Reja: Sharq xalqlarining ilk falsafiy fikrlari


O’rta Osiyoda O’rta asrlardagi falsafiy ta’limotlar


Download 67.95 Kb.
bet4/12
Sana09.02.2023
Hajmi67.95 Kb.
#1182575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
mustaqil ish 2

3. O’rta Osiyoda O’rta asrlardagi falsafiy ta’limotlar.
V—VI asrlarga kelib hukmron ruhoniylarga, zardushtiylikka qarshi qaratilgan Mazdak (770—529 yy.) boshlab bergan Mazdak ta’limoti shakllandi. Eronda keng tarqalgan Mazdakiylik ta’limotiga binoan, olamda bo’ladigan jarayonlar ongli va biror maqsadni ko’zlab harakat qiluvchi ezgulik, yorug’lik manbai bilan ko’rko’rona va tasodifiy harakatlanuvchi qorong’ulik (joxillik) manbai o’rtasidagi kurashdan iborat. Bu kurash «yaxshilik»ning ustidan muqarrar g’alabasi bilan tugallanadi. Mazdakizm dehqonlar, ularning huquqlarini himoya etib, tenglik, adolat o’rnatishga xizmat qildi.
Tarixdan ma’lumki, VI-VII asrlarda shimolda Turk xoqonligi vujudga kelib, u Erondagi sosoniylar bilan uzoq, kurash olib bordi va O’rta Osiyo xalqlarini o’ziga qaratdi. Bu yerda qadimgi turk tili tarqala boshladi. VIII asrga kelib mintaqamizni arablar istilo qiladilar va ular o’zlari bilan Islom dinini olib keladilar va bosib olgan xalqlar orasida turli yo’llar bilan uni tarqata boshladilar. Arab bosqinchiligiga qarshi Abu Muslim, Muqanna, Hamza as Xorij, Rafi ibn Leylar boshchiligida qator xalq qo’zg’alonlari bo’lib o’tdi. IX asrning oxiriga kelib O’rta Osiyo mustaqillikka erishdi va bu yerda somoniylar hukmronligi shakllandi. So’ng bu hududda Xorazm-shoxlar,
G’aznaviylar, Saljukiylar, Qoraxoniylar davlatlari faollik ko’rsatadi. Buxoro, Samarqand, Marv, Ko’xna Urganch, Xiva kabi shaharlar o’z davrining madaniyat markazlari sifatida dunyoga tanildi.
IX-XV asrlarda Sharq mamlakatlari, birinchi navbatda, O’rta Osiyo xalqlarining madaniy-ma’naviy taraqqiyotida, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, diniy, falsafiy ta’limotlar rivojlanishida keskin o’zgarish, tub burilish davri bo’ladi. Bu madaniy jonlanish va yuksalish jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib bordi, ma’naviy hayotni qamrab oldi. Ijtimoiy taraqqiyotning ana shu davrlarda Markaziy Osiyo xalqlari dunyo madaniyati taraqqiyotining yirik va markaziy o’choqlaridan biriga aylanishi xuddi shu davrga to’g’ri keladi.
Shu davrlarda O’rta Osiyo xalqlari safidan o’zining aql-idroki va tafakkuri, qomusiyligi insoniyatni lol qoldirgan fan va madaniyatning so’nmas yulduzlari, jahonga mashhur bo’lgan matematik, astronom, kimyoshunos, mineorolog va tibbiyotchilar, shoir, yozuvchi va san’atshunoslar, faylasuf va tarixchi olimlar, adabiyotchi va tilshunoslar, g’azal mulkining sultonlari, “muallimi soniy” va
“Shayxur rais”lar saf-saf bo’lib yetishdilar.
Buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi yetishib chiqqan, olam uzra dovrug’ taratgan, jahonni ilm, ma’rifat va ma’naviyat nuri bilan yoritgan davr, adolat talabiga ko’ra, Sharq tarixida oltin asr yoki uyg’onish davri deb ataladi.
Uyg’onish davri mutafakkirlari ayni vaqtda ham faylasuf, musiqashunos, mantiqshunos, jamiyatshunos va tarixchi ham shoir, adabiyotchi, matematik, xullas, ilmning hamma sohasidan xabardorliklari, ijodning bir necha sohalarida o’zlarining ahamiyatli fikrlarini bildirishga muvaffaq bo’lganliklari bilan ajralib turadilar. Sharq ulug’ siymolarining kishini lol qoldiradigan jihatlaridan biri ularning bir necha tillarda bemalol so’zlashlari, o’sha tillardagi ilmiy manbalar, asarlardan foydalana olganliklaridir.
Donishmand bobolarimizning ilmiy-falsafiy ta’limotlari umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan ta’limotlardir. Shu narsa e’tiborga sazovorki, Sharq mutafakkirlari o’z davri dolzarb hayotining markazida bo’ldilar, xalq va Vatan manfaatini himoya qildilar. Bu ularning haqiqiy barkamol inson, otashin vatanparvar, xalqparvar va buyuk alloma ekanliklarining belgisi va bosh sababidir. Ushbu buyuk zotlar, qomusiy aql egalari yashagan va ijod qilgan davrlardan boshlab Sharq, xususan O’rta Osiyoda, ilm-fan va madaniyat, falsafa yanada rivojlana boshladi. Bu rivojlanish, to’xtovsiz takomillashib borishi bir necha yuz yillarni o’z ichiga qamrab oldi.
O’rta Osiyoning jahonga mashhur olimlaridan biri Muhammad ibn Muso alXorazmiy bo’lib, u taxminan 783 yilda Xorazmda tug’ilgan va IX asrning ikkinchi yarmida, aniqrog’i 850 yilda Bog’dodda vafot etgan. Xorazmiy ilmiy-ijodiy faoliyatining alohida davri arab halifaligining poytaxti Bog’dod shahri bilan uzviy bog’liqdir. Xorazmiy halifa Ma’mun rahnamoligida islom Sharqining
Fanlar akademiyasi — «Baytul-hikma» («Donishmandlar uyi»)da ishladi. Bu ilm dargohida u ko’plab astronomik ko’zatishlar olib bordi, matematik va astronomlarning katta bir ilmiy jamoasiga ustozlik qildi hamda o’zining ko’pgina shoh asarlarini yozdi. Xorazmiyning Bag’dodda yashab ijod etgan zamondoshlari orasida Ahmad Farg’oniy, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy kabi allomalar, O’rta Osiyolik olimlar O’rta asr ilm-fan rivoji va ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan edilar. «Baytul - hikma»da xizmat qilgan ushbu yirik olimlar qadimda hisoblab chiqilgan yer aylanasi uzunligini tekshirish maqsadida yer meridiani bir gradusining uzunligini o’lchashgan. Barcha tadqiqotlarni o’tkazishda Xorazmiy bevosita ishtirok etgan.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ko’p qirrali ilmiy qiziqishlari matematika, nazariy va amaliy astronomiya, geografiya, tarix va boshqa ko’plab fanlarga oiddir. Uning nomini tarixda abadiy qoldirgan asarlaridan biri - «Al-jabr val-muqobala»dir. Bu esa, G’arb va Sharq olimlariga algebra fani bo’yicha dasturi amal bo’lib xizmat qiladi. «Algoritm» va «Algebra» degan atamalar al-Xorazmiy nomi bilan bog’liqdir.
Allomaning algebra, arifmetika, matematika, geometriyaga oid asarlari asrlar davomida avlodlar qo’lida merosni taqsimlashda, vasiyatnomalar tuzishda, molmulkni bo’lib olishda, sud ishlari, savdo-sotiq muammolarida, shuningdek, yerlarni o’lchashda, kanallar qazishda, bino qurishda katta xizmat qiladi.
Xorazmiy aytib o’tilgan asarlaridan tashqari «Kitob surat al arz» («Er surati») degan risola ham yozadi. Asarda u Ptolemeyning «Geografiya» nomli kitobini butunlay qayta ishlab chiqdi, Sharq, mamlakatlari va xalqlari to’g’risida ko’pgina qimmatli ma’lumotlar berdi. Unda mamlakatlar, shaharlar, ularning nomlari ko’rsatilgan va bir necha izohlar berilgan, haritalar mavjud. Bu kitobda Orol dengizining tasviri ham berilgan. Asarda bundan tashqari 637 ta muhim joylar, 209 ta tog’ning geografik tafsiloti, dengizlar va okeanlar havzasining shakli, ularda joylashgan orollarning muhim koordinatalari bayon etilgan. Olimning bu kitobi Sharq mamlakatlarida geografiya fani rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
«Astronomik jadvallar», «Quyosh soati to’g’risida risola», «Hind kitobi haqida risola», «Usturlab qurish haqida kitob», «Zij» («Astronomik jadval»), «Musiqa bo’yicha risola», «Tarix bo’yicha risola» va boshqa ko’plab nodir asarlar ham Muso Xorazmiy qalamiga mansubdir. Ana shu asarlar nomining o’zidayoq Xorazmiyning ilmiy tafakkuri benihoya kengligi, qomusiy alloma ekanligini, nafaqat o’z davrining, balki hamma zamonlarning eng buyuk matematik va tabiatshunos olimi ekanligini ko’rsatadi.
“Muhammad Muso al-Xorazmiyning o’nlik sanoq sistemasini, - deb ta’kidlaydi, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov, - algoritm va algebra tushunchalarini dunyoda birinchi bo’lib ilm-fan sohasiga joriy etgani va shu asosda aniq fanlar rivoji uchun o’z vaqtida mustahkam asos yaratgani umuminsoniy taraqqiyot rivojida qanday katta ahamiyatga ega bo’lganini barchamiz yaxshi bilamiz. Bugungi kunda odamzotning ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar borasida erishayotgan ulkan yutuqlarini ko’z oldimizga keltirar ekanmiz, beixtiyor ana shu buyuk bobomiz misolida bunday yuksak marralarga erishishda o’zbek xalqining ham munosib hissasi borligidan qalbimiz iftixorga to’ladi”6.
Muhammad Muso al-Xorazmiy ilm-fan va madaniyat olamida nafaqat buyuk matematik va tabiatshunos olim, balki mashhur faylasuf sifatida ham ma’lum.
Xorazmiy maxsus falsafiy asar yozgan bo’lmasada, lekin uning matematika, geometriya, astronomiya, geografiya, tarix va musiqa ilmiga oid barcha kitoblarida ilgari surilgan, ilmiy isbotlangan falsafiy fikr-mulohazalar, nazariya va ta’limotlar son-sanoqsizdir. Uning matematika va boshqa tabiatshunoslik fanlari ilmiy yutuqlariga asoslanib yozishicha, tabiiy qonuniy jarayonlar Olloh tomonidan tinimsiz o’sish, o’zgarish va rivojlanishdadir. Unda nimalar yangidan paydo bo’ladi, ma’lum vaqt mobaynida yashaydi, keyinchalik borib esa u ham eskira boshlaydi va pirovard-oqibatda o’z o’rnini boshqa narsaga qonuniy ravishda bo’shatib beradi. Eski narsa o’rnini yangi, ulayotgan narsa o’rnini o’sayotgan narsa egallashi, Xorazmiy falsafiy ta’limotida qayd etilishicha, tabiiyqonuniy jarayondir. Bu jarayon cheksiz-chegarasizdir.
Xorazmiy dunyodagi har bir narsa va hodisa mohiyatida bir-birini inkor etibgina qolmay, ayni paytda bir-birini o’zaro taqozo etadigan, bir-birisiz yashay olmaydigan ikki qutb, ikki qarama-qarshi tomon mavjuddir, taraqqiyot ular o’rtasidagi ana shu birlik va kurash asosida amalga oshadi, deb ko’rsatadi va o’zining bu falsafiy ta’limotini matematika fani dalillari asosida ilmiy isbotlaydi.
Xorazmiyning fikricha, dunyo to’rt unsur-tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topgan. Dunyodagi barcha narsa va hodisalar ana shu unsurlarning birikishi, o’zaro ta’siri ostida hosil bo’ladi va yashaydi.
Xorazmiy chuqur ilmiy dalillar asosida mazmun bilan shaklni, sabab bilan oqibatni, imkoniyat bilan voqelikni, miqdor bilan sifatni, jamiyat bilan tabiatni ajratib bo’lmasligini, ular o’zaro aloqadorligini isbotlagan edi.
Muhammad Muso Xorazmiyning bilish masalasiga oid fikrlari ham muhim ahamiyatga ega. U olamni inson sezgisi va bilimining manbai deb biladi. Uning aytishicha, olamdagi narsa va hodisalar mohiyatini bilish nihoyatda murakkab, ziddiyatli jarayondir. Lekin inson bu masalada ham bitmas-tuganmas imkoniyatlarga egadir. Inson o’zining tirishqoqligi, mehnati va amaliy faoliyati, Olloh ato etgan aql-idrok, qobiliyat va iste’dodi bilan, dunyoni asta-sekin bila boradi, deydi Xorazmiy.
Xorazmiy hissiy va aqliy bilishning o’ziga xos xususiyatlarini, mohiyatini, o’zaro aloqadorligini alohida ta’kidlaydi. Uning aytishicha, aqliy bilish hissiy bilishsiz vujudga kelmaydi. Hissiy bilish borliqning tashqi tomonlari haqida bilim berish manbaidir. Aqliy bilish yordamida esa inson narsa va hodisalarning murakkab ichki tuzilishini, mohiyatini, qonuniyatini bilib oladi. Aqliy bilish inson bilish rivojining yuqori bosqichidir. Bunda biz Xorazmiyning aqliy bilish masalalariga alohida e’tibor berganligini ko’rib turibmiz. Bilishda inson aqli va amaliyotining ahamiyatini ko’rsatganligi buyuk vatandoshimizning ajoyib xizmatlaridan bo’lib hisoblanadi.
Muso al-Xorazmiy dunyoqarashida ijtimoiy-falsafiy masalalar, xususan, jamiyat va uning istiqboli haqidagi fikr-mulohazalari alohida o’rin egallaydi. Jamiyat taraqqiyotida ilm-fan va madaniyatning, odob-axloqning, islom dini, shariat qonunlarining katta o’rin tutishi haqida alloma tomonidan bayon etilgan fikrlar hozirgi davr uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlarning aql-idroki, imon-e’tiqodini mustahkamlash, ruhan poklash va kishilar o’rtasidagi insoniy munosabatlarni mustahkamlashda fan va madaniyatning, diniy qadriyatlarning muhimligi xususidagi fikrlari tahsinga sazovordir.
Buyuk vatandoshimiz Muhammad Muso Xorazmiyning nodir asarlari, yaratgan ta’limoti, ijtimoiy-falsafiy qarashlari hozirgi avlod uchun bitmastuganmas xazina, mustaqilligimiz uchun xizmat qiladigan bebaho ma’naviy boylikdir. Jahon ilm ahlining 1983 yili Muhammad Muso Xorazmiyning 1200 yilligini zo’r tantana bilan nishonlaganligi buyuk vatandoshimizga ko’rsatilgan cheksiz hurmat va ehtiromdir.

Download 67.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling