Reja: Sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlarining barqaror faoliyatini va ularning quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Download 23.09 Kb.
|
1 2
Bog'liqSANOAT TARMOQLARI KORXONALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH
SANOAT TARMOQLARI KORXONALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH Reja:
Sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlarining barqaror faoliyatini va ularning quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida korxonalar pasportlari bo‘yicha davriy statistika Korxona moliyaviy holatini buxgaltеriya Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgartirishlar jarayonlarini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan faol investitsiya siyosati, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining foydalanishga topshirilishi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining rivojlantirilishi natijasida keyingi yillarda pudrat qurilish ishlari hajmi har yili o‘rtacha 10,0 foizdan ortiq sur’atlar bilan o‘smoqda. Yaratilgan va yangidan ishga tushirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan yuqori darajada foydalanish hisobiga ulardan yanada samarali foydalanish, korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2015-yildan boshlab mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, mikrofirmalardan tashqari sanoat va qurilish sohasidagi barcha korxonalar bo‘yicha ular faoliyatining asosiy ishlab chiqarish va moliyaviy parametrlarini aks ettiruvchi korxonalar pasportlarini (keyingi o‘rinlarda korxona pasporti deb ataladi) 1 va 2-ilovalarga* muvofiq namunaviy shakllarga binoan har yili rasmiylashtirish tartibi joriy etilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: korxonalar faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning pasportini to‘ldirish metodologiyasini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar; sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarga pasportlarning namunaviy shakllarini va ularni to‘ldirish metodologiyasini yetkazsinlar. 3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek ularning tarkibiga kirmaydigan korxonalar: 2014-yilgi ma’lumotlar kiritilgan pasportlarning 2015-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda rasmiylashtirilishini hamda Internet tarmog‘i orqali, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda statistika organlariga taqdim etilishini, shuningdek o‘zlarining mavjud rasmiy veb-saytlarida ularning joylashtirilishini ta’minlasinlar; kelgusida yangidan tashkil etilgan korxonalar bo‘yicha pasport rasmiylashtirilishini hamda ishlab turgan korxonalar bo‘yicha pasportlarning asosiy parametrlari yangilanishini, ularning davlat statistika organlariga taqdim etilishini va keyinchalik rasmiy veb-saytlarda joylashtirilishini har yili 1-aprelgacha ta’minlasinlar. 4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda korxonalar rahbarlari zimmasiga: korxonalar pasportlarining o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi, ulardagi ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi; korxonalarning pasportlarida belgilangan ishlab chiqarish tavsifnomalariga muvofiq quvvatlardan yuqori darajada foydalanilishini va korxonalarning barqaror moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 5. Quyidagi tartib belgilansin, unga ko‘ra: davlat statistika organlari amaldagi statistika hisoboti shakllari doirasida korxonalar pasportlaridagi asosiy parametrlarning dinamikasi to‘g‘risidagi davriy ma’lumotlarni shakllantiradilar, keyinchalik tahliliy ishlarni amalga oshirish uchun ularni 3-ilovaga* muvofiq sxema bo‘yicha vakolatli davlat organlariga taqdim etadilar; * 1, 2, 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan. Download 23.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling