Reja: Sanoat korxonalaridan chiqayotgan chiqindilarni iqlim o'zgarishiga ta'siri
Download 274.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Iqlim o\'-WPS Office
Mavzu :Iqlim o'zgarishi muamolari va unga qarshi kurashish yo'llari Reja: 1. Sanoat korxonalaridan chiqayotgan chiqindilarni iqlim o'zgarishiga ta'siri 2. Issiqxona effektining kelib chiqish sabablari 3. Iqlim o'zgarishlariga kurashish uchun O'zbekistonda olib borilayotgan ishlar Yer sayyorasida umumiy haroratning koʻtarilishi atrof muhitning, ayniqsa atmosfera havosining zararlanganligini koʻrsatuvchi asosiy koʻrsatkichlardan biridir. Atmosfera havosi tarkibida qator zararli moddalar miqdorining koʻpayishi nafaqat haroratning, balki sayyoramizning barcha mintaqalarining iqlimi oʻzgarishiga olib kelmoqda. Iqlimshunoslarning maʼlumotlariga koʻra, iqlim oʻzgarishining asosiy sababi yer yuzasidan chiqadigan uzun toʻlqinli radiatsiyani yutib atmosferada issiqxona effekti hosil qilayotgan gazlardir. Shu toifaga kiruvchi gazlar “Issiqxona gazlari” deb ataladi. Bu jarayonning mohiyati quyidagicha: quyoshdan keladigan radiatsiyaning bir qismi (30 foiz) atmosfera tufayli bulutlar orqali kosmosga qaytadi. 15 foiz atrofidagisi esa, atmosfera qatlamlarida yutiladi, qolgan energiya atmosferadan oʻtib yer yuzasiga yetib keladi va uni isitadi. Yer oʻz navbatida atmosfera orqali uzun toʻlqinli infraqizil nurlarni koinotga qaytaradi. Ushbu nurlarning bir qismi koinotga chiqib ketish oʻrniga issiqxona gazlari tomonidan yutiladi va shu asosda atmosfera meʼyoridan ortiq qiziydi va nihoyat yer iqlimiga taʼsir koʻrsatadigan issiqxona qatlami hosil boʻladi. Issiqxona paydo qiladigan gazlarning atmosferada ortishi esa, yuqorida qayd qilinganidek, insonlarning faoliyati bilan bogʻliq.XX-asrning 80-yillarida XIX- asrning oxiriga qaraganda shimoliy yarim sharda o’rtacha harorat +0,6 C ga ko’tarilganligi ma’lum. "Parnik effekti”. Bashoratlarga qaraganda asrimizning boshlarida sayyoramizdagi o’rtacha harorat, yana +1,2 C ga ko’tarilishi mumkin. Yer yuzasining o’rtacha harorati esa +15 C hisoblanadi. Karbonat angidrid miqdoriga bog’liq. Atmosferada freonlarning ortishi bilan bog’lab tushuntirish mumkin. Bunday parnik effektining yaralishida IES ca AES larning xissasi katta. 1994-yilda Kioto bayonnomasi tuzildi. Bunda "Issiqlik gazlarini ishlab chiqarishni 10-yil ichida 5%ga kamaytirish to’g’risida” nizom qabul qilingan. Iqlim o’zgarishini o’rganish muammolari Buyuk Britaniya olimlari zimmasidadir. Gollandiyadagi to’g’on buziladigan bo’lsa bu davlat hududining 2/3 qismi suv ostida qoladi. Haroratning ko’tarilishida atmosferada karbonat angidrid va freonlarning ko’payishi bilan bog’liq. Biroq Buyuk Britaniya olimlarining fikri boshqacha. Sababi iqlim bundan bir necha o’n yillardan keyin bundanda sovib ketishi mumkin ekan. Buning sababi – Atlantika okeanidan keladigan oqimlar yo’nalishinig o’zgarishi bilan bog’liq. Milliy Okeanografiya markazi olimlarining aniqlashicha bunga yana bir sabab Buyuk Britaniya va SHimoliy Yevropani yuvib turuvchi Golfstrim iliq oqimining sustlashib borayotganligidadir. Bu Atlantika okeanidagi 50–yillik kuzatuvlar natijasidir. Bu borada dastlabki ekspeditsiyalar 1957, 1981, 1992–yillarda amalga oshirilib, oqimlarning kuchi o’zgarganligi kuzatilgan . 1998–yilda esa oqimlarning tezligi pasayganligi aniqlangan. Rossiyalik ko’pgina olimlar ham shu fikrda, ya’ni yer yuzasi "global isish” emas balki "global sovish” arafasida ekan. Rus akademigi Yuriy Izrael ushbu vaziyatga quydagicha ta’rif beradi: –"ko’pgina mutaxassislar yer yuzining o’rtacha harorati so’nggi 100–yil ichida +0,6C ga ko’tarilganligini ko’p gapirishadi, bu haqda baxslashish qiyin. Biroq bu sayyoramizning taqdiri. Yerning iqlimi uning butun tarixi davomida o’zgarib turgan. Yerda ko’p marotaba o’ta, sovib ketish va isib ketish jarayonlari sodir bo’lgan”. Bundan tashqari so’nggi 500 ming yil ichida 4 marta muzlash va isish jarayonlari yuz bergan. Iqlim isimoqdami yoki sovimoqdami? – degan savol tug’iladi. Bunga javoban, global isish davom etmoqda degan javobni berish mumkin. Parnik effektiga oid fikr mulohazalar XX-asrning 60-70 yillarida bashorat qilingan edi. Bunga ko’ra sayyoramiz iqlimi global ko’lamda o’zgarishi bashorat qilingan. Hisoblarga qaraganda oxirgi 100-yillikda Yer yuzasi 0,6 C ga isigan. Agar parnik effekti hozirgi davrdagidek rivojlansa, har o’n yilda harorat 0,5 C ga ortadi. Bu kutilmagan salbiy oqibatlar olib kelishi mumkin. Aniqlangan ma’lumotlarga qaraganda, agar harorat 3–4 C ga ortsa, iqlim mintaqalarining chegaralari yuzlab kilometr shimolga va janubga cho;zilishi mumkin. Antarktida, Grenlandiya va Shimoliy muz okeanidagi muzliklar erib ketishi oqibatida dunyo okeani sathi 66 m ga ko’tarilishi va 25% aholi yashab turgan sohillarni suv bosishi mumkin. Iqlim o’zgarishlaridan rivojlanayotgan davlatlar aziyat chekmoqda. Yevropa va boshqa qit’alarda o’rmon yong’inlari yuz bermoqda. 2000–yilda JARda 1.2 mln odam jabr ko’rgan. Texas shtatinig "El-Paso” shahrida 1.5 odam yashaydi va suv oqadigan joylarda qattiq nazorat o’rnatilgan. 1994-yilda Kioto bayonnnomasi tuzilgan. Bunda: issiqlik gazlarini chiqarishni 10-yil ichida 5% ga kamaytirish to’g’risida bayonnnoma imzolangan. Gollandiyadagi damba buzilsa mamlakatning 2/3 qismi suv ostida qoladi. Keyingi yillarda sayyoramizda havoning o’rtacha harorati 0.4–0.6 C ga ko’tarilganligi natijasida Arktika va Antarrktida muzliklari erib ayrim mintaqalarda, okean sathi ko’tarilishi va ayrim mintaqalarda qurg’oqchilik va cho’llashish jarayonining kamayishi kabi global iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yuzaga chiqarmoqda. 2050-yilga borib 2 barobar kamaytirish rejalashtirilmoqda. AQSH 2050-yilgacha 60% ga qisqartirish rejalashtirilgan. Sayyoramizdagi havoning global isishi oqibatida keying o’n yillikda 250 ming odam yashash joyini tashlab ketishga majbur bo’ldi. Global isishdan va ekologik halokatlardaneng avvalo bolalar azyat chekmoqda. Hattoki rivojlangan mamlakatlarda ham globalisishdan aholining eng muhtoj va zaif qatlami zarar ko’radi. Bu haqida Bryusselda bo’lib o’tgan ekologik konferensiyada ham ma’lum qilindi. Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, ushbu yuz yillik so’ngida suv bilan ta’minlovchi Alp muzliklarining 75%i va Tibet cho’qqilari eriydi. Tinch okeanidagi riflar, yo’lbarslar, katta toshbaqalar, Amazonka, Ganga oqib o’tadigan Sundarbans milliy bog’idagi mango o’rmonlari, Maldiv orollari tillog’ochlari–bularning barchasi suv ostida qoladi deb taxmin qilinmoqda. Lekin BMT mutaxassislarinig fikricha, bir qancha mamlakatlarda iqlim yaxshilanadi. Bular Rossiya, Kanada va Skandinaviya mamlakatlaridir. Gap bir qator o’zgarishlar haqida aynan qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish keskin ko’tarlishi bo’yicha ketmoqda. Bu xulosalarga qarshi chiqish qiyin, chunki xulosalar 29 mingdan ortiq ilmiy axborotlar tekshirilgandan so’ng bayon qilingan. Bu axborotlarning 2/3 qismi esa sayyoramiz tobora isib borayotganligini ko’rsatmoqda. AQSH 2050-yilga borib atmosferaga chiqarilayotgan iflos gazlarni 60% ga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birgalikda, atmosfera havosiga chiqarilayotgan issiqxona gazlari global isishga sababchi boʻlib iqlim oʻzgarishlarini keltirib chiqarmoqda. Dunyo hamjamiyati, shu jumladan mutaxassislar tomonidan bekorga bong urilmayapti. Dunyo miqyosida atmosfera havosiga chiqarilayotgan tashlanmalar miqdori shu surʼatlarda ketsa, global isish va iqlim oʻzgarishlari natijasi bashorat qilib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkinligi taʼkidlanmoqda.Sanoat rivojlanishi oqibatida atmosferaga chiqayotgan uglevodorod gazi miqdori yil sayin ko‘paymoqda. Bu esa sayyoramizda “bug‘xona hodisasi“ni kuchaytirib, keskin iqlim o‘zgarishlarini yuzaga keltiryapti. Oqibatda tabiiy ofatlar ko‘paymoqda. Dunyoning ko‘pgina mintaqalarida tabiiy muvozanat buzilmoqda: ayrim joylarda yog‘ingarchilik odatdagidan ancha ko‘p bo‘lsa, boshqa hududlarda qurg‘oqchilik avj olyapti. Joriy yilning o‘zida kuzatilgan “tabiiy me’yorlarning buzilish” holatlari bunga yaqqol misol bo‘ladi. 2010 yil bahorida ba’zi Yevropa davlatlarida kuchli suv toshqinlari ro‘y berdi, yoz esa juda issiq va quruq keldi. Jahon meteorologiya tashkiloti rahbari Mishel Jarroning fikricha, sayyoramizda o‘rtacha harorat 7 darajaga ko‘tarilsa, Yer yuzi hududining teng yarmi hayot uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Chunki ayrim unumdor yerlar cho‘llanishga yuz tutsa, ayrimlari suv ostida qoladi. Iqlim o‘zgarishlari hayvonot olamiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ornitologlarning kuzatuvlariga qaraganda, global isish tufayli Hindistonda yashovchi uzundumli to‘tilar shimoliy o‘lkalarga ko‘cha boshlagan. Olimlarning fikricha, ellik yildan keyin mintaqamizda uzundumli to‘tilar qarg‘alarga nisbatan ko‘payar ekan. Butun dunyoni xavotirga solayotgan global iqlim o‘zgarishining oqibatlari Yevropada yaqqol sezilmoqda. Masalan, bahorda yoqqan tinimsiz yomg‘ir keltirib chiqargan toshqinlar bir necha shaharni vayron qildi. May oyida havo harorati so‘nggi 250 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi. Buning oqibatida Italiya va Shveysariyadagi muzliklar maydoni keskin qisqara boshladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi sababli tog‘larda o‘pirilishlar, daryo o‘zanlarining o‘zgarishi, landshaftlarning buzilishi ro‘y bermoqda. Osiyoda ham iqlim o‘zgarishining belgilari kuzatildi. Iyul-avgust oylarida Bangladesh va Pokistonda yoqqan tinimsiz yomg‘ir oqibatida millionlab odamlar boshpanasiz qoldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, har yili atmosferaga 100 million tonnadan ortiq uglevodorod chiqarilar ekan. Shuning 74 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Olimlarning fikricha, o‘rmon yong‘inlari oqibatida atmosferaga chiqayotgan karbonad kislotasi sanoat chiqindilarining 50 foiziga teng ekan. Havoga ko‘tarilgan tutun atmosferaning yuqori qatlamida kuyindi zarralarini ko‘paytiradi. Oqibatda, sayyoramizga Quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi qaytadan koinotga yoyilish o‘rniga, Yerning o‘zida qolib, “bug‘xona hodisasi“ni keltirib chiqarmoqda. Jahon hamjamiyati global isishga qarshi qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 1997 yili sayyoramizda iqlim o‘zgarishining oldini olishda hamkorlik maqsadida Kioto protokoli imzolandi. 2005 yildan kuchga kirgan bu hujjat atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini bosqichma-bosqich kamaytirib borishni ko‘zda tutadi. Lekin bu maqsadlarga erishish oson bo‘lmayotir. Chunki zararli gazlarni kamaytirish uchun ularni chiqarayotgan sanoat korxonalari faoliyatini to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Bu esa daromaddan voz kechish, ishsizlik muammosini kuchaytirish, demakdir. Shu bois qator davlatlar Kioto protokoli talablarini bajarish masalasiga sovuqqonlik bilan qaramoqda. BMT tashabbusi bilan Meksikaning Kankun shahrida global isish muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tganligi. sayyoramizda tabiiy muvozanatni tiklash borasidagi ishlar to‘xtab qolmaganining isboti desak adashmaymiz. Unda 193 davlatdan 25 ming vakil qatnashmoqda. Konferensiyada tashvish bilan tilga olingan fikr shu bo‘ldiki, dunyoda o‘rtacha harorat 2–3 foiz ko‘tarilgan va bu o‘ta tahlikali holdir. Anjuman qatnashchilari barcha davlatlarni, birinchi navbatda, rivojlangan mamlakatlarni tabiiy muvozanatni tiklash yo‘lida sarf-xarajatlardan chekinmaslikka da’vat qildi. Ularning fikricha, rivojlangan mamlakatlar “uchinchi dunyo” davlatlariga yangi texnologiyalarni taqdim etishi, ekologik toza ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishi maqsadga muvofiqdir Bugun jahon hamjamiyati iqlim oʻzgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb tan olmoqda. BMT Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasi uni hal etishning ikkita asosiy yoʻnalishi belgiladi: atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish hamda kuzatilayotgan va kutilayotgan iqlim oʻzgarishlariga moslashish. Oʻz vaqtida choralar qabul qilmaslik va atmosferada issiqxona gazlari miqdorini bundan keyin ham koʻpayishi holatida mamlakatlar iqlim oʻzgarishi borasidagi harakatlar uchun katta mablagʻlarni mobilizatsiya qilishlariga toʻgʻri keladi. Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻsib borayotgan global tahdidlarga kompleks javob qaytarish maqsadida Parij Bitimi qabul qilindi. Yangi kelishuvning asosiy qirralaridan biri rivojlangan davlatlar bilan bir qatorda rivojlanayotgan davlatlar ham tashlanmalar miqdorini kamaytirish majburiyatini olishi belgilab qoʻyilgan. Kelishuvning asosiy maqsadi issiqxona gazlari tashlanmalarini sezilarli darajada kamaytirib, sayyoramizda global isishni industrial rivojlanish davridagi oʻrtacha haroratga nisbatan Selsiy shkalasi boʻyicha 1,5-2 gradus chegarasida ushlab turishga erishishdan iborat. Mutaxassislarning fikrlariga koʻra, agar bu amalga oshirilmasa, sayyoramiz yildan yilga koʻproq keskin iqlim oʻzgarishlariga duchor boʻladi. Hisob-kitoblariga koʻra, 2030-yilga kelib atmosferaga chiqarilayotgan tashlanmalarning umumiy miqdori 55 gigatonnani tashkil etishi ehtimoli bor. Haroratni Selsiy shkalasi boʻyicha 1,5-2 gradus chegarasida ushlab turish uchun umumiy tashlanmalar miqdori 40 gigatonnadan ortiq boʻlmasligi kerak. Taʼkidlash joiz, Parij Bitimi 2015-yil 12-dekabrda Parijda Iqlim oʻzgarishlari boʻyicha doiraviy Konvensiya tomonlari konferensiyasining 21-sessiyasida qabul qilingan. 2016-yil 4-noyabrda kuchga kirgan va 2020-yildan boshlab amalga oshirilmoqda. Bitim turli milliy sharoitlar nuqtayi nazaridan adolatlilik prinsiplarini hamda umumiy, lekin tegishli imkoniyatlarni eʼtiborga olib alohida javobgarlikni aks ettiradi. Bitimning maqsadi BMT Iqlim oʻzgarishlari boʻyicha doiraviy Konvensiyani amalga oshirilishini faollashtirish, global oʻrtacha haroratning industriallashtirishgacha (1750-y.) boʻlgan darajaga nisbatan 2°S ga saqlab turish hamda haroratning 1,5°S gacha oʻsishini cheklashga harakat qilishdan iborat. Bu 2050-yilga kelib issiqxona gazlari global ajratmalarini 40-70 foizga kamaytirishni va 2100-yilga kelib uning 0 yoki manfiy koʻrsatkichga yetkazishni talab etadi. 2017-yil 19-aprelida BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohida Oʻzbekiston Parij Bitimini imzoladi. Bitimni imzolash uchun BMT Iqlim oʻzgarishlari boʻyicha doiraviy Konvensiya kotibiyatiga issiqxona gazlar tashlanmalaridagi milliy miqyosda belgilanadigan hissasini kamaytirish toʻgʻrisida hujjat taqdim etildi. Mazkur bitim 2018-yili 3-oktyabrda ratifikatsiya qilindi. 2030-yilgacha uzoq muddatli istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasi iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash chora va harakatlarni kuchaytirishni – 2030-yilga kelib issiqxona gazlari solishtirma tashlanmalarini 2010-yildagi darajaga nisbatan (yalpi ichki mahsulotga) yalpi ichki mahsulot birligiga 10 foizga qisqartirishni moʻljallamoqda. Mutaxassislarning fikriga koʻra, iqlim oʻzgarishi tufayli sodir boʻlishi mumkin boʻlgan oqibatlar qatorida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: - hozirgi yuz yillikning oʻzida okeanlar sathi 1 m koʻtarilishi; - SO2 konsentratsiyasi atmosfera havosida ortishi (1870-yildan beri uni miqdori 30 foiz ortdi); - Yerning ustki qobigʻi harorati +0,7°S ga oʻzgargan ( soʻnggi yuz yil ichida). - suv resurslari taqchilligining kuchayishi, shuningdek hududlarda ichimlik suvining yetishmasligi hamda muzlik va qor qoplami kunlarining 7-10 kunga kamayib borishi, qurgʻoqchilik takrorlanishining koʻpayishi (hozirgi davrda har 10 yilning 3 yilida). - tabiiy ofatlarning ortishi – sellar, toshqinlarning tez-tez takrorlanishi (soʻnggi 40 yil ichida tabiiy ofatdan boʻlgan zarar miqdori 10 marotabaga oshgan); - oʻrtacha haroratning oshishi, yillik issiq davrlarning 10-15 kunga oʻsib borishi; - yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha darajasini mamlakatni butun hududi boʻylab pasayishi va ularning hududlar, vaqt hamda miqdori boʻyicha notekis tarqalishi, haddan tashqari kuchli yogʻingarchilikli va umuman yogʻingarchiliksiz kunlar sonining ortishi; - qishloq xoʻjaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibi butunlay oʻzgarishi; - yuqori darajadagi jaziramalar takrorlanishining oshishi, harorat rejimi kuchayishi natijasida aholi salomatligi bilan bogʻliq muammolar koʻpayishi; - oʻsimliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan areallarning qayta taqsimlanishi, demak, ekologik jarayonlar, beriladigan mahsulotlar va bajariladigan funksiyalarning tubdan oʻzgarishi; - sahrolanish jarayonlarining kuchayishi, yaʼni, yashash va xoʻjalik yuritish mumkin boʻlgan yerlarning kamayishi; - iqtisodiyot sektorlari taʼsirining toʻliq qayta taqsimlanishi va oldindan aniq aytish qiyin boʻlgan boshqa koʻpgina oqibatlar. Iqlim oʻzgarishlarining oldini olish va unga moslashish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi: Birinchidan, issiqxona gazlarini kamaytirish. Buning uchun birinchi navbatda ishlab chiqarish korxonalari, IES va boshqa atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqaruvchi tashkilotlarda ekologik toza texnologiyalarni joriy etish orqali atmosferaga tashlanayotgan issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish zarur. Ikkinchidan, yoqilgʻilar sifatini yana-da yaxshilash hamda ekologik toza transport vositalarini koʻpaytirish, shu jumladan keng jamoatchilik uchun qulay boʻlgan veloyoʻlakchalar tashkil etish oʻz navbatida issiqxona gazlari miqdorini kamaytiradi. Uchinchidan, koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish. Tabiiy drenaj hisoblangan koʻp yillik daraxtlarning ekilishi hududdagi mikroiqlimni yumshatishga sabab boʻladi. Shuningdek, Koʻkalamzorlashtirilgan hududlarni, ayniqsa shahar va avtomobil yoʻllari chetida yashil hududlarni kengaytirish zararli moddalar miqdorini kamayishiga xizmat qiladi. Toʻrtinchidan, suvdan oqilona foydalanish. Tomchilab sugʻorishni tashkil etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish ham oʻz navbatida iqlim oʻzgarishlariga moslashish uchun xizmat qiladi. Beshinchidan, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, yaʼni chiqindisiz texnologiyalar. energiyatejamkor, resurstejamkor, chiqindisiz, kam chiqindili texnologiyalardan foydalanishni joriy etish yoki boshqacharoq qilib aytganda mamlakatda yashil iqtisodiyotni joriy etish zarur. Oltinchidan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish. Quyosh, shamol energiyalaridan foydalanish bilan birgalikda atom energetikasini rivojlantirish orqali atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini oldini olish orqali iqlim oʻzgarishlari oqibatlarini maʼlum bir darajada kamaytirish mumkin. Iqlim oʻzgarishlarining oqibatlarini barchamiz his qilib turibmiz. Xususan, mintaqamizga mos boʻlmagan shamolning tezligi natijasida Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat yoki bir qator hududlarda sel kelishining ortishi bu albatta iqlim oʻzgarishlarining oqibatidir. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini saqlash, ekologik xavfsizlikni taʼminlash ishlariga eʼtibor yana-da kuchaydi. Yurtboshimiz yuksak minbarlardan ekologik muammolarni hal etish uchun saʼy-harakatlarni birlashtirish zarurligini taʼkidlamoqdalar. Jahon hamjamiyatini buni qoʻllab-quvvatlamoqda. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida jahon hamjamiyatini, shu jumladan mintaqa mamlakatlarini ekologik masalalarda, jumladan Orol dengizning qurishi bilan bogʻliq oqibatlarni bartaraf etishda xalqaro miqyosdagi saʼy-harakatlarni faol birlashtirish zarurligini taʼkidlab oʻtdi. Bugungi kunda mazkur masalalarda amaliy ishlarni barchamiz guvohi boʻlib turibmiz. Birgina misol sifatida BMT shafeligi ostida Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsherikli Trast fondining tashkil etilishi yoki mustaqillikning 27 yili davomida Orolning qurigan tubida 400 ming gektarda oʻrmonzor tashkil etilgan boʻlsa, soʻnggi ikki yilda qariyb 1200 ming gektarga saksovul va bosh choʻl oʻsimliklari urugʻlari sepilganligi va koʻchatlari ekilganligini keltirish mumkin. Davlatimiz rahbarining “2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining bir qator bandlarida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilashga eʼtiborni kuchaytirish masalalari belgilanganligi iqlim oʻzgarishlarining oldini olish va unga moslashish uchun xizmat qiladi. Muxtasar qilib aytganda, global tusdagi ekologik muammoni bir yoki ikki davlatning saʼy- harakati bilan bartaraf etib boʻlmaydi. Bunga barcha davlatlar hamjihatlikda ekologik muammoni bartaraf etish uchun kurashish talab etiladi. Kelgusi avlodlar uchun musaffo osmon, goʻzal tabiat va uning bebaho neʼmatlarini bekamu koʻst holda yetkazish barchamizning umuminsoniy burchimiz ekanligini unutmasligimiz lozim. Download 274.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling