Reja: Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik kompetentlikka oid ilmiy yondoshuvlar


Adekvat – “tenglik”, “to‘laligicha bir xillik”, “aynan o‘zi” ma’nosini  beradi.  Tahliliy bilish


Download 384.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana13.05.2023
Hajmi384.72 Kb.
#1456760
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu

Adekvat – “tenglik”, “to‘laligicha bir xillik”, “aynan o‘zi” ma’nosini 
beradi. 
Tahliliy bilish – tahliliy bilish xususiyatining shakllanganligi
pedagogik mahoratning eng muhim qirralaridan biridir. Analiz-tahlil aynan 
tahliliy bilish orqali pedagogik fikr yuritishning umumlashgan tarzdagi 
bilishini yuzaga chiqaradi. Bunday bilish bir qator shaxsiy bilish tizimini 
o‘zida birlashtiradi. Pedagogik hodisalarni uni tashkil etuvchi unsurlarga 
ajrata olishi (sharoit, sabablar, oqibatlar, rag‘batlantiruvchi omillar, 
vositalar, shakl va boshqalar), har bir bo‘lakning bir butunlik bilan 
bog‘liqligi va tomonlarning birgalikdagi harakatini anglashi; ta’lim-tarbiya 
nazariyasidan kelib chiqayotgan hodisa mantig‘iga mos keluvchi g‘oya, fikr 
va qonuniyatlarini topa bilishi; pedagogik hodisalarni to‘g‘ri aniqlay olishi, 
eng muhim pedagogik vazifani (muammo) topish va uni samarali yechish 
yo‘llarini bilish kabilardir. 
Fakt va hodisalarni nazariy tahlil qilish; narsa va hodisalarni boshqa 
narsa va hodisalardan farq qiluvchi o‘ziga xos jihatlarini ajrata bilish; ana 
shu narsa va hodisalarni tashkil etuvchi unsurlarni aniqlay olishi; ushbu 
tizimdagi barcha unsurlarning mohiyati va vazifasini, rolini aniqlay olishi, 
butun bir hodisaga har bir unsurning o‘ziga xos ta’siri, ushbu hodisaning 
ta’lim jarayonidagi o‘rnini aniqlashi kabilar. Bu yerda pedagogik narsa fakt 
sifatida, u yoki bu tarbiyaviy munosabat, pedagogik hodisa esa hayotdagi 
hodisa va voqeaning hayotda yuz berishi, bunda ana shu hodisani tahlil 
qilish orqali pedagogning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini bajarishdagi 
harakati, talabalar harakati orqali yuzaga chiqqan pedagogik natija. 
Prognostik bilish – oldindan bilish, ijtimoiy jarayonlarni boshqarish
ta’lim jarayonlarini oldindan ko‘zlagan maqsad va oxirgi natija, subyekt 
tafakkurida aks etib turishi demakdir. Prognostik bilishni uch guruhga 
birlashtirish mumkin: 
 
jamoaning rivojlanishini tashxis qilish, aniqlash, uning strukturasi, 


o‘sishi sur’ati, o‘zaro munosabatlari takomillashuv tizimi, faollari o‘rnining 
o‘zgarishi, ba’zi talabalarning o‘zaro munosabatlaridagi o‘zgarishlarni 
sezish kabilar; 
 
shaxs rivojlanishini tashxis qilish; 
 
uning shaxsiy ishchanlik xususiyatlari, hissiyoti, odob-axloqi, hulqi, 
kamchiliklari, tengqurlari bilan munosabatlardagi qiyinchiliklari va 
hokazolar. 
Pedagogik jarayonlarni tashxis qilish: ta’lim-tarbiya va o‘quv darslik 
hamda jihozlarni rivojlantirish imkoniyatlari, talabalarning o‘quv va boshqa 
faoliyatlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni oldindan 
bilish; u yoki bu ta’lim sohasidagi usul va vositalarni qo‘llash orqali 
olinadigan pirovard natijani va boshqalarni aniqlash; voqea-hodisaning bir 
qismini kuzatish orqali hosil bo‘lgan natijani, voqea va hodisalarning boshqa 
qismiga, boshqa hududiga yoyish hislatlari. 
Pedagogik tashxis qilish o‘qituvchida modellashtirish, gipoteza va 
tahlillarni olg‘a surish, fikriy sinov va tajribalar o‘tkazish va boshqa 
xususiyatlarni talab etadi. 

Download 384.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling