Reja: Sanoat robotlarining elementlari va fuktsonal sxemasi


Download 80.98 Kb.
bet2/2
Sana10.12.2020
Hajmi80.98 Kb.
#163803
1   2
Bog'liq
Sanoat robotlarining boshqaruv tizimi va fuktsional sxemalari ROBOT

3.1 АDАPTIV VА DАSTURLАShTIRILGАN ROBOTLАR

Аdaptiv robotlar, ular tashqi muhit oʼzgarishlariga moslasha oladi. Аdaptiv robotlarning birinchi avlod programmali robotlarga qaraganda funksional imkoniyatlari keng boʼladi. Tashqi muhit boʼyicha informatsiyani olishda turli xil sensor qurilmalardan foydalaniladi. Masalan, sun`iy koʼz sistemalari, taktil sensorlar, lokatsion datchiklar va h. Аdaptiv robotning struktura sxemasi 2.4- rasmda keltirilgan



Аdaptiv robot dasturlashtirilgan robotlarga qaraganda tashqi muhit oʼzgarishlariga moslashi oladi, ularda adaptasiya tashqi muhitdan sensor qurilmalari orqali olingan informasiya asosida boshqarish amalga oshiriladi. Аdaptiv robotlarning dasturiy ta`minotlari 1- avlod robotlariga nisbatan mukammal tuzilgan

Dasturlashtirilgan robotlar.

Dasturlashtirilgan robotlarga avtomatik ishlovchi programmali boshqariladigan robotlar kiradi, ularda manipulyatsion operatsiyalarning xarakteriga qarab programmalash va mexanik qurilmalarining ishlashi nisbatan oson moslashtiriladi. Bunday robotlarda boshqarish qurilmasi sifatida programmali boshqarish qurilmasi yoki komp`yuter ishlatiladi. Birinchi avlod robotlari yetarli darajada universal va koʼp imkoniyatlarga ega hisoblanadi. Mavjud avtomatlashtirish vositalariga qaraganda birinchi avlod sanoat robotlari yangi topshiriqlarni bajarishga tez va yaxshi moslashadi.



Dasturlashtirilgan robotning struktura sxemasi 2.5 rasmda keltirilgan

2.5 Rasm Dasturlashtirilgan robotning struktura sxemasi.

Dasturlashtirilgan robotda adaptiv robotdagi sensor qurilmalar boʼlmaydi, ularda faqat xolat, tezlik va kuch datchiklari qoʼllaniladi. Masalan , konveerda detal kelayotgan boʼlsa va agar detal tugab qolsa, dasturlashtirilgan robot detal yoʼqligini sezmaydi, adaptiv robot esa oʼzining sensor qurilmalari yordamida detal yoʼqligi boʼyicha informasiya olib, oʼz dasturini oʼzgartiradi. Shunday qilib, adaptiv robot ishlash jarayonida tashqi muhitga moslasha oladi .

4.1 Intellektual robotlar.



Intellektual robotlar tashqi muhitni oʼzida aks ettira oladi, avtomatik ravishda bajarilishi kerak boʼlgan harakatlar boʼyicha qaror qabul qilish imkoniyatiga ega. Intellektual robotlar odamga oʼxshash turli intellektual va oldindan rejalashtirilgan harakat funksiyalarini bajaradi. 2.6-rasmda intellektual robotning struktura sxemasi keltirilgan.

BQ - boshqarish qurilmasi, TIS - taʼminot ijro sistemasi, TM – tashqi muhit; - informatsion oʼzaro taʼsir, , - material-energetik oʼzaro taʼsir va aloqalar.

Intellektual robotning boshqarish qurilmasi (BQ) robotga intellektuallik xususiyatini ta`minlaydi va tashqi muhit bilan faol va maqsadli informatsion oʼzaro ta`sirlarni bir necha komp`yuterlar asosida amalga oshiradi.

BQ si quyidagilardan tashkil topadi: sensor qurilmasi (6), u tashqi muhit va robotning holati boʼyicha informatsiya bilan ta`minlaydi; muloqot qurilmasi (7) robotning operator bilan va tashqi muhitdagi funksional qurilmalar bilan dialogi uchun xizmat qiladi; sun`iy intellekt (5) obrazlarni bilish, ma`lum predmet sohasidagi bilimlarni yigʼish va ishlatishga xizmat qiladi; hisoblash qurilmasi (4) boshqarish programmalarini shakllantiradi; programmalarni oʼzgartirish qurilmasi (3) boshqarish programmalarini oʼzgartiradi va manipulyator yuritmalarini, harakatlanish qurilmasini, tashqi muhitdagi texnologik jihozlarni boshqarish uchun kerakli holga keltiradi; tashqi muhit (9) – real mavjud fizik muhit, robot u bilan informatsion va energetik oʼzaro ta`sirda boʼladi. Аgar robot ishlab chiqarish sharoitida ishlatilsa, unda robotning tashqi muhitiga operator, boshqa robotlar, texnologik jihozlar, texnologik jarayonlar, transport sistemalari, energiya ta`minoti sistemalari va boshqalar kiradi.



Hozirgi vaqtda jahonda intellestual robotlarning ayrim turlari yaratilgan. Masalan, АQShninhg “Sheyki” va Yaponiyaning “Xivip” roborlari. Ular maʼlum predmet saohasida tashqi miuhitni oʼzining sensor qurilmalari yordamida qabul qiladi, axborotlarni qayta ishlab qaror qabul qiladi va tashqi muhitga moslashib, ayrim intellestual masalalarni echa oladi.
Download 80.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling