Reja: Sanoat korxonalari va iste’molchilarning elektr yuklama grafiklari


Download 66.85 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi66.85 Kb.
#1562329
1   2
Bog'liq
32V

K3(t) = S(t) / nST
Bu yerda Pxx - transformator salt ishlaganda yo‘qoladigan aktiv quvvat
PK3 - qisqa tutashuvda yo‘qoladigan aktiv quvvat;
K3 - transformatordagi yuklash koeffiSiyenti ;
ST - bitta transformatorni nominal quvvati ;
S(t) - ikki transformatorli podstanSiya yuklamasi ;
n - transformatorlar soni;
PodstanSiyada bitta transformator ishlaganda aktiv quvvat yo‘qotilishlari quyidagicha topiladi :

Ikkita transformator ishlagandagi yo‘qotishlar qiymatini yuklama kattaligiga bog‘lik grafigi 1- rasm ko‘rsatilgan (1 - egri chiziq).
Bitta transformatordagi aktiv quvvat yo‘qolishi 2 - egri chiziq orqali ifodalangan

1- rasm. Transformatorlardagi yo‘qotishlarni yuklamaga bog‘likligi grafigi .
I - Ikkita transformatordagi yo‘qotishlar ;
II - Bitta transformatordagi yo‘qotishlar .

I va II - egri chziqlarni kesishgan nuqtasi SA yuklamaga mos keladi, bunday yuklamada ikkita transformatordagi yo‘qotish bitta transformatordagi yo‘qotishga teng bo‘ladi. Rasmdan ko‘rinadiki, S(t) < SA bo‘lsa, bitta transformator ishlaganda quvvat yo‘qotish ikkita transformator ishlaganga nisbatan kampoq va aksincha S(t)>SA da 2 ta transformator ishlaganda yo‘qotishlar kamroq bo‘ladi. Quvvatni (1) va (2) - ifodalarning o‘ng tomonlari o‘zapo tenglashtirib hisoblash mumkin :


Sanoat korxonalarida 4 ta simli kuchlanishi 380/220 V bo‘lgan neytrali yerga ulangan va nol simli sex elektr tarmoqlari keng tarqalgan. Ba’zi xollarda normal xolatda kuchlanish ostida bo‘lmaydigan metall qismlarda korpusga ulanib qolish natijasida odamlar uchun xavfli bo‘lgan potenSial paydo bo‘lishi mumkin. Xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy tadbirlardan biri yerga ulash hisoblanadi. Elektr qurilmasining biror qismini ataylab yerga ulovchi qurilma bilan elektr bog‘lash " yerga ulash " deyiladi." Yerga ulovchi qurilma ": " yerga ulovchi " va "yerga ulovchi o‘tkazgichlar" dan iborat bo‘ladi." Yerga ulovchi " deb yer bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri kontaktda bo‘ladigan metall o‘tkazgich yoki o‘tkazgichlar gupuxiga,"yerga ulovchi o‘tkazgichlar" deb elektr qurilmalarining yerga ulanadigan qismlarini "yerga ulovchi" bilan birlashtiruvchi o‘tkazgichga aytiladi.
Transformatorning yerga ulanadigan neytrali "yerga ulovchi qurilma"ga kichik qarshilik ( tok transformatori birlamchi cho‘lgami ) orqali yoki to‘gridan -to‘g‘ri sim bilan ulanadi. Transformator neytralini "yerga ulovchi qurilma" ga ulovchi nol sim fazalarining yuklamasi xar xil bo‘lganda teskari sim bo‘lib xizmat qiladi. Neytrali to‘gridan -to‘g‘ri ulangan elektr qurilmalarida yerga ulangan qism lar izolyaSiya buzilishi yoki boshqa sabablar bilan biror faza bilan birikib qolgan taqdirda avtomatik ravishda manbadan qisqa vaqt ichida uni uzilishi ta’minlanishi zarur. Shu maqsaddda bunday elektr qurilmalarida nol sim yordamida elektr uskunalari korpuslari yerga to‘gridan -to‘g‘ri ulangan neytral bilan metall bog‘lanishda bo‘lishi kerak.Yerga ulashning bunday sistemasi "nolga ulash" deb ataladi. Bunday metall bog‘lanish nol simdan tashqari "yerga ulovchi simlar" yordamida bajarilishi mumkin. "Yerga ulovchi qurilma"da tabiiy va sun’iy " yerga ulovchi " lar va "yerga ulovchi o‘tkazgichlar" ishlatiladi. Tabiiy "yerga ulovchi" lar sifatida yer bilan bevosita aloqada bo‘lgan metall kuqurlar, binolarning metaldan qilingan yerosti qismlari kabellarning qo‘rg‘oshin qoplamalari ishlatiladi ( alyuminiy qoplamalarni ishlatish mumkin emas ). Sun’iy "yerga ulovchilar" burchakli va yumaloq po‘latdan va gaz-suv quvurlaridan bajariladi." Yerga ulovchi o‘tkazgich " lar va "nol ximoya o‘tkazgichlar yoki simlar" sifati. Bu yerda Iy.k - qisqa tutashuvdan ximoya elementining ishlab ketish ustavka toki.
" Yerga ulovchi simlar " ning o‘tkazchanligi faza simi o‘tkazchanligini kamida 50 % ni tashkil etishi kerak.
Tekshirishlar va tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ichida fazalar o‘tkazilgan po‘lat quvurdan, po‘lat zirxdan va shinoprovod qoplamasidan tashqari o‘tkazilgan nol simlar nol tartibli toklarga katta qarshilik ko‘rsatadi. Natijada 1 fazali qisqa tutashuv toklari ximoya apparatlari ishlashi uchun yetarli qiymatga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun kabel, po‘lat trubalar, shinoprovoddagi nol shina yoki alyuminiy tasma nol sim sifatida ishlatilsa, 1 fazali qisqa tutashuv toki qiymati ancha ortadi. Agar 4 - jilalik kabelning nol jilasi, shinoprovodning nol shinasi yoki shinoprovod kojuxidagi alyuminiy tasma nol sim sifatida ishlatilsa, yerga ulanish toki ( 1 fazali qisqa tutashuv toki ) eng katta qiymatga ega bo‘ladi.
Xulosa:
Biz bugungi Natijada 1 fazali qisqa tutashuv toklari ximoya apparatlari ishlashi uchun yetarli qiymatga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun kabel, po‘lat trubalar, shinoprovoddagi nol shina yoki alyuminiy tasma nol sim sifatida ishlatilsa, 1 fazali qisqa tutashuv toki qiymati ancha ortishini organdk

FOYDALANILGAN ADABIOTLAR :



  1. https://fayllar.org/elektr-texnikasi-elektr-mexanikasi-va-elektr-texnologiyasi-v2.html?page=4

  2. https://e-library.namdu.uz/30%20%D0%A2%D0%B5%D1%85%D0%BD%D0%B8%D0%BA%D0%B0%20%D1%84%D0%B0%D0%BD%D0%BB%D0%B0%D1%80/Elektr%20ta'minoti%20asoslari%20Raxmonov%20I.U..pdf

  3. https://www.econferencezone.org/index.php/ecz/article/download/743/663

  4. https://lex.uz/docs/-5091758

Download 66.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling