Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Mavzu: XI-XV asrlarda Mo’g’ullar imperiyasi Reja


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

Mavzu: XI-XV asrlarda Mo’g’ullar imperiyasi Reja: 
1.Chingizxonning hokimiyat tepasiga kelishi va mo’g’ullar davlatiga asos solinishi. 2. 
Chingizxonning davlat boshqaruv tizimi hamda harbiy strategiya va taktikasi.3.XII asr oxiri va 
XIII asr boshlarida mo’g’ullarning ijtimoiy tuzumi va xo’jalik hayoti. 4.Mo’g’ullarning 
harbiy istilochilik yurishlari. Chingizxonning hokimiyat tepasiga kelishi va mo’g’ullar 
davlatiga asos solinishi. O’rta asrlar manbalarining ma’lumotlariga ko’ra, XII asr oxiri-XIII 
asr boshlarida mo’g’ul qabilalari va elatlarining qudratli davlatga birlashuvi jarayonlari 
bo’lib o’tadi. Mo’gul davlatining tuzilishi va mo’g’ul xalqining tashkil topishi XIII asrning 
boshlariga borib taqaladi. Bungacha ular alohida qabilalarga yoki qabila ittifoqlariga bo’linib 
yashar edilar. Har bir qabilaning yo’lboshchisi bor edi. Xitoy manbalariga ko’ra, mo’g’ul 
qabilalari XII asrda Buyuk Xitoy devoridan to Baykal ko’ligacha bo’lgan hududda yashaganlar. 
Xitoyliklar Shimoliy Xitoy hududida yashagan janubiy mo’g’ullarni ’’oq tatarlar’’ deb, 
Shimoliy mo’g’ullarni esa ’’qora tatarlar’’ deb ataganlar. Yozma manbalarda mo’g’ullar 
menu (menva) nomi bilan ilk marotaba Xitoyning Tan sulolasi (618-906) solnomasida tilga 
olinadi.Mo’g’ullar ko’p qabilalardan iborat bo’ilb, bu qabilalari ichida son jihatidan eng 
ko’p va ta’siri kuchlisi bu kereitlar bo’lib, Xatchay va Xentey tog’ tizmalari o’rtasida Orxon 
Tolis daryolari vodiysida yashashgan. Ular g’arbda nayman qabilalari bilan qo’shni 
bo’lganlar. Naymanlar-Xangay va Oltoy tog’ tizmalari o’rtasida yashashgan. Ular tog’ 
etaklari va tekisliklarda joylashgan edilar. Ko’chmanchi naymanlar to Orxon daryisigacha 
yoyilgan edi. Naymanlar mo’gul qabilalari ichida eng madaniysi edi. Naymanlar jamiyatida 
o’sha davrda sinfiy tabaqalanish yuz bergan edi. Markitlar-Selenchi daryosi havzasida 
yashaganlar. Boshqa mo’g’ul qabilalariga qaraganda ular o’zlarining urushqoqligi, 
jangovorligi bilan ajralib turgan va kuchli qoshinga ega bo’lgan. Jaloirlar-ancha ko’p sonli va 
kuchli bo’lib, Onon daryosi vodiysida yashaganlar. Taychiutlar-Onon va Selenga daryolari 
etaklarida yashagan. Ongutlar-eng kam sonli ko’chmanchi qabilalar bo’lib, ular ming oiladan 
iborat bo’lgan. Ular ancha zich holda yashar edilar va asosan Xitoy imperatorlariga chegara 
xizmatlarida turar edilar. Bundan tashqari ’’o’rmonda yashovchi’’qabilalar ham bo’lib, 
bularga xari, bargut, tumeg, bulagachin, keremuchin, uryanxat, urasut, telengut va oyrat 


qabilalari kirgan. ’’O’rmonda yashovchi’’qabilalar asosan Baykal ko’li atrofi Sharqiy Sayyan va 
Janubiy Oltoy hududlarida yashagan. XII asrning 50-60 yillarida mо‘g‘ullarning dastlabki 
davlati-Мо‘g‘ul ulusi (“Barcha mо‘g‘ullarning davlati”) ning tushkunlikka uchrab, inqirozga 
yuz tutgan edi. Natijada, XII asrning ikkinchi yarmi-XIII asr boshlarida Mо‘g‘ulistonda ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda quyi bosqichda turgan turli mо‘g‘ul qavm va qabilalari 
katta va qudratli mо‘g‘ul davlatini barpo qilish uchun о‘zaro kurash olib borar edilar. 
Hokimiyat uchun qavm va qabilalar о‘rtasida olib borilgan kurashda Chingizxon g‘alaba 
qozonadi va 1204-1205 yillarda kuchli mо‘g‘ul davlatiga asos soladi. U 1155 yilda tug‘ilgan. 
Chingizxon (1155-1227yillarda yashagan) Taychiutlar qabilasidan chiqqan Bordjigin 
avlodining boshlig’i bo’lgan, boy mo’g’ul zodagoni Yesugay-baturning o’g’li edi. 
Chingizxonning otasining ismi Yesugay bahodir, onasini esa О‘lun der edilar.” Unga Temuchin 
ismini otasi qо‘ygan.”. XII asr o’rtalariga kelib Baykal ko’li atrofi, hozirgi Mo’g’uliston 
hududlarida yashovchi turkiy va tungus-manchjur qabilalarining ko’pchiligi Yesugay Bahodir 
ta’siriga o’ta boshlaydilar. Yesugay tatar va market qabilalariga qarshi urushlar paytida 1185 
yilda tatarlar tomonidan xoinona zaharlab о‘ldirilgandan so’ng tashabbus uning o’g’li 
Temuchin qo’liga o’tadi. Temuchin o‘z ulusini tashkil etib, boshqaruv apparatini tuzgan oz 
tarafdorlari va safdoshlarini yuqori mamuriy boshqaruv lavozimlariga tayinlagan. Barcha 
mansabdor shaxslar, shuningdek, shaxsiy gvardiya va navkarlar ustidan boshqaruv ishiga 
Boorchu va Jelme tayinlandi. Mogul armiyasiga esa Temuchinning ukasi Xasar bosh 
qomondon boldi. Armiyaning ilgor qismlariga qomondonlik qilish Subutoy bahodirga 
topshirilib, Temuchin uni «ozining tayanchi va qalqoni» deb atadi. 
Moguliston 
tarixida, XII asrning songgi ikki on yilligi, Temuchin va uning raqiblari ortasida Moguliston 
ustidan hokimiyat ornatish uchun kurashi davri boldi. Temuchin bu ozaro kurashda 
Toorilxonning qollab-quvvatlashiga tayandi, uning asosiy raqibi Jamuxa boldi.1187 yilning 
kuzida Onon daryosining yuqori oqimidagi Dalan-Baljutada, Temuchin bilan Jamuxa ortasida 
dastlabki yirik harbiy toqnashuv bolib otdi. Temuchin ozining dastlabki yirik toqnashuvida 
maglubiyatga uchraydi, garchi raqiblarning kuchlari teng bolgani holda har ikki tomondan 
30 ming nafardan askarlar qatnashgani holda, Jamuxa tomonidan asir olingan 70 nafar 
harbiy boshliqlar tiriklayin qaynatilgan. Dalan-Baljuta jangida maglubiyatga uchragan 
Temuchin 10 yil muddat davomida faol harbiy xarakatlar olib bormadi. Bu yillar davomida 
Temuchin chjurchjenlarni Szin imperiyasi hududida yoki uning chegarasi yaqinida turgan. XII
asrning ortalaridan boshlab, Szin imperatorlari qoshni mogul chollarida «voyaga 
yetmaganlarni qirgin qilish» siyosatini olib borishadi. Har uch yilda bir marta Szinning 
ekspeditsion korpusi(maxsus maqsad bilan uyushtirilgan otryad) Sharqiy Moguliston 
hududlariga kiritilgan va mahalliy erkak aholini qirgin qilgan yoki Szin hududiga qullikka 
haydab olib ketilgan. Bunga javoban kochmanchilar, muntazam ravishda chjurchjenlar 
imperiyasini chegaradagi viloyatlarini xonavayron qilishgan. Szin imperiyasiga ayniqsa, 
ozlarining bosqinlari bilan tatarlar koproq mushkullik keltirib chiqargan.
1196 
yilda 
Vanyan Syan qomondonligidagi armiya tatarlarga qarshi yurish qiladi. Tatarlar Kerulen 
daryosi yonida yakson etilgach, Uldza daryosi boylab chekinishadi. Szin imperiyasining Van 
Ango qomondonligidagi qoshini tatarlarni taqib etadi. Van Ango oz navbatida, Tooril va 
Temuchinga, tatarlarga qarshi birgalikda urush harakatlarida qatnashishni taklif qildi. 
Keroitlar va Temuchin boshchiligidagi mogullar, Torey koli yonida tatarlarni tor-mor qilishdi. 
Bu yordam evaziga, Temuchin Szin hukumatidan chautxuri unvonini oladi. Tooril hoqon esa, 
van (knyaz) unvonini oladi va shundan keyin Vanxon (Ongxon) deb nomlana boshladi. 


Chjurchjenlardan unvon olinishi, Temuchinning mavqeini mustahkamlanishiga imkon 
berdi.1198 yilda Szin armiyasi, Sharqiy Mogulistondagi xulugaitlar va boshqa mogul-tatar 
qabilalariga qarshi yurishni amalga oshiradi. Biroq ichki nizolar oqibatida chjurchjenlar 
davlatining tashqi siyosiy faolligi zaiflasha boshladi. Bunday vaziyat Temuchinga Sharqiy 
Mogulistonda mustahkamlanib olish uchun qulay sharoit yaratdi. Garbiy Mogulistonda ham 
ozgarishlar yuz berdi, u joyda nayman ulusi Gayanxon va Buyurukxon boshchiligidagi ikkita 
davlatlarga bolindi. 1198 1199 yillar davomida kereitlik Vanxon, Jamuxa va Temuchin 
uchalasi birgalikda, Tayanxonning maqullashi bilan Buyurukxonga zarba berishdi. Ammo hal 
qiluvchi jang oldidan Vanxon bilan Jamuxa til biriktirishib tunda yashirin ravishda Temuchinni 
tark etishdi, bu bilan ular naymanlar Temuchinni maglubiyatga uchratishiga umid boglashdi. 
Biroq naymanlar buning orniga butun kuchlari bilan kereitlarga tashlanishdi, va oqibatda 
Temuchinning ozi Tooril-xoqonni qutqarishiga togri keldi. Temuchin 1200 yilda taychiutlarga 
qarshi yurish boshladi, uning taychiutlarga nisbatan nafrati shunchalik kuchli ediki, bu jangda 
Temuchinni shaxsan ozi qatnashdi va yarador boldi. 1201 yilda Jamuxani tarafdorlari uni 
gurxon deb elon qilishdi. Jamuxani ortidan nafaqat mogullar, balki Mogulistondagi koplab 
boshqa qabila va elatlarning vakillari naymanlar, merkitlar, oyrotlar, toyjutlar ham ergashib 
borishdi. Jamuxani gurxon etib saylash, kotarish marosimi Gan daryosining Argun daryosiga 
quyilish joyida amalga oshirildi. Jamuxaning atrofiga birlashgan kuchlar ochiqdan ochiq 
Vanxon va Temuchinni ozlarining dushmanlari deb elon qilishdi. Shunday qilib, XIII-asr 
boshlariga kelib, Mogulistondagi hokimiyat uchun kurashgan kuchlarning aniq shakllanishi 
yuz berdi. Amalda esa Vanxon bilan Temuchinning ortalaridagi ittifoq mustahkam bolmagan,
umuman olganda, bir birlariga raqib bolgan bu xonlarning har biri ozining mavqei uchun 
kurashgan. 
Janubiy-Sharqiy Mogulistonda mustahkam ornashib olishga intilgan Temuchin 1202 
yilda tatarlarga qarshi yurish qildi. Ozining hamyurtlari toyjutlar bilan olib borilgan 
urushlarni hisoblamaganda, bu Temuchinning kuchli mogul tatar elatlaridan biriga qarshi 
dastlabki yakka holdagi yurishi boldi. Buir-Nor kolidan uncha uzoq bolmagan Dalan- 
Numergen degan joyda tatarlar maglubiyatga uchratildi. Tarixchi Rashiduddinning yozishicha, 
Temuchin tatarlarni ozining «qilichi uchun ozuqa, yani yemak» ka aylantirdi, aravaning 
oqidan baland bolgan barcha erkak va ospirinlarni qirib tashladi. Temuchinning galabasi 
Mogulistondagi kuchlar muvozanatini uni tomoniga ozgarishiga sabab boldi. Bu vaqtda 
Temuchinni qarorgohi Shimoliy - Sharqiy Mogulistondagi Balchjun koli yonida joylashgan edi. 
Vanxon ayyorlik yoli bilan Temuchinni oldirmoqchi boladi. U Temuchin huzuriga vakil yuborib 
qarindosh bolishni, oz qizini Temuchinni katta ogli Jojiga berishni vada qiladi. Temuchin 
Vanxonning vadasiga ishonib, uning huzuriga sovchilikka uncha katta bolmagan eskort (kimsa 
yoki narsani kuzatib boradigan harbiy soqchilar otryadi) bilan keroitlar qarorgohiga fotiha 
qilish uchun jonaydi. Biroq yolda Temuchinni keksa va sodiq tarafdorlaridan biri-Munlik, 
Temuchinni bu safarga bormaslikka kondiradi. Temuchin ortga qaytishga qaror qildi, va 
aynan shu vaqtda keroitlar qoshini unga qarshi yurish boshlagani togrisida malumot oladi, 
bunda Jamuxa keroitlarni qollab quvvatlaydi.Jang vaqtida Jamuxa keroitlarni qatiy qollab-
quvvatlashdan voz kechadi. Jang paytida Vanxonning ogli Sangum Ilxa yarador boldi, uning 
hayoti xavf ostida qoldi va keroitlar jang maydonini tark etishdi. Aynan mana shu holat 
Temuchinni tor-mor etilishidan bolmasada, yirik maglubiyatdan saqlab qoldi. Temuchin 
uncha katta bolmagan otryad bilan Baljun koli tomonga chekindi. Uning tarafida turganlar 


kolga kelishdi, ular Temuchinga sodiqlik qasamyodi belgisi sifatida botqoqqa aylangan koldan 
loyqa suvni ichishadi. Temuchin uchun ogir damlarda uni qollab-quvvatlaganliklari uchun tez 
orada ular alohida huquq va imtiyozlarga ega bolishdi. Temuchin shu orada Vanxon bilan 
muzokaralarga kirishishga majbur boldi, shunda u ozining diplomat sifatidagi odatdan 
tashqari, favqulodda sifatlarini namoyon qildi. U ozi uchun Vanxonni «xon ota» deb tan 
oladi va ozini uning fuqarosi va ogli deb malum qiladi. Ammo 1203 yilda Temuchin bolib 
otgan xojakorsinga itoatkor bolib korinishdan voz kechib, hatto tungi toxtash(dam olish) 
larsiz Vanxonning qarorgohiga yurish qiladi. Bu hujum keroitlar uchun kutilmaganda, 
qoqqisdan amalga oshirildi. Uch kechayu-kunduz davom etgan janglardan song keroitlar 
butunlay tor-mor etildi. Vanxon va uning ogli Sangum, garbga, nayman ulusi chegaralari 
tomonga qochishdi. Yolda ular naymanlarni qorovul, soqchi otryadiga duch kelishadi. Vanxon 
oldiriladi, uning boshi esa naymanlar hukmdori Tayanxonga taqdim etiladi, Sangum esa 
qochib ketadi. Temuchin keroitlarni qirgin qilmaydi, balki ularni ajratib, turli hududlarga 
joylashtiradi, bu bilan ularni zich yashashlariga yol qoymaydi, koplab keroitlarni esa qul 
sifatida ozining yaqinlari va askarlariga inom etib, tortiq qilib berib yuboradi. Keroit xalqini 
har tomonga tarqatib yuborishga buyruq beradi, u barchaga istaganicha keroit asirlarini 
ulashadi.1203 yilning kuzida keroitlar ustidan erishilgan galaba-Temuchinning tatarlar 
ustidan erishilgan galabasidan keyingi ikkinchi yirik muvaffaqiyati boldi. Mogulistondagi eng 
yirik ulus yoq qilindi. Jamuxa endilikda Temuchin bilan kurashda ittifoqchi sifatida faqat 
naymanlarga tayanishga intildi. Naymanlar xoni Temuchinni hujumini kutmasdan, balki ozi 
unga qarshi urushni boshlamoqchi boldi. Bu urushda nayman xoni Szin imperiyasi bilan 
chegaradosh bolib, Buyuk Xitoy devori yonida yashagan ongut xalqini oziga ittifoqchi 
qilmoqchi boldi va ularga elchilar jonatdi. Nayman xoni elchilar orqali ongutlar xoni 
Alaxushdan ozining Temuchin bilan urushida yordam berishini soraydi. Alaxush esa 
Temuchinga qarshi urushda naymanlarga yordam berishdan voz kechibgina qolmasdan, balki 
naymanlarni niyat maqsadlari togrisida Temuchinni xabardor qilishga shoshiladi. Xalxe 
daryosi yonidagi xada darasida oz qarorgohiga ega bolgan Temuchin, oz ulusida bir qator 
islohotlarni amalga oshiradi. U oz fuqarolarini onlik, yuzlik va mingliklarga boldi, zarurat 
yuzaga kelganda on, yuz, minglab askarlar oz qurol yaroglari va otlari bilan shay turgan, 
bularga esa mamuriyatchi qomondonlar: onboshi, yuzboshi va mingboshilar boshliq etib 
qoyilgan, yani tayinlangan. Bu islohot Temuchinning ulusini etnik va qabilaviy tarqoqligiga 
barham berdi. Boshqaruvchilar yani cherbi lavozimi joriy etildi, ular ulusning fuqarolari va 
xojaligini, xon qarorgohi va xon gvardiyasini boshqarishgan. Gvardiyaning kuchlari qaytadan 
tartibga solindi yani tuzildi. Otkazilgan islohotlar, kereitlar bilan urushda putur yetgan 
Temuchin ulusini tartibga keltirdi va qayta tikladi. 1204 yilning yozida Temuchin qoshinlari 
mustaqilligini saqlab qolayotgan nayman ulusini chegaralariga yaqinlashdi. Raqiblar 
Mogiliston Oltoyidagi Naxu gun togi yonida toqnashdilar. Naymanlar batamom 
maglubiyatga uchradilar. Naymanlar hukmdori Toyongxonning ozi jangda halok boldi. 
Toyongxonning ogli Kuchluk, tirik qolgan va asirga tushmagan askarlari hamda aholisi bilan 
garb tomonga ketdi. Shunday qilib, Mogulistonning garbiy hududlaridagi yagona kuchli 
mustaqil ulus ham tugatildi. Aynan osha 1204 yilda Temuchin merkitlarga qarshi yurishni 
amalga oshirdi. 1205 yilning qish oylarini Oltoy toglarini janubiy yon bagirlarida otkazib, 
Temuchin 1205 yilning bahorida Oltoyni oshib otdi va uning garbiy yon bagirlariga qochib 
yashiringan merkitlar hukmdori Toxtabekni va Kuchlukni qoshinlariga hujum qildi, jangda 
Toxtabek halok boldi. Kuchluk esa, Temuchinning Mogulistonda hukmronlik qilishidan norozi 


bolgan kopchilik bilan Chu daryosi hudularida yashovchi qoraxitoylar tomonga chekinadi. 
Mana shu holat tufayli Jamuxaning kopchilik tarafdorlari endilikda Temuchin tomonga 
otishdi. Jamuxa juda oz sonli askarlari bilan qoldi, tez orada ular ham Jamuxaga xoinlik 
qilishadi, uni ushlab olib, Temuchin huzuriga keltirishadi, Temuchin esa Jamuxani qatl 
qilishga buyruq beradi (1205 yoki 1207 yilda). Temuchin ittifoqlar tuzishda diplomatik 
ustamonligi, janglarda taktik usullarni qollashga mohirligi va qasos olishda otaketgan 
vahshiyligi tufayli mogul qabilalarini birlashtira oldi. Masalan, u bir safar ozi tomondan 
maglub etilgan beklardan yetmish nafarini 70 ta doshqozonda tiriklayin qaynatishga buyruq 
bergan.
Temuchin 1186-1204 yillar davomida hokimiyat uchun kurash olib borib, faqat 
mogullarnigina emas, ular bilan qoshni bolgan tatar, markit,kerayit, jaloyir, nayman, uygur, 
qarluq kabi koplab qabilalarni qol ostida birlashtirib, kuchli davlatga asos soladi. Shunday 
qilib, 1206 yilga kelib, Moguliston uchun galayonlar, yani barcha bir-birini talon-taroj qilgan 
davr yakun topdi. 1206 yilning 16 aprel kuni mogullar yolboshchisi Temuchin Onon daryosini 
boshlanishida birlashish uchun qurultoy (turk.mogul.xurultay) kengash, majlis, -turkiy xalqlar 
va mogul xalqida qadimdan mavjud bolgan turli harbiy kengashlar va majlislarning umumiy 
nomi) chaqiradi. 1206 yilning bahorida yolbars (muchal) yilida Onon daryosini boshlanish 
joyida qurultoy bolib otdi. Temuchin bu atrofda yashovchi xalqlarni togri yolga yolladi. 
Qurultoyda Chingizxon oz tugi- oq bayrogini kotarib, 10 ta lavozim joriy etadi. 
Temuchinninga tarafdorlari mogul zodagonlari toplangan ushbu qurultoyda u oily mogul 
hukmdori-xon deb tantanali elon qilinadi va davlatning bosh shamani Teb Tangriy unga 
Chingizxon degan faxriy nom beradi. Qurultoyda Temuchinga Dengizxon, yani, okean 
hukmdori unvoni berilganligi takidlandi. (Chingizxon kuchli, buyuk degan a manolarini 
bildiradi).
Sahrodagi Qoraqurum shahri yangi davlatning poytaxti qilib belgilanadi. 
Yangi mogul davlati-Yeke Mungol ulus (Buyuk mogul davlati) deb atalib, uning boshqaruvi 
Altan urug (Oltin urug) qoliga otadi.1206 yildagi qurultoyda qabul qilingan Yaso qonuni 
(Yasoq. mog. dzasaq-qonun, jazolash,-1206-yilda Temuchin buyuk qurultoyda ulug xon etib 
saylanganda, elon qilingan qonunlar majmuasi, bu oz miqdorda 1917 yil Fevral inqilobiga 
qadar saqlanib qolgan) shaxsan Temuchinning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va qabul 
qilingan. Yasoq tola holatida 1206 yilgi mogul zodagonlari qurultoyida qabul qilinib, 1218 
yilda qayta korib chiqiladi va 1225 yilda songgi marta tahrir qilinadi. Juvayniy malumotlariga 
qaraganda, yasoqlar uygur yozuvida tumorlarga (orogli qogozlarga) yozilgan bolib, 
Yasoqlarning buyuk kitobi (Yasanomai buzurg) deb nomlangan. Yasoq qonunlarining asosiy 
yonalishlari quyidagicha bolgan:Hukmdor (xon) yasoqqa qatiy rioya etishi xususida 
qasamyod qilishi va unga amal qilishi, amal qilmaydigan bolsa, xonni umrbod qamash 
mumkin.Chingizxon mogullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi uchun barchaga tola 
diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod etilgan.Ayollar naslni davom ettiruvchi 
bolganliklari uchun ham, ueush vaqtida ularning gunohlari kechirilishi lozim.Jazolash darajasi 
sifatida olim jazosini eng kop miqdorda qollash.Bosib olinayotgan mamlakatlar xalqlariga 
butkul rahm-shafqat qilmaslik. Chingizxon hokimiyatni mustahkamlash yolida bir qancha 
islohotlar otkazgan. Jumladan, ming oilani bir mamuriy birlikka bolishga asoslangan va harbiy 
tus berilgan yangi mamuriy tuzum joriy etilgan. U azaliy Markaziy Osiyo ananalariga amal 
qilib, uluslarni markaz va ong hamda chap qanotlarga ajratdi, bularga tuman begi yani on 
ming lashkarga qomondonlik qilgan harbiy sarkardalar boshliq etib tayinlandi. Butun 


Moguliston 95 ta harbiy-mamuriy rayonlar «minglik» larga bolindi, bularga esa noyon yani 
mingboshilar boshchilik qilgan. Bir necha ming kishi tarxonlarga aylantiriladi. 10 ta saroy 
lavozimi tasis etiladi. 150 kishidan iborat gvardiya tuzadi hamda mingta dovyurak va 
ishonchli kuchlardan shaxsiy drujina tashkil etadi. Tez orada ularning soni 10 ming kishiga 
yetkaziladi. Bu drujina qoshinlar sarasini tashkil etadi va eng ogir, hal qiluvchi paytlardagina 
jangga kiritilar edi. Chingizxonning tortta ogli bolgan. Xon ularning har qaysisining qobiliyati 
va saviyasini hisobga olib, martabali davlat lavozimlariga qoygan. Jumladan, katta ogli 
Jojixon- bazm va shikorni tartib etishga, ikkinchi ogli Chigatoyxon-lashkar ishlariga, uchinchi 
ogli Oqtoyxon-mamlakat tadbirlariga, Tuluxon-saroy ahli va amaldorlarning muhofazasiga 
qoyilgan. 1206-1407 yillar-Osiyo va Sharqiy Yevropada tashkil topgan va chingiziylar sulolasi 
tomonidan boshqarilgan Mogullar davlati hukmronlik qilgan davr hisoblanadi.1224 yilda 
mogullar imperiyasi 4 ta ulus (ulus-mogullar istilosi davrida bosib olingan hududlardan 
Chingizxon farzandlariga bolib berilgan mulk) ga bolindi: 
1. Joji ulusi-Dashti Qipchoq. 
2.Chigatoy ulusi-Yettisuv, Movarounnahr, Sharqiy Turkiston. 
3.Xulagu ulusi-Eron. 
4.Yuan sulolasi (Tuluxon avlodi)-Moguliston va Xitoy . Chingizxonning davlat boshqaruv tizimi 
hamda harbiy strategiya va taktikasi. Boshqaruvning qadimgi mogul ananalariga kora, 
davlatdagi oliy hokimiyat xon qolida bolgan. Oliy hokimiyat huquqini beruvchi yagona 
manba-oltin urug (Altan urug) xohishi bolib, bu oz xohish-istagini shahzoda va aslzodalarning 
Qurultoyida ifoda etgan. Mogul jamiyatida noiblar, zodagonlar va aslzodalar turli-tuman 
unvonlar berish taqiqlangan. Yangi hukmdorni saylaydigan mogul qurultoyi chingiziylar 
urugining yoshi eng ulugI yoki vaqtincha hukmdor tomonidan chaqirilgan. Qurultoy vaqti 
oldindan belgilangan va choparlar orqali barcha uluslarga xabar berilgan. Belgilangan vaqt va 
aniqlangan joyda ulkan imperiyaning barcha uluslaridan shahzodalar va ularning qarindosh-
uruglari, malikalar, obroli-noyonlar (noyon.mogul.janob, knyaz-orta asrlarda Mogulistondagi 
oliy tabaqa vakillari), amirlar, amaldorlar, ozlarining qimmatbaho hadya va tortiqlari bilan 
yetib kelganlar. Mo’g’ul armiyasi, azaliy, asrlar davomida saqlanib kelinayotgan odatga 
ko’ra o’nlik tizimi bo’yicha tashkil etilib, ya’ni minglik, yuzlik, o’nliklarga bo’lindi; Tajribali 
va Chingizxon shaxsan taniydigan qo’mondonlar yirik harbiy qo’shilmalarga rahbar etib 
tayinlandi. Mo’g’ul harbiy qo’mondonlarining vakolatlari cheklangan bo’lgan. 
Qo’shinlarning oliy qo’mondonlari ’ orxonlar, o’z qabilalarini qo’shinlarida mingboshi 
darajasigacha lavozimga tayinlash vakolati bo’lgan. Mo’g’ul armiyasida bosh shtab singari 
muassasa mavjud bo’lib, u joyda xizmat qilgan mansabdorlar ’yurtaji’ deb nomlangan. 
Mazkur muassasaning asosiy vazifasini dushmanni tinchlik va urush paytida razvedka 
qilishdan iborat bo’lgan. Bundan tashqari yurtajilar: yozgi va qishki ko’chmanchilik 
manzillarini taqsimlashgan, qo’shinlarning harbiy yurishlari vaqtida kolonnalarni 
boshqaruvchilik vazifasini o’tashgan, harbiy lagerlarni joylarini belgilashgan, qo’shinni va 
harbiy qo’mondonlarni hamda xonning yurtalari uchun to’xtash joylarini tanlashdan iborat 
bo’lgan. Ular o’troq xalqlarni yerlarida g’allaga zarar yetkazmaslik uchun, harbiy qo’shinni 
daladan uzoqroqqa joylashtirishgan. Qo’shinning orqa tomonida tartib ’ intizomni saqlab 
turish uchun harbiy jandarmeriya vazifasini bajaradigan alohida soqchi qo’shin mavjud 


bo’lgan. Qo’shinlar tarkibida alohida xo’jalik bo’limi amaldorlari ’ ’cherbi’ lar mavjud 
bo’lgan. Har bir qabila uchun ular ko’chmanchilik qilib yashaydigan keng cho’l maydonlari 
alohida ajratib berilgan. Bu qabilalarni har birini o’nlab, yuzlab, hatto yirik qabilalarning 
minglab soyabonli aravalari va o’tovlari, alohida harbiy ’ hududiy boshliqlarning rahbarligi 
ostida birlashtirilgan. Harbiy qo’shinga har bir o’nlikdan askarlikka teng miqdorda olinganda, 
o’nliklar saralab olingan o’z askarlarini tegishli miqdorda oziq-ovqat va harbiy yurishda 
zarur bo’ladigan ehtiyoj buyumlari bilan ta’minlagan. Harbiy ’ hududiy boshliqlar 
safarbarlik paytida, o’zlarini o’rniga o’rinbosarlarini qoldirib, o’zlari jangovar harakatdagi 
qismlarni boshliqlariga aylanishgan. 
Urug’ va qabilalar, ularning tarkibiy soniga qarab, 
jangovar otliq qo’shin uchun o’nlik, yuzlik va minglik ko’rinishidagi askarlarni yetkazib 
bergan. Bir butun qo’shin birligini to’ldira olmagan mayda urug’ va qabilalar, bir-birlari 
bilan qo’shilib, yagona butun qo’shin birligini tashkil etishgan; aks holda mayda guruhlarga 
ajratilgan. Tartibga ko’ra kelgusi qo’shin birligini o’n ming kishilik qo’shin ’ tuman tashkil 
etadi. Tumanlar kamdan ’ kam holatlarda bitta qabilani kishilaridan tashkil etilgan; odatda 
tumanlar bir nechta qabilalarni minglab odamlaridan iborat bo’lib, umumiy jamlamasi 
tumanni tashkil etgan. Armiya uchta qismga bo’lingan, ya’ni: 1 ’ markaz (kel), Chingizxon 
hukmronligi vaqtida bu qismga Kaya boshliq etib tayinlandi; 2 ’ chap qanot, yoki chap qo’l 
(sharqiy tomon, zyungor), Muxali boshchilik qilgan; 3 ’ o’ng qanot yoki o’ng qo’l (g’arbiy 
tomon, barun gor), bu qismga Boorchu qo’mondon etib tayinlandi. Bu uchta qismlarni har 
biri o’n ming kishilik qo’shin ’ tumanni tashkil etgan. Mo’g’ul armiyasida tuman eng yirik 
muntazam harbiy birikma bo’lgan. Yilnomalarda shuningdek ’tug’’, ya’ni yuz ming kishilik 
qo’shin to’g’risida ham ma’lumotlar uchraydi, biroq bunday qismlar turli tumanlardan 
tashkil qilingan hamda vaqtinchalik xarakterga ega bo’lib, muntazam qo’shin bo’lmagan. 
Urush vaqtida bunday yuz ming kishilik harbiy qo’shinga qo’mondonlik qilgan sarkardalar 
’orxon’ lar deb atalgan, Chingizxon davrida uning harbiy qo’shinida o’n bir nafar orxonlar 
deb atalgan. Mo’g’ul armiyasini jangovar kuchini to’la holda otliq qo’shin tashkil etib, ular 
barcha qo’shin turlari vazifasini ham o’tashgan. Otliq qo’shin kuchli zarba berib dushmanni 
markazidan yorib kirgan, yoki raqib qanotlaridan birini sindirib esankiratib qo’ygan. 
Dushman pozitsiyalari ichiga pona shaklida yorib kirish vazifasini og’ir qurollangan otliq 
qo’shin amalga oshirgan. Jang maydonida dushmanga zarba berish uchun qulay vaziyatni 
egallash uchun amalga oshirilgan xarakatlarni ya’ni manyovrni, mo’g’ullarning og’ir 
qurollangan otliq qo’shini tezkorlik bilan yuqori darajada bajarish qobiliyatiga ega bo’lgan, 
yengil qurollangan otliq qo’shin ham jangda muhim o’rinni egallagan. Og’ir qurollangan 
otliq qo’shin, dushman frontining u yoki bu uchastkasiga qaqshatqich zarba beribgina 
qolmasdan, balki raqibni chetga, qanotga surib chiqarishi yoki dushmanning orqa tomoniga 
tashlanishi mumkin edi. Manyovrni amalga oshirishning ushbu qobiliyati tufayli asosiy 
zarbani berish nuqtasini oldindan belgilashning zarurati bo’lmagan: chunki zarba berish joyi 
jang paytida yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin edi. Yengil 
qurollangan otliq qo’shin esa nafaqat razvedka ’ qidiruv harakatlarini va pana- himoya 
hamda qo’riqlash ishlarini olib borgan, balki tayyorgarlik ko’rilayotgan hal qiluvchi zarbani 
berish bo’yicha faol harakatlarni amalga oshirgan. Aynan shu narsa mashhur ’mo’g’ulcha 
lava’ hisoblanadi. ’Mo’g’ulcha lava’ ’ otliqlarning dushmanni qurshab olish uchun yon 
tomonlardan va orqadan yopirilib qiladigan hujumini anglatadi. Dushman qo’shinining 
oldingi tomonida haddan tashqari tezkorlik bilan harakatlanib, manyovr qilib, raqibni qanot 
tomonidan yoki qulay holatda esa orqasidan qo’qqisdan chiqib, otuvchi yarog’ ’ aslahalar 


bilan qurollangan bu epchil otliq askarlar, itoatgo’y qilib o’rgatilgan otlarida o’tirib olib, 
goh katta goh kichik guruhlarga ajralib, dushman saflariga bexato tegadigan, o’tkir kamon 
o’qlari va drotik(kalta nayza) larni uloqtirgan, goh u, goh bu joydan hujum qilish bilan xavf 
solishgan, odatda dushmanni zich holdagi hujumida, go’yo o’zlarini ataylab chekinib 
qochayotgan qilib ko’rsatib, ortlaridan dushmanni ergashtirishgan va oqibatda raqib 
ularning pistirmasiga duchor bo’lgan. Agarda dushman matonatli va bukilmas bo’lib chiqsa, 
u holda mo’g’ul yengil otliq qo’shinining harakatlari, dushmanni qarorgohi va joylashish 
tartibi, zaif joylari va zarba berish uchun eng qulay uchastkalarni aniqlash imkonini bergan. 
So’ngra mo’g’ul og’ir otliq qo’shini bir necha qatorda, o’sha joylarga yashirincha va 
sezdirmasdan yaqinlashib raqibga zarba bergan. Shunday qilib, xulosa ornida aytish 
mumkinki, yengil mogul otliq qoshinining vazifasi: harbiy yurish va jang vaqtida qoriqchilik 
qilish hamda dushmanni harakatlarini kuzatib, organib qomondonlikka xabar berish, jangni 
boshlash, amalga oshirilishi moljallanayotgan jangovar manyovr va asosiy zarbani berilishini 
dushmandan yashirin tarzda amalga oshirish, shuningdek tor- mor qilingan yovni taqib 
qilishdan iborat bolgan; ogir qurollangan mogul otliq qoshini esa manevr zahirasi taktikasiga 
kora dushmanga hal qiluvchi zarbani berishi lozim bolgan. Mogullarni taktikasini 
xususiyatlaridan yana shuni takidlash lozimki, otliq qoshin jang maydonida odatda ovoz 
chiqarib emas, balki soqovchasiga, boshliq tomonidan bayroqcha yordamida, maxsus shartli 
belgilar asosida boshqarilgan. Tungi janglarda bayroqchalar ozgartirilib, turli rangli shishali 
chiroqlardan foydalanilgan, qoshinlarning aholi yashaydigan joydan tashqaridagi vaqtinchalik 
qarorgohi lagerda joylashganida nogoralardan shartli signal berishda foydalanilgan. Mogul 
askarlari gayri tabiiy quloqni teshadigan darajadagi chinqiriq bilan xujumga tashlanishgan. 
Albatta, Chingizxonning hukmronligi davrida mogul armiyasining son jihatdan qancha 
miqdorni tashkil etgani masalasi turli paytlarda ozgarib turgan. Moguliston aholisi orasidan 
toplangan armiyaning soni 200 ming kishi atrofida bolishi mumkin edi. Bu sohada chuqur 
bilimga ega Angliyalik tadqiqotchi G.Lem tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitoblarga 
qaraganda, Chingizxon armiyasi Xorazmshohga qarshi Orta Osiyo harbiy yurishiga quyidagi 
tarkibda otlangan: jangovar(gvardiya) qoshini 1000 ta, markaz qoshini 101 ming, ong qanot
47 ming, chap qanot 52 ming, yordamchi, komakchi harbiy qismlar 29 ming, jami bolib esa 
230 ming nafar askardan iborat bolgan. Bu Chingizxonning hukmronligi davrida mogul 
armiyasining eng kop sonining miqdori hisoblanadi. Uning vafoti arafasida mogul qoshinida 
130 ming askar bolgan. Chingizxon davrida mogul aholisining umumiy soni bir million kishini 
tashkil etgan. Hozirgi kunda esa Osiyoda 5 millionga yaqin mogul aholisi istiqomat qiladi. 
Xubilay davrida Moguliston va Xitoyda kop yillar mobaynida yashagan Italiyalik sayyoh 
Marko Polo mogul armiyasini mana shunday baholaydi: mogul armiyasi alo darajada 
qurollangan: kamon(kamalak, yoy) va kamon oqlari, qalqon va qilichlar; ular barcha xalqlar 
orasida eng mohir kamonchilar hisoblanadi. Ular bolalik chogidan boshlab otni ustida otirib, 
mohir chavandozlar bolishgan. Janglarda hayron qolarli darajada tartib-intizomli va 
mardonavor, matonatli bolishgan, bunga qurquv asosida emas, balki urug qabila urf-
odatlariga boysunish tartib qoidalari orqali erishilgan. Mogul va uning oti ham hayron qolarli 
darajada sabr-bardoshli bolgan. Safarlar paytida ularning harbiy qoshini bir necha oylar 
davomida hech qanday zahira(zapas) oziq ovqatlar hamda yem xashaklarsiz harakatlana 
olgan. Qoshinlar, agarda bunga strategik mulohazalar tosqinlik qilmagan taqdirda, yem-
xashak va suv mol-serob bolgan joylarda toxtab xordiq chiqarishgan, bunday sharoitlar 
mavjud bolmagan xududlarni esa tez va jadal yurib otib ketishgan. Har bir otliq askar 


bittadan to torttagacha otlarni ozlari bilan olib yurishgan. Rim papasining mogul saroyidagi 
elchisi, kuzatuvchan va harbiy sohada tegishli bilimlarga ega bolgan Plano Karpini 
takidlaganidek, mogullar jismoniy jihatdan baquvvat bolganliklari va aholisi sonining kopligi 
uchun emas, balki ajoyib harbiy taktikalari hisobiga harbiy muvaffaqiyatlarga erishgan. 
Keyinchalik Zahiriddin Muhammad Bobur ozining Bobirnoma asarida Mogul orasida 
Chingizxonning tuzuki xaligacha Chingizxon yasab qoygandek-oqtur deb davlat hukmdori va 
harbiy sarkarda sifatida Chingizxonni eslab otgan. Takidlash lozimki, Temur va Temuriylar 
qoshini jangovar tuzilishi jihatdan Oguzxon va Chingizxon qoshiniga oxshash edi. XII asr 
oxiri va XIII asr boshlarida mogullarning ijtimoiy tuzumi va xojalik hayoti. Ijtimoiy rivojlanish 
jihatidan mogul qabilalari ibtidoiy jamoa tuzumi bosqichidan endi chiqa boshlagan edilar. Bu 
qabilalarning dini shamanizm edi. Chorvador qabilalar bolgan tatar, karent, nayman va 
boshqalarning asosiy boyligi qoramollar va yilqi edi. Tuyalar kam bolib, u ham faqat 
naymanlarda bolgan. Otlar kochmanchi mogul qabilalari hayotida muhim orin egallagan. 
Xitoy tarixchisi Men Xunning yozishicha:Tatarlar egar va ot ustida tugiladilar va katta 
boladilar. Ular oz-ozidan jang qilishga organishadi, sababi, ularning yil boyi umri ovda otadi. 
Ular uchun ot ovda va jangda jangovor dost edi. Yilqi ularga qimiz uchun sut bergan. Bir 
yaylovdan ikkinchisiga otishganda mogul qabilalari xalqa (kuren) shaklida kochib 
joylashishgan. Bir xalqaga ming atrofida otov oila kirgan. Bu kursi ortasida qabila 
yolboshchisining otovi joylashgan. Bu jamoa bolib yashashning bir korinishi edi. Bu birgalikda 
himoya qilish usulining ham bir korinishi edi. Asta-sekin chorvachilik xojaligini jamoa bolib 
yuritish inqirozga yuz tuta boshlaydi. Uning ornini oila bolib kochish egallaydi. Ammo bu 
jarayonga otish juda sekin kechdi. Mogullarning harbiy istilochilik yurishlari. 1204 yilda 
Temuchin tomonidan maglubiyatga uchratilgan nayman qabilalari xukmdori Kuchlukxon 
Irtish daryosi vodiysiga borib, merkitlar xoni Toxtabek bilan birlashdi. Biroq 1205 yilda u 
joyda mogullar tomonidan yana tor-mor etiladi. Tuglukxon naymanlarni omon qolgan qismi 
bilan Chu daryosi vodiysiga chekinib boradi, u mahalliy turkiy qabilalar va qoraxitoylar bilan 
uzoq davom etgan kurash oqibatida Sharqiy Turkiston va Janubiy Yettisuv xududida ornashib 
qoladi. Biroq, 1218 yilda mogullarning Jebe noyon boshchiligidagi ulkan sonli qoshini 
Kuchlukxonning otryadlarini tor-mor etadi. Natijada Chingizxon, Orta Osiyo va Eronning katta 
qismini oz ichiga olgan Xorazmshoxlar davlati bilan chegaradosh bolib qoladi. 1211 yil va 
1234 yillar ortasida mogullar chjurchjen va tangutlar davlatini yoq qilib, Shimoliy Xitoyni 
bosib oldi, yani Szin imperiyasining katta qismi egallandi. Xorazmshoh Muxammad II (1200 - 
1220) oz elchilarini Chingizxon xuzuriga jonatdi. Mazkur diplomatik missiya(tashrif)ning 
asosiy maqsadi mogullarning qurolli kuchlari va kelgusidagi harbiy rejalari togrisida 
malumotlar yigish bolgan. Xorazmlik vakillarni Chingizxon hayrihohlik bilan, lutfan kutib oldi 
va musulmon Sharqi bilan qizgin savdo aloqalarini ornatishga umid bildirdi. U elchilarga, 
sulton Muxammadni garbni xukmdori, ozini esa sharqni xokimi deb hisoblashini, 
yetkazishlarini buyurdi. Buning ortidan Xorazmshohlar davlatining poytaxti Urganchga oz 
elchilarini yubordi. Chingizxon oz elchilari orqali ikki buyuk davlatlar ortasida tinchlik va 
savdo ahdnomasi tuzishni taklif qildi. 1218 yilda mogullar Orta Osiyoga juda koplab 
qimmatbaho mollar va sovgalar ortilgan yirik savdo karvonini jonatishdi. Biroq chegaradagi 
Otror shahriga yetib kelgach, karvon talon taroj qilindi, odamlari esa oldirib yuborildi. Bu esa 
mogul qoshinining ulkan harbiy yurishini tashkil etish uchun qulay bahona boldi. 1219 yilning 
kuzida Chingizxon Xorazmshoh Muxammadga qarshi urush xarakatlarini boshladi. Bu paytda 
Chingizxon lashkarlarining umumiy soni 200 mingga(bazi manbalarda 600000 jangchi) yaqin 


edi. Bu haqidagi xabar Urganchdagi sulton saroyini xavotirga soldi. Shoshilinch ravishda 
chaqirilgan oliy davlat kengashining yigilishi, kelgusidagi harbiy harakatlarni biron bir oqilona, 
mantiqiy rejasini ishlab chiqa olmadi. Muxammad II ning yaqin safdoshi bolgan Shaxobiddin 
Xivakiy, xalq lashkarini toplashni va barcha jangovar kuchlar bilan dushmanni Sirdaryoning 
qirgogida qarshi olishni taklif qildi. Harbiy xarakatlarni boshqa rejalari ham taklif qilindi, biroq 
sulton passiv mudofaa taktikasini tanladi. Xorazmshoh va uni qollagan amaldorlar hamda 
sarkardalar, mogullarning qamal qilish sanatiga yetarlicha baho bermasdan, Movarounnaxr 
shaxarlarini mustahkamligiga umid boglashdi va haddan ortiq ishonishdi. Sulton asosiy 
kuchlarni Amudaryo yonida toplashga qaror qildi va ularni qoshni viloyatlardan chaqirilgan 
kongilli askarlar hamda xalq lashkari hisobiga kuchaytirmoqchi boldi. Muxammad va uning 
harbiy sarkardalari, qalalarda yashirinib kutib otirib, mogullar oljalar qidirib butun mamlakat 
boylab yoyilib, tarqab ketgach, ularga xujum qilishni rejalashtirishdi. Biroq bu strategik reja 
ozini oqlamadi, oxir oqibatda Orta Osiyo, Afgoniston va Erondagi shahar va qishloqlar 
aholisining minglab ommasi xalok boldi. 
Chingizxonning ulkan lashkari 1219 yilning 
kuzida Otror shahri ostonalariga keldi va besh oy davom etgan qamaldan song 1220 yilda 
shahar egallandi. Mogullar shu joydan uchta yonalish boylab xarakatlanishdi. Jochixon 
qomondonligi ostidagi otryadlar Sirdaryoning quyi etagidagi shaharlarni bosib olish uchun 
otlanishdi. Ikkinchi otryad Xojand, Binokat va Movarounnaxrning boshqa aholi punktlarini 
boysundirishga yol oldi. Chingizxonning shaxsan ozi va uning kenja ogli Tuluy boshchiligidagi 
mogullarning asosiy kuchlari Buxoroni zabt etish uchun xarakatlanishdi.
1220 yilning 
boshlarida uncha uzoq davom etmagan qamaldan song Chingizxon Buxoroni egallab, 
shaharni vayron qildi va ot qoydi. Istilochilar tarafiga otgan mahalliy zodagonlar va bir qismi 
asirga olingan hunarmandlardan tashqari shahar aholisining kopchiligi qirib tashlandi. 
Qirgindan tasodifan omon qolgan aholi, qamal ishlarini tashkil etishda qatnashish uchun 
kongillilar lashkariga safarbar qilindi. 1220 yilning mart oyida Chingizxonning ordalari 
Samarqand shahri ostonalarida paydo boldi, bu joyda xorazmshohning kuchli garnizoni 
mavjud edi. Biroq shahar egallandi, vayron etildi, shahar mudofaachilari qirib tashlandi, faqat 
usta hunarmandlarning bir qismi omon qoldirilib, qullikka haydab olib ketildi. Chingizxonning 
yovvoyi qoshinlari Samarqandni Afrosiyobni tamoman buzib tashladilar. Tez orada butun 
Movarounnaxr mogullar qol ostida qoldi. Yuzaga kelgan keskin vaziyat zudlik bilan va keskin 
choralarni korishni talab qilar edi. Biroq irodasi bosh, qatiyatsiz sulton va uning yaqin 
safdoshlari dushmanga jiddiy qarshilik korsatish uchun hech qanday choralar korishmadi, 
aksincha qorquvdan aqlu hushini yoqotib, saromsimaga tushib, barcha tomonga tinch 
aholini harbiy xarakatlarga aralashmasliklari togrisida farmonlar jonatdi. 1221 yilda Orta 
Osiyoning songgi yirik shahri mogullarga qattiq qarshilik korsatgan Marv egallandi. Buning 
uchun och olish maqsadida, Chingizxonning boyrugiga kora, Marv vohasi yerlarini suv bilan 
taminlab turadigan Marv yaqinidagi mashhur Murgob togoni buzib tashlandi, natijada voha 
susiz qolib, cholga aylandi. Bu vaqt ichida Chingizxonning eng yaqin noyonlari - Jebe va 
Subutoy boshchiligidagi mogul qoshinlarining bir qismi, xorazmshoxning ogli Jaloliddin 
Manguberdini taqib qilishda davom etib, ular Kaspiy dengizining janubiy sohili boylab 
Kavkazortiga otib, oz yolida hamma yoqni talab, xarobaga aylantirib, Ozarbayjon va 
Gruziyaga suqulib kirishdi. 1220 yilning dekabr oyini oxirida mogul qoshini Armanistondagi 
Kura va Alazan daryolari qoshiladigan Xunan vodiysida gruzin va armanlarning ittifoqchi 
qoshini ustidan galaba qozonishdi. Songra mogullar Shimoliy Kavkazga bostirib kirishdi. Bu 
joyda ular, birgalikda harakat qilayotgan, qipchoqlar va alanlarga duch kelishdi. Dastlab 


mogullar qipchoqlar bilan tinchlik sulhi tuzishdi va alanlarni tor mor qilishdi, songra esa 
qipchoqlarga tashlanishdi. Song Kavkazdagi Darband darasi orqali qochib chekinayotgan 
qipchoqlarni taqib qilayotgan Jebe va Subutoy boshchiligidagi mogul qoshinlari, Donga -
qipchoq chollariga tutish bolgan janubiy rus chollariga kirib borishdi. Mogullar chollar orqali 
Qrimga kirib borishdi va Suroj(hozirgi Sudak) shahrini egallab, vayron qilishdi. Qipchoq 
xonlari yordam sorab rus knyazlariga murojaat qilishdi. Bu iltimosga Chernigov, Volin, Kiyev 
va boshqa janubiy rus knyazliklari hayrihohlik bildirishdi. 1223 yil 31 may kuni mogul 
qoshinlari, azovboyi chollaridagi Kalka daryosi boyida rus knyazlari va qipchoq xonlarining 
ittifoqchi kuchlarini yakson qilishdi. Birdamlik va hamjihatlik yoqligi, bir birlari bilan 
kelishmasdan harakat qilishlari oqibatida rus va qipchoqlarni ittifoqchi qoshini maglubiyatga 
uchradi. Bu harbiy yurishlar vaqtida mogullar katta talofatlar korishdi. Tez orada mogullar 
Volga daryosi boyida yashovchi bulgorlarga qarshi otlanishdi, biroq bu joyda mogullar 
maglubiyatga uchrab, Orta Osiyoga qaytishdi va u joydagi Chirchiq vodiysida, Jebe va 
Subutoy boshchiligidagi mogul qoshinini, Afgoniston va Shimoliy Hindistonga amalga 
oshirilgan harbiy yurishda qaytib kelgan Chingizxonning ozi kutib oldi. 1225 yilning kuzida 
mogul qoshinlari Mogulistonga qaytib borishdi. 1226 yilda Chingizxon, mogullarga qattiq 
qarshilik korsatayotgan Garbiy Sya davlatiga qarshi harbiy yurishga otlandi va 1227 yilda 
ularni batamom yakson qildi. Tonggutlarning kopchiligi qirib tashlandi, tirik qolganlari esa 
qulga aylantirildi. 1227 yilda Mogulistonga qaytayotganida, yolda Chingizxon vafot etdi 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling