Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Mavzu : XI- XV asrlarda Pireney yarim oroli davlatlari


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

Mavzu : XI- XV asrlarda Pireney yarim oroli davlatlari
Reja: 
1.Ispaniyada rekonkista harakatining boshlanishi. 
2.Rekonkistaning asosiy bosqichlari. 
3.Kataloniya, Aragon, Leon va Kastiliya grafliklarining tashkil topishi. 
4. Ispaniyada inkvizitsiyaning joriy etilishi. 
4.Portugaliya qirolligining tashkil topishi. 
 Ispaniyada rekonkista harakatining boshlanishi. Dastlabki о‘n yilliklarda Ispaniyani 
Damashqdan tayinlangan amirlar boshqargan. Lekin 755 yili Kordova amirligi amalda 
mustaqillikka erishib, 929 yildan uning hukmdorlarini xalif deb atashadilar. Arablarning 
Pireney yarim orolida 20 yillik yurishlari natijasida shimoldagi Galitsiya va Asturiyadan 
tashqari barcha hududlar ular qо‘l ostiga о‘tdi. Keyinchalik xuddi shu Galitsiya va 
Asturiyadandan arablarni Ispaniyadan chiqarish harakati ispancha “Rekonkista”-“qaytarib 
olish” boshlandi. U deyarlik 8 asr davom etib, Ispaniyaning keyingi taqdirini belgilab berdi. 
Austiriya tog‘laridagi Kordova jangida (718 yili) ispanlar arablar ustidan ilk g‘alabaga erishadi. 
Ispan xalqining arablar bilan uzoq davom etgan, kо‘p asrlik kurashi Ispaniya davlatining 
tashkil topishida juda katta rol о‘ynadi. Pireneya yarim orolining arablardan qaytarib olinishi 
tarixiy adabiyotda rekonkista deb nom olgan. Ispan xalqlarining arab-mavrlarga qarshi olib 
borgan ozodlik kurashi bо‘lgan keng ma’nodagi rekonkista VIII asrdan-boshlab, arablar yarim 
orolni istilo qilganlaridan keyinroq, ya’ni VIII asrdan, to XV asr oxirigacha davom etdi. XV asr 
oxirida arablarning Ispaniyadagi sо‘nggi yirik mulki hisoblangan Granada qо‘ldan boy berildi.
Galitsiya, Asturiya, ispan markasi, bular tog‘li, odam yurishi va yashashi qiyin hududlar bо‘lib, 
arablarning bu yerlarni bosib olishga urinishi natijasiz chiqdi. Bu yerlar boshqa hududlardan 
kо‘chib kelgan ispan qochoqlari bilan tо‘lib ketgan edi. Keyinchalik xuddi shu yerlardan 
rekonkista harakati boshlandi. 
Rekonkista harakati VIII asrdayoq boshlangan edi. Ammo XI asrgacha bu harakat ispan 
kuchlarining tarqoq bо‘lganligi va ularga qarshi jipslashgan xalifalik kuchlari turganligi sababli 
biror yutuqqa erisha olmadi. Rekonkistachilar 1031 yilda ummaviylar sulolasi parchalanib, 23 
ta tayplarga bо‘linib ketganidan keyin muvaffaqiyatga erisha boshladi. Bu harkatning 


markazlari Toledo, Kastiliya va Leon edi. XI asr boshlarida Ispaniyaning anchagina qismi 
arablardan tortib loingan edi. 1064 yilda qirol Ferdinand I Leon, Kastiliya, Galisiya va 
Asturiyani birlashtirdi. 1085 yilda qirol Alfons VI Vestgotlar poytaxti bо‘lgan Toledo shahrini 
istilo qilinib, Kastiliya poytaxtiga aylantiriladi. 1118 yili Aragoniyaliklar arablardan Saragosa 
shahrini tortib oldilar va 1137 yili Aragon Ispaniya markasi bilan birlashdi, Ispaniya markasi 
bu vaqtda Kataloniya yoki Barselona grafligi nomi bilan yuritilardi. Kastiliya, Leon, Aragon va 
Navarraning birlashgan qо‘shini 1212 yilda Las-Navas de Talos jangida arablarni yengadi. Bu 
mag‘lubiyat arablar qudratini sindiradi. Shundan sо‘ng arablarni Ispaniya hududidan 
ommaviy ravishda haydash boshlandi. Arablardan Kordova 1236 yili, Sevilya 1248 yili, Kadis 
1262 yili qaytarib olinadi. XIII asrning II yarmidan keyin arablar qо‘lida faqatgina Granada 
qoldi, xolos. Arablar Granadani to 1492 yilgacha о‘z qо‘llarida saqlab qoldilar, qirol Ferdinand 
tomonidan Granadaning olinishi arablarning Afrika shimoliga chekinishiga olib keldi. 
Rekonkista harakatining xronologik sanasi XI- XIII asrlarni о‘z ichiga oladi. Rekonkista harakati 
natijasida hozirgi Ispaniya hududida Kastiliya, Aragoniya va Portugaliya kabi mustaqil 
davlatlar tashkil topdi. Ispaniyada rekonkista oqibatida XI asrga kelib, Leon, Kastiliya, 
Aragon kabi xristian davlatlari, Barselona grafligi, keyinchalik Kataloniya va Navarra qirolligini 
tuzilishiga erishiladi. Rekonkistaning asosiy bosqichlari. Asturiya qirolligi VIIIIX asrlarda 
yarim orolning butun shimoliga va shimoli-garbiga о‘z ta’sirini yoydi. X asr boshlarida 
asturiyaliklar janubga ham siljib bordilar, Leon shahri esa ularning asosiy markazi bо‘lib qoldi 
va butun Asturiya qirolligi Leon nomi bilan Leon qirolligi deb atala boshladi. X asrning ikkinchi 
yarmida— XI asr boshlarida Leon janubgacha kengayib, Duero daryosi havzasigacha chо‘zilib 
ketadi. Bu yerda juda kо‘p qasrlar-qal’alar — burglari bо‘lgan chegara viloyat tashkil topadi. 
Ana shu qasrlar nomidan olinib, yangi mamlakat Kastiliya deb ataldi. Burgos shahari 
Kastiliyaning asosiy shahari hisoblanardi. 1037 yilda Leon qiroli Kastiliyaning ham qiroli deb 
atala boshladi. XI asrning ikkinchi yarmida Kastiliyaliklar Taho daryosi havzasini bosi b oldilar. 
1085 yili qirol Alfons VI Toledo shaharini istilo qildi. Bu yangidan istilo qilingan hudud, yani 
Taho havzasi Yangi Kastiliya deb atala boshladi. Biroq XI asrda Yangi Kastiliyaning ahvoli hali 
ancha nomustahkam edi. 1086 yili, yani Toledo istilo qilingandan keyingi yili Alfons VI ning 
о‘zi Zallak shahriga yaqin joyda arablardan qattiq zarba yedi.Shimoli-sharqda joylashgan 
Navarra qirolligi IX asrda juda katta ahamiyatga ega edi. Bundan keyingi asrlarda u uncha 
kengaymadi. Ammo uning janubida ancha-muncha siyosiy о‘zgarishlar bо‘lib о‘tdi. IX asr 
oxirida Ispaniya markasidan yangi mustaqil mulk, Aragon grafligi ajralib chiqib, sо‘ng XI asrda 
qirollnkka aylandi. 1118 yili aragonliklar arablardan Saragosa shahrini tortib olib, uni 
Aragonning poytaxti qildilar. 1137 yili Aragon Ispaniya markasi bilan birlashdi, Ispaniya 
markasi bu vaqtda Kataloniya yoki Barselona grafligi degan yangi nom bilan yurardi. Nihoyat, 
yarim orolning g‘arbida Portugaliya janubga tomon chо‘zilib ketgan edi. Dastlab bu ham 
graflik edi ( u 1095 yillarda tashkil topgan edi), 1116 yilga kelib u ham qirollik bо‘lib oldi. 
Portugaliyaning poytaxti boshda Duero daryosining mansabidagi Oporto shahri edi, keyin 
1147 yildan — Taxo daryosining mansabidagi Lissabon shahri poytaxt bо‘lib qoldi. Leon 
koroli hokimiyatidan xalos bо‘lgan Portugaliya qiroli Rim papasiga qaram bо‘lib qoldi. Ammo 
bu qaramlik nomigagina bо‘lib, aslida boshqacha edi. Yarim oroldagi tо‘rtta xristian 
davlatlaridan Navarra va Portugaliya alohida-alohida rivojlandilar. Navarrada fran-suzlar 
ta’siri juda kuchli edi. Atrofni tog‘lar о‘rab olgan bu kichik mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi 
sekinlik bilan bordi. Shu sababli XIII—XV asrlar davrida Navarra katta rol о‘ynagani yо‘q. 
Atlantika okeani sohili bо‘ylab uzun tor chiziq bо‘lib joylashgan Portugaliya jadalroq 


rivojlandi. XV asrga kelganda Portugaliya katta dengiz flotiga ega bо‘lgan savdo-sotiq 
qiladigan mamlakatga aylandi. Yarim oroldagi mavrlar bilan olib borilgan kurash uni Shimoliy 
Afrikadagi arablar bilan urushlar qilishga ham tortdi. Portugaliyaliklarning Shimoliy Afrikadagi 
mulki bо‘lmish Seuta, keyin portugaliyaliklarning XV asrdagi geografik kashfiyotlarida katta 
rol о‘ynadi. Ammo О‘rta Yer dengizi sohilidagi mamlakatlar bilan, Angliya, Niderlandiya va 
boshqa mamlakatlar bilan zо‘r berib olib borilgan tashqi savdo-sotiq aloqalari Portugaliyani 
Pireneya yarim orolidagi boshqa davlatlardan ajratib qо‘ydi. Rekonkista Portugaliyani qо‘shni 
Kastiliya bilan bog‘lashi lozimdek kо‘rinsa-da, lekin Portugaliya о‘zining mustaqilligini saqlab 
keldi. Kataloniya, Aragon, Leon va Kastiliya grafliklarining tashkil topishi. Buyuk Karl davrida 
Pireney yarim orolining shimoli-sharqida tuzilgan Ispan markasining asosini Kataloniya tashkil 
etgan. Shu hududda keyinchalik Barselona grafligi tashkil topib, shimoli-sharqidagi 
grafliklarni birlashtirdi. XI asr davomida esa Ispan markasi aholisi arablarga qarshi kurashib, 
janubga tomon siljib boradi. Kataloniyaning hududiy shakllanishi XII asr о‘rtalarida yakun 
topadi. Tinimsiz urushlar, yangi hududlarni egallash davomida bо‘shab qolgan yerlarni 
kolonizatsiya qilish, yangi qishloqlar va qо‘rg‘onlar vujudga kelib, cherkov va dunyoviy 
zodagonlarning yirik yer-mulklari kо‘payib boradi. Kataloniyada harbiy kolonizatsiya 
yakunlangandan sо‘ng, dehqonlarning qaramligi kuchaya boshladi. XIII asr davomida 
Kataloniya dehqonlarining qaramligi qator qonunlar bilan mustahkamlandi. Dehqonlarning 
katta qismini remenslar (qaram dehqonlar) tashkil etib, о‘z yerlariga huquqlarini tasdiqlash 
uchun senyorlari tayinlagan tо‘lov (remensa persona) ni tо‘lashlari shart bо‘lgan. Bu tо‘lov 
Kataloniya dehqonlari hayotiga oid oltita tahqirli qoidadan biri edi. Shuningdek, kutusiya (u 
dehqon xotinining bevafoligi uchun jazolanishi), ekzorkiya (dehqon farzandsiz vafot etsa, 
uning mulkini katta qismi senyorga о‘tishi), intestiya (dehqon yozma vasiyat qoldirmagan 
bо‘lsa, uning mulkidan bir qismi xо‘jayinga о‘tishi), arsiya (dehqon uyidan yong‘in chiqsa 
jarima tо‘lashi), firma di spoli (dehqon nikohdan о‘tganida tо‘laydigan solig‘i) kabi tartiblar 
qonunlashtirilgan. Barselona X-XI asrlarda muhim hunarmandchilik va savdo markaziga 
aylandi. Shaharda XII asrdayoq dengiz qonunlari ishlab chiqilgan. Shahardagi sex tashkilotlari 
esa XII asrdan shakllana boshlab, XIV asrda ularning soni 71 taga yetgan. XIII asrda 
Barselonada temirdan turli buyumlar, zig‘irpoya, jun va ipak matolar, bochkalar, teri, shisha, 
tо‘r va h.zolar tayyorlangan. Aragoniyada dvoryanlar hukmronlik qilardilar. Bu yerni ozod 
qilish dvoryanlar kuchi bilan amalga oshganligi uchun, barcha yerlar ular о‘rtasida 
taqsimlangan edi. Yerlarning bir qismi dindorlarga tekkan edi. 
Aragon dastlab mustaqil graflik bо‘lsa-da, keyinchalik Navarra qirolligi tarkibiga о‘tadi. 
Aragon va Navarra qirolligi arablarga qarshi uzluksiz kurashadi. Saragosa shahri (1018 yil) 
ozod etilganidan keyin, u qirollik poytaxtiga aylanadi. Aragonning janubdagi chegaralari Ebro 
daryosigacha chо‘zilib, ozod qilingan hududlarga aholi kо‘chirib kelingan. Aragon 1137 yili 
Kataloniya bilan birlashganidan keyin, dengizga chiqish imkoniyatigi ega bо‘lib, savdo 
aloqalari rivojlana boshladi. XIII asrning birinchi yarmida qishloq xо‘jaligi yuksak darajada 
rivojlangan Valensiya viloyati arablardan xalos etilib, u ham Aragonga qо‘shib olinadi. Ular 
shunday huquqlarga ham ega edilarki, agar qirol unga yoqmasa, ular boshqa qirolning 
fuqaroligiga о‘tib ketishi mumkin edi, bulardan tashqari agar qirol dvroyanlar erkinliklarini 
cheklaydigan bо‘lsa, qirolni taxtdan tushirish huquqiga ham ega edilar XIV asrda Aragoniyada 
“buyuk sudya” degan lavozim bо‘lib, shular rikos-ombresni yerdan mahrum qilish huquqiga 
ega edilar.Dvoryanlarning ikkinchi tabaqasini infonsones tashkil qilardi. Infonsonesga о‘rta 


dvoryanlar kirar edi. Bular birinchi tabaqa vakillariga qarindoshchilik bilan bog‘langan kata 
feodallarning kichik a’zolari edilar. Uchinchi tabaqa kavaleros yoki idalgo (gidalgo)- (idalgo. 
о‘rta asrlarda Ispaniyadagi ritsarlarning mayda va о‘rta tabaqasi bо‘lib, ular XII asr oxirida 
paydo bо‘lgan). XIII asrda Aragoniyada umumtabaqaviy kengash-Kortes (kortes-isp.qirol 
saroyi sо‘zidan olingan, о‘rta asrlar davrida Pireney yarim oroli davlatlarida toifaviy vakillik 
organlari, dastlab 1137 yili Kastiliyada tilga olingan). Kortes tо‘rt tabaqaga bо‘lingan. Unda 
rikos-ombres alohida palatani tashkil qilgan. Ikkinchi palatani о‘rta va mayda dvoryanlar 
tashkil qilgan. Uchinchi palatani ruhoniylar, tо‘rtinchi palatani shaharliklar tashkil qilardi. 
Tо‘rtinchi palata vakillari kortesda ishtirok etish huquqini ancha keyin Leonda 1188 yil, 
Kataloniyada 1216 yil, Kastiliyada 1250 yil, Portugaliyada 1254 yil, Aragonda 1274 yildan 
boshlab oldilar Kastiliya va Aragon Pireneya yarim orolining ikkita asosiy davlati bо‘lib, 
pirovardida ular yagona qirollikka birlashdilar. Bu birlashgan davlatlarning о‘rta asrlar 
davridati tarixi о‘zining bir qancha xususiyatlariga egadir. Kastiliya qirolligi yarim orolda eng 
katta hududni egallagan edi. Yarim oroldagi hududning deyarli beshdan uch qismi uning 
hissasiga tushar edi. Rekonkistada ham Kastiliya eng aktiv qatnashgan edi. Kastiliya tili 
keyinchalik ispan milliy adabiy tiliga asos bо‘ldi.Kastiliya shahar va qishloq jamoalarining 
siyosiy ahamiyati Kastiliyada umumtoifa vakilligi, ya’ni korteslarning ertaroq vujudga 
kelishida ochiq-oydin namoyon bо‘ldi. Korteslar о‘z faoliyatini 1188 yildayoq (ingliz 
parlamenta va fransuz General shtatlaridan ancha oldin) boshlagan edi, shu bilan birga 
uchinchi toifa vakillari tarkibiga shaharliklar bilan birgalikda dehqonlarning ham ba’zi bir 
vakillari kirgan edi. Kastiliyadagi qirol hokimiyati shaharlarga tayanib turib, XIII asrdayoq о‘z 
obrо‘-e’tiborini kuchaytirishga harakat qildi va yirik feodallar bilan qattiq kurash olib bordi. 
XIII asrning ikkinchi yarmida qirol Alfons X (1252— 1284) qonunlar tо‘plami («Yetti qism» 
deb ataladigan) qonunlar tо‘plami chiqardi, bu qonunlar tо‘plami Rim huquqi g‘oyalari bilan 
sug‘orilgan bо‘lib, о‘rta asr Yevropasidagi qonunlarning birinchi umumlashtiruvchi tо‘plami 
edi. Alfons X о‘zidan sal oldin Salamanka shaharida ta’sis etilgan universitetga homiylik qilib, 
davlat mablag‘lari hisobiga shu shaharda observatoriya (rasadxona) qurdirdi. Uning davrida 
qirol hokimiyatining obrо‘si ancha ortdi. Ayrim paytlarda bu yerda shaharliklar bilan birga 
erkin dehqonlarning vakili bо‘lgan begetritlar (begetrit-Kastiliya va Leonda erkin dehqonlar 
jamoasi) korteslar majlislarida birga qatnashardilar, ular tо‘liq erkin kishilar bо‘lgan.
Kastiliyaning asosiy dehqon aholisi-solarego (solarego.xо‘jayin yerida yashagan kishilar) 
bо‘lgan. Ijara shartlari xilma-xil bо‘lsa-da, har qanday holatda ham solarero о‘z mulkini olib, 
senyor yerini tashlab ketishi mumkin edi. Kastiliya korteslari qirol hokimiyati kuchsiz bо‘lgan 
paytlarda davlatning barcha ishlari ustidan nazorat о‘rnatgan. Ayrim hollarda korteslar 
qirolning uyidagi kundalik turmushiga ham aralashardilar. 1258 yilda Kastiliya kortesi qirol va 
uning oilasi kо‘p ovqat yemasligi, belgilangandan kо‘p mehmon chaqirmasligi va ma’lum 
miqdordagi puldan ortiq xarajat qilmasligi haqida qaror chiqardi.
Ispaniyani XIV-XV asrlarda о‘zaro urushlar, dehqonlar qо‘zg‘olonlari qamrab olgan. 
Zodagonlar kurashi qirol hokimiyatiga qarshi qaratilgan. Ushbu sharoitda markaziy 
hokimiyatni kuchaytirish ehtiyoji tug‘iladi. Ferdinand Aragonskiy 1469 yili Izabella 
Kastilskayaga uylanadi. Ferdinandning 1479 yili Aragon qiroli tojini kiyishi, Aragon-Kataloniya 
va Kastiliya-Leon qirolliklarining birlashishiga zamin tayyorlaydi. Ferdinand va Izabella 
zodagonlarga qarshi kurashni davom ettirib, ularning qator imtiyozlarini bekor qiladilar. Bu 
borada 1476 yili tuzilgan Kastiliya shaharlarining Muqaddas Ermandad ittifoqi kо‘magiga 


tayanadi. Zodagonlar о‘zboshimchaligiga chek qо‘yganidan sо‘ng, qirol shaharlar 
erkinliklarini ham birmuncha cheklaydi. О‘z hokimiyatini mustahkamlashga intilgan qirol 
cherkovni о‘ziga bо‘ysundirishdan tashqari, boy va kо‘psonli diniy ritsarlik ordenlarining 
buyuk magistri unvoniga erishib, ularning ulkan yer-mulklarini qо‘lga kiritadi. Kelib chiqishi 
va til jihatdan qon-qarindosh bо‘lgan, yuz yillar davomida tashqi dushman bо‘lmish arablarga 
qarshi birgalikda kurashib kelgan, iqtisodiy masalada azaldan bir-birovi bilan aloqa qilgan 
Kastiliya na Aragon birlashish uchun yetarlicha tarixiy shart-sharoitlarga ega edilar. Keyingi 
о‘rta asrlar davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi iqtisodiy jihatdan qandaydir 
о‘zaro bir-birini tо‘ldiruvchi har ikkala mamlakatning — quruqlikdagi Kastiliya va О‘rta Yer 
dengizi bilan bog‘langan Aragonning birlashishini zaruriy vazifa qilib qо‘ydi. XV asrning 
ikkinchi yarmida Pireney yarim orolining ijtimoiy va siyosiy sharoitlari ham ana shu 
birlashuvni taqozo qilgan edi. 
Kastiliyada va Aragonda keyekinlashgan sinfiy kurash, shu-ningdek, rekonkistaniyag tamom 
bо‘lmaganligi har ikkala mamlakat feodallarini ikki qirollikni yagona Ispaniya davlatiga 
birlashtirish tо‘g‘risida bir bitimga kelishga majbur etdi. Ikkala qо‘shni davlat о‘rtasidagi 
uniya (ittifoq) sulolaviy nikoh yо‘li bilai amalga oshirildi. Malika Izabella Kastilskaya 1469 yili 
shahzoda Ferdinand Aragonskiyga turmushga chiqdi. 1474 yili Izabella Kastiliya qirolichasi 
bо‘ldi, 1479 yili taxtga о‘tirdi. Birlashgan ikkala mamlakatning har biri о‘zining avvalgi 
qonunlari, urf-odatlari va alohida-alohida korteslarini saqlab qoldi. Shunday qilib
mamlakatni boshqarish ikki tusdaligicha qolaverdi. Shunday bо‘lsa ham, yagona Ispaniyani 
vujudga keltirish uchun asos solingan edi. Kastiliyada ham, Aragonda ham qirol hokimiyati 
mustahkamlana boshladi. Birlashish Ferdinand bilan Izabellaning ichki va tashqi siyosatlarida 
ijobiy aks etdi. Shahar kommunalarining kо‘magiga tayanib ish kо‘rgan Izabella Kastiliya 
feodallari oppozitsiyasini tinchitdi. Izabella yordamida «muqaddas ermandada» nomi ostida 
tashkil etilgan shahar ittifoqchi militsiyasi talonchilik qilib yuruvchi ritsarlarga qaqshatgich 
zarbalar berdi. Katolik cherkovi Ferdinand bilan Izabellaga katta yordam kо‘rsatdi. Katolik 
qirollar (papa Ferdinand bilan Izabellaga ana shunday unvon bergan edi) о‘zlariga qarashli 
inkvizitsiyani katolik cherkovi manfaatlariga xizmat qildirar edi. CHо‘qintirilgan mavrlarning 
ishlarini nazorat qilish maqsadida 1480 yil Ispaniyada vujudga keltirilgan inkvizitsiya amalda, 
oliy siyosiy sudga aylangan edi. Kastiliya yoki Aragondagi birorta feodalning davlatga xiyonat 
qilganligi gumon qilingan taqdirda, u inkvizitsiyaning qahr-gazabidan hech qayoqqa qochib 
qutula olmasdi. Ispaniyada inkvizitsiyaning joriy etilishi. 1480 yilda Ispaniyada inkvizitsiya 
joriy etildi. (InkvizitsiY.lot. katolik cherkovida XIII asrdan to XIX asr yani 1834-yilgacha mavjud 
bо‘lgan bid’atchilar ishi yuzasidan ish kо‘ruvchi maxsus cherkov sudi bо‘lib, Rim papasiga 
bо‘ysungan).Bu eng avvalo chо‘qintirilgan yahudiy va arablarga qarshi qaratilgan edi. 
Inkvizitorlar –(inkvizitorlar.ular inkvizitsiya sudining a’zosi, zolim, azob beruvchi, berahm 
kishilar) chо‘qintirilgan yahudiylarni (yahudiylar.islom va iudaizmdan qaytmaganlarni 
shunday deyishgan) eski urf-odatlariga amal qilayotganlikda fosh qilar edilar. Ular 
odamlarning ishini sudga berib, turmalarga solib, gulxanlarda yoqib, mol-mulklarini 
musodara qilar edilar. Shunday qilib, qirol hokimiyati yahudiylarni boyligini о‘z qо‘llariga 
olardilar va keyinchalik bu usulni arablarga nisbatan ham qо‘llay boshladilar. Bunga sabab 
ular zо‘rlik bilan xristianlikni qabul qildirsalarda, ammo yashirin ravishda arablar eski urf-
odatlariga amal qilardilar. Hukumat bu shakkoklikni ham mol-mulkini musodara qildi.
Inkvizitsiya Rim katolik cherkovi tomonidan tashkil etilsa-da, amalda qirol qо‘lida edi. 


Hukumatga xizmat qiluvchi doimiy amaldorlar singari inkvizitorlarni ham qirol tayinlar edi. 
Portugaliya qirolligining tashkil topishi. Leon bilan chegaradosh Portugaliya, dastlab, Pireney 
yarim orolidagi davlatlar taqdirini boshidan kechirib, XI-XIII asrlarda arablardan mustaqillikka 
erishadi. XI asr oxirida Leonga vassal Portugaliya grafligi tashkil topadi. Oradan yarim asrcha 
vaqt о‘tib, 1413 yili Portugaliya mustaqil qirollikka aylanadi. Qirol XII asrdan Rim bilan 
mustahkam aloqa о‘rnatib, mamlakatda boy va ta’sirli katolik ruhoniylari tabaqasining 
vujudga kelishiga hissa qо‘shadi. Portugaliyada kо‘p sonli mayda mulkdorlar toifasi saqlanib, 
ular erkin jamoalarga birlashgan. Bu jamoalar ancha keng huquqlarga ega bо‘lib, qochoq 
dehqonlarga ham boshpana berishi mumkin edi. Rekonkista tugaganidan sо‘ng 
dehqonlarning ma’lum qismi senyorlarga qaramlikka tusha boshlaydi. Ammo krepostnoy 
qaramlik qirollikning ayrim hududlaridagina vujudga keladi. Portugaliya shaharlari kо‘psonli 
bо‘lmasada, о‘zining qulay geografik joylashuvi va sharoiti bilan ajralib turgan. Ahoining 
dengiz mahorati yuksak bо‘lgan. XIII asrda qirollar shaharlar va korteslar kо‘magida isyonchi 
zodagonlar yirik yer egalariga qarshi kurash olib boradilar. Bu kurash ayniqsa, XIV-XV asrlarda 
avjiga chiqadi. Uning davomida kо‘plab taniqli zodagonlar, jumladan, gersog Bragansa halok 
bо‘lib, qirol g‘olib chiqadi. Portugaliya buyuk geografik kashfiyotlarni boshlab bergan 
mamlakatdir. Portugallar 1415 yili Shimoliy Afrikadagi arablar shahri Seuetani egallaydi. Shu 
tariqa, Portugaliyaning yirik mustamlakachi davlatga aylanishiga ilk qadam qо‘yildi. 
Portugaliyada dengiz sayohatlariga hukumatning о‘zi homiylik qilardi. Infant (yosh, gо‘dak.- 
Ispaniya va Portugaliyada 1910 yilgacha barcha shahzoda va malikalarga berilgan unvon) 
Genrix Dengizchi (1418-1460 yillar) u dengiz sayohatlariga homiylik qildi. Natijada XV asrning 
20-30 yillarida portugaliyaliklar Madeyro, Kanar, va Azar orollarini ochishdi. Afrikaning 
g‘arbiy qirg‘oqlari bо‘ylab janubga siljigan dengizchilar Boxador burnini chetlab о‘tib, 1434-
yili Gvineya qirg‘oqlarigacha, Yashil Burun orollarigacha (1445 yil), 1462 yili Syera-Leonega, 
1471-yilda Gvineyaga yetib borib u yerda Oltin Qirg‘oq (hoz. Gana Portugaliya qiroli Monoel 
(1495-1521) Hindistonga boradigan dengiz yо‘lini topish uchun Vasko da Gama 
boshchiligidagi 4 ta kemalari bilan 1497 yil yozida Lissabondan chiqib, 1498 yil bahorida 
Hindistonning‘ g‘arbiy qirg‘oqlariga borib yetdi va Kalikut shahriga kelib tushadi. 1498 yil may 
oyida arab dengizchisi Ahmad ibn Majid (1421-1500 yillarda yashagan) kо‘magida 10 oylik 
sayohatdan sо‘ng Kalikut shahriga kelib tushgan Vasko da Gamani hind rojasi qabul qiladi. 
1499 yilning avgustida sayyohlar kemalarga oltin va hind ziravorlarini ortib qaytib keladilar. 
Ikki yil (1497-1499) davom etgan dengiz sayohati vaqtida kemaning 168 azosidan 55 kishi 
tirik qaytib keldi, ekipaj azolarining 2/3 qismidan ajraldi, lekin ekspeditsiyani uyushtirishga 
sarflangan mablagdan 60 marta ortiq foyda olindi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling