Reja: Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlaka ma`muriy-boshqaruv siyosati
Rossiya imperiyasi tomonidan Turkistonni xom-ashyo bazasiga aylantirishi
Download 34.33 Kb.
|
rossiya-imperiyasining-o-rta-osiyoda-olib-borgan-mustamlakachilik-siyosati
Rossiya imperiyasi tomonidan Turkistonni xom-ashyo bazasiga aylantirishi.
Podsholik Rossiyasining Turkistondagi asosiy tayanch ma`muriy va majbur qiluvchi tashkiloti - bу politsiya idorasi edi. U juda katta vakolatlarga ega bo`lgan. Politsiya ma`muriyati mustamlakachiliк qonun-qoidalariga amal etishni nazorat qilar, mahalliy xalqning istalgan shubhali shaxsni istalgan paytda hibsga olar edi. Ana shu politsiya tuzumiga suyangan podsho hukumati Turkiston o`lkasi idorasini eng quyi bo`g’inidan oliy bo`g’inigacha o`z qo`lida tutgan. General-gubernatorning o`zi bosh mirshab vazifasini o`tagan. Hokimi mutlaq general-gubernator o`lkadagi istagan odamini, xoh o`zbek, xoh rus bo`lishidan qat`i nazar, imperiyaning chekkalariga 5 yil muddatga surgun qilish huquqi qonunan mustahkamlangan edi. U harbiy bo`lmagan fuqarolar ustidan harbiy sudlar hukmini tasdiqlashdek ichki ishlar vaziri vakolatlarini ham o`z qo`lida jamlagan. Viloyatlarning harbiy gubernatorlari, uyezd, volost pristavlari ham politsiya generallari va zobitlari vakolatlariga ega bo`lganlar. Mustamlakachilik ma`muriyatining muhim huquqiy bo`g’ini sud organlari hisoblangan. Sudlar ikki xil ko`rinishga ega bo`lib, sudlar va xalq sudlaridan tashkil topgan. Ularning birinchisi sof mustamlakachilik shaklida bo`lsa, xalq sudlari shariat asosida ish yurituvchi qozilik idorasi edi. Sudlar hududiy bo`linishga ko`ra, tuman sudlari, xalq palatasi huquqidagi viloyatlar boshqarmalari, dunyoviy masalalar bo`yicha ish yurituvchi sudlar qurultoylari, harbiy sud komissiyalaridan iborat bo`lgan. 1886-yildagi “Nizom”ga ko`ra mavjud sud tartiblari saqlangan holda unga ayrim o`zgarishlar kiritildi. Tuman sudlari bekor qilindi. O`lkada viloyat sudlari tashkil etildi. Viloyat prokurori va uning yordamchisi muovini, sud tergovchisi lavozimlari joriy etildi. Imperiya sudida mustamlakachilik tuzumiga qarshi maqsadlarda sodir etilgan ishlar ko`rilgan. Uning asosiy vazifasi mahalliy xalq orasidan chiqqan vatanparvarlarning davlat hokimiyatini ag’darish maqsadida harakat qilgan siyosiy “jinoyat”chilik ishlari ustidan hukm chiqarish edi. Rus imperiyasi Davlat Kengashi tomonidan sud islohoti tizimlari 1893-yil 2-iyunda tasdiqlandi. Toshkent shahrida sud palatasi, Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlarida bittadan okrug sudlari ta`sis qilindi. 1899-yil 14-may Toshkent sud palatasining tantanali ochilish marosimi bo`ldi. U o`lkaning barcha sud organlari faoliyatini boshqarar va nazorat qilar edi. Imperiya hukumatining siyosiy tusga ega bo`lmagan barcha fuqarolik ishlari shariat va biy sudlariga topshirilgan edi. Mustamlakachilar shariat qonun-qoidalaridan istibdod negiziga qurilgan o`z tuzumlarini o`lkada barqaror qilishda unumli foydalanganlar. Shu maqsadda uni uch xil qilib tuzishgan. Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona va Yettisuv viloyatlarining o`troq aholisi uchun qozilar sudi, shu viloyatlarning ko`chmanchi aholisi uchun biy sudlari hamda Kaspiyorti viloyati uchun maxsus xalq sudlari faoliyat ko`rsatgan. Avval Toshkentda, so`ngra boshqa shaharlarda shahar dumalari tashkil etildi. 1877-yilda maxsus Muvaqqat komissiya tuzilib, saylovlar, saylovchilar mulkdorlik darajasiga qarab uch toifaga ajratildi. Bunda shahar ziyolilari, ishchilar va hunarmandlar yetarli miqdorda mulki bo`lmaganligi uchun sayloв huquqidan mahrum etildi. Shahar dumasidan ruslar uchun noiblarning uchdan ikki qismi miqdorida o`rin ajratildi. Shuningdek, shahar boshqaruvi faoliyatini nazorat qiluvchi viloyat idorasi ham tuzildi. Uning raisi Sirdaryo harbiy gubernatori edi. 1888-yilda rus imperatori Toshkentni boshqarish ishini ma`qullagani holda uni nazorat qilishni general-gubernatorga topshirdi. Ichki ishlar vaziri huquqi harbiy okrug qo`mondoni zimmasiga yuklandi. Duma oqsoqoli harbiy vazir tomonidan tayinlanardi. Toshkent shahar dumasining oqsoqoli vazifasini 1877-yildan 1907-yilgacha shahar boshlig’i - hokim to`raning o`zi boshqargani ham mustamlaka ma`muriyatining qiyofasini ko`rsatib turibdi. Rossiya imperiyasida amalda bo`lgan shaharga oid ikkita nizom (1870, 1892-yilgi) Turkistonda faqat Toshkent va Yettisuvdagi Verniy (hozirgi Almati) shaharlarida qo`llanilib, boshqa shaharlarda joriy etilmadi. Rus ma`muriyati Toshkent tajribasi "bu chorani Turkiston o`lkasidagi boshqa shaharlargа qo`llashning foydasi haqida fikr yuritishga erta" degan tahqiromuz xulosaga kelgan edi. Shahar ma`muriy-politsiya tartib qoidalari asosida boshqarildi. Ma`lumotlarga qaraganda, 1870-yilda Toshkentda 80 mingga yaqin aholi yashagan. Ulardan 7 mingga yaqin kishi dehqon, 6 ming kishi hunarmand, 4 ming kishi savdogar, 4 ming kishi mardikor bo`lgan. O`tgan asrning oxirlarida Toshkentda 20 ta mahalla, 310 ta masjid, 17 ta madrasa, 11 ta hammom, 15 ta karvonsaroy, 11 mingta loy suvoqli paxsa uylar bo`lib, shahar aholisining soni tobora oshib borgan. Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma`muriy markazi bo`lgan Toshkent shahri o`lka madaniy hayotining asosiy o`chog’i hisoblangan. Rossiya imperiyasi mustamlakachilari qishloqlarni boshqarishda 1867-yilgi Turkiston general-gubernatorligining viloyatlarni boshqarish haqidagi “Vaqtli Nizom-loyihasi” deb atalgan xujjatlar majmuasiga amal qildilar. Unga ko`ra ko`chmanchi aholiga ikki bosqichli (volost' va ovullar), o`troq aholiga esa bir bosqichli (oqsoqollar) boshqaruv tizimi joriy etildi. Volost' asosini ming xonadondan ikki ming xonadongacha, ovul jamolarini esa yuz o`tovdan ikki yuz o`tovga qadar aholi tashkil etgan. CHorizm bu o`zgarishlar bilan ko`chmanchi aholining urug’chilik asosidagi tarixiy bo`linishini bekor qildi. 1886-yilda kuchga kirgan “Turkiston o`lkasini boshqarish haqidagi Nizom” bo`yicha o`troq aholining bir bosqichli boshqaruvi ikki bosqichga aylantirilib, oqsoqollar volostlarga birlashtirildi. Ovul jamoalari va oqsoqollar vakillari yig’ini barcha saylovchilar yig’ilishi bilan almashtirildi. Shaharlar o`zlarining tutgan mavqeiga ko`ra siyosiy, harbiy, iqtisodiy va madaniy markazlar vazifasini bajarar edi. Toshkent, Samarqand, Qo`qon, Andijon, Marg’ilon, Namangan, Ashxobod o`lkaning yirik shaharlari edi. Bundan tashqari mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan Chimkent, Jizzax, Qarshi, Termiz va Kattaqo`rg’on kabi shaharlarda iqtisodiy hayot rivojlana bordi. Bosqinchilarning O`rta Osiyoni mustamlakaga aylantirishlari natijasida yangi shaharlar ham paydo bo`ldi. Jumladan, Kazalinsk, Petro-Alekandrovsk, Skobelev, Chernyaevka kabi shaharlar shu tariqa vujudga keldi. Bosib olingan shaharlarda ruslar uchun maxsus ajratilgan manzilgohlar paydo bo`ldi. Shaharlar ikki qismga bo`linib, biri eski shahar (mahalliy aholi yashaydigan qism) va ikkinchisi yangi shahar (ruslar yashaydigan qism) deb ataladigan bo`ldi. Masalan, Toshkentning rus qismini tashkil qilish uchun maxsus qo`mita tuzildi. Rejaga kirgan joylardan mahalliy aholiga mansub yuzlab oilalar zo`ravonlik bilan ko`chirildi. Ularga yangi hovli, yer olish uchun yordam berilmadi. Hovlilar buzib tashlanib, Yevropa va rus muhitidagi toifalar bo`yicha zobit va amaldorlar uchun uylar, oromgohlar, keng ko`chalar qurildi. Eski shaharning, ya`ni o`zbeklar yashaydigan qism aholisning mustamlakachilar yashaydigan shahar qismiga o`tishi qat`iyan taqiqlandi. Toshkentning yangi shaharini bunyod etish uchun katta mablag’ talab qilinardi. Bu mablag’lar ko`proq eski shahar aholisi daromadi hisobidan qoplanardi. Download 34.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling