Reja: Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari
Bola shaxsi rivojlanishiga oilaviy munosabatlarning jahon psixologlari tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq etilishi
Download 25.22 Kb.
|
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiya turlarining ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik , biogenetik
2. Bola shaxsi rivojlanishiga oilaviy munosabatlarning jahon psixologlari tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq etilishi.
Oila va oilaviy tarbiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlarning tadqiqotlarida asosiy e’tibor oila bo‘yicha amaldagi bo‘linishga va Bolalar tarbiyasida ota-onalarning faol darajasiga qaratiladi. Shuningdek, ota-onalarning, Bolalarning hamda aellarning bandligi va ularning Bolalar tarbiyasiga bo‘lgan ta’siri oilaning moddiy imkoniyatlari va turar joylariga bog‘lab o‘rganiladi. Tarbiya va ta’limning yosh xususiyatlariga bog‘liq jihatlari qadimgi davrlardan buyon o‘rganiladi. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Bu psixologiya faniga genetik g‘oyalarning kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Rivojlanayotgan psixologik–pedagogik fikrga mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy va, birinchi navbatda, uning «Chelovek kak predmet vospitaniya» («Inson – tarbiya predmeti sifatida») degan asari katta hissa qo‘shgan edi. YOsh psixologiyasi fanining rivojlanishiga ingliz olimi Ch. Darvinning evolyusion g‘oyalari jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Psixologiya tomonidan o‘rganiladigan omillarining reflektor mohiyatini tushunish uchun psixik faoliyat ahamiyatini mashhur fiziolog olim I.M.Sechenov ham ta’kidlab o‘tgan. Yosh va pedagogik psixologiyada Veber va Fexnerning psixofizik kashfiyoti, Ebbingauzning xotiraga oid tadqiqoti, G.Gel’mgol’sning sezgi organlarining psixofiziolo-giyasiga oid ishi, Vundt tomonidan fiziologik psixologiya hissiyoti va harakatlarining o‘rganilishi va boshqalar asosiy ahamiyatga ega. Biologik, biogenetik yo‘nalishga xos narsa – tug‘ma xusu-siyatlar, «irsiyat»ga yo‘naltirilish, bola xulqi va rivojlanishini sodda-mexanik tushunishga intilishdir. Bola rivojlanishidagi irsiy omillarni ortiqcha baholash va biogenetik qonuniyatlarni psixologiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish mazkur yo‘nalishning o‘ziga xos kamchiligi bo‘lib hisoblanadi. Psixologiyadagi biogenetik qonuniyat – Gekkel’ tomonidan XIX asrda shakllantirilgan mashhur evolYusiya qonunlarini yosh psixologiyasi sohasiga ko‘chirishga urinishdir. Homila ona qornidaligida bir hujayrali mavjudotdan inson bo‘lgunga qadar barcha rivojlanish davrlarini bosib o‘tgani kabi, bola ham insoniyat tarixidagi asosiy bosqichlarni qayta bosib o‘tadi. Shunday qilib, bola bosib o‘tadigan besh bosqich ajratilgan: yovvoyilik davri, ov davri, chorvachilik davri, dehqonchilik davri va sanoat davri. Mazkur davrlashtirishga ko‘ra, bola yovvoyi holda tug‘iladi, barcha bosqichlarni birin-ketin bosib o‘tib, oxirida unda pul, savdo, almashinishga qiziqish paydo bo‘ladi, ya’ni kapitalistik tuzum idealiga javob beradi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy kamoloti yoshlarni turli ijtimoiy vazifalarni bajarishga, to‘plangan munosabatlarga doir tajribalar, moddiy va ma’naviy qadriyatlarga har tomonlama va uzoq tayorlash lozimligini talab etmoqda. Ijtimoiy-tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik berishicha, o‘zbek oilasining hayoti, undagi o‘zaro munosabatlar, uning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati, tarbiyaviy muhiti va mehnat shartsharoitlari jiddiy ilmiy muammolar sifatida XX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran o‘rganila boshlandi. Ana shu yillardagi dastlabki tadqiqotlar ko‘proq falsafiy, tarixiy, etnografik yo‘nalishdagi va oilaning tarbiyaviy va mehnat shartsharoitlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, keyingi tadqiqotlar o‘z xarakteriga ko‘ra, oilaning madaniy, huquqiy, tibbiy, uning turmush tarzi, undagi tarbiya muhitining ahamiyati, o‘zaro munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Mazkur tadqiqotlar sirasiga quyidagilarni keltirib o‘tish o‘rinlidir. Jumladan, X.Toshtemirov, L.S.Yaxyoev, G.M.Hamidova, T.T.To‘ychieva, M.Xolmatovalar tomonidan oilaviy turmushning falsafiy jihatlari, oila-nikoh munosabatlarining takomillashish an’analari va hozirgi zamon o‘zbek oilasining turmush tarzi o‘rganilgan. Sh.A.Isroilov, F.M.Otaxo‘jaev va boshqalar o‘z tadqiqotlarida o‘zbek ayollarining huquqiy masalalari, oila-nikoh munosabatlarining huquqiy jihatlarini o‘rganganlar. M.R.Bo‘rieva o‘z tadqiqotlarida o‘zbek oilasining demografik jihatlarini tadqiq etgan. B.Z.Umarov esa o‘z ishlarida o‘zbek oilasining sotsiologik jihatlarini tadqiq etgan. Ayniqsa, Respublikamiz pedagog olimlarining mazkur sohada amalga oshirgan tadqiqotlari e’tiborga loyiqdir. A. Q. Munavvarov, M. I. Sanginov, O.Musurmonova, H.Uzoqov, O.To‘raeva va boshqalar o‘z tadqiqotlarida o‘zbek oilasining o‘ziga xosligi, tarbiyaviy imkoniyatlari va shart-sharoitlari, o‘zaro munosabatlar shakllanishining ma’naviy asoslarini keng o‘rganganlar. Oilaviy hayot psixologiyasi, oila-nikoh munosabatlari, oiladagi o‘zaro munosabatlar, undagi ziddiyatlar, ajralishlar va uning oqibatlari keyingi yillarda psixologiya fanining keng tadqiqot ob’ektiga aylanib bormoqda. Bu sohada psixolog olimlardan G‘.B.Shoumarov, Ye.A.Morshinina, E.G‘oziev, V.M.Karimova, M.G.Davletshin, N.A.Sog‘inov, S.A.Oxunjonova, A.Shojalilov, T.M.Adizova, E.Usmonov, X.Karimov, Sh.Sh.Jo‘raeva, R.S.Samarov, O.Shamieva, N.Salaeva, F.R.Ro‘ziqulov va boshqalar olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir. E.G‘ozievning oilaviy hayot muammolari sohasida olib borilayotgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Olimning ta’kidlashicha, oilaviy munosabatlar turli negiz; iqtisodiy, mafkuraviy, hissiy irodaviy, axloqiy-aqliy, qarindoshurug‘chilik, yaqinlik va do‘stlik- birodarlik asosida quriladi. Ana shu negizlar baquvvat oilada er-xotin totuvligi, oila barqarorligi, oilaning baxti va farovonligi ta’minlaydi. Olimning fikricha, bola tarbiyasida ana shu muhim asoslarga e’tibor berish va ba’zi bir narsalardan ogoh bo‘lish zarur. Download 25.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling