Reja: Salomatlik haqida umumiy tushuncha Salomatlik psixologiyasi amaliy jihati


-rasm. Inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar, (%)


Download 90.82 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi90.82 Kb.
#1538102
1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ishi

6.3-rasm. Inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar, (%)

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nuqtai nazaridan odamlarning salomatligi – ijtimoiy xususiyatdir, shuning uchun ijtimoiy salomatlikni baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish tavsiya etiladi:


● yalpi ichki mahsulot xajmida sog‘liqni saqlashga xarajatlar ulushi;
● birinchi tibbiy-sanitariya yordamdan foydalanish imkoniyati;
aholini emlash darajasi;
●homiladorlarning malakali personal tomonidan tekshirilishi darajasi;
● bolalarni ovqatlantirish ahvoli;
● bolalar o‘limining darajasi;
● kutilayotgan o‘rtacha umr davomiyligi;
● aholining gigienik savodxonligi.
Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olishning ko‘rsatkichlari tibbiy yordamga muhtoj aholining sog‘liqni saqlash sohasida eng muhim choralar bilan amalda qamrab olingani darajasini ifoda etadi. Bunday choralarga quyidagilar kiradi:
● ayollarga homiladorlik va tug‘ish paytida malakali tibbiy xizmat qo‘rsatish;
● reproduktiv salomatlik sohasidagi xizmatlar;
● bolalarning yuqumli kasalliklarga chalinishining oldini olish maqsadlarida emlash;
● bolalarni A guruhi vitaminlari bilan ta’minlanishi;
● bolalar, o‘smirlar va katta yoshdagilarning kasalliklarini davolash.
Odatda bunday qamrab olish qo‘rsatkichlari muayyan kasalliklardan davolangan yoki profilaktikadan o‘tgan odamlar sonini tibbiy yordam olish huquqiga ega yoki tibbiy yordamga muhtoj aholi soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Masalan, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlash bilan qamrab olish ko‘rsatkichi u yoki bu aniq bir vaksina olgan bolalar sonini har bir mamlakatdagi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar umumiy soniga bo‘lish orqali hisoblab chiqiladi.
Umuman, salomatlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi global hisobotda asosiy e’tibor mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlarga qaratiladi. SHu bilan birga mamlakat ichkarisida hamda aholining turli guruhlari salomatligi va sog‘liqni saqlash xizmatlari qo‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham muhimdir. Ushbu ma’lumotlar sog‘liqni saqlash sohasidagi tengsizlikni aniqlashga yordam beradi. Bunday tengsizlikka ijtimoiy-iqtisodiy ahvol (ta’lim darajasi, mashg‘ulot turi, farovonlik yoki uy xo‘jaliklari daromadi darajasi), jo‘g‘rofiy joylashish, etnik mansublik, jins kabi omillar sabab bo‘lishi mumkin.
U yoki bu mamlakat aholisi salomatligining ahvoli to‘g‘risida tug‘ilgan paytda kutilayotgan umr davomiyligi, shuningdek besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi (tug‘ilganidan bir yoshga hamda besh yoshga to‘lgunicha o‘lim ehtimoli) hamda katta yoshdagi aholi o‘limi (15-60 yoshda o‘lim ehtimoli) ko‘rsatkichlari bo‘yicha xulosa chiqarish mumkin.
Jamiyatdagi sog‘liqni saqlash ahvolini to‘g‘ri baholash uchun bolalar o‘limi darajasi va bu sohadagi tendensiyalar nihoyatda muhim. CHunki jaxonda barcha o‘limlarning deyarli 20,0% besh yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Neonetal o‘lim (tug‘ilgandan keyin dastlabki 28 kun ichida o‘lim holatlari) ko‘pgina mamlakatlarda, ayniksa daromad darajasi past bo‘lgan mamlakatlar aholisi o‘rtasida tez-tez uchraydi.
Kutilayotgan umr davomiyligi mazkur vaqtda aniq bir sharoitlarda mavjud o‘lim koeffitsienti xisobga olingan holda u yoki bu odam necha yil umr ko‘rishi mumkinligini baholash imkoniyatini bersa ham mazkur shaxsning butun umri davomidagi salomatligi aholi to‘g‘risida biror ma’lumot bera olmaydi. O‘lim to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarining o‘zi aholi turli guruhlari salomatligining ahvolini baholash va taqqoslash uchun etarli emas. CHunki ularda salomatlik uchun o‘limga olib bormaydigan oqibatlar to‘g‘risida biror ma’lumot mavjud emas.
Aksincha, “tug‘ilgan paytda kutilayotgan umr davomiyligi” ko‘rsatkichi odam kasallanish yoki jarohat olishi oqibatida nosog‘lom bo‘lsa ham o‘rtacha necha yil umr ko‘rishi mumkinligidan dalolat beradi. SHu sababli ushbu ko‘rsatkich salomatlik uchun o‘limga olib keladigan va olib kelmaydigan oqibatlar va nogironlik turlarini hisobga olmaydi. Bunday xastalik va nogironlik holatlari orasida jaxonda eng tarqalganlari - karlik, ko‘zi ojizlik va asab kasalliklardir.
Umuman olganda, boy mamlakatlarda bolalar o‘limi darajasi kambag‘al mamlakatlarga qaraganda pastdir. Daromad darajasi past bo‘lgan mamlakatlarda 2008 yilda bolalar o‘limining o‘rtacha ko‘rsatkichi har 1000 ta tirik tug‘ilgan chaqaloqqa 109 o‘lim holatini tashkil etdi. Holbuki, daromad darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarda ushbu ko‘rsatkich 5 taga teng, ya’ni o‘rtadagi farq 20 barobardan ham ortiqdir.
Daromad darajasi past bo‘lgan ayrim mamlakatlarda bolalar o‘limi darajasining nisbiy past bo‘lishiga erishilgan. Ayni paytda daromad darajasi turlicha bo‘lgan mamlakatlar guruhlarida bolalar o‘limi darajasida katta tafovutlar kuzatiladi. Daromad darajasi kam bo‘lgan mamlakatlarda 2008 yilda bolalar o‘limi xar 1000 ta tirik tug‘ilgan chaqaloqqa 14 tadan 257 gacha bolalar o‘limi kuzatilgan, ya’ni mazkur ko‘rsatkich turli mamlakatlar o‘rtasida 18 barobar farqni anglatadi.
1990 yildan so‘ng daromad darajasi bo‘yicha mamlakatlarning barcha guruhlarida bolalar o‘limining koeffitsientlari pasaydi. Lekin bu pasayish sur’atlari o‘rtacha va yuqori daromadga ega bo‘lgan mamlakatlarda daromad darajasi past bo‘lgan mamlakatlariga qaraganda yuqoriroq bo‘ldi. 1990-2008 yillarda daromad darajasi o‘rtacha darajadan kam bo‘lgan mamlakatlarda bolalar o‘limi o‘rtacha miqdori deyarli 50,0 % ga, daromad darajasi past bo‘lgan mamlakatlarda esa atigi 31,0 % ga pasaydi.
Ko‘pgina davlatlar umr davomiyligi ko‘rsatkichi bo‘yicha jiddiy natijalarga erishdilar. Hozirgi vaqtda hamma mamlakatlarda tug‘ilgan bola avvalgi xar qanday davrga nisbatan uzoqroq umr ko‘rishi kutilmoqda. Bu jahonda bolalar o‘limi katta yoshdagilar o‘limiga nisbatan tezroq kamayotgani natijasidir (6.4-rasm).
Agar bolalar o‘limi ko‘rsatkichi 1970–yillarning oxiridagi yuqori darajada qolganda, bugungi kunda ana shu o‘limlar soni amaldagidan 6,7 million nafarga ko‘paygan bo‘lardi. Mazkur sohada rivojlanayotgan mamlakatlarda eng sezilarli siljishlar 1970-2000 yillarda kuzatilmoqda. Jumladan, ushbu davlatlarda bolalar o‘limi har 1000 ta tirik tug‘ilgan chaqaloqqa 59 taga kamaydi. Bu rivojlangan davlatlardagi ana shunday ko‘rsatkichlardan to‘rt barobar ortiqdir.
Biroq foiz xisobida bolalar o‘limining pasayishi rivojlangan mamlakatlarda (77,0%) rivojlanayotgan mamlakatlardagiga (57,0%) qaraganda yuqoriroq sur’atlarda kechmoqda.

Rivojlangan davlatlar



Rivojlanayotgan davlatlar



6.4-rasm. Jahonda salomatlik asosiy indikatorlarining o‘zgarishi (bolalar o‘limi –har 1000 ta tirik tug‘ilgan chaqaloq hisobiga; katta yoshdagi ayollar va erkaklar o‘limi – har 1000 nafar katta yoshdagilar hisobiga)

Umuman olganda, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash sohasidagi ulkan tafovut saqlanib turibdi. Buni rivojlanayotgan mamlakatlarda har 1000 ta tirik tug‘ilgan chaqalok hisobiga bolalar o‘limi rivojlangan davlatlarga qaraganda 8 marotaba yuqoriligi ham ko‘rsatib turibdi. Rivojlangan mamlakatlar ulushiga jahonda bolalar umumiy o‘limining 1,0 % dan ham kamrog‘i to‘g‘ri keladi.


Jahonda onalar o‘limi ko‘rsatkichi ham kamayib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlari 1990 yildan buyon o‘tgan davrda xar 100 mingta tirik tug‘ilgan chaqaloq hisobiga onalar o‘limi 430 tadan 400 taga, ya’ni 5,0 % kamayganligidan dalolat beradi. Ushbu ma’lumotlar BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlarida ko‘zlangan natijalarga erishish yo‘lida rejalangan sur’atdan ancha pastligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1990-2015 yillarda onalar o‘limini to‘rtdan uch barobarga kamaytirish maqsadini belgilagan.
1990 yildan buyon katta yoshdagi ayollar o‘rtasidagi o‘lim 23,0 % ga, erkaklarda 6,0% ga kamaydi.
O‘zbekistonda fuqarolarning salomatligini muhofaza qilishning davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rilmoqda. Mamlakatda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishning huquqiy asosini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonun, Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning davlat dasturi tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”ligi qayd qilingan.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunda fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy prinsiplari belgilab qo‘yilgan. Ular quyidagilardan iborat:
● sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi;
● aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo‘la olishi;
● profilaktika chora-tadbirlarining ustunligi;
● sog‘lig‘ini yo‘qotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi;
● tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi.
Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilab qo‘yilgan.

Download 90.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling