Reja Saratonga qarshi immunitet Immunoterapiya Saratonga qarshi vaksinalardan foydalanish Saratonga qarshi immunitet


Saratonga qarshi vaksinalardan foydalanish


Download 20.77 Kb.
bet3/3
Sana19.01.2023
Hajmi20.77 Kb.
#1101770
1   2   3
Bog'liq
Saratonga qarshi terapiyada vakstinalardan foydalanish

3.Saratonga qarshi vaksinalardan foydalanish

Saraton kasalligini o`rganish bo`yicha xalqaro agentlik mutaxassislariga ko`ra, vaksinalar minglab ayollarni bachadon bo`yni saratoni kasalligidan asrab qolishi mumkin. Xalqaro saratonga qarshi kurash kuni munosabati bilan onkologik kasallikning ushbu turidan butun dunyoda har yili 250000ta ayol vafot etishini ta'kidladilar. Ularning 85 foizini daromadi o`rta va past darajada bo`lgan mamlakatlarda yashovchi ayollar tashkil etadi.


Saratondan avvalgi holatlarni aniqlash va inson papillomasi virusiga qarshi qiz bolalarni emlash singari murakkab va qimmat bo`lmagan choralar ushbu kasallikdan nobud bo`lish ko`rsatgichini pasaytirishi mumkin.
Inson papillomasi virusi bachadon bo`yni saratoni kasalligining asosiy sababidir. Bu jinsiy aloqa va teri orqali to`rtta ayoldan uchtasiga yuqadigan kasallikdir. Bunday virusning 100dan ortiq turlari mavjud. Biroq saraton kasalligi hollarining 70%ni faqatgina ikkitasi - 16 va 18 tiplari keltirib chiqaradi.
Mutaxassislar xabariga ko`ra, inson papillomasi virusiga qarshi mavjud vaksina bachadon bo`yni saratoni kasalligiga sabab bo`ladigan og`ir infeksiyalar yuqishidan deyarli 100%ga himoya qila oladi.
Kasallikning oldini olish choralariga to`siqlik qiluvchi omillar qatorida – sog`liqni saqlash infrastrukturasining rivojlanmaganligi, boshqa ustuvor vazifalar mavjudligi, hamda emlash jinsiy faollikni oshirishi haqidagi ehtimollardan iborat.
Agentlik bunday munosabatni ayollar salomatligi ikkinchi darajali bir holatday qabul qilinishi bilan bog`lamoqda.
Saraton kasalligini o`rganish bo`yicha xalqaro agentlikning mahsus maslaxatchisi Rengasvami Sankaranarayanan: “Bachadon bo`yni saratoni – bu kambag`allar kasalligi. Ko`pgina mamlakatlarda gender tengsizligi kuzatilmoqda. Shu sababli ularning salomatligiga etarli darajada e'tibor qaratilmaydi va unga kerakli mablag` ajratilmaydi”,- deydi. U dunyodagi barcha mamlakatlarni bunday yo`ldan voz kechishga chaqirib, ayollar salomatligi himoyasi – hamjamiyatlar va davlatlarning rivojiga qo`shiladigan muhim hissa ekanligini eslatdi.
Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti bir necha bor barcha mamlakatlarga saraton kasalligiga qarshi samarali milliy dasturlarni qabul qilib, mavjud resurlarni nafaqat davolashga, balki profilaktik chora-tadbirlar olib borishga ishlatishni tavsiya qilgan edi.
Saraton kasalligi dunyo bo`ylab odamlar o`limiga olib keluvchi asosiy sababdir. Har yili butun dunyoda saraton kasalligining yangi 14 million hollari ro`yhatga olinadi. Agar kerakli choralar ko`rilmasa, 2030 yilga qadar bu ko`rsatkich 21 millionga etib borishi mumkin.
Download 20.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling