi turli to‘lqin uzunlikka () ega bo‘lgan to‘lqinlarni nurlantiradi. Bu to‘lqinlar uzluksiz rentgen spektr tashkil qiladi, lekin, bundan boshqa ning muayyan qiymatlariga ega bo‘lgan to‘lqinlar guruhiga tegishli ayrim spektral chiziqlar ham mavjud bo‘ladi. Ularning tabiati quyidagicha: tushayotgan zarralar atomni ionlaydi va hosil bo‘lgan bo‘sh o‘rinlarga yuqoriroq energiya sathlaridagi elektronlar o‘tadi. Bunda muayyan energiyali kvant nurlantiriladi. Bo‘sh sath atomning tashqi elektronlar qobig‘ida hosil bo‘lganda ko‘rinadigan yorug‘lik yoki ultrabinafsha nurlar kvanti nurlantiriladi, bo‘sh sath ichki qobiqda hosil bo‘lganda esa kattaroq energiyali va mos ravishda kichikroq to‘lqin uzunlikli kvant, ya’ni rentgen kvant nurlantiriladi. Bu nurlanish elektronlar dastasi bombardimon qilayotgan anod materialini xarakterlaydi. Shuning uchun u xarakteristik nurlanish deyiladi.Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling